✅Davlat xizmatlarida yagona standart sari!
🔹Adliya vazirligi tomonidan Davlat xizmatlari markazlarida aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning yagona standartlarini yaratish va ularga ISO xalqaro sertifikatlarini olish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
🔹Shu maqsadda loyihani amalga oshirish doirasida vazirlik markaziy apparatining tegishli bo‘lim xodimlari ishtirokida xalqaro ekspertlar bilan seminar-trening o‘tkazildi.
🔹Tadbirda ishtirokchilarga xizmat ko‘rsatish standartlari mazmun-mohiyati, ularning amaliy ahamiyati batafsil tushuntirildi. Shuningdek, seminar savol-javoblar shaklida o‘tkazilib, xodimlarni qiziqtirgan masalalarga aniqlik kiritildi.
❗️Mazkur tashabbus fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va xalqaro tajriba asosida yagona yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Tayinlov
Adliya vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Prezidentning tegishli qarori bilan Istamov Maxmud Shuxratovich adliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Maxmud Istamov 1979-yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2000-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000-yilda Adliya vazirligi Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari boʻlgan. 2004-2005-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi rahbari, 2005-2006-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
➖2006-2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining Adliya va sud idoralari faoliyati masalalari bo‘yicha inspektori;
➖2011-2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatining Adliya va sud idoralari masalalari shu'basining yetakchi inspektori;
➖2014-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish shu'basi mudiri;
➖2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunchilik shu'basi mudiri lavozimlarida ishlagan.
➖2017-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari, birinchi o'rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
➖2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari lavozimida;
➖2021-2024-yillarda Buxoro viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar (2024-yildan) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni rahbari lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
🌐 23–25-iyun kunlari Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tmoqda!
🟢 “Rivojlanish huquqi: raqamli ko‘nikmalar va huquqiy savodxonlik” – o‘z sohasining yetakchi vakillari bilan bevosita uchrashuv va muloqot imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
21-iyun kuni, soat 10:00 da sizni raqamli bilimlar va huquqiy savodxonlikka bag‘ishlangan yirik tadbirga taklif etamiz.
Tadbirda raqamli transformatsiya, davlat xizmatlaridan foydalanish, ta’limdagi innovatsiyalar, shuningdek, ayollar huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir amaliy maslahat va real tajribalar taqdim etiladi.
Tadbirning eng katta afzalliklaridan biri – sohaga oid eng yetuk mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati.
🗣 Spikerlar quyidagilardan iborat:
⚫️ Oleg Pekos – Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari
⚫️ Kamola Sobirova – Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi
⚫️ Furqat Tojiyev – Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi boshlig‘i
⚫️ Isomiddin Latipov – Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i
⚫️ Nodira Normatova – “LERTA LEGAL” yuridik kompaniyasi asoschisi va boshqaruvchi hamkori
⚫️ Guljamol Shukurova – Axborot siyosati masalalari bo‘yicha rahbar maslahatchisi, jamoatchilik bilan ishlash bosh inspektori
⚫️ Tamilla Kurbanova – Xalqaro investitsiya va moliya mutaxassisi
⚫️ Anna Ambrozevich – Women in Tech Uzbekistan tashkiloti direktori
⚫️ Timur Turaqulov – Raqamli davlat xizmatlarini soddalashtirish va optimallashtirish bo‘limi boshlig‘i
⚫️ Zarina Shaumarova – “Lerta Legal” yuridik kompaniyasi Davlat organlari bilan hamkorlik va da’vo-talabnoma ishi bo‘limi rahbari
⚫️Ilhom Jurayev – Ta’lim tashkilotlari va masofaviy ta’limni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari
🇺🇿🤝🇦🇹 O‘zbekiston — Avstriya: davlat xizmatlari sohasida tajriba almashinuvi
📍16–20 iyun kunlari Avstriya parlamenti yuqori palatasi — Bundesrat raisi Andrea Eder-Gitshaler boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
🔹 17-iyun kuni delegatsiya a’zolari Toshkent shahar Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlarni Adliya vazirligi rahbariyati kutib oldi hamda markazdagi ish jarayonlari, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish amaliyoti bilan yaqindan tanishtirdi.
📌 Tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi davlat boshqaruvi, raqamli transformatsiya va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
✳️ Eslatib o‘tamiz, joriy yilda O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. Bu davr mobaynida ikki tomonlama aloqalar izchil rivojlanib bormoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
📌 Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi qachon tugatiladi?
❗️ERI kaliti egasi vafot etgan va yuridik shaxs tugatilgan holatlarda ERI kaliti sertifikatining amal qilishi ERI kaliti egasining murojaatlarisiz tugatiladi.
OTMga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi qanday?
Abituriyentlar oʻzlarining doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan qatʼi nazar, istalgan Markazga davlat xizmatidan foydalanish uchun murojaat qilishi mumkin.
Batafsil 👉 shu yerda
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Adliya_tabrigi
Aziz yurtdoshlar!
Jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlovchi muqaddas ayyom – Qurbon hayiti bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz.
Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin.
Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#bilasizmi
❓Turistik klasterlarni tashkil etish va turistik klaster maqomini olish tartibidan xabardormisiz?
Davlat xizmatlarini interaktiv infokioskalardan foydalangan holda oling!
Siz uchun infokioskalar yordamida davlat xizmatlaridan foydalanish yanada qulaylik va tezkorlikni ta’minlaydi.
Navbat kutmaysiz!
Infokioaska orqali davlat xizmatlaridan foydalanish afzalliklari bilan quyidagi videolavhada tanishing:
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#bilasizmi
❓Qimmatbaho metallardan tayyorlangan yarim tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibidan xabardormisiz?
🎊1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!
#bilasizmi
🚘 Avtotransport vositasi uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish tartibini bilasizmi?
‼️ Eslatma: reklamani joylashtirishga bo‘lgan huquq uchun miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan belgilanadigan yig'imni to'lash lozim.
Qatar adliya vaziri Ibrahim bin Ali Al--Mohannadi boshchiligidagi delegatsiya Shayxontohur tuman davlat xizmatlari markaziga rasmiy tashrif buyurdi.
Uchrashuvda delegatsiya a’zolariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aholi va tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirilib, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati va tezkorligini doimiy monitoring qilib borish usullari muhokama qilindi.
Shu bilan birgalikda, uchrashuv jarayonlarida 24/7 rejimda ishlaydigan hamda tezkor xizmatlar ko‘rsatishga moslashtirilgan interaktiv infokioskda fuqarolar tomonidan xizmatdan foydalanish yanada oson va qulay shaklga o‘tkazilganligi ta’kidlanib, bu borada tomonlar o‘zaro tajriba almashdi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
💼 O'z-o'zini band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tish tartibini bilasizmi?
‼️Mehnat staji hisoblanishi uchun yiliga BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to'lash lozim.
#Yangi_tartib
📢 FHDYo xizmatlarida yangi qulayliklar joriy qilindi!
📌 Davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifalaridan biri – arizangizni to‘g‘ri va o‘z vaqtida yo'naltirib berishdir.
Yilning eng qaynoq va unutilmas voqealariga boy bo‘lgan Yoshlar oyligi davom etmoqda.
Joriy yilning 23-iyun kuni adliya vaziri Akbar Tashkulovning yoshlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvi rejalashtirilmoqda.
Tadbirda adliya tizimida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar, yuridik yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar hamda jamiyatning faol va tashabbuskor yoshlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olishlari, shuningdek, o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirishlari mumkin.
Mazkur uchrashuv maqsad — yoshlarga yanada yaqinlashish, ularni tinglash hamda fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir!
❗️Uchrashuv Toshkent davlat yuridik universitetining 3-binosi, katta majlislar zalida, soat 10:00 da boshlanadi.
🎒 2025–2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul boshlandi!
#ESLATMA
⚠️ Har bir litsenziya egasi bilishi kerak bo‘lgan eng muhim savol: Qachon litsenziya bekor qilinadi?
#Diqqat_so'rovnoma
Davlat xizmatlarini ko'rsatilishi yuzasidan o'tkazilayotgan so'rovnomada ushbu havola orqali ishtirok etishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
FHDY organlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlardan onlayn foydalaning!
Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani my.gov.uz portali orqali onlayn olish mumkinligini bilarmidingiz?
Tug'ilganlik haqida guvohnomani onlayn olish tartibi va uning qulayliklari bilan quyidagi videolavhada tanishing:
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
FHDY organlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlardan onlayn foydalaning!
Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani my.gov.uz portali orqali onlayn olish mumkinligini bilarmidingiz?
Tug'ilganlik haqida guvohnomani onlayn olish tartibi va uning qulayliklari bilan quyidagi videolavhada tanishing:
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Diqqat_so'rovnoma
Davlat xizmatlarini ko'rsatilishi yuzasidan o'tkazilayotgan so'rovnomada ushbu havola orqali ishtirok etishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#tezkor
⚡️Diqqat e’lon
‼️ Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Yashnobod tumani davlat xizmatlari markazida identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda texnik nosozliklar kuzatilgani bois, markaz fuqarolarga ushbu xizmat turini ko’rsata olmasligi ma’lum qilinadi.
👉 Davlat xizmatlari markazi faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat ko’rsatilishi belgilangan.
📍 Siz bu vaziyatda Toshkent shahridagi boshqa tuman davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | poytaxt_adliya">YouTube
“Tashkent Law Spring 2025” IV Xalqaro yuridik forumi hamkorlari va homiylariga minnatdorchilik
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Tashkent Law Spring 2025” IV Xalqaro yuridik forumini yuqori darajada oʻtkazishda qoʻllab-quvvatlaganligi va qoʻshgan munosib hissasi uchun forumning barcha hamkorlari va homiylariga chuqur minnatdorchilik bildiradi.
Mazkur forum huquq sohasidagi dolzarb tendensiyalar yuzasidan ochiq muloqot uchun xalqaro maydonga aylandi hamda jahon yuridik, ilmiy, biznes va IT jamoalarini birlashtirdi.
Sizning ishonchingiz va hamkorligingiz uchun samimiy minnatdorchilik izhor etamiz!
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
🔔Davlat xizmatlari yagona reyestrining (ro‘yxat raqami 3467, 2023-yil 27-oktabr) dolzarbligi ta'minlanmoqda!
#Tashkent_Law_Spring_2025
Eldor Maxkamov,
Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti boshlig'i
Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko'rsatishda "fuqaro - e'tibor markazida" tamoyili bo'yicha ishlash davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini jadal rivojlantirish strategiyasining asosini tashkil qiladi.
Eng yaxshi davlat xizmati bu fuqaro unga xizmat ko'rsatilganini bilmasdan qoladigan xizmat ekanligini hisobga olgan holda 12 ta xizmat proaktiv shaklda ko'rsatilmoqda. Shuningdek, 50 dan ortiq xizmat kompozit, 15 turdagi xizmat avtomat tartibda ko'rsatilmoqda.
Raqamlashtirish va integratsiya hisobiga Davlat xizmatlari markazlarida xizmat ko'rsatish vaqti 15-20 daqiqadan 5-8 daqiqaga tushdi.
30 dan ortiq davlat xizmati natijasini pochta orqali yetkazib berish tartibi joriy etildi va 2024-yilda 13,3 ming fuqaro mazkur mexanizmdan foydalandi.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Bilasizmi
🕋“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati uchun litsenziya olish tartibini bilasizmi?
👫Ariza beruvchilar toifasi: yuridik shaxslar.
🏢Litsenziyalovchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi
💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.
💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari.
⏰Arizani ko‘rib chiqish muddati: hujjatlar qabul qilish yakunlangan kundan boshlab 30 kun davomida.
⏳Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 668-son qarori. |
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
Mircha Sanu,
Moldova Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi direktori:
“АI inson markazida bo‘lishi lozim”
Men jahon miqyosida ko‘plab forumlarda ishtirok etganman, ammo O‘zbekistondagi bu forumda birinchi ishtirokim.
Mening asosiy taassurotim – O‘zbekiston, Moldova kabi davlatlar tadbir davomida mintaqada raqamli transformatsiya va sunʼiy intellekt sohasida eng izchil rivojlanayotgan mamlakatlar sifatida tilga olindi.
Garchi rivojlangan mamlakatlardan farqli ravishda boshlang‘ich imkoniyatlarimiz boshqacha bo‘lgan bo‘lsa-da, hozir juda tez surʼatda rivojlanayapmiz. Hatto aytishim mumkinki, ayrim Yevropa davlatlari ham biz va siz erishgan yutuqlardan havas qilishlari mumkin.
Maʼruzamning mavzusi – Moldova qanday qilib raqamli sohada Yevropa integratsiyasiga harakat qilmoqda. Аyni shu borada chiqish qilaman.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot