#Bilasizmi
❓O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslarga qarab turishning haqiqiy holatini tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish tartibidan xabardormisiz?
💠 Parvarishga muhtoj shaxslar — I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs yoki 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bola, shuningdek, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalar.
✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
🏛 Vakolatli organ: Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig'im undirilmaydi.
⏰ Arizani ko'rib chiqish muddati: 5 ish kuni
⏳ Dalolatnoma 12 oy muddatga rasmiylashtiriladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 318-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
FHDY organlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlardan onlayn foydalaning!
Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani my.gov.uz portali orqali onlayn olish mumkinligini bilarmidingiz?
Tug'ilganlik haqida guvohnomani onlayn olish tartibi va uning qulayliklari bilan quyidagi videolavhada tanishing:
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Adliyadan_qulaylik
Davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat tashkilotlariga yoki davlat xizmatlari markazlariga borish shart emas!
Bugungi kunda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) yoki uning mobil ilovasi orqali masofadan turib arizalar yuborish mumkin. Navbat kutmaysiz!
Mobil ilova orqali davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi bilan yuqoridagi video yo‘riqnoma orqali tanishing:
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Bilasizmi
❓Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organini elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘p kvartirali uyni boshqarish organiga biriktirish tartibidan xabardormisiz?
✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
🏛 Vakolatli organ: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig'im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.
⏰ Arizani ko'rib chiqish muddati: 8 ish kuni
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#bilasizmi
🎙 Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibidan xabardormisiz?
💻 Murojaatlar “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
👫 Ariza beruvchilar toifasi: ijrochilar - jismoniy shaxslar va ijodiy jamoalar - yuridik shaxslar.
🏢 Litsenziyalovchi organ: Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi.
⏱️ Arizalarni ko'rib chiqish muddati: 10 ish kuni.
💵 Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 2 baravari.
💰Litsenziya berilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdori:
I reyting guruhi ijrochilari — BHMning 20 baravari;
II reyting guruhi ijrochilari — BHMning 10 baravari;
III reyting guruhi ijrochilari — BHMning 3 baravari.
⌛️Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori.
🌐 Raqamli davlat xizmatlari Sizning qulayligingiz uchun!
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Bilasizmi
✈️Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?
✅ Arizalar “Litsenziya” AT va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
👫Ariza beruvchilar toifasi: yuridik va jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkor).
🏛Vakolatli organ: Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.
💰Har bir obyektga ruxsatnoma berish uchun undiriladigan yig'im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 23 baravari.
📆 Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 kun.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#qonunchilikdagi_yangiliklar
‼️ Kambag‘al oila a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga ssuda ajratiladi.
✅“Kitob tajribasi” amalga oshirilmoqda.
🔸Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyat Kitob tuman davlat xizmatlari markazi faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha amaliy yordam berilmoqda.
🔹Bundan koʻzlangan asosiy maqsad davlat xizmatlari markazlari faoliyatida tezkorlik va natijadorlikni oshirish, sohani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hisoblanadi.
“Kitob tajribasi”da erishilgan yutuqlar kelgusida respublika boʻylab ommalashtirilishi rejalashtirilmoqda.
#Bilasizmi
🔒 O‘zingiz tanlagan firma nomini qanday qilib vaqtincha band qilish mumkinligini bilasizmi?
#Bilasizmi
❓O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol akademiyalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibidan xabardormisiz?
💠Akademiyaga o‘quvchilar 5-sinfga qabul qilinadilar.
✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchi (16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan uning qonuniy vakili) Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
🏛 Vakolatli organ: Futbol akademiyalaridagi qabul komissiyalari.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
⏰ Arizani ko'rib chiqish muddati: 4 ish kuni.
🟡Xizmat natijasi bo'yicha hujjatlarni imtihon topshirish uchun qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
🗓Arizalar har yili 15-iyundan 30-iyulga qadar qabul qilinadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi 583-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish bilan bog'liq so'nggi yangiliklardan xabardormisiz?
📑 2025-yil 13-yanvar kuni "Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida"gi Qonun qabul qilindi.
✅ “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, quyidagi holatlar natijasida tadbirkorlik subyektlari va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarsa, ular qayta davlat ro'yxatidan o'tishda davlat bojidan ozod qilinadi:
1️⃣ ma'muriy-hududiy birliklar tuzilganda;
2️⃣ ma'muriy-hududiy birliklar tugatilganda;
3️⃣ ma'muriy-hududiy birliklarning chegaralari o'zgarganda;
4️⃣ ma'muriy-hududiy birliklarning bo'ysunuvi o'zgarganda.
🔅Foydali ma’lumotlarni yaqinlaringizga ulashishni unutmang!
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
Sudlanmaganlik bo'yicha ma'lumotnoma olganmisiz?
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Bilasizmi
📃Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma
🔹Litsenziya nomi:
Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma
👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar
🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida
💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari.
📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
10 kun.
📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
3 yil
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 86-son qarori
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Bilasizmi
❓Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarni hisob ro‘yxatiga olish tartibidan xabardormisiz?
🗓Xususiy notarial idora tashkil etilgan paytdan e’tiboran uch kun ichida adliya organlari bu haqida xabardor qilinishi lozim.
✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
🏛 Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va hududiy adliya boshqarmalari.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
⏳ Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 2 ish kuni.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
‼️Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Davlat budjetidan subsidiya ajratiladi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar
📢 Import qilingan qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotish bilan shug‘ullanuvchi rasmiy dilerlar reyestri yuritiladi!
#Adliya_xabari
Olis va chekka hududlarda sayyor xizmatlar
Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Kitob tumanidagi “Qaynar” mahallasi aholisi bilan uchrashuv tashkil etilib, jarayonda aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Tadbir jarayonida, Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholini, ayniqsa yoshlarni davlat xizmatlaridan masofadan turib Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanishlarini targ'ib etish maqsadida, Mobil-ID tizimidan ro'yxatdan o'tkazilib, onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanishlari tashkil etildi.
Shuningdek, DXM xodimlari tomonidan mahalla binosida joylashgan Interaktiv kiosk orqali mahalladan turib 64 turdagi davlat xizmatlaridan amalda foydalantirilib, buning afzalliklari haqida tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Kelgusida mahalladagi 1500 nafardan ortiq yoshlarni onlayn davlat xizmatlaridan va interaktiv kiosk orqali foydalanishlarini ta'minlash bo'yicha yoshlar yetakchisiga yo'nalishlari berilib malakasi oshirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#qonunchilikdagi_yangiliklar
⁉️ O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibidan xabardormisiz?
Eslatma: murojaatlar har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar qabul qilinadi.
#Bilasizmi
❓Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?
💠 NNT chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarining ota-onasi, eri/xotini, ular bilan birga yashaydigan bolalari ularning qaramog‘idagi oila a’zolari hisoblanadilar.
✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
🏛 Vakolatli organ: Adliya vazirligi.
💰 Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan davlat boji miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.
⏰ Arizani ko'rib chiqish muddati: 1 oy.
📋 Xizmat natijasi bo‘yicha akkreditatsiya kartochkasi taqdim etiladi.
⏳ Chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan o‘tkazish ko‘pi bilan 12 oy muddatga amalga oshiriladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
📢 Davlat xizmatlarini ko'rsatish natijasidan norozi bo‘ldingizmi? Endi sudgacha yetmasdan onlayn tarzda shikoyat qilish mumkin!
#Adliya_sarhisob
Davlat xizmatlari markazlarida qachon navbat kam bo'ladi?
*Dinamik ko'rsatkichlar (foiz, barobar) 2024-yilning I yarim yilligiga nisbatan
#Adliya_sarhisob
Oltmishvoylar, yetmishvoylar, egizaklar
*Dinamik ko'rsatkichlar (foiz, barobar) 2024-yilning I yarim yilligiga nisbatan
#Bilasizmi
❓Vakolatli organlarning tegishli davlat xizmatlari yuzasidan qabul qilgan ma’muriy hujjatlari ustidan shikoyat yo‘llash tartibidan xabardormisiz?
✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchi (16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan uning qonuniy vakili) Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
🏛 Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.
⏰ Arizani ko'rib chiqish muddati: Ariza tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida (qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan hollarda, arizani ko‘rib chiqish muddati ariza tushgan kundan boshlab bir oy muddatda).
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig’im undirilmaydi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ–188-son “Huquqiy eksperiment tariqasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq ma’muriy hujjatlar bo‘yicha nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#bilasizmi
⁉️Qanday holatlarda nikohdan ajratish fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari tomonidan amalga oshiriladi?
Elektron raqamli imzoyingiz bormi?
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#bilasizmi
⚡️ Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olsangiz nafaqat imtihon topshirish, balki o‘qish xarajatlaringiz ham qoplab berilishidan xabardormisiz?
🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
- davlat xizmatlari markazlari;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali.
👫Ariza beruvchilar toifasi: imtihon topshirish paytida o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar.
🏢Vakolatli organ: Yoshlar ishlari agentligi.
📝Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
- imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiyasi;
- maxsus sertifikat;
- o‘quv markazi va arizachi o‘rtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnoma nusxasi.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bepul.
📆Eslatma: kompensatsiya to‘lovini olish uchun maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida murojaat qilish lozim.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Bilasizmi
Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma
Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar elektron raqamli imzosidan foydalangan holda (jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.
👫Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik shaxs.
🏢Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.
💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Yig‘im undirilmaydi.
💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: Yig‘im undirilmaydi.
🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.
⏳Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
✅ Ma'lumotlarni yangilash — ishonchli biznes garovi!
#bilasizmi
⁉️ Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish, ya'ni tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi?
Eslatma: tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va "new.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali qabul qilinadi.
✅Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Toshkent shahrining Bektemir va Mirobod tumanlarida bo'ldi.
🔸Vazir o‘rinbosari o'rganish davomida Bektemir tumanida yangi qurilayotgan adliya binosining qurilish ishlari sifati, loyiha talablariga rioya qilinishi holatlari bilan tanishdi. Yangi bino foydalanishga topshirilgach, adliya bo‘limlari faoliyati yanada samarali, fuqarolar uchun qulay bo'ladi.
🔹Shuningdek, Mirobod tuman davlat xizmatlari markazi binosini zamonaviy talablarga mos keladigan, fuqarolarga qulay sharoitlar yaratilgan holatga keltirish rejalashtirilgan hujjat loyihalari o‘rganildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot