409851
“Daryo.uz”ning rasmiy kanali. Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryoga_murojaatbot Lifestyle — @daryo_lotin Tezkor xabarlar — @daryo_live Sport — @daryo_sport24 Dunyo — @daryo_world На русском — @daryo_central_asia Global — @daryo_global
Shavkat Mirziyoyev sarmoyadorlarni O‘zbekistonda yangi sanoat zanjirlarini yaratishga chaqirdi
Prezident mamlakatda investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratilayotgani, investorlar esa nafaqat ichki bozorga, balki qo‘shni mamlakatlarga ham chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishini qayd etdi.
Batafsil — https://daryo.uz/ns2MGobvg
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Putin Zelenskiy yo‘llagan xatni o‘qiganini aytdi
Ukraina prezidenti 4-iyun kuni Vladimir Putinga ochiq xat yo‘lladi. Xat bilan tanishib chiqqan Rossiya yetakchisi u “ravon” yozilganini aytib, Zelenskiy bilan uchrashuvdan “ma’no ko‘rmayotganini” bildirdi.
Batafsil — https://daryo.uz/EcyMkoxvR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yangi talablar joriy etildi
Endilikda hujjatlar xalqaro ICH standartlari asosida rasmiylashtiriladi, shuningdek, dori vositalarida GMO mavjudligi hamda hayvon xomashyosidan olingan moddalarda prionlar bor yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatish majburiy bo‘ladi.
Batafsil — https://daryo.uz/MTZm-2xvR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda uch oyda faktoring xizmatlari hajmi 2,3 trln so‘mdan oshdi
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 75 foizga ko‘p. Xalqaro faktoring hajmi esa 190 mlrd so‘mga yetib, bir yilda 41 baravar oshdi.
Batafsil — https://daryo.uz/l8TQs2bvR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekistonda sug‘urta agentlari faoliyatiga yangi talablar belgilandi
Ular Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilib, maxsus ID raqam oladi. Shuningdek, agentlarning vositachilik haqi sug‘urta mukofotining 25 foizidan oshmasligi va faoliyati muntazam monitoring qilinishi belgilandi.
Batafsil — https://daryo.uz/I-mS2DxDg
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Shavkat Mirziyoyev bir guruh san’atkorlarga faxriy unvonlar, orden va medallarni topshirdi
Prezident farmon bilan madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirish hamda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh ijodkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlangandi.
Batafsil — https://daryo.uz/UD-GXZxDR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Eron yadroviy obyektlar ustidan xalqaro nazorat o‘rnatilishiga rozi bo‘ldi — Al Arabiya
Tehron ushbu obyektlarning demontaj qilinishining oldini olish maqsadida shunday qarorga kelgan.
Batafsil — https://daryo.uz/tip7P9JDg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi
“Yo‘l xaritasi”da avtomobilsozlik, energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, farmatsevtika, logistika, qurilish materiallari, uy-joy qurilishi, qishloq xo‘jaligi kabi tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/BWl8XrJvg
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Xitoyning Spring Airlines’i O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
Ikki davlat o‘rtasida turizm aloqalarini yanada kengaytirish, yangi avia yo‘nalishlar va tranzit imkoniyatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil — https://daryo.uz/3WYNc9JvR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Bir guruh san’at va ijod ahliga davlat mukofotlari topshirildi
Mukofotlanganlar davlat rahbarining yuksak ishonchi va eʼtibori uchun samimiy minnatdorlik bildirib, bundan buyon ham o‘z ijodi va fidokorona mehnati bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, milliy madaniyat va maʼnaviyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shishda davom etishlarini bildirdi.
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Yaponiyada aholi soni rekord darajada qisqardi
Mamlakatda aholi soni faqat Tokio va Okinavadagina ko‘paydi. Umumiy qisqarish jarayoni 16 yildan beri davom etmoqda.
Batafsil — https://daryo.uz/16UTO91Dg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekistonda bu yil yozda jazirama issiq bo‘ladimi?
El-Nino hodisasi tufayli 2026-yilning yozida ekstremal qiymatlarga yaqin bo‘lgan juda issiq ob-havo davrlari bo‘lishi kutilmoqda.
Batafsil — https://daryo.uz/4m_KbBJvR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda 30-may kuni harorat yana ko‘tariladi
Shanba kuni ayrim joylarda shamol tezligi kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Batafsil — https://daryo.uz/ApA_G9JvR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Ukraina 38 ta Gripen qiruvchi samolyotlarini oladi: bu Rossiya bilan havo kurashida qanday ustunlik beradi?
Gripen samolyotlari F-16 arsenalidagi Sidewinder, AMRAAM, Maverick kabi ko‘plab raketalarni tashiy oladi. Bundan tashqari, ular Yevropada ishlab chiqargan turli aviatsion raketa va bombalarni ham qo‘llashi mumkin. Gripen’lar bilan birga Kiyev uzoq masofali zamonaviy Meteor aviatsiya raketalariga ham ega bo‘ladi.
Batafsil — https://daryo.uz/FE7ETlJDg
👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
Jeff Bezosning New Glenn raketasi sinov vaqti portlab ketdi (video)
Portlash sababli uchirish maydonchasi va atrofdagi uskunalarga jiddiy zarar yetgan. Raketani ishlab chiqishga milliardlab dollar va o‘n yilga yaqin vaqt sarflangandi.
Batafsil — https://daryo.uz/gtH8LXJvg
👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda may oyi iliq va seryog‘in keldi
O‘tgan oyda havo harorati asosan me’yordan yuqori bo‘ldi, ayrim hududlarda esa 42 darajagacha issiq kuzatildi. Angren, G‘uzor va Nukus meteostansiyalarida may oyidagi bir sutkalik yog‘ingarchilik bo‘yicha tarixiy rekordlar yangilandi.
Batafsil — https://daryo.uz/KDbnzoxvR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Isroil maxfiy tarzda qo‘shinlarini Ozarbayjonga yuborgan — CNN
Elita harbiy va razvedka bo‘linmalarini, jumladan, Mossad agentlari Eron bilan chegara hududiga joylashtirilgan. Ozarbayjonning Isroildagi elchixonasi mamlakat hududi Eronga qarshi harakatlar uchun foydalanilganini rad etdi.
Batafsil — https://daryo.uz/f4_-e2xDR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
“O‘zbekiston va umuman, Markaziy Osiyo mustaqil iqtisodiy o‘sish markaziga aylanmoqda” — Shavkat Mirziyoyev
Prezident mintaqa muhim kommunikatsiyalar chorrahasiga aylanayotgani, buning uchun transport, energetika, raqamli va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yanada integratsiya qilish zarurligini ta’kidladi.
Batafsil — https://daryo.uz/ZlVwj2bvR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Yevropaning 11 ta davlati rossiyaliklar uchun viza qoidalarini qiyinlashtirmoqchi
Shvetsiya boshchiligidagi koalitsiya Yevroittifoq rahbariyatiga xat yo‘lladi. Ular Ukrainadagi urush fonida rossiyalik turistlarning Yevropaga dam olish va xaridlar uchun kelishini cheklamoqchi.
Batafsil — https://daryo.uz/DAdwocxvg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Byudjetdan 643,2 mlrd so‘m talon-toroj qilindi. Jinoyatga Soliq qo‘mitasi va “O‘zbekneftgaz” ham aloqador
Pullar Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi ortidan talon-toroj qilingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Batafsil — https://daryo.uz/Js4jyHbDg
👉 Obuna bo'ling — @daryo
“Ego”. Ronaldu, Neymar va Masharipov haqida
Jahon chempionati yaqinlashgani sayin terma jamoalar tarkibi atrofidagi bahslar qizg‘in tus olmoqda. Xo‘sh, nega murabbiylar ba’zan sport formasi a’lo darajada bo‘lgan futbolchilarni chetda qoldirib, o‘yin amaliyotisiz qolgan yulduzlarga ishonch bildiradi? “Daryo” kolumnisti Qahramon Aslanov o‘zining navbatdagi maqolasida Krishtianu Ronaldu, Neymar va Jaloliddin Masharipov misolida futbolchilarning “ego”si, kiyim almashtirish xonasidagi muhit va murabbiylarning yashirin argumentlari haqida fikr yuritadi.
Batafsil — https://daryo.uz/RkKZiCJDg
👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekiston rahbarining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi
Shavkat Mirziyoyev Ostona xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari — milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Batafsil — https://daryo.uz/u0FXCr1DR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Turkmanistondagi koloniyada “Bin Laden” vafot etdi
Mahkumning uyidan yirik miqdorda giyohvandlik moddalari, qurol-yarog‘ arsenali va zirhli transport vositasi topilgan. U jinoiy olamda taniqli bo‘lib, koloniyadagi yuzlab mahbuslarni bir zumda oyoqqa turg‘iza olgan.
Batafsil — https://daryo.uz/Np97Tr1DR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekiston va Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi o‘rtasida yangi hamkorlik rejasini qabul qilish taklif etildi
Amaldagi uch yillik hamkorlik rejasi o‘z nihoyasiga yetmoqda. Shu munosabat bilan, joriy yil kuzida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Qo‘shma ishchi guruh yig‘ilishida yangi muddatga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash rejalashtirilmoqda.
Batafsil — https://daryo.uz/jFQYE91vR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Shavkat Mirziyoyev YOII sammitida ittifoq bilan hamkorlikning 5 ta asosiy yo‘nalishini ma’lum qildi
Prezident Ostonada bo‘lib o‘tgan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida a’zo davlatlar o‘rtasida to‘siqlarsiz savdoning yagona raqamli makonini yaratish, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish hamda mehnat migrantlari uchun yaxlit elektron tizim ishlab chiqish bo‘yicha qator amaliy takliflar berdi.
Batafsil — https://daryo.uz/lDa2ArJvR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Putin va Kabayevaning farzandlariga Yevropadan 20 nafar guvernantka yollangan. Ular ingliz va nemis tillaridan dars bergan — OAV
Jurnalistlar 2017—2026-yillardagi Rossiya prezidenti o‘g‘illari bilan shug‘ullangan xodimlar ishiga oid hujjatlar va yozishmalar bilan tanishib, ularga qo‘yilgan talablar va maoshini ma’lum qildi.
Batafsil — https://daryo.uz/_k3K3u1vg
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Yevropa Ittifoqi Temu’ni 200 mln yevro miqdorida jarimaga tortdi
Onlayn savdo platformasidagi o‘yinchoqlar tarkibida xavfli kimyoviy moddalar va boshqa noqonuniy mahsulotlar aniqlandi.
Batafsil — https://daryo.uz/Ocbg7rJDR
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Shavkat Mirziyoyev Ostonada kutib olindi
Tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari maqomida Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi.
Batafsil — https://daryo.uz/lMgx7rJvg
👉 Obuna bo'ling — @daryo
“Buning samarasini minglab insonlar his qiladi” — Saida Mirziyoyeva QQS chegarasi 5 mlrd so‘mgacha oshirilgani haqida
U davlat rahbarining yangi farmonida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir qator muhim chora-tadbirlar nazarda tutilganini bildirdi.
Batafsil — https://daryo.uz/ucWHqu1vR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga joʻnab ketdi
Prezident kuzatuvchi davlat rahbari maqomida Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishi tadbirlarida ishtirok etadi.
Batafsil — https://daryo.uz/IV_bqX1Dg
👉 Obuna bo'ling — @daryo