daryo | Unsorted

Telegram-канал daryo - Daryo | Rasmiy kanal

409851

“Daryo.uz”ning rasmiy kanali. Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryoga_murojaatbot Lifestyle — @daryo_lotin Tezkor xabarlar — @daryo_live Sport — @daryo_sport24 Dunyo — @daryo_world На русском — @daryo_central_asia Global — @daryo_global

Subscribe to a channel

Daryo | Rasmiy kanal

6-iyun kuni e’lon qilingan yangiliklar dayjesti:

• Qarshida hokim o‘rinbosarining xodimlarga qo‘pol munosabati yuzasidan o‘rganish boshlandi

• Vengriya uchta davlat fuqarolariga ishchi viza berishni to‘xtatdi

• Samarqandda homilasi nobud bo‘lgan ayol uch kundan so‘ng vafot etdi

• Pentagon Isroil razvedkasining AQSH rasmiylariga qarshi harakatlaridan xavotirda — NBC News

• U zapravka direktori. Haydovchiga qo‘pollik qilgan shaxs bo‘yicha ma’lumot berildi

• Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun Shengen vizalarini noqonuniy olib berganlikda gumon qilinayotgan guruh fosh etildi

• O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov vafot etdi

• Sahroi Kabirda yuk mashinasi buzilishi ortidan 49 kishi chanqoqdan halok bo‘ldi

• Yangiyo‘lda er homilador xotinini pichoqladi

👉 Obuna bo‘ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

“Tolibon” yuzini yopmagan va “munosib” kiyinmagan ayollarni qamoqqa olish bilan ogohlantirdi — manba

Ayollarning to‘g‘ri kiyinishiga oila erkaklari javobgar etib belgilandi. Pardoz qilish ham taqiq ro‘yxatiga kiritildi.

Batafsil — https://daryo.uz/iSuMfJbDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Toshkentda avtobus bosib ketishi oqibatida piyoda halok bo‘ldi

“Qo‘yliq” avtoshohbekatida orqaga harakatlangan Yutong elektrobusi 35 yoshli piyodani bosib ketgan.

Batafsil — https://daryo.uz/YBQFbJxDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

“Bu bizning davlatimiz, sizniki emas”. Livan prezidenti Eronni mamlakatdan savdolashish vositasi sifatida foydalanishda aybladi

Jozef Aun Livan xalqi urushdan to‘yganini, Tehron aslida mamlakatga yordam bermayotganini aytdi.

Batafsil — https://daryo.uz/ShdFD1xvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

O‘zbekistonning Nyu Yorkdagi bosh konsulxonasi vatandoshlarga ogohlantirish bilan chiqdi

Diplomatik idora AQSHdagi vatandoshlarni mahalliy qonunlar, an’ana va jamoat tartibi qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. Konsulxona har qanday huquqbuzarlik nafaqat shaxsiy javobgarlikka, balki xorijdagi o‘zbekistonliklar haqidagi umumiy tasavvurga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini eslatdi.

Batafsil — https://daryo.uz/V3_e9AxDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

AQSH Eronning ikkita orolidagi radar obyektlariga zarba berdi

Bu Tehronning Hormuz bo‘g‘ozi tomon dronlar uchirganiga javob bo‘ldi.

Batafsil — https://daryo.uz/r_eYn1xDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

“U zapravka direktori”. Haydovchiga qo‘pollik qilgan shaxs bo‘yicha ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini prokuror deb tanishtirgan erkak haydovchidan hududni tark etishini talab qilgani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuratura uning prokuratura tizimiga mansubligi haqida tarqalayotgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi bildirdi.

Batafsil — https://daryo.uz/uBYugJbvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun Shengen vizalarini noqonuniy olib berganlikda gumon qilinayotgan guruh fosh etildi

Guruh kamida 76 nafar O‘zbekiston fuqarosi uchun viza rasmiylashtirgan bo‘lishi mumkin. Bir dona viza uchun 2 ming yevro, aviachipta uchun yana 2 ming yevro, qalbaki haydovchilik guvohnomasi uchun esa 400 yevro talab qilingan.

Batafsil — https://daryo.uz/v9J4uAxDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Imom al-Buxoriy maqbarasini ziyorat qilgan va yolg‘izlikda vafot etgan dohiy — Sukarno kim edi?

Uni Indoneziyada hanuz “Millat otasi” deb atashadi. Muxoliflari esa mamlakatni iqtisodiy falokat sari yetaklagan diktator sifatida eslaydi. 6-iyun — Indoneziyaning birinchi prezidenti Sukarnoning tavallud topgan kuni. “Daryo” shu sana munosabati bilan siyosiy arbobning g‘alabalari, xatolari va bahs-munozaralarga boy merosiga nazar tashlaydi.

Batafsil — https://daryo.uz/sN34v0xvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Hindiston TIV: Nyu Dehlidagi mehmonxonada yuz bergan yong‘in qurbonlari orasida bir nafar o‘zbekistonlik bor

Voqea 3-iyun kuni yuz bergandi. Fojia oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan, ularning kamida 17 nafari xorij davlatlari, jumladan, Liberiya, Nigeriya, Mozambik va Bangladesh fuqarolari ekani qayd etilgandi.

Batafsil — https://daryo.uz/1DVbfAbvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Si Szinpin yetti yil ichida ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi

Mamlakatlar qariyb 1400 kilometrlik umumiy chegaraga ega. Xitoy va Shimoliy Koreya o‘zaro mudofaa to‘g‘risidagi shartnoma bilan bog‘langan bo‘lib, bu Xitoyning boshqa davlat bilan tuzgan yagona shunday kelishuvi hisoblanadi.

Batafsil — https://daryo.uz/hhj820bvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Qarshida hokim o‘rinbosarining xodimlarga qo‘pol munosabati yuzasidan o‘rganish boshlandi

Davlat mehnat inspeksiyasi holat yuzasidan o‘rganish boshladi. Idora tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/Qq2FK0bDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

O‘zbekistonda besh oyda 59 ta yirik narkoguruh faoliyatiga chek qo‘yildi

Tezkor tadbirlar davomida 1,2 tonna narkotik moddalar, 54 kg sintetik narkotiklar va 4,6 mln dona psixotrop dori vositalari musodara qilinib, yuzlab shaxslar qo‘lga olindi.

Batafsil — https://daryo.uz/YrRPS0bvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Bir yilda bitta import avtomobiliga muvofiqlik sertifikati berish normasi bekor qilindi

Prezident farmoni bilan import qilinadigan avtomobillar uchun muvofiqlik sertifikatini bir kalendar yil davomida faqat bir marta berishni nazarda tutuvchi norma bekor qilindi. Shuningdek, 2029-yilgacha ayrim qurilish texnikalari va laboratoriya uskunalarini import qilish bojxona bojidan ozod etildi.

Batafsil — https://daryo.uz/dB_FNTxDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

“Muzokaralar davom etishi uchun AQSH Eronning 24 mlrd dollarini blokdan chiqarishi kerak” — Rizoiy

Eron oliy rahnamosining maslahatchisiga ko‘ra, bu Qo‘shma Shtatlar uchun sinov hisoblanadi. “Muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi va Donald Tramp ularni shu holatdan chiqarishi kerak”, dedi u.

Batafsil — https://daryo.uz/9dH6MoxvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Andijonda IIB xodimi o‘smir qiz bilan jinsiy aloqa qilgani uchun qamoqqa olindi

Qo‘rg‘ontepa tumanida uydan noma’lum tomonga chiqib ketgan qizni ko‘p qavatli uyga olib borib, u bilan jinsiy aloqa qilgan ichki ishlar idorasi xodimi hibsga olindi. Jinoyatda ayblanayotgan shaxs aynan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish tizimida ishlagani ma’lum bo‘ldi.

Batafsil — https://daryo.uz/FqQGy1bDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Hafta mavzusi. “Kayfiyat”. Futbolchilar oʻqimasin

Kanadaga qarshi oʻyindagi magʻlubiyatni aksariyat futbol muxlislari juda ogʻir qabul qildi. “Daryo” kolumnisti Qahramon Aslanov maqolasida o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi natija, Jahon chempionatidagi raqiblar va O‘zbekiston milliy terma jamoasi atrofidagi kayfiyat haqida so‘z yuritiladi.

Batafsil — https://daryo.uz/rTiPU0xvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Yangiyo‘lda er homilador xotinini pichoqladi

To‘yiga endigina ikki oy bo‘lgan kelinchak eri tomonidan ko‘chada pichoqlandi. Bunga ayolning homilani oldirishdan bosh tortib, ajrashish istagini bildirgani sabab bo‘lgan.

Batafsil — https://daryo.uz/Xm1MT1bDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Vengriya uchta davlat fuqarolariga ishchi viza berishni to‘xtatdi

Hukumat xorijlik ishchilar uchun bandlik imkoniyatlarini qisqartirmoqda. Bunga xorijliklar mahalliy aholi ish haqini tushirib yuborayotgani haqidagi xavotirlar sabab bo‘ldi.

Batafsil — https://daryo.uz/z45PO1xvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov vafot etdi

“Jinoyat va jazo”, “Telba” kabi jahon adabiyoti durdonalari tarjimoni, ko‘p yillar davomida Oliy Majlis deputati va partiya raisi sifatida davlat hamda jamiyat ishlarida faol ishtirok etgan Ibrohim G‘afurov hayotdan ko‘z yumdi.

Batafsil — https://daryo.uz/VCd0HJxDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Pentagon Isroil razvedkasining AQSH rasmiylariga qarshi harakatlaridan xavotirda — NBC News

Idoraning ichki xabarnomasida Isroildan kelayotgan tahdid o‘ta jiddiy darajaga ko‘tarilgani va hujjatda Amerikaning xavotirini kuchaytirgan bir qator aniq hodisalar keltirilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/SVVjQAxvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Andijonda davlat mehnat inspektori o‘z haqini ololmayapti. Bandlik vazirligi holatga izoh berdi

Sud qarorida Hurmatoy Sobirova foydasiga ish haqi uchun 34 mln so‘m, kechiktirilgan ish haqi uchun 80 mln so‘m kompensatsiya va 12 mln so‘m ma’naviy zarar undirish belgilangan.

Batafsil — https://daryo.uz/-Uqes2xDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

“E’tiqodimni o‘zgartirdim”. 30 yil yolg‘onga xizmat qilgan O‘zbekiston Qahramonining iqrori

Ozod Sharafiddinov bolaligida yo‘qchilikni, urush yillarining sovug‘ini, ona yelkasidagi og‘ir ro‘zg‘orni ko‘rdi. Keyin kommunistik partiyaga ishondi, uni adolat va kelajak ramzi deb bildi. Yirtiq paltoda Moskvaga borib o‘qib yurgan kezlarida ham bu e’tiqodini tark etmadi. Ammo yillar o‘tib, shu partiya uni riyokorlikka, sukutga va vijdon bilan kelishuvga majbur qilganini angladi. Uning hayoti — bir ziyolining adashishi, uyg‘onishi va oxir-oqibat haqiqat tomon qaytishi haqidagi achchiq hikoyadir.

Batafsil — https://daryo.uz/MYy60cxDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Ukraina dronlari Sankt Peterburg va Leningradga hujum qildi

Rossiya tomoni Leningrad viloyati osmonida 141 ta dron urib tushirilganini ma’lum qildi, ayrim hududlarda internetda uzilishlar va yong‘in kuzatildi. Sankt Peterburg gubernatori aholini uyda qolishga chaqirdi.

Batafsil — https://daryo.uz/gWUmB0bvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Samarqandda homilasi nobud bo‘lgan ayol uch kundan so‘ng vafot etdi

Ayolga kesarcha kesish amaliyoti tavsiya qilingan, biroq yaqinlari bunga rozi bo‘lmagan. Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/_gNCxAxvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

O‘zbekistonda may oyida yillik inflyatsiya 5,5 foizgacha sekinlashdi

Hisobot davrida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari umumiy hisobda 0,1 foizga pasaygan bo‘lsa, benzin, transport va ayrim kommunal xizmatlar narxlarida o‘sish kuzatildi.

Batafsil — https://daryo.uz/v4a0NAbvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

AQSH Eron bilan urushni tez orada kelishuv yoki qat’iy choralar bilan yakunlaydi — Tramp

Oq uy rahbari Amerika harbiy amaliyotidan so‘ng Eron o‘zining avvalgi raketa arsenalining atigi 21–22 foizini saqlab qolganini ham bildirgan.

Batafsil — https://daryo.uz/WO2VDAxDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Farg‘onada 6 mingdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

Tezkor tadbirlar davomida bir fuqaroning xonadonidan, ikkinchisining mashina salonidan noqonuniy dorilar topilgan. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/d-6L4AbDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

5-iyun kuni e’lon qilingan yangiliklar dayjesti:

• Dam olish kunlari havo harorati yana ko‘tariladi

• O‘zbekiston klublari Jahon chempionatidagi futbolchilari uchun qancha ishlab oladi?

• Qurilishga ruxsat olishda tadbirkorlar xarajatlari ikki barobargacha qisqartiriladi

• O‘zbekistonda islomiy banklarni litsenziyalash tartibi belgilanadi

• O‘zbekistonda bir kilo palovning hududlar bo‘yicha qiymati e’lon qilindi

• O‘zbekistonda 5 oyda 60 dan ortiq uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

• O‘zbekistonda may oyi iliq va seryog‘in keldi

👉 Obuna bo‘ling — @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

“O‘zbekiston Global ekologik jamg‘arma donor mamlakatlari qatoriga qo‘shilishga tayyor”

Saida Mirziyoyeva Samarqandda o‘tkazilgan Global ekologik jamg‘armaning sakkizinchi assambleyasi ishtirokchilariga prezident tabrigini o‘qib eshittirdi.

👉 Obuna bo‘ling — @daryo

Читать полностью…
Subscribe to a channel