daryo_live | Неотсортированное

Telegram-канал daryo_live - Daryo — LIVE

77776

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24 Pul — @daryo_pul

Подписаться на канал

Daryo — LIVE

NASA 4G internet tarmogʻini Oyga olib chiqmoqchi — CNN

Oʻz navbatida SpaceX kompaniyasi ham 4G tarmogʻini Oyga olib chiqish borasida harakat boshlagan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston transport koridori orqali 2024-yili 1 mln tonnadan ortiq yuk tashishni rejalashtirilgan

Belarus–Rossiya–Qozog‘iston–O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O’zbekistonda 1-yanvar holatiga 60 yoshdan yuqori yoshdagi aholi soni 3 million 467 ming kishini, jami aholi tarkibidagi ulushi esa 9,4 foizini tashkil etgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Farg‘onada aliment to‘lamay yurgan erkak boshqa xotinining uyidan mast holda topildi

U 13 yildan buyon aliment to‘lamay kelgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Rossiyalik siyosiy tanqidchi Aleksey Navalniy xotira marosimiga rahbarlik qilgan ruhoniy vazifasidan chetlashtirildi

Dmitriy Safronovga 2024-yil 15-apreldan boshlab uch yil davomida nikoh oʻqish, diniy libos kiyish va ruhoniylar xochi koʻtarish taqiqlangan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Butun respublika bo‘ylab ijodkorlar bilan "Ma’rifat ulashib" loyihasi o‘tkazilmoqda

Namangan viloyatida o‘tgan anjumanda taniqli adiblar Nabi Jaloliddin, Nurboy Jabborov va Axtamqul Karim yoshlar bilan uchrashdi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Germaniyada Xitoy foydasiga josuslik qilgan parlament deputati yordamchisi hibsga olindi

Gumonlanuvchi yanvar oyida Yevropa parlamentidagi muzokaralar va qarorlar haqidagi maʼlumotlarni Xitoyga uzatgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Samarqandda maktab o‘quvchisi bo‘lgan qizga jismoniy tazyiq o‘tkazib kelinayotgani aytilmoqda

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Chilining yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkent viloyatining 20 mingga yaqin ko‘chmas mulk obyektlari Yangi Toshkent hududiga o‘tmoqda. Shundan:

▫️turar joylar — 18 773 ta;
▫️noturar joylar — 891 ta;
▫️ko‘p qavatli uylar — 52 ta.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekistonda 1-aprel holatiga koʻra, reklama faoliyati va bozor konyunkturasini oʻrganish sohasida 1 606 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Ukraina dronlari Smolensk viloyatidagi ikkita neft bazasiga hujum qildi

Obyektlarda 26 ming kub metr Rossiya yonilgʻisi saqlangan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagani aytilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Quyoshda to‘rtta chaqnash sodir bo‘ldi, yaqin kunlarda Yerni magnit bo‘ronlari qoplashi mumkin.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Kipros Yorgallis Kiprning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov yangi elchi bilan uchrashib, ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Argentinada namoyishchilar prezident Xavyer Miley siyosatiga qarshi mitingga chiqdi

Ular hukumatning universitet rivojiga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish qarorini bekor qilishga chaqirmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Qozogʻiston bosh vaziri oʻrinbosari Kobulga tashrif buyurib, “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi

Oldinroq Turkmaniston delegatsiyasi ham “Tolibon” bilan savdo va tranzit masalalarini muhokama qilish uchun Kobulga kelgani xabar qilingan edi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Tanzila Norboyeva AQSHning Yuta shtati Senati raisi bilan uchrashuv oʻtkazdi

Muloqot davomida investitsiyaviy, tovar va xizmatlar bozori,  togʻ-kon sanoati, energetika, axborot texnologiyalari sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

❗️Bayden Ukrainaga yordam paketi ajratish bo‘yicha qonun loyihasini imzoladi

AQSh prezidenti kecha Senat tomonidan qabul qilingan Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 milliard dollarlik yordam ko'rsatish bo‘yicha qonun loyihasini imzoladi.

Ushbu mablag'ning deyarli 61 milliardi Ukrainaga berilishi ko‘zda tutilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Samarqandda marmarni noqonuniy qazib olganlar davlatga 5 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi

Ishtixon tumanida 13,1 ming kub marmar noqonuniy qazib olingan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Gretsiya poytaxti Afina chang-toʻzon tufayli apelsin rangiga burkandi — CNN

Sahroi Kabirdan havoga koʻtarilgan chang-toʻzon Yunoniston janubidagi qator hududlarga kirib kelgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

2024-yil 1-iyuldan boshlab yoʻl boʻyida joylashgan maktablar oldida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari bosqichma-bosqich oʻrnatiladi

Shuningdek, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida, yoʻl-transport hodisalari oʻchoqlarida, temir yoʻl kesishmalarida shunday texnik vositalar oʻrnatib boriladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Rossiyaning Ukrainadagi gʻalabasi Yevropa tarixini oʻzgartiradi” — Yevrokomissiya rahbari

Ursula fon der Lyayen takroran Yevropa Ittifoqi davlatlarini Ukrainani qurol bilan taʼminlash uchun birlashishga chaqirgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Afgʻonistonda hibsga olingan ayollarga nisbatan “Tolibon” vakillari tomonidan jinsiy zoʻravonlik qilingan — AQSH hisoboti

Mamlakatning shimoliy tumanlarida hibsga olingan 90 nafar ayoldan 16 tasi “Tolibon” vakillari tomonidan zoʻrlangani xabar qilingan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Markaziy bank xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 25-aprelda amalda boʻladigan qiymatini e’lon qildi

🇺🇸 dollar 12 689,97 soʻm (-15,03)
🇪🇺 yevro 13 557,96 soʻm (+14,43)
🇷🇺 rubl 137,20 soʻm (+1,09)

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Ijtimoiy tarmoqlarda Orolbo‘yidan dinozavr izlari va dinozavr bolasining suyaklari topilgani haqida xabar tarqaldi.

Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limiga qarashli Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot institutining geologiya laboratoriyasi mudiri Izzet Aimbetov mazkur xabarlarga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ustyurtda dinozavr izi topilgan.

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda — Bild

Germaniya davlat xavfsizlik xizmati xodimi maktablarda musulmon o‘quvchilar soni keskin oshganini ma’lum qildi. Berlin, Frankfurt yoki Essen kabi yirik shaharlarida musulmon o‘quvchilar ulushi 80 foizdan oshgan maktablar mavjud.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Isroil armiyasi Livan janubidagi “Hizbulloh”ning harbiy obyektlariga zarba bermoqda, deya xabar bermoqda armiya.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🇭🇺 Vengriya poytaxtida Navro‘z bayrami va O‘zbekiston elchixonasi ochilganining bir yilligi nishonlandi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Indoneziyada rasmga tushayotgan sayyoh vulqon krateriga tushib ketdi

Qutqaruv operatsiyasi deyarli 2 soat davom etgan, shifokorlar jabrlanuvchiga yordam bera olmagan. Hozirda ayolning jasadini Bali orqali Xitoyga olib ketish rejalashtirilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Shoyguning o‘rinbosari sudga Mudofaa vazirligi formasida olib kelindi

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanovga nisbatan 23-iyunga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi. U o‘ziga qarshi ayblovni rad etmoqda

@daryo_live

Читать полностью…
Подписаться на канал