daryo | Неотсортированное

Telegram-канал daryo - Daryo | Rasmiy kanal

409850

“Daryo.uz”ning rasmiy kanali. Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryoga_murojaatbot Lifestyle — @daryo_lotin Tezkor xabarlar — @daryo_live Sport — @daryo_sport24 Dunyo — @daryo_world На русском — @daryo_central_asia Global — @daryo_global

Подписаться на канал

Daryo | Rasmiy kanal

O‘zbekistonda istiqbolli tashabbuslar rag‘batlantiriladi

Shuningdek, “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi o‘tkazib boriladi.

Batafsil — https://daryo.uz/PtqkulNv

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

O‘zbekistonda dollar kursi 100 so‘mdan ortiq pasaydi

Yevro va rubl ham tushdi.

Batafsil — https://daryo.uz/Ptu3MkNn

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

Batafsil — https://daryo.uz/PPmxq3BL

Reklama

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

⚡️Faqat 3 kun! 18-19-20-iyul idea’da — 70% gacha “YAKUNIY CHILLA CHEGIRMALARI

— 70% INDESIT 210L (ITD125А) 89 700 so‘mdan
— 70% ARTEL (HB-801W) 32 700 so‘mdan
— 50% Samsung Galaxy A16 (6/128) 129 500 so‘mdan
40% iPhone 13 (128GB) 419 400 so‘mdan 24 oyga*

🔹 Boshlang‘ich to‘lov — YO‘Q
🔹 Kafillar kerak emas


* Shoshiling, mahsulotlar soni cheklangan!

📞 71-230-7799 | Chat Nigina
📍Adres 👉 Lokatsiyalar

-70% CHEGIRMALAR | Instagram | Do'konlarimiz

Reklama

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Rossiyada harbiy ro‘yxatga turishdan bo‘yin tovlaganlar fuqarolikdan mahrum etiladi

Bunday shaxslarga “voyenkomat”ga borish uchun 30 kun muhlat beriladi.

Batafsil — https://daryo.uz/Pll60Da3

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Avtomobilni jarima maydonchasidan chiqarish uchun ruxsatnomani onlayn olish mumkin bo‘ladi

An’anaviy tarzda olish ortiqcha ovoragarchilikka sabab bo‘layotgani uchun onlayn olishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/PlnHXLam

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

OFK. Jahon chempionati 4-saralash bosqichiga qur’a tashlandi

Uchrashuvlar markazlashgan tarzda Qatar va Saudiya Arabistoni maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Batafsil — https://daryo.uz/PlPCDfLV

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

Batafsil — https://daryo.uz/PgPlenXI

Reklama

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Tojikiston Rog‘un GES elektrini O‘zbekistonga 20 yilga eksport qiladi

Bitimga ko‘ra, 1 kVt/soat elektr 3,4 sentdan sotiladi. Narx har yili 1 foizga indeksatsiya qilinadi, bu jarayon ikkinchi yildan boshlanadi. Elektr ikki tomonlama kelishilgan jadval asosida, asosan elektr tanqis soatlarda yetkazib beriladi.

Bitim 20 yilga tuzilgan, tomonlar uni bekor qilish istagini muddati tugashidan 6 oy oldin bildirmasa, u avtomatik tarzda 10 yilga uzaytiriladi.

Batafsil — https://daryo.uz/P92XCqET

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Ko‘kdaladagi gaz zapravkadagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jinoyat ishi doirasida sud-tibbiy, yong‘in kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha sud-kimyoviy, biologiya, kriminalistika va yong‘in texnikaviy ekspertizalari tayinlandi. Hodisa oqibatida 4 kishi vafot etgandi.

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Putinning kortejida tez yordam mashinasi ko‘rinish berdi

Rossiya prezidentining 17 ta avtomobildan iborat korteji 16-iyul kuni Magnitogorsk shahrida kuzatuv kameralariga tushib qolgan. Videoda sariq rangdagi tez yordam mashinasini ko‘rish mumkin.

Putinning tashrifi paytida kortej harakatlanadigan ko‘chalardagi tramvay harakati to‘xtatilgan. Siyosatchi so‘nggi marta shaharga 2021-yilda kelgandi.

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Xorazmda saksovulfurushlarni ta’qib qilgan ekologiya inspektorlari kaltaklandi

Notanish fuqarolar bita, armatura, temir truba bilan boshqarmaning avtomashinasini urib, pachoq qilgan, ikki xodimga turli xil og‘ir tan jarohatlari yetkazgan.

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Yoaxim Lyov O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlashi mumkin

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 64 yoshli mutaxassis bilan muzokara olib bormoqda.

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Oʻzbekistonda mikroqarz va avtokredit stavkalari qancha?

2025-yil 14-iyul holatiga koʻra, banklarda aholiga ajratilgan avtokreditlar stavkasi oʻrtacha 24,3 foizdan toʻgʻri kelgan. Oxirgi 10 ish kunida mikroqarzlar oʻrtacha 35,4 foizdan berilgan.

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Toshkent shahrida jazirama issiq sabab yiliga har 100 mingdan 19–21 kishi vafot etadi—Jahon banki

Tadqiqotga koʻra, 2090-yilga borib Ostona va Toshkentda havo issiqligi tufayli umumiy oʻlim yiliga 10 mingtadan 23 mingtagacha yetishi mumkin. 2023-yilgi issiq havo Oʻzbekistonda 22 mingdan ortiq ish oʻrinlari yoʻqolishiga olib kelgan.

Jahon banki shahar infratuzilmasini rejalashtirishda ob-havo anomaliyalarini inobatga olishga chaqirgan. Koʻproq daraxt ekishni, binolarni passiv sovitish uchun modernizatsiya qilish, aholini erta ogohlantirish tizimlarini yaratish va sogʻliqni saqlash sohasi faoliyatini yaxshilashni tavsiya qilgan.

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

300 000 so‘m sovg‘a qilamiz!

Onlayn-kassani 100% toʻlov bilan xarid qiling va “Start” tarifini 2 oyga bepul oling!

Tarifda:
✔️ onlayn-kassa funksionali
✔️ tovar va sotuvlarni hisobga olish
✔️ fiskal va moliyaviy hisobotlar
✔️ chegirmalar, aksiyalar, mijozlar bazasi
✔️ qoʻllab-quvvatlash va yangilanishlar mavjud.

Aksiya muddati cheklangan.

Terminalga UZCARD ulash hali ham bepul!

Telegram-bot orqali ariza qoldiring yoki qoʻngʻiroq qiling: (+998) 71200-30-50

Telegram | Instagram | smart.ecosystem">Youtube

Reklama

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Rossiyada “do‘st bo‘lmagan” davlatlar taomiga soliq solish taklif qilindi

Birinchi navbatda italyan, fransuz, janubiy koreya, yapon, ispan va nemis oshxonalarini “obro‘sizlantirish” ilgari surildi. O‘zbek oshxonasiga esa tegmaslik kerakligi ta’kidlandi.

Batafsil — https://daryo.uz/PPmWTDjK

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Tayvan qo‘shinlari Xitoy bosqini paytida metrodan foydalanish bo‘yicha tarixda ilk bor mashg‘ulot o‘tkazdi

Taybey metrosi 150 km uzunlikka cho‘zilgan, jami 135 ta bekatdan iborat murakkab infratuzilma bo‘lib, qurolli mojaro vaqti muhim istehkom sifatida xizmat qilishi mumkin. Bu hukumat va harbiy idoralar intensiv bombardimon qilingan taqdirda talafot ko‘lamini minimallashtirishga imkon beradi.

Batafsil — https://daryo.uz/P9gYRwiz

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Farg‘onada xaridorni pichoqlagan do‘kon sotuvchisi 11 yilga qamaldi

Xaridor do‘konda yog‘ yo‘qligi sabab unga turli qo‘pol so‘zlarni aytgach o‘rtada janjal sodir bo‘lgan.

Batafsil — https://daryo.uz/Ply8T61j

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

Batafsil — https://daryo.uz/PlPAhYH2

Reklama

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Iroqda savdo markazidagi yong‘inda 50 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilindi. Yong‘in yuz bergan obyekt 5 kun oldin ochilgan bo‘lgan.

Batafsil — https://daryo.uz/PlgEV4gq

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

O‘zbekistonda 18-iyul kuni 45 darajagacha issiq bo‘ladi

Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Batafsil — https://daryo.uz/PgKk1Njl

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

“Xitoy, Shimoliy Koreya va Rossiya Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta xavf” — Yaponiya rasmiysi

Yaponiyaning Sharqiy Osiyodagi uchta potensial raqibi — Xitoy, Rossiya va Shimoliy Koreya mintaqada harbiy harakatlarni kuchaytirayotgani aytildi.

“Jahondagi tinchlik tahdid ostida. Yaponiya Ikkinchi jahon urushi tugagandan beri misli ko‘rilmagan xavfli muhitga tushib qolgan. Xitoyning harbiy harakatlari mamlakatimiz uchun eng katta strategik tahdid bo‘lib turibdi”, dedi mudofaa vaziri Gen Nakatani.


👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Isroil xavfsizlik vaziri Suriya prezidentini o‘ldirishga chaqirdi

“Suriyadan olingan dahshatli kadrlar bir narsani isbotlaydi: bir marta jihodchi bo‘lgan kishi abadiy jihodchi bo‘lib qoladi. Kimki odam o‘ldirsa, mo‘ylovini qirqsa, xo‘rlasa va zo‘rlasa, u bilan muzokara olib borib bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda qilinishi mumkin bo‘lgan yagona narsa — al-Juloniyni yo‘q qilishdir”, dedi Itamar Ben-Gvir


U yahudiy davlati “ilonning boshini yo‘q qilishi” kerakligini aytdi. Shuningdek, druzlarni yaxshi ko‘rishini ta’kidladi.

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

“Hozir shifoxona ochgandan koʻra shifokor boʻlib ishlash foydali”—oftalmolog Zulfiya Maqsudova

Tadbirkor fikricha, xususiy klinikalarda soliq yuki katta va bu biznes yuritishni qiyinlashtirmoqda.

“Shifoxonaga qancha pul sarflasangiz, ikki dunyoda ham chiqarib ololmaysiz. Xususiy klinikalarda jami soliqlar 36 foizga yetyapti. Bular tadbirkor boʻyniga tushadi. Masalan, umumiy ovqatlanish sohasiga ijtimoiy soliq 1 foiz. Ularda yana boshqa imtiyozlar ham bor. Tibbiyotda esa yoʻq. Shu sabab biz raqobatbardosh boʻlmay qolyapmiz. Soliq koʻp boʻlgandan keyin tadbirkor daromadini yashiradi. Tibbiyot uchun soliqlar masalasi oʻylab koʻrilsa, yaxshi boʻlardi”, deydi shifokor.

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy emas, balki maslahatchi sifatida taklif qilinmoqda

Germaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov O‘FA bilan muzokaralar olib bormoqda. Biroq suhbatlar uni bosh murabbiy lavozimiga tayinlanishi haqida emas, balki maslahatchi sifatida jalb etilishi borasida ketmoqda.

Tomonlar o‘rtasida aloqalar mavjud. Ammo uning bosh murabbiy etib tayinlanishi rejalashtirilmayapti. O‘FA Lyovni JCHga tayyorgarlik jarayonida maslahatchi sifatida taklif qilgan, — deydi mutaxassisga yaqin manba.

Ayrim rasmiylar Lyovni bosh murabbiy etib tayinlash tarafdori bo‘lsa, boshqalar Timur Kapadzega ishonch bildirishni ma’qul ko‘rmoqda, — deydi ikkinchi manba.


👉 Obuna bo‘ling
- @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

“Isroil bilan urush qilish tanloviga duch keldik” — Suriya prezidenti

Ahmad ash-Shara’a Suriyaga qilingan hujum va druzlar bilan yuz bergan to‘qnashuvlarga munosabat bildirdi.

“Suriya xalqi — Isroilning bizni parchalashga urinishlarini yengishga qodir kuch. Isroil bilan urush qilish yoki druz oqsoqollariga kelishuv tuzishga ruxsat berish tanloviga duch keldik va vatanni himoya qilishni afzal bildik. Bizning yurtimizda o‘zgalarning maqsadlariga o‘rin yo‘q”, dedi siyosatchi.


U AQSH, Arab davlatlari va Turkiyaning sa’y-harakatlari vaziyatni yanada keskinlashuvdan saqlab qolganini aytdi.

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

O‘zbekistonda pul massasi keskin o‘sdi

Iyunda mamlakatdagi umumiy pul miqdori 12,3 trln so‘mga ko‘payib, jami 312,5 trln so‘mni tashkil etdi. Asosiy o‘sish milliy valyuta hisobiga (10,6 trln so‘m) yuz berdi. Oy yakunida so‘mdagi pul massasi jami 250 trln so‘mga yetgan.

O‘tgan oyda muomaladagi naqd pullar 3,9 trln so‘mga ko‘payib, umumiy hisobda 59,1 trln so‘m bo‘ldi.

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

Yarim yil ichida Suv xo‘jaligi vazirligining 40 nafar rahbar xodimiga hayfsan berildi

Intizomiy jazo Mehnat kodeksining 312-moddasiga muvofiq qo‘llanilgan. Vazirlik bo‘limi boshlig‘i Muhammadjon Ibragimovning aytishicha, tizim rahbarlaridan biri oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarimaga tortilgan.

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Daryo | Rasmiy kanal

IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish narxi oshgani yo‘q—Bojxona qo‘mitasi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan IMEI uchun to‘lov qimmatlashgani haqidagi xabarlar rad etildi. Ma’lum qilinishicha, telefonni ro‘yxatdan o‘tkazish narxi o‘zgarmagan — BHMning 20 foizi (75 ming so‘m). Agar qurilma noqonuniy olib kirilsa, telefon narxining 30 foizi miqdorida boj to‘lanadi. Shundan keyingina IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…
Подписаться на канал