“Daryo.uz”ning rasmiy kanali. Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryoga_murojaatbot Lifestyle — @daryo_lotin Tezkor xabarlar — @daryo_live Sport — @daryo_sport24 Dunyo — @daryo_world На русском — @daryo_central_asia Global — @daryo_global
“Qo‘shma Shtatlar Falastin davlatini tan olish niyatida emas” — AQSH vitse-prezidenti
Jey Di Vens Buyuk Britaniyaning Falastinni tan olish qarorini “tushunmayotganini” ta’kidlamoqda.
Batafsil — https://daryo.uz/tltAwctK
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
“Endi prezidentlikka nomzodimni qo‘ymayman” — Belarus prezidenti
Aleksandr Lukashenko kelasi prezidentlik saylovlarida uning o‘g‘li ham nomzod bo‘lmasligini bildirdi.
Batafsil — https://daryo.uz/tugDRCIt
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilmurod Islomov vafot etdi
Marhum ukalari Elmurod va Xolmurod Islomovlar bilan birga doira sanʼati “uchligi” sifatida elga tanilgan. Dilmurod Islomov faoliyati davomida ko‘plab sanʼat darg‘alariga doirada jo‘r bo‘lgan.
Batafsil — https://daryo.uz/tuDigjtj
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
O‘zbekistonda gender tenglik bo‘yicha islohotlar xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi
Oliy Majlis Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Turkmanistonda o‘tayotgan BMT konferensiyasi doirasida Yetakchi ayollar forumida qatnashdi. Forumda O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha islohotlar ilg‘or model sifatida e’tirof etildi. 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiya BMT maqsadlariga mos ekani ta’kidlandi. Ayollar faolligini oshirish va hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Batafsil — https://senat.uz/international
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Surxondaryoda tanishining behayo videolarini tarqatish bilan shantaj qilgan erkak qo‘lga olindi
Ushbu shaxs o‘z tanishi bo‘lgan ayoldan 1 000 dollar talab qilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/tDuXh4a3
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?
Elektr energiyasi ishlab chiqarish Yer shari bo‘ylab teng taqsimlanmagan. Kimlardir ko‘proq ishlab chiqaradi va ko‘proq iste’mol qiladi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa ko‘rsatkich ancha past.
Batafsil — https://daryo.uz/tqqAS9lM
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Meta 24 yoshli sun’iy intellekt mutaxassisiga 250 mln dollarlik maosh taklif qildi
Dastlab Deytkega aksiyalar va naqd pullar ko‘rinishida 125 mln dollar taklif etilgan, biroq bunday maoshga u rozi bo‘lmagan.
Batafsil — https://daryo.uz/txggPNIN
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Dehqonobod kaliy zavodi yashirin tarzda xususiylashtirilgani aytilmoqda
128,2 mln dollarga qurilgan yirik zavod 9 oy oldin ochilgan, ustav kapitali 10 mln so‘m bo‘lgan Asian Chemical Group MCHJ egaligiga o‘tkazilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/teSUSh3t
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Ozarbayjon va Armaniston Vashingtonda tinchlik deklaratsiyasini imzoladi
Uch tomonlama uchrashuv davomida Armaniston va Ozarbayjon “Trampning xalqaro tinchlik va farovonlik yo‘lagi” deb nomlanadigan yirik tranzit yo‘lagini barpo etishga ham kelishib olishgan.
Batafsil — https://daryo.uz/tCtgbQel
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi
Rejalashtirilgan hujum munosabati bilan Isroil hukumati aholini ta’minlash borasida avvalgidan ham ko‘proq mas’uliyatga ega.
Batafsil — https://daryo.uz/t9lk6hCK
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
“Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi
Bolaning otasi farzandiga haydovchilikni o‘rgatish uchun mashina boshqaruvini berganini aytgan.
Batafsil — https://daryo.uz/tl9koM0e
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi
Prezidentga poytaxtda energetika tizimi barqarorligini taʼminlash choralari bo‘yicha axborot berildi. Qayd etilishicha, hududda elektr isteʼmolchilari ko‘payib, energiyaga talab oshmoqda.
Batafsil — https://daryo.uz/tlPwIfUH
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Xorazmda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi
O‘t avtosisternadan yonilg‘i saqlash rezervuarga benzin to‘kish vaqtida kelib chiqqan.
Batafsil — https://daryo.uz/tg9Ip1Xb
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Samarqandda 2000 ta daraxtni nobud qilgan masʼul jazodan qochish uchun inspektorlarga bosim qilayotgani rostmi?
Viloyat Ekologiya boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Batafsil — https://daryo.uz/tuykO2Sx
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit
Batafsil — https://daryo.uz/trPA2qe4
Reklama
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti va xalqini tarixiy voqea bilan qutladi
O‘zbekiston prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlashib, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik deklaratsiyasi imzolangani bilan samimiy tabrikladi.
Batafsil — https://daryo.uz/tgynfCsY
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Shavkat Mirziyoyev quruvchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi
Prezident oldinda zamonaviy shaharlar, qulay turar joy massivlari, insonlarga shodlik baxsh etuvchi betakror imoratlar qurish vazifalari turganini qayd etdi. Bunday ishlarni bajarishda quruvchilarga ishonch kattaligi bildirildi.
Batafsil — https://daryo.uz/tuPwtUp8
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
“AQSH harbiylari mamlakatga kiritilmaydi” — Meksika prezidenti
Klaudiya Sheynbaumning ushbu bayonoti Donald Trampning narkokartellarga qarshi harbiy kuch ishlatish rejasiga javoban e’lon qilindi.
Batafsil — https://daryo.uz/trnkkr3O
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
O‘zbekiston Ozarbayjon—Armaniston tinchlik kelishuvini olqishladi
Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ko‘p yillik mojaroni bartaraf etishga qaratilgan saʼy-harakatlar yuqori baholanishini bildirilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/tnltxH85
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
“Hushimdan ketdim, hatto tez yordam chaqirmagan” — Qarshida IIB xodimi homilador ayolni kaltaklagan bo‘lishi mumkin
O‘zbekistonda Ichki ishlar xodimlarining kimnidir so‘kkanini, urganini, hatto tepgani-yu, o‘ldirib qo‘yganini eshitganmiz. Ammo IIB xodimlarining homilador ayolga qo‘l ko‘targani yoki uning ketiga tepgani bilan bog‘liq holatga duch kelmaganmiz. Qarshi shahrida yashovchi ayol u bilan shunday holat ro‘y berganini iddao qilmoqda.
Batafsil — https://daryo.uz/tDSh4EjX
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Zelenskiy “biror narsani imzolashga” tayyor turishi kerak — Tramp
AQSH prezidentining qo‘shimcha qilishicha, Moskva ham, Kiyev ham mojaroni hal etishni istaydi.
Batafsil — https://daryo.uz/tmPARZzW
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli mashinalar soni 4,6 mln dan oshdi
Bir yil davomida jami 441,5 mingta mashina xarid qilingan.
Batafsil — https://daryo.uz/txgk4ZKD
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
O‘zbekistonda va Rossiyada xalqaro terrorchilik tashkilotining “g‘oyabozlari” qo‘lga olindi
Ular turli davlatlardan kelgan mehnat muhojirlarini terrorchi tashkilotlar safiga yollash bilan shug‘ullangan.
Batafsil — https://daryo.uz/tCqNNF8I
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Tramp Putin bilan 15-avgust kuni Alyaskada uchrashadi
Ushbu uchrashuvni Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov tasdiqlagan.
Batafsil — https://daryo.uz/teuksGmd
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi
Ushbu harakatlar mashina yurib ketayotgan paytda amalga oshirilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/t92A9r3x
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi
Yangi qabul qilingan prezident farmonida 2025-yil 1-noyabrdan ishsizlik nafaqasi to‘lash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Batafsil — https://daryo.uz/tlnhfoaV
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Rossiya qo‘shnisiga hamla qilgan kun: Yevropaning XXI asrdagi ilk urushiga 17 yil to‘ldi
Abxaziya va Janubiy Osetiya o‘z hududiy yaxlitligini tiklay olmayotgan Gruziya uchun og‘riqli mavzu hisoblanadi. “Atirgullar inqilobi”dan so‘ng hokimiyatga kelgan Mixail Saakashvili davrida bu urushga olib keldi. Bo‘lib ham qudratli dushman — Rossiya bilan. Kuchlar nisbati teng bo‘lmagani bois olti kunlik janglarda ruslar g‘alaba qozondi. Sulh bitimi bosqinchilar Tiblisiga yaqinlashib qolganda imzolandi. Maqolada Gruziyani parchalab yuborgan muammo ildizi va 2008-yilgi urush qanday borgani haqida hikoya qilinadi.
Batafsil — https://daryo.uz/tghACTTm
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Donald Tramp va Binyamin Netanyaxu G‘azodagi gumanitar vaziyat yuzasidan tortishib qolgan
Tramp Netanyaxu bilan G‘azodagi ochlik masalasini muhokama qilgan. Isroil bosh vaziri G‘azoda aholi ochlikdan qiynalayotganini tan olmagan. Tramp esa bunga javoban suhbatdoshiga baqirgan.
Batafsil — https://daryo.uz/tgP9hELh
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Jahon banki Tojikistonga islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln dollar ajratadi
Ushbu mablag‘lar hisobiga “Barqaror rivojlanish siyosatini qo‘llab-quvvatlash - Raqobatbardosh va inklyuziv Tojikiston” dasturini amalga oshiriladi.
Batafsil — https://daryo.uz/trt2Rh2O
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Hokimliklar xodimlari uchun oyliklar va mukofot pullari ish sifatiga qarab to‘lanadi
Prezident farmoniga asosan endi mehnatga haq yangi mexanizm asosida to‘lanadi.
Batafsil — https://daryo.uz/tru2CZ8j
👉 Obuna bo‘ling - @daryo