daryo_live | Неотсортированное

Telegram-канал daryo_live - Daryo — LIVE

77776

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24 Pul — @daryo_pul

Подписаться на канал

Daryo — LIVE

Rossiya xorijiy razvedka xizmati raisi xavfsizlik boʻyicha muzokaralar uchun Shimoliy Koreyaga bordi

“Rasmiylar dushman kuchlarning tobora ortib borayotgan josuslik va fitna harakatlariga qarshi kurashish uchun hamkorlikni kuchaytirishni muhokama qildilar”, -deyiladi Shimoliy Koreya rasmiylari eʼlon qilgan bayonotda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Markaziy bank xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 29-martda amalda boʻladigan qiymatini e’lon qildi

🇺🇸 dollar 12 620,09 soʻm (+19,95)
🇪🇺 yevro 13 599,41 soʻm (-42,76)
🇷🇺 rubl 136,73 soʻm (-0,81)

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Crocus City Hall’ga hujum qilishda ayblanayotganlar giyohvand yoki psixotrop moddalar ta’sirida bo‘lgani aytilmoqda
Huquq tartibot idoralari xodimi terakt sodir etgan 4 nafar shaxs taqiqlangan moddalarni boshqa vaqtlarda ham qabul qilganliklarini istisno etmadi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Surxondaryoda Nexia-3 ag‘darilib, yonib ketdi

Avtomobilni “prava”siz boshqargan ayol va uning ikki nafar farzandi halok bo‘lgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekistonga Rossiyadan gaz yetkazib berish 2024-yilda uch baravar oshirilishi rejalashtirilmoqda

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Qandli diabet kasalligida ro‘za tutish. Mutaxassis tushuntirish berdi

Uzoq muddatli ta’sirga ega insulin qabul qiladigan bemorlar ro‘za tutsa bo‘ladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkentdagi "Aviasozlar dehqon bozori" 2023-yilda 98,6 million so‘m daromad ko‘rdi

Ahamiyatlisi shundaki, ushbu daromadning 46,8 million so‘mi avvalgi yillarda ko‘rilgan zararni qoplash uchun yo‘naltirilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

❗️Toshkent viloyatida 1-apreldan isitish mavsumi yakunlanadi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkent viloyatining Angren shahrida kuchli shamol sabab qulagan daraxtlar

“O‘zgidromet” 28-mart kuni qator hududlarda kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirgandi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

📌 Toshkent shahar hokimligi noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmaslikni so‘radi

Favqulodda holatlarda 1050 va 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 raqamlariga qoʻngʻiroq qilish mumkin.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Salar—Xojikent temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasining yo‘l izida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari doirasida 28-mart soat 21:00 dan 29-mart soat 06:00 ga qadar Temur Malik ko‘chasining Universitet ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

O‘zbekiston fevral oyida 1,3 mlrd dollarlik oltin sotdi

Bu 2023-yilning yanvar-fevral oylaridagi ko‘rsatkichdan (1,18 milliard dollar) 11,5 foizga ko‘p demak. Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari esa kamaygan. Qimmatbaho metallar mamlakat eksportining 36,3 foizini tashkil qilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Qozog‘istonning Aqtobe, Aqmola, Kostonay, G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlarida suv toshqinlari kuzatildi

Suv bosgan, toshqin kuzatilgan hududlarda aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

🌦Bugun aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Harorat 12-17 daraja iliq bo‘ladi

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

“Ukraina tez orada qulashi mumkin” — Emmanuel Makron

Makron Ukraina uchun halokat signali yoqilganini maʼlum qilgan. Mamlakat tez orada hujum va mudofaa qudratidan toʻla mahrum boʻlishi mumkinligidan ogohlantirgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Senatning 51-yalpi majlisi 30-mart boʻlib oʻtadi

Majlisda qator qonunlar koʻrib chiqilishi bilan birga, senatorlar tomonidan Inson huquqlari boʻyicha vakilning (Ombudsman) 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti eshitiladi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Davlat idoralarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali amalga oshirilgani baholandi.

Baholash natijalariga ko‘ra, mazkur tashkilotlarning faoliyat samaradorligi quyidagi toifalarga ajratildi:

➖42 tasi “yaxshi” (81-100 ball)
➖38 tasi “qoniqarli” (55-80 ball)
➖15 tasi “qoniqarsiz” (55 balldan past)

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Turkiya Gʻazoga gumanitar yordam kemasini joʻnatadi

Rasmiylar Anqara hukumati tomonidan Gʻazoga hozirga qadar yuborilgan gumanitar yordam hajmi 39,607 tonnaga yetganini bildirgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkentning Chilonzor tumanidagi gaz quvuri bo‘yicha avariya-tiklash ishlari

Ishlar yakunlanganidan so‘ng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Pokiston mudofaa vaziri: Pokistondagi terrorizm manbai Afg‘onistonda
Pokiston “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” harakati aʼzolari Afg‘onistondan turib, Pokistonga qarshi hujumlar amalga oshirayotganini aytgan. Pokistonning bir necha bor chaqiruvlariga qaramay, “Tolibon” TTPga qarshi hech qanday chora ko‘rmagan.

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Sirdaryoda kuchli shamol ko‘p qavatli uy tomini uchirib yubordi

Holat bo‘yicha voqea joyiga tuman hokimi, sektor rahbarlari va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkent shahri Chilonzor tumani “Xirmontepa” mahallasida diametri 50 mm boʻlgan past bosimli gaz quvuri katta daraxt shamol oqibatida ildizidan qoʻporilib tushgani bois uzilgan. Natijada ushbu hududdagi 16 ta koʻp qavatli uyning 768 ta xonadoni tabiiy gazdan vaqtincha uzilgan.

Ayni paytda gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Jizzaxda 64 gektar yerni 800 mln so‘mga sotishga uringan “Hududgaz” bo‘lim boshlig‘i va MCHJ rahbari ushlandi

Shuningdek, ular kelgusida davlat o‘rmon xo‘jaligi balansidagi 130 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi vakolatli tanishlari orqali olib berishi evaziga 10 ming dollar berishni so‘ragan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

❗️Kuchli shamol tufayli Toshkent shahridagi elektr uzatish tarmog‘i avariyaviy o‘chib qoldi

Natijada Toshkent viloyatining Piskent, Quyi Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 ming 550 ta isteʼmolchi, shuningdek, kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Chilonzor tumanida kuchli shamol esishi ortidan daraxt piyodalar yo‘lagiga qulab tushdi

Videodan ko‘rish mumkinki, daraxt qulashi oqibatida ko‘p qavatli uyning birinchi qavati joylashgan savdo do‘konlari peshlavhalariga ham shikast yetgan.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Toshkentda kuchli shamol tufayli daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi

Mazkur holat Yunusobod tumanidagi Niyozbek yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. Shuningdek, avtoturargohda bo‘lgan boshqa mashinalarga ham shikast yetgani aytilmoqda.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin javob berdi.
Putin Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari uchinchi davlatlar aerodromlaridan uchib chiqsa, bu aerodromlar Rossiya harbiylari uchun qonuniy nishonga aylanishini aytgan.

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Oybek Shaxavdinov Vengriya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

U O‘zbekistonning qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan birinchi elchisi bo‘ldi.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Surxondaryo va Tatariston quyidagi sohalarda hamkorlik qilishi kutilmoqda:

➖ neftni qayta ishlash;
➖ transport va logistika;
➖ taʼlim;
➖ qishloq xo‘jaligi
➖ innovatsion texnologiyalar;
➖ chorvachilikni rivojlantirish.

@daryo_live

Читать полностью…

Daryo — LIVE

Rossiya Gʻazoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami joʻnatdi

Yuklarning aksariyati Rossiyaning Qorachoy-Cherkasiya Respublikasi rasmiylari tashabbusi bilan yigʻilgan.

@daryo_live

Читать полностью…
Подписаться на канал