#bilasizmi
⁉️Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlardan xabardormisiz?
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarini tayinlash tartibi soddalashtirildi!
#Bilasizmi
❓Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?
💠NNT bayroq, emblema, vimpel va boshqa ramzlarga ega bo‘lishi mumkin.
✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun NNTning vakili Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
🏛 Vakolatli organ: Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va hududiy adliya boshqarmalari.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 1-3 baravari.
⏳ Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 15 ish kuni.
📋 Xizmat natijasi bo‘yicha guvohnoma taqdim etiladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Bilasizmi
❓Jismoniy shaxslarni Professional mediatorlar reyestriga kiritish tartibidan xabardormisiz?
✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun talabgor Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
🏛 Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.
💰 Xizmat bepul ko‘rsatiladi.
⏳ Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.
❗️Eslatma: Professional asosdagi mediator faoliyatini Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tgan, shuningdek Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaxs amalga oshirishi mumkin.
#Adliya_hudud
✅ Adliya vazirligi mas'ullari fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatmoqda
🔹 Adliya vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan Toshkent viloyatidagi Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlari faoliyati o'rganildi. Dastlab, fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy texnik baza, mavjud qulayliklar bilan tanishildi.
🔸 Xizmat ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xizmatlar turini kengaytirish maqsadida fuqarolar va tizim xodimlarining fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.
🔹 Jarayonda aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko'rsatilib, tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklar aniqlandi. O'rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Adliya_hudud
✅Adliya vazirligi mas'ullari Namangan viloyatida.
🔹Adliya vazirligi mas’ul xodimlari davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida fuqarolarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratilganligi ko'zdan kechirib, sohani yanada rivojlantirish bo’yicha muhim tavsiyalarni berdi.
🔸Namangan shahar DXMdagi oʻrganishlarda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan birga, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning faoliyatini takomillashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklarni yanada yaxshilash hamda tizimda ishlayotgan kadrlarni fuqarolar bilan muloqot qilishda xushmuomalalik va odob-axloq meʼyorlariga amal qilish kerakligi taʼkidlandi.
🔹Shuningdek, davlat xizmatlariga tashrif buyurgan aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, sohani rivojlantirish, yangi xizmatlarni joriy etish va xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan takliflar tinglandi.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
✅Davlat xizmatlari samaradorligi o‘rganilmoqda
🔹Adliya vazirligi mas’ullari tomonidan Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatilayotgan har bir xizmat xronometrajdan o'tkazilmoqda.
🔸Monitoringdan asosiy maqsad — xizmat ko‘rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish orqali xizmat sifatini oshirish hamda aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishdir.
🔹O‘rganishlar yakuni bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga takliflar ishlab chiqiladi va tegishli amaliy choralar-tadbirlar belgilab olinadi.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#adliya_hudud
✅Adliya vazirligi mas'ullarining Navoiy viloyatida huquqiy xizmatlar sifatini o'rganish ishlari davom etmoqda.
🔹Navbatdagi manzillar Qiziltepa, Karmana tumanlari va Navoiy shahri bo'ldi. O'rganishdan maqsad - DXM va FHDY bo'limlarida fuqarolarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, soha rivojlanishi uchun amaliy tavsiyalar berishdan iborat
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada oson!
Pensiya avtomatik tarzda qanday tayinlanadi? Kompozit xizmati nima? Tug’ilishni qayd etish uchun FHDY ga borish shart emas.
“Yuridik klinika plyus”ning bu galgi sonida davlat xizmatlari sohasidagi qulayliklar, muhim yangiliklar muhokama markazida bo‘ladi.
To'liq video: https://www.youtube.com/watch?v=2I7A9LcKvls
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#bilasizmi
❓Qachon davlatning rasmiy yoki qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish mumkin?
#Bilasizmi
🆕 “Adliya-QR” axborot tizimi: fuqarolar uchun qulaylik!
2025-yildan boshlab Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun “Adliya-QR” axborot tizimi joriy etilgan. Ushbu tizim orqali fuqarolar:
🔹 Face-ID orqali ariza ma’lumotlarini tasdiqlash;
🔹 Arizaga tegishli to‘lovlarni amalga oshirish;
🔹 Arizada kiritilgan ma’lumotlar bilan tanishish;
🔹 Xizmat sifatini baholash;
🔹 Ariza natijalarini yuklab olish;
🔹 Zarur ma’lumotlarni markaz xodimi bilan almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
✅ Bu tizim quyidagi qulayliklarni yaratadi:
- Fuqarolar vaqtini tejaydi;
- Navbatlar sezilarli darajada kamayadi;
- Xizmat sifati oshadi;
- Ortiqcha xarajatlar qisqaradi.
Davlat xizmatlarini yanada qulay va sifatli qilish yo‘lida ishlashda davom etamiz!
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Davlat_xizmatlari
Davlat xizmatlari markazi binolarida toʻlovlarni qabul qilish bank kassalari, toʻlovlarni qabul qilishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari va pochta kassalari tomonidan hamda toʻlov kiosklari orqali amalga oshirilmoqda.
❗️Maʼlumot oʻrnida, davlat xizmatlari markazi xodimlari toʻlovlarni qabul qilish vakolatiga ega emas.
Oʻz navbatida, toʻlovlarni tez va oson amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.
Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib oʻtirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yoʻq.
📎Buning uchun ommabop toʻlov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, toʻlovni osongina amalga oshiring.
🖥 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” toʻlov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Bilasizmi
❓O‘qishni bir sport ta’lim muassasasidan boshqasiga ko‘chirish tartibidan xabardormisiz?
✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchi (16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan uning qonuniy vakili) Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
🏛 Vakolatli organ: Sport vazirligi tizimidagi sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
⏰ Arizani ko'rib chiqish muddati: 3 ish kuni
🗓Ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki o‘quv yili tugaganidan so‘ng o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi 583-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Muhim_eslatma
Fuqarolarga davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi va YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilgan taqdirda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Yangi_tartib
📢 FHDY organlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarda yana bir nechta qulay yangiliklar joriy etildi!
🖥 Endi agar tug‘ilganlik, nikoh yoki ajrim yozuvi arxivda topilmasa, 16 yoshdan katta fuqaro yozuvni tiklash, tuzatish yoki o‘zgartirish uchun my.gov.uz orqali ariza topshirishi mumkin.
Bunda, shaxsni tasdiqlash Face-ID yoki MyID orqali avtomatik aniqlanadi.
#bilasizmi?
🔑 ERI parolingizni unutdingizmi? Uni tiklash juda oson!
Agar siz elektron raqamli imzo (ERI) kalitingiz parolini unutib qo‘ygan bo‘lsangiz, xavotir olmang — uni bir necha bosqichda tiklashingiz mumkin! 💡
📲 1-qadam:
https://e-imzo.soliq.uz/ saytiga kiring.
🖱 2-qadam:
O‘ng tomondagi menyudan "ERI parolni olish" tugmasini tanlang.
🧩 3-qadam:
Chiqqan oynada rasmda ko‘rsatilgan tasdiqlovchi kodni kiriting.
📂 4-qadam:
Parolni tiklamoqchi bo‘lgan ERI kalitingizni yana bir bor tanlang va "Parolni olish" tugmasini bosing.
📩 TAYYOR! Parol sizning ERI kalitingiz bilan bog‘langan telefon raqamingizga SMS orqali yuboriladi.
⏱️ Butun jarayon atigi bir necha daqiqa vaqt oladi, qog‘ozbozliksiz va navbatsiz!
🔁 Do‘stlaringiz bilan ulashing — ERI parolini tiklash mumkin!
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Bilasizmi
❓Biologik himoya vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan ko‘paytirilgan biologik himoya vositalarini sertifikatlashtirish tartibidan xabardormisiz?
💠Biologik himoya vositalari — qishloq xo‘jaligi o‘simliklari va o‘simlik mahsulotlarining zararli organizmlariga qarshi kurashish uchun qo‘llaniladigan foydali organizmlar yoki ularning yashash faoliyati mahsulotlari.
#eslatma
Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan fuqarolar e’tibor berishlari kerak bo’lgan holatlar.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
#Bilasizmi
❓Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash tartibidan xabardormisiz?
✅ Davlat xizmatidan foydalanish uchun talabgor Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
🏛 Vakolatli organ: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
💻Kasbiy sertifikat olish uchun talabgor kompyuterda test shaklida nazorat sinovi topshirishi lozim.
🗓Nazorat sinovi har yili mart - may oylarida o‘tkaziladi.
💰Birinchi marta nazorat sinovida ishtirok etish bepul.
🧾Nazorat sinovi yakunlari bo‘yicha kasbiy sertifikat rasmiylashtiriladi.
⏳Kasbiy sertifikat cheklanmagan muddatga beriladi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kasblariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etilgan.
📌 Davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifalaridan biri – arizangizni to‘g‘ri va o‘z vaqtida yo'naltirib berishdir.
#qulaylik
📨 Xorijga chiqish biometrik pasportini Siz istagan manzilga yetkazib beramiz!
✅2025-yil 2-chorak yakunlariga ko'ra, Davlat xizmatlari markazlarining ko'rsatkichlari.
🔹Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo'yicha o'rtacha bahosi eng yuqori bo'lgan hududlar:
1. Surxondaryo viloyati – 99,99 %
2. Farg‘ona viloyati – 99,99 %
3. Samarqand viloyatlari – 99,99 %
🔹Ko‘rsatilgan xizmatlar o'rtacha bahosi eng yuqori bo'lgan davlat xizmatlari markazlari:
1. Farg‘ona viloyati, So‘x tumani – 99,99 %
2. Jizzax viloyati, Do‘stlik shahri – 99,99 %
3. Namangan viloyati, Namangan shahri – 99,99 %
🔸Ko‘rsatilgan davlat xizmatlari bo‘yicha o‘rtacha bahosi eng quyi bo‘lgan hududlar:
1. Qashqadaryo viloyati – 97,24 %
2. Toshkent shahri – 98,91 %
3. Jizzax viloyati – 98,98 %
🔸Ko‘rsatilgan xizmatlar bo'yicha o'rtacha bahosi eng quyi bo'lgan davlat xizmatlari markazlari:
1. Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani – 20,09 %
2. Farg‘ona viloyati, Quva tumani – 84,03 %
3. Jizzax viloyati, Arnasoy tumani – 87,08 %
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
✅Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safari davomida Nukus shahar va Xo‘jayli tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazlarida bo'ldi.
🔹Xizmat safari davomida adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi xodimlari bilan suhbatlashib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.
🔹Markazda aholining murojaatlari qanchalik tez va sifatli ko‘rib chiqilayotgani, xodimlarning fuqarolar bilan muloqoti, xizmat ko‘rsatish madaniyati ham diqqat markazida bo‘ldi.
🔹Xizmat safari yakunida adliya vaziri o‘rinbosari davlat xizmatlari ko‘rsatishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, aholi uchun qulay xizmat muhitini yaratish yuzasidan markaz rahbariyati va mas’ul xodimlarga tegishli ko'rsatmalar berdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
⁉️Bilasizmi, sizning quyidagi harakatlaringiz ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi:
#Yangi_xizmat
📌 2027-yil 1-yanvarga qadar tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab beriladi!
#Bilasizmi
✅Ayrim tadbirkor va yuridik shaxslar davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan.
🔹“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, ma’muriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki bo‘ysunuvi o‘zgartirilganligi natijasida tadbirkorlik subyektlarining va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganda ular qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.
🔹Shuningdek, sug‘urta qildiruvchilar majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.
🔹Bunda sug‘urta qildiruvchilar (sug‘urtalangan shaxslar, naf oluvchilar, jabrlanuvchilar) majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda va Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Adliya">YouTube | Bot
Davlat xizmatlarining asosiy tamoyillaridan biri:
Murojaatchining vaqtini tejash.
Markaz xodimlari murojaatchilarning vaqtini tejashi, so‘rovlarini samarali qondirishi hamda ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos etishi lozim.
Davlat xizmatlarining asosiy tamoyillaridan biri:
Tinglash, tushunib eshitish va yordam berish.
DXM xodimlari “Har bir murojaatchi va uning talablari o‘ziga xosdir” degan tushuncha bilan murojaatchilarni tinglaydi, tushunib eshitadi va ularga yordam beradi. Chunki, barcha qonunchilik hujjatlarida insonlar muammolarining barcha qirralarini qamrab olish imkoniyati mavjud emas. Shu sababli, xodimning vazifasi – har bir mijozning holatiga kira bilishdir.
#Yangi_xizmat
📌Malakani baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati joriy etiladi.
#Adliya_xabari
📍1024 ta og‘ir ahvoldagi mahallalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.