Bizda bolani ruhlantirish va rag‘batlantirish o‘rniga ularni ruhan sindirish va shashtini so‘ndirish ko‘proq uchraydi. Hali bog‘cha yoki maktabni qo‘yib turing, oilaning o‘zidayoq bola ruhan sindiriladi.
" Ey ahmoq, tupoy, hech narsani tushunmaysan, shuniyam bilmaysanmi, senlarga o‘rgataverib o‘zimga qolmayapti, tovuq miya, mol, eshshak" va hokazo tahqirlovchi va yerga uruvchi so‘zlar shu qadar ko‘p aytiladiki oddiy hol bo‘lib qolgan, so‘kish va qarg‘ishlar oldida yumshoq tuyuladi. Ammo bilmaymizki sekin asta bunday achchiq so‘zlar bolaning o‘ziga ishonchini susaytirib tamoman o‘ziga ishonchsiz, irodasi sust bolalar voyaga yetadi.
Undan ko‘ra biz bolalarga dalda berishimiz, "mayli sinab ko‘rgin, karnaychidan bir puf , mabodo urinishing muvaffaqiyatli bo‘lmasa ham shu jarayonning o‘zidan ko‘p narsa o‘rganasan bolam" , deb unga ruhiy dalda berishimiz kerak. Ularni xato qilishdan cho‘chimaslikka, xuddi yiqilib yiqilib yurishni o‘rganganidek xato qilib, xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarib o‘rganishga va rivojlanishga targ‘ib qilishimiz lozim.
Arablardagi mashhur qissachi Asma’iy hikoya qilishicha bir kuni qo‘ng‘iz onasiga shikoyat qilibdi:
— Onajon, nega odamlar meni ko‘rganda tupurib o‘tadi?
Onasi aytibdi:
— Chunki sen shunchalar yaxshisanki,senga ko‘z tegib qolmasin deb tupurib o‘tishadida , bolam — degan ekan.
Qissadan hissa, biz onalar oqil va dono bo‘lishimiz kerak, bolalarimizni qanday ruhlantirish va rag‘batlantirishni bilishimiz kerak. Aslida, bolaga eng avvalo shu kerak, ularning shashtini so‘ndirmasak, ruhini sindirmasak o‘zlari harakat qilib o‘zlarini eplab ketadi inshaolloh.
Iroda Ahmed
Chuvalchanglar yordamida ozish
Parazit chuvalchanglar organizmga tushib, rivojlanib, ichaklarda ko'paygandan keyin odamni ozdirib yuborishini bilib qolgan "uchar" marketologlar ozdiruvchi dori o'ylab topishadi va tarkibini sir saqlashadi.
Keyinchalik aniqlanishicha tarkibida parazit chuvalchanglarni tuxumlari bo'ladi.
Eng daxshatlisi oxirgi vaqtlarda organizmga zarar bermaydigan chuvalchanglarni tuxumini (kapsulada) ichish orqali ozdirish ommalashyapti ekan.
Ozdiruvchi yangi dori chiqibdi, ta'siri zo'r ekan desa yugurib borib oladiganlarga hecham tushunmayman. Ko'zingizni oching, ozgina Xudo bergan aqlni ishlating, ichida nima bor bilmasdan qanday ichasiz o'sha dorilarni hayronman.
Bilganlarimni bilganingizda, ko'rganlarimni ko'rganingizda edi, dermidi...
Miyasigacha qurtlab ketganlar bor🤯
Tibbiyotni tushunmaysizmi? Tushunadigan o'zini mutaxassisiga qo'yib bering o'zboshimchalik qilmasdan!
doktorferuz
Қайта семириш сабаби нимада?
Қабул қилинган ва сарфланадиган калория ўртасидаги мувозанатни бузилиши, аниқроғи, тўлиқ сарфланмаслиги — ортиқча вазн йиғилишига олиб келади.
Одатда сиз сарфлашга нисбатан кўп калория қабул қиласиз, чунки ҳаракатларингиз оз...
Бу вақтда организмда қандай жараён юз беради?
Ортиб қолган энергия ўз-ўзидан йўқ бўлиб кетмайди, бу эса ёғларни йиғилишига олиб келади. Бу жараён қайта-қайта содир бўлганида организмда актив равишда янги, ўзида ёғ йиғувчи ҳужайралар — адипоцитлар ҳосил бўлишига олиб келади. Адипоцитлар эса бизда ортиб қолган энергияни ўзида ёғ кўринишида сақлаб туриш вазифасини бажаради. Бу ҳужайралар ортиб борар экан семизлик кучайиб, қайта семириш эҳтимоли ортиб бораверади.
Энди энг қизиғи: озиш жараёнида мана шу ҳужайралардаги ёғлар кетишни бошлайди, лекин ўзингиз орттириб олган адипоцит ҳужайраларини ўзи эмас. Улар шунчаки "пучрайиб" қолади холос. Кейинчалик яна ортиқча калория қабул қилишни бошлаганингизда адипоцитлар ўзига яна ёғларни йиға бошлайди, бу эса қайта вазн йиғилишига олиб келади.
Тушунган бўлсангиз, ҳужайралар ўзингиз билан бирга қолди, улар йўқолмади.
Ҳўш, энди нима қилиш керак? Қайта семираверасизми? 😔
Давоми қизиқ бўлса🔥қолдиринг!
Hayitdan keyin bo’lsinmi? Yo hayitdan oldin?? Kanalda qancha odam ko’p bo’lsa shuncha energiya bilan o’taman va sizga vazifalar beriladi
Читать полностью…AYNI HAQIQAT
HOZIRGI ZAMON OZIQ- OVQAT MAHSULOTLARIGA KO'PLAB XIMIK QO'SHIMCHALAR QO'SHILIB YETIWTIRILGANI SABABLI , BIZLAR YETARLICHA VITAMINLARNI YEYAYOTGAN NARSAMIZDAN OLA OLMAYMIZ , HOXLAMASAK HAM BU HAQIQAT ✅✅✅
Shuning uchun sog'ligimizni o'ylagan holda ozuqaviy qo'ahinchalar vitaminlarni tashqi tarafdan qabul qilib yuriwga majburmiz
ONA MADRASADIR, ONA-ILK MAKTAB!
Bolam tugʻilganda, "Onaman" dedim,
Xato oʻylagandim, dodimni yedim,
Onalik neligin men endi bildim,
Ona madrasadir, Ona-ilk maktab!
Bolam tugʻilganda, hali edim yosh,
Tarbiya berishda boʻlolmadim bosh,
Farzandimga faqat yediribman osh,
Ona madrasadir, Ona-ilk maktab!
Tarbiya boshlanar ona qornidan,
Mehr olar goʻdak ona bagʻridan,
Ollohim asrasin bola sagʻridan,
Ona madrasadir, Ona-ilk maktab!
Chiroyli tarbiya- onalik farzi,
Qolmasin desak gar yelkamda qarzi,
Tinglang bolangizni ne ekan arzi,
Ona madrasadir, Ona-ilk maktab!
Allohni taniting bolangizga siz,
Qurʼon, hadis ilmin kanda qilmangiz,
Foydali ilmni kichik bilmangiz,
Ona madrasadir, Ona-ilk maktab!
Bolani mehrdan mosuvo etmang,
Begona qoʻllarga siz tashlab ketmang,
Ruhini sindirib qalb pora etmang,
Ona madrasadir, Ona-ilk maktab!
Shirin soʻzingizni ayamang undan,
Mehr-muhabbat ila yashang bugundan,
Oʻzgarishni boshlang shu on, shu kundan,
Ona madrasadir , Ona-ilk maktab!
Allohim, Oʻzinga shukurlar boʻlsin,
Qalblarimiz iymon nuriga toʻlsin,
Farzandlar omonat onalar bilsin,
Ona madrasadir, Ona-ilk maktab!
Iroda ustozam sizga ming rahmat,
Har aytgan soʻzingiz oltindan qimmat,
Ilm oʻrgatdingiz bizga beminnat,
Ona madrasadir, Ona-ilk maktab!
Nafisa Xoʻjaqulova.
YaqinOzbek
#ona_madrasadir
Ushbu roʻyxat bolasi va xoʻjayini bilan kvartirada oʻzlari yashovchi onalar uchun moʻljallangan shekilli. Xuddi bekorchilar uchun tuzilgandek tuyuldi menga. 😁 Lekin ba'zilarini hamma qilishi mumkin.
Tarjimasini qoʻyyapman.
✿ Farzandingiz bilan qilishingiz mumkin bo'lgan turli mashgʻulotlar roʻyxati:
1. Qur'on o'qish
2. Hadis saboqlari
3. Qur’oni karimdan hikoya
4. Sahobalar haqida hikoya
5. Tasbeh aytish uchun vaqt ajratish
6. Istigʻfor uchun vaqt ajratish
7. Matematika vaqti
8. 15 daqiqa sport bilan shug'ullanamiz
9. Rasmlar chizish
10. Rang berish, boʻyash mashgʻulotlari
11. Bolaning qo'li bilan mevali salat tayyorlash
12. Eski kiyimlarni qirqib bir narsalar yasash
13. Yangi ma'lumot oʻrganish
14. Uyning bir qismini tartibga solish
15. Sovutgichni birgalikda tozalash
16. Chiroyli shirinlik yoki sendvichlar tayyorlash
17. Hayotingizdan biror kulgili voqea aytib berish
18. Hayotingizdan biror qayg'uli hikoya aytib berish
19. Kuningiz haqida gapirib berish
20. Kimgadir yordam berish
21. Oilaviy fotosuratlarni birgalikda koʻrish
22. Birga choy ichish
23. Qizbola boʻlsa tirnoqlarni boʻyash (yuvsa ketadigan lak bilan)
24. Chaqaloq xonasini yangicha bezatish
25. Derazadan ko'chani biroz kuzatish va uydagi havoni tozalash
26.Shkafni qayta tartibga solish
27. Chodir qurish
28. Mahalla , qishloq yoki vatan xaritasini tuzish
29. Yangi mamlakat haqida oʻrganish
30. Lego /jumboqlar oʻynash
31. Yangi hayvon haqida oʻrganish
32. Esdaliklar qutisi yasash
33. Drama bilan shugʻullanish, notiqlikni mashq qilish
34. Hikoya vaqti
35.Chizamiz yoki orzularimizni chizib yoki yozib bayon qilamiz
36. Katta bo'lganingizda nima qilasan yoki boʻlasan kabi savollarga javob izlash
37. Kimgadir sovg'a tayyorlash
38.Oila daraxtini tuzish ( sulola shajarasi)
39. Soch turmaklash vaqti
40. Uyda harflarning har biri bilan boshlanadigan narsani toping
41. Uyda inglizcha harflarning har biri bilan boshlanadigan narsani toping
42. Keling, biz bilan besh xil tilda so'z o'rganamiz
43. Keling, qora va oq hayvonlarning ro'yxatini tuzamiz
44. Keling, arab mamlakatlari ro'yxatini tuzamiz
45. Ko'zlaringizni yumib rasm chizish
46. Tikish vaqti
47. Keling, qisqa she'r yozaylik
48. Oilamiz uchun bayroq yasaymiz
49. Sevimli rangingiz, sevimli taomingiz, sevimli joyingiz... kabi sevimli narsalaringiz haqida gapirib bering.
•YaqinOzbek
Yana 1 ta superfoodlardan biri bu qovoq urug’i salatlarga qoshib istemol qilishingizni tavsiya qilardim bolalarga ham juda foydali
Читать полностью…Ortiqcha vaznim yo'q, shunchaki suyagim og'ir...
Bo'y balandligi va jinsi bir xil odamlarni suyagini vazni (maksimum 0,5 kg farq qilmasa) bir xil bo'ladi.
O'zingizni aldamang🤔
Sizni eshitadgan odamlar bilan birga bo’lin va shunday insonlar bilangina suxbat quring
Читать полностью…Жон болам
Ҳар доим Аллохнинг розилигини танла! Чунки Аллохни рози қилсанг, инсонлар ҳам сендан рози бўлишади.
Унутма, ўғлим!
Аллохни рози қилмас экансан, инсонларнинг сендан рози бўлишидан хеч бир наф йўқдир.
УЛАШИНГ👇🏼
👉🏼 bola_tarbiyasi_asosi
▫️ Qora akantoz - tirsaklar, tizzalar, chanoqlar, qo'ltiqlar terisining qoramtir / quruq terisi.
Haqiqatdan ham baho bering, bu qanday?
▫️Ozg'inlar uchun ham beldagi yog'li jant;
▫️ Ortiqcha vazn;
▫️Yangi xollar tanadagi dog'lar,
papillomalar (HPV bilan birga);
▫️ Shirinliklar va uglevodlarga bo'lgan ishtiyoq,
tez ochlik🙌🏻
Sizga qaysi belgilar tanish??
@dardingnisev
Kimi bolasini analizi busa tashasela nima jarayon ketvotdi muxokama
Qilib etib berishim mumkin BEPUL ga ✍🏻
Bo’ldi unda ertaga kechga boshlimiz shu kanalda bo’lib o’tadi daftar ruchkala tayyorlab turila
Читать полностью…Assalomu alekum hammaga kelila shu kanalda bepul marafon o’tamiz nima diysila 😃 psixologiyadan ?? Kanalga yaqinilani taklif qilila xayitdan keyin boshlimiz nima diysila?
@dardingnisev
Хамма бижғитилган таомларда котта миқдорда пробиотик бўлади. Тузланган каромлар, мевалар, рассоль…
Beautylsh
Анализ тахлилини қилиш қизиқми?
Унда мана шу кейсни ўрганиб чиқамиз. 34 ёшли аёлнинг иммунитети паст, ранглари оқарган, хазм қилиш яхшимас, қорин дам бўлади, овқат ошқозонда туриб қолади, давления ошади, кўп кекирадила.
•Beautylsh
Умар ибн Хаттоб разияллоҳу анҳу дедилар: “(Кўп ейиш ва ичиш билан) қорин қўйиш, семизликдан сақланинг. Зеро, бундай қилиш намозга ялқовлантиради, жисмни бузади, касаллик келтиради.
arabicuz👇
ㅤㅤㅤㅤ
🗣
ㅤㅤㅤ
Amerikalik daʼvatchi ayol Yasmin Mujohidning quyidagi fikrlari naqadar haqiqat. Buni oʻz hayotimda ham sinaganman, sizlarga ham ilindim.
---------------------------------------------------------
Azizlarim, shaxsiy tajribamdan o'rgangan juda muhim narsani sizlar bilan baham ko'rmoqchiman. Albatta, bu mavzuda qayta -qayta aytilgan gaplar juda ko'pligini bilaman. Ammo,men aytmoqchi bo'lgan narsa faqat haqiqiy tajribadan olingan.
Hayotda siz uch turdagi munosabatlarga ega bo'lishingiz muqarrar. O'zingiz bilan bo'lgan munosabat, Yaratuvchi bilan munosabat va bandalar bilan munosabat. Shuningdek, hayotingizda har xil odamlarni uchratasiz.
Men aytadigan sir shuki : Yaratuvchi va o'zingiz bilan bo'lgan munosabatingiz qanchalik kuchli bo'lsa, bandalar bilan ham shunchalik mustahkam bo'ladi.
Bu nima degani? Hech qachon boshqalarning standartiga mos kelish uchun shaxsiyatingizdagi ayrim qismlarni soxtalashtirmang, burmang, yashirmang yoki fotoshop qilmang. Hech qachon. Agar sizda shunday qilishga istak uygʻonsa darhol to'xtating. Haqiqiy va samimiy bo'lish uchun oʻzingizda jasorat toping. Halol, haqiqiy, va ojiz boʻlishga kuch toping. Agar shunday qilolsangiz u elak vazifasini bajaradi.
Bu hayotingizdagi odamlarni elakdan o'tkazadi. Bu tozalash vositasiga aylanadi. U noloyiq odamlarni yo'qotadi va haqiyqiylarini ochib beradi.
Ha bilaman. Bu jarayon oson emas. Bu zavqli ham emas. Buning uchun nihoyatda kuchli jasorat kerak. Undan ham muhimrogʻi , bu juda katta *ishonch* talab qiladi. Yashirin jarayonga ishonishingiz kerak. Siz o'zingizga, Allohga va boshqalarga samimiy va xolis munosabatda bo'lsangiz, yo'qotgan har qanday narsangiz yaxshiroq va haqiqiyroq narsa bilan almashtirilishiga ishonishingiz kerak. Shuni unutmang.
Samimiy va haqiyqiy bo'lganingizda, Alloh sizga haqiqiylarni yoʻliqtiradi va haqiyqiylar bilan o'rab oladi. Shuning uchun U ba'zan hayotingizdan odamlarni olib tashlaydi. Shuning uchun U baʼzan eshiklarni yopadi. Shuning uchun U gohida o'tib bo'lmas devorlar qo'yadi. Hech qachon bu sizni mahrum qilish deb o'ylamang. Yo'q, unday emas.
Agar siz samimiylik va haqiqiylikka sodiq qolsangiz nima bo'ladi: Alloh hayotingizga to'g'ri va arzirli odamlarni kiritadi. Sizni qabul qiladigan, sevadigan va boringizcha *qadrlaydigan*larni uchratadi . Sizdan qandaydir yolg'on, soxta, mukammal qiyofani kutuvchilarni emas.
Men aytayotgan narsa oson emas. Bu qiziqarli yoki zavqli ham emas. Tozalash jarayoni hech qachon oson kechmaydi . Ammo, va'da beraman, bu jarayon zarur, u barcha mashaqqatlarga arziydi.
Yasmin Mujohid
Brokkoli?? Istemol qilasizmi? Buni foydalari judayam ko’p bu xaqda batafsil yozaman superfood hisoblanadi jigar detoxida qatnashadi
Читать полностью…Organizmda KALSIY (Ca) yetishmasligini asosiy belgilari
• Yuqori charchoq
• Titrash
• Tishlarni maydalishi va tushib ketishi
• Mushaklardagi spazmlar
• Teri elastikligini pasayishi
• Ichaklardagi spazmlar
• Sochlar va tirnoqlarni xiralashishi
• Asabiylik, xavotir va taʼsirchanlikni ortib ketishi
Manbalari: sut va sut mahsulotlari, dengiz mahsulotlari, baliq, koʻkatlar, suyak va pay shoʻrvalar.