daryo_live | Неотсортированное

Telegram-канал daryo_live - Daryo — LIVE

77776

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24 Pul — @daryo_pul

Подписаться на канал

Daryo — LIVE

Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi — Anadolu

Zilzila kuchi Tokat, Samsun, Yozgat, Chanqiri, Chorum viloyatlarida sezilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Keniya harbiy rahbariyati vertolyot qulashi oqibatida halok boʻldi

“Vertolyot bortida 10 dan ortiq yuqori martabali qoʻmondonlar, jumladan mudofaa vaziri Ogolla ham bor edi”, - deyilgan rasmiy bayonotda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkentda Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zganing 12 mln 150 ming so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

❗️Toshkent vaqti bilan 20:15 da Afgʻonistonda zilzila sodir boʻldi

Zilzilaning Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:

🔹 Fargʻona viloyatida 2 ball, 125 km.
🔹 Namangan viloyatida 2 ball, 162 km.
🔹 Sirdaryo viloyatida 2 ball, 163 km.
🔹 Andijon viloyatida 2 ball, 189 km.
🔹 Toshkent shahrida 2 ball, 190 km.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Dushanbe shahridagi “Koʻhi Borbad” sanʼat saroyida Oʻzbekiston va Tojikiston sanʼat ustalari ishtirokida “Doʻstlik oqshomi” boʻlib oʻtdi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon konsertni birgalikda tomosha qildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Xitoy va Indoneziya Falastinning BMTga aʼzoligini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi

Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang Yi AQSH hukumatini Yaqin Sharq mojarosini hal etish uchun yetarlicha bilimga ega emaslikda ayblagan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Isroil kuchlari Gʻazo sektoridagi Nuseyrat qochqinlar lagerini tark etdi

Isroil hududni tark etgach vayronalar ostidan jasadlar olib chiqilayotgani ma'lum qilingan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan soʻng OAV vakillari uchun bayonot bilan chiqdi

“Yana bir bor taʼkidlayman, Tojikiston Oʻzbekiston uchun eng yaqin, ishonchli, asrlar bilan sinalgan strategik sherikdir. Birodar oʻzbek va tojik xalqlari koʻp asrlik doʻstlik rishtalari bilan chambarchas bogʻlangan. Bizni umumiy tarix, madaniy va maʼnaviy qadriyatlar, anʼana va urf-odatlar birlashtirib turadi”, — dedi Oʻzbekiston yetakchisi.


@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Falastinlik fotojurnalist World Press Photo tanlovida “Yilning eng yaxshi fotosurati” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi

Tanlovda g‘olib bo‘lgan surat 17-oktyabr kuni Gʻazo sektori janubidagi Xon Yunus shahrida, Nosir kasalxonasidagi oʻlikxonada olingan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ikki mamlakat madaniyat va sanʼat arboblarining bir guruhiga faxriy unvonlar berdi

Tojikiston milliy konservatoriyasi rektori Mirali Doʻstizoda, Tojikiston milliy konservatoriyasi dotsenti Ismoil Nazriyev, Tojikiston Hukumati huzuridagi Televideniye va radio qoʻmitasining F.Shaxobov nomidagi “Shoshmaqom” ansambli rahbari Furqat Saidzoda, Bobojon Gʻafurov tumani shoshmaqom ansambli rahbari Toʻlqin Tojiboyev, A.Joʻrayev nomidagi Tojikiston davlat filarmoniyasi “Falak” ansambli badiiy rahbari Rahmatullo Hoshimov “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoniga sazovor boʻldi.

Oʻzbekiston milliy musiqa sanʼati instituti “Maqom xonandaligi” kafedrasi professori Munojatxon Yoʻlchiyeva, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi “Lazgi” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari Ogʻabek Sobirov va xonanda Yulduz Usmanovaga “Tojikiston xalq hofizi” faxriy unvoni, Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri direktori Yodgor Saʼdiyevga “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni berildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🇺🇿🇹🇯 Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida imzolangan hujjatlar roʻyxati:

➖ Sanoat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

➖ Sanoat mulkini muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

➖ Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

➖ Fanlar akademiyalari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

➖ davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari, xalqaro avtomobil va aviatsiya qatnovlari toʻgʻrisidagi bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida bayonnomalar;

➖ Veterinariya va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

➖ Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish idoralari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

➖ madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlik, agrosanoat majmuidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xarita”lari;

➖ Andijon, Namangan, Sirdaryo, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Soʻgʻd viloyati, Qashqadaryo viloyati va Xatlon viloyati oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar va 2024-2026-yillarga moʻljallangan “yoʻl xarita”lari hamda boshqa hujjatlar.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

The New York Times nashri Isroil va Falastin mojarosi haqidagi yangiliklarda “genotsid” soʻzidan foydalanishni taqiqlab qoʻydi

Nashr o'z xodimlarini norozilik kayfiyati uygʻotuvchi jumlalarni ishlatishdan tiyilishga chaqirgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Jizzaxda 15 nafar yoʻlovchi bilan harakatlangan Damas avtomashinasi haydovchisiga chora koʻrildi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Mart oyida poytaxtning uy-joy ijara bozorida xaridorlarning faolligi 2,2 foizga kamaydi va 1 kvadrat metr uchun 8,6 dollarni tashkil etdi

Shayxontoxur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida ijara narxi yuqoriligicha qolmoqda, bu hududlarda ijara narxi bir kv m uchun 10,6 dollarni tashkil etadi. Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida nisbatan arzon uy-joy ijarasi saqlanib qolmoqda, bu hududlarda o‘rtacha ijara narxi bir kv m uchun 6,7 dollarni tashkil etadi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Fevral oyida ko‘chmas mulk bozorida faollik biroz o‘sishidan so‘ng, mart oyida sezilarli pasayish qayd etildi

Poytaxtda ko‘chmas mulk bozori 20,7 foizga pasaydi. Ikkilamchi bozor pasayishni boshladi, oyiga o‘rtacha narx atigi 0,5 foizga oshdi. Poytaxtning ijara bozoridagi faollik yanada kamaydi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Jizzaxda sodir boʻlgan YTH oqibatida ikki nafar maktab oʻquvchisi halok boʻldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, haydovchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

19-apreldan Kichik halqa avtomobil yoʻlining Turkqoʻrgʻon koʻchasi bilan kesishmasidan Adham Rahmat koʻchasigacha boʻlgan harakat yoʻnalishining bir tomoni 7 kun muddatga yopiladi

Bunga 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida ushbu hududda 260 metr uzunlikdagi eskirgan issiq suv tarmogʻida taʼmirlash ishlari olib borilishi sabab boʻladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi — Iran International

Ozarbayjon maʼmuriyati Eronni kuzatish uchun Isroilning Mossad razvedka xizmatiga mamlakatga kirishga izn bergani ham maʼlum qilingan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi Eron va Livanga parvozlarni toʻxtatdi

“Lufthansaʼning Tehron va Bayrutga parvozlari 2024-yil 30-aprel, seshanba kunigacha bekor qilinadi”, — deyiladi kompaniya maxsus bayonotida.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Bugun Venetsiya biennalesida ikkinchi marotaba Oʻzbekiston pavilyoni ochildi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bu yil anʼanalar bilan texnologiyalar oʻrtasidagi bogʻliqlik haqida hikoya qiluvchi “Donʼt Miss the Cue” koʻrgazmasi taqdim etilayotganini maʼlum qildi.

“Ushbu loyiha oʻzbek ayolining madaniy va tarixiy ildizlarini anʼanaviy hunarmandchilik mahsuli boʻlgan toʻqimachilik, liboslar orqali anglashga yordam beradi. Meni bu noyob loyiha chindan hayratga soldi”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.


@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Argentina NATOga global hamkor sifatida kirish uchun ariza topshirdi

Bu haqida respublika Mudofaa vazirligi rahbari Luis Petri ma’lum qildi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Oʻzbekiston prezidenti Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomaning imzolanishi ushbu tashrifning chinakam tarixiy natijasi boʻlganini qayd etdi

“Bu qadam bilan Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi koʻp qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirish boʻyicha ortga qaytmas yoʻldan yurishga qatʼiy intilishimizni tasdiqladik. Ushbu muhim hujjat, hech mubolagʻasiz, ikki tomonlama munosabatlarda yangi tarixiy davrni anglatadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.


@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Eron islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi Isroilni yadroviy inshootlarga zarba berish haqida ogohlantirdi

“Sionistik dushmanning yadroviy inshootlari aniqlandi. Barcha nishonlar haqidagi kerakli maʼlumotlar bizning qoʻlimizda”, — degan korpus vakili.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Mamlakat yetakchisining davlat tashrifi doirasida ushbu unvonlar bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Burkina-Faso hukumati 3 nafar Fransiya diplomatini mamlakatdan chiqarib yubordi

Rasmiy hukumat Fransiya vakillarini “qoʻporuvchilik faoliyati bilan shugʻullanish”da ayblagan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi

Tashrif davomida Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning deyarli barcha yoʻnalishlarini qamrab oluvchi 28 ta hujjat imzolandi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Sergelida o‘quvchilari qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchini fosh qilgan onalardan biri bosimga uchramoqda

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Qrim va Donbass abadiy Rossiya tarkibida qoladi” — Slovakiya bosh vaziri

Bosh vazir Robert Fiko Kiyev bilan qarama-qarshilikda Moskva gʻalaba qozonishini ma'lum qilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Rinotin kids” mahsulotining ruxsatnomasi bekor qilindi

Bugungi kun holatiga korxona tomonidan 28 ta dorixonalardan mahsulotlar qaytarib olindi. Mazkur holat yuzasidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekiston Buyuk Britaniya bilan milliy mahsulotlarni xalqaro standartlar asosida sertifikatlash, yorliqlash va o‘rash yo‘nalishida hamkorlik qiladi

@daryo_live

Читать полностью…
Подписаться на канал