Ko‘pincha dori preparatlari nomi yonida ko‘zga tashlanadigan “FORTE” so‘zi qanday ma’no anglatishini bilasizmi?
FORTE - lotincha so‘z bo‘lib, kuchli degan ma’noni bildiradi. Ya’ni dori preparati nomi yoniga Forte qo‘shilsa, demak preparatda odatdagiga nisbatan yuqori dozada ta’sir qiluvchi modda bor. Ko‘p hollarda doza 2 barobar ortadi.
Masalan, No-shpa tabletkasi 40 mg dozada chiqariladi. No-shpa Forte esa 80 mg dozada, demak doza ikki barobar ortdi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Tibbiyoti eng ilg‘or 7 davlat: ulardan 4tasi Osiyoda
Tibbiyot tizimi boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan davlatlar haqida hikoya qilamiz.
🇯🇵 Yaponiya
Yaponiyada 100 yoshni qarshilaganlar 80 ming nafardan ko‘proqni tashkil etadi. E’tiborlisi, yuzga yetgan 80 450 yaponiyalikdan 70 975 nafari (88 foiz) – ayollardir. Tibbiyot tizimi kasallik profilaktikasiga nihoyatda jiddiy e’tibor qaratadi.
🇩🇪 Germaniya
Nemis tibbiyoti jahon etalonlaridan biri hisoblanadi. Tibbiyot juda qimmat, ammo sifat va natijalar bu jihatni chetga suradi. Reabilitasiya, kardiologiya, kardioxirurgiya, onkologiya kabi sohalar juda rivojlangan.
🇮🇱 Isroil
Yahudiylar aniq fanlarda ilg‘orliklarini isbotlaganlar. Onkologiya, mikrojarrohlik, qon tomirlar jarrohligi, kardioxirurgiya sohalarida bu davlat tibbiyoti juda ilgarilab ketgan.
🇸🇪 Shvesiya
Bu davlat o‘z fuqarolariga tibbiy xizmatlarni maksimal darajada tekin qilib bergani bilan maqtana oladi. Dunyoning boshqa biror davlatida uchramaydigan bir misol – stomatologik xizmatlarning ham 19 yoshgacha bepulligi bu fikrning yaqqol isbotidir.
🇺🇸 AQSH
AQSH ko‘plab boshqa sohalar singari medisinaga ham butun dunyodan eng aqlli mutaxassislarni jalb qila olishi bilan e’tibor qozongan. Shifokorlar bu davlatda juda boy va obro‘li insonlardir.
🇮🇳 Hindiston
Operasiyalar sifati boshqa davlatlardan qolishmasligi, narxlarning nisbatan arzonligi, qonunchilikdagi qulayliklar aksar rivojlanayotgan davlatlardan ming-minglab bemorlarning bu davlatga oshiqishiga sabab bo‘lmoqda.
🇸🇬 Singapur
Osiyoning bu mitti shahar-davlatining qator boshqa sohalar kabi tibbiyoti ham yuksak rivojlangan. Aholining umr davomiyligi 84 yoshni tashkil qiladi. 2030 yilga borib bu kichik davlatning tibbiy byudjeti 30 mlrd AQSH dollaridan ortiq bo‘lishi kutilmoqda.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
⚡️Quyoshda so’nggi olti yildagi eng kuchli chaqnash yuz berdi. Olimlar bosh og’rig’i, zaiflik va uyqusizlik, shuningdek, radioaloqadagi uzilishlar mumkinligi haqida ogohlantirishmoqda.
Quyosh 11 yil faollik siklining cho’qqisiga yaqinlashayotgani sabab, keyingi ikki yil ichida chaqnashlarning intensivligi va chastotasi faqat oshib boradi.
Manba: DigiTech
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
💊Aminoglikozidlarning terapevtik dozada yuzaga keladigan nojo‘ya effektlari
⭕️ Ototoksik (streptomitsin,gentomitsin) - tashqi va ichki quloqda yig‘ilib, Kortiev organi hujayra tolalarining degenerativ o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bolalarda karlikka sabab bo‘lishi mumkin.
⭕️ Nefrotoksik (gentamitsin,amikatsin, kanamitsin, tobramitsin) - Buyrak proksimal kanalchalarining hujayralarida to‘planadi va lizosomani parchalanishini chaqiradi. Oqibat intersitsial nefrit yuzaga keladi.
⭕️Nerv-mushak bloki - diafragma va boshqa nafas mushaklari paralichi hisobiga nafas to‘xtashi mumkin
⭕️Ichakdan so‘rilishni buzilishi
⭕️Allergik reaksiyalar(toshma, qichishish, shish)
⭕️Polinevritlar
⭕️Flebitlar(venadan yuborilganda)
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Parkinson kasalligi – mushaklar rigidligi, gipokineziya va tinch holatdagi tremor bilan namoyon bo‘luvchi nerv sistemasining zo‘rayib boruvchi degenerativ kasalligi. Ko‘proq 50 yoshdan oshgan odamlarda uchraydi.
«Parkinsonizm» tushunchasini yuqorida sanab o‘tilgan 3 ta simptom bilan namoyon bo‘luvchi har qanday patologik holatlar yoki kasalliklarga nisbatan qo‘llash mumkin. Birlamchi (idiopatik) va ikkilamchi (simptomatik) parkinsonizm farq qilinadi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Tekinga davolama, tekinga davolanma. Nimaiki tekin bo'lsa uni qadri bo'lmaydi!
© Gippokrat
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
POZITRON EMISSION TOMOGRAFIYA
Pozitron emission tomografiya (PET) – turli a'zo va to'qimalarda kеchayotgan mеtabolik jarayonlarni o'rganuvchi zamonaviy usul.
Sеrеbrovaskulyar kasalliklar, nеyrodеgеnеrativ buzilishlar, mеtabolik ensеfalopatiyalar va nеyrointoksikasiyalarda bosh miyada kеchayotgan turli mеtabolik buzilishlar PET yordamida aniqlanadi.
MRT nеrv sistеmasida yuzaga kеlgan struktur o'zgarishlar haqida to'la-to'kis ma'lumot bеrsa-da, ularning mеtabolizmi haqida ma'lumot bеra olmaydi. Bu borada PET ning o'rni juda katta. PET orqali endi ro'y bеrayotgan har qanday mеtabolik buzilishlarni ham aniqlab olish mumkin. PET nеvrologiya amaliyotida bosh miya mеtabolizmini o'rganishda kеng qo'llaniladi.
PET asosan quyidagi kasalliklarda o'tkaziladi:
● Mеtabolik buzilishlar
● Tarqoq sklеroz
● Sеrеbrovaskulyar kasalliklar
● Epilеpsiya
● Parkinson kasalligi
● Dеmеnsiya
● Gipеrkinеzlar
PET turli kontrastlar yuborib o'tkaziladi. Inson uchun zararsiz bo'lgan ushbu kontrastlar (asosan, glyukoza saqlovchi) organizmda kеchayotgan tabiiy mеtabolik jarayonlarda ishtirok etadi. Buning natijasida normal kеchayotgan mеtabolizm bilan patologik tarzda kеchayotgan mеtabolik jarayonlar aniqlab olinadi. Chunki, kеyinchalik struktur buzilishlarga olib kеluvchi har qanday kasallikda dastlab biokimyoviy jarayonlar izdan chiqadi. Ushbu jarayonlar qay tarzda buzilayotganligini PET ko'rsata oladi.
PET och qoringa o'tkaziladi. PET o'tkazishga o'rtacha bir soat vaqt kеtadi. Kontrast yuborilgandan so'ng sinaluvchi 30 daqiqa mobaynida tinch yotishi, ya'ni jismoniy harakatlar qilmasligi va psixoemosional zo'riqmasligi kеrak.
PET o'tkazish bilan bog'liq rеntgеnolik nurlanish oddiy rеntgеn nurlari darajasida. Shu bois homilador va emizikli ayollarga PET qilinmaydi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Shifokorlar huquqiy himoyasi bo‘yicha amaliy tavsiyalar
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Stressni kamaytirish darajasiga ko‘ra faoliyatlar ketma-ketligi:
- kitob o‘qish 68%;
- musiqa tinglash 62%;
- qahva ichish 54%;
- yayov yurish 42%;
- o‘yin o‘ynash 21%.
Stress paytida kitob o‘qish foydali va samarali. Ayniqsa badiiy kitob.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Prebiotikalar, probiotiklar va sinbiotiklar. Ularning bir-birida farqi nimada?
Probiotik - inson ichaklarining normal mikroflorasini tashkil etuvchi mikroorganizmlar hisoblanadi. Ular ichaklarda to‘g‘ri bakterial muvozanatni saqlashga yordam beradi. Probiotiklar kvas, kefir, yogurt, zamburug‘lar kabi fermentlangan oziq-ovqatlarda bo‘lishi mumkin.
Prebiotiklar - oshqozon-ichak traktida hazm bo‘lmaydigan va yo‘g‘on ichakka kirib parchalanadigan va normal ichak mikroflorasining o‘sishini rag‘batlantiradigan oziq-ovqat komponentlaridir.
Prebiotiklar probiotiklarning hayotiyligini saqlab qolishga yordam beradi. Prebiotiklar barcha sut mahsulotlari, turli xil non, don, dukkaklilar, piyoz va rezavor mevalar tarkibida mavjud.
Sinbiotiklar - probiotiklar, ya’ni foydali mikroorganizmlar va ular oziqlanadigan prebiotiklar birikmasi. Bunday "duyet" tezda hazm qilishni yaxshilashga va mikroflorani tiklashga yordam beradi. Probiotik prebiotik kuchi bilan mustahkamlanganda, u ichakda yaxshiroq moslashadi.
Xulosa qilib aytganda probiotiklar oddiy ichak mikroflorasining mikroorganizmlaridir. Prebiotiklar esa oddiy mikrofloraning o‘sishi va rivojlanishi uchun maqbul sharoitlarni ta’minlaydigan moddalardir. Yana bir farq shundaki, birinchisi tirik mikroorganizmlar, ikkinchisi esa kimyoviy organik birikmalardir.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Tadqiqotlar yoki dorilar haqidagi nufuzli ma’lumot manbalari, bu hammasi emas lekin, eng mashhurlari. Ular yuqori yoki past sifatli mahsulotlarning katta qismini indekslaydi:
Cochrane
Pubmed
FDA
RXlist
JSST
Ushbu tashkilotlardan biri yoki bir nechtasi samarali deb hisoblagan dori vositalari ishonchli hisoblanadi.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Aytishlaricha, savanna orti pediatrlarining mas’uliyati kundan-kunga ortayotgan emish, lekin oylik maoshlari o‘sha-o‘sha ekan!
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Tilimizga o'rnashib qolgan xorijiy (o'rischa) so'zlarning o'zbekcha muqobili borligini bilasizmi?
Уже - allaqachon
Остановка - bekat
Визитка - tashrif qog'ozi
Зато - har holda
Зарядка - quvvatlagich
Оптом - ulgurji
Наушник - quloqchin
Пешеход - yo'lkesar
Пешком - piyoda, yayov
Любой - istalgan
Короче - qisqasi
Свет - chiroq
Именно - aynan
Бритва - ustara
Kanalga ulanish:👉@Maqsud_Muxtor
Bugun 21-oktabr ona tilimiz davlat tili maqomini olganiga 34 yil bo'ldi. Til-millatning asosiy o'zak tushunchalaridan biri. Shunday ekan milliy g'ururimizning himoyasida naqafat bugun, balki doim sobitqadam bo'laylik! Tilimiz rivoji uchun qo'ldan kelgancha hissa qo'shaylik!
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Kecha ertalab bo’lgan voqea. Taksida edim. Beshyog’och chorrahasida obodonlashtirish xodimlari ko’chani qor va muzlardan tozalab turishgan ekan. Taksichi shu yerga to’xtadi.
— 5 daqiqa shu yerga to’xtasam maylimi, shoshmayapsizmi?, - deb so’radi.
— Ha, bemalol, — dedim.
Keyin bir marta ishlatiladigan qalin stakanlar oldi, yonida katta termos ham bor ekan. Ishlab turgan opalarni chaqirdi. Stakanlarga termosdan qaynoq qahva quyib, birma-bir uzatdi. Taxminan 10 stakan qahva chiqdi.
Opalar duo qilishdi. Biz ketdik.
Oramizda yaxshi insonlar borligi uchun ham bu dunyo turibdi, menimcha. Hali qiyomatgacha bor, Xudo xohlasa.
🔘@xushnudbekuz
JSST: Dunyoda elektron sigareta chekuvchi o‘smirlar soni kattalarga nisbatan ko‘p
🚬 Kashandalik — oldini olish mumkin bo‘lgan o‘lim holatlarining birinchi sababi. Mutaxassislar 2050 yilgacha sayyoramizda chekish tufayli 450 million odam hayotdan ko‘z yumishi mumkinligini prognoz qilmoqda.
Xavotirlanish uchun esa yetarli asoslar bor. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining kechagi hisoboti bunga yanada oydinlik kiritdi.
Unda qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha 13-15 yoshli bolalar elektron sigaretlardan kattalarga nisbatan ko‘proq foydalanmoqda. Masalan, Kanadada 2017 yildan 2022 yilgacha 16-19 yoshli o‘smirlar o‘rtasida bu turdagi mahsulotni chekish ikki baravar ko‘paygan. Angliyada esa so‘nggi uch yil ichida elektron sigareta iste’mol qiluvchi yoshlar soni uch barobar oshgan.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Mavsum hazili
U ajoyib edi, go‘zal tip edi,
Bemor oshiqlarga husni tib edi.
Sevsam davolarmi degandim, evoh,
Suluvning o‘zi ham g‘irt gripp edi.
© Xurshid Abdurashid
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
🇺🇿 #MilliyJamoa JCh-2026 saralash bosqichi doirasida 21-noyabr kuni Toshkentda Eron terma jamoasini qabul qiladi. “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtadigan oʻyin chiptalarini iTicket.uz platformasi orqali xarid qilishingiz mumkin.
🇺🇿 Oʻzbekiston 🆚 Eron 🇮🇷
🗓 21-noyabr | 18:00
🏟 “Bunyodkor” stadioni
🎫 Chipta xarid qilish
Milliy jamoamizni birgalikda qoʻllab-quvvatlaylik, chunki #BizBirJamoamiz
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Ekstremal turizmni rivojlantirish uchun Rasul Kusherbayevdan ajoyib taklif.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Xushbichim va sog‘lom bo‘lish uchun bir odam kuniga 10000 qadam yurishi kerak.
O‘tgan yili 1hls mobil ilovasi kuniga 10000 qadam uchun 3000 so‘mdan to‘ladi. Bu narsa yurish uchun odamlarga ozgina bo‘lsa ham motivatsiya bo‘lgandi. 10000 qadam yurish organizmga 3 ming so‘mdan ko‘ra ancha ko‘proq foyda keltiradi. Ayniqsa yurak-qon tomir tizimiga. Shunday ekan yurishdan to‘xtamang!
Ha, aytganday Google fit mobil ilovasi kuniga 10000 qadam uchun, Beeline abonetlariga 100 MB internet trafik beradi. Ilova orqali yana bir qancha ko‘rsatkichlarni aniqlash mumkin.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Organizmda magniy(Mg) yetishmovchiligining 7 belgisi
✅Barmoqlardagi sanchish va uvushish
✅Gripp holati(holsizlik va charchoq)
✅Mushaklardagi tungi titroq
✅Mushaklardagi og‘riq
✅Emotsional o‘zgarishlar(depressiyaga moyillik)
✅Yurak ritmini o‘zgarishi
✅Surunkali qabziyat
📌Sutkalik ehtiyoj:
▪️erkaklarda 400-420 mg
▪️ayollarda 310-320 mg
📌Magniyga boy mahsulotlar:
yong‘oq, pista, banan, tabiiy yogurt, qora shokolad, avokado, loviya, yashil sabzavotlar
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Jiddiy kitoblarga jiddiy chegirma!
@asaxiybooks rasmdagi jiddiy kitoblarga jiddiy chegirma e’lon qilibdi. Shu kitoblardan birortasini olishni reja qilib yurgan bo’lsangiz albatta foydalanib qoling!
Shaxsan o’zim bu kitoblarni anchagina qimmatga xarid qilgandim. Bunaqa imkoniyat har doim ham bo’lmaydi.
Toʻplam narxi: 229 000 soʻm
Jiddiy narx: 149 000 soʻm
Aksiya faqat 3 kun amalda, hoziroq buyurtma bering va yangilikni yaqinlarga yetkazing 👉 asaxiy.uz/u/64df67852ba7a
Nega bizda tibbiy xizmat sifati yaxshi emas, tibbiyot xodimlari nimaga bemorlarga e’tiborsiz deydiganlar uchun Ozod Sharofiddinov quyidagi gaplarini iqtibos qilib keltirmoqchiman.
“Odam mehnatiga yarasha maosh olmasa, maoshiga yarasha mehnat qila boshlaydi”
P.S. Qachonki vrachlarimiz mehnatlariga yarasha haq olishni boshlasa, tibbiyotimizda rivojlanish uchqunlarini sezishimiz mumkin.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Ambidekstriya nima?
Ambidekstriya - ikki qo‘lda bir xil faoliyat olib borish qobilyati bo‘lib, tug‘ma yoki hayoti davomida orttirilgan bo‘lishi mumkin. Bunda bitta qo‘l yetakchi bo‘lmaydi.
Bunday odamlar biror harakatni o‘ng va chap qo‘lda bir xil tezlik, aniqlik va kuchda bajara oladi.
Bunday odamlarda ikkala yarim sharlar bir xilda ishlaydi va ular shuning hisobiga istalgan kasb yaxshi egallay olishlari mumkin.
Yaponlar bekorga boshlang‘ich sinfdan ikki qo‘lda yozishga o‘rgatishmaydi. Shuning uchun ularda olimlar juda ko‘p.
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Erta tongdan kitob o‘qish inson umrini uzaytiradi.
Kitob o‘qigan odam, o‘qimagan qaraganda uzoqroq yashaydi.
Shunday ekan ko‘proq kitob o‘qiylik azizlar!
Kanalga ulanish:👉 @Dr_Muxtorov
-Doctor nima bo‘ldi?
-Bemorni yo‘qotib qo‘ydik.
-Nahotki u o‘ldimi?
-...
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov