“Tor ko‘ngulluk beklar”: Samarqand prokurorlariga “xalq hamyoni”dan 445 mln. so‘mga “ayfon”lar xarid qilingan
Bir qator davlat idoralari va byudjet tashkilotlari tomonidan qimmatbaho rusumdagi smartfonlar xarid qilingan va ularning ba’zilari xarid qilinish jarayonida ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Batafsil: https://uz24.uz/articles/iphone-4-24
Telegram | Facebook | X | Instagram
Shoirman der, qo‘lida qalam,
Maddohlarga to‘ldi-ku olam.
Oq qog‘ozni "qoralayotgan"
Qalamlardan xavotirdaman.
O‘ktam Sadin
📸 Shahrisabz tumani tog‘larida osma ko‘prik qurilmoqda
Kichik osma ko‘prikni qurishdan maqsad hududda turizmni rivojlantirish va sayyohlar oqimini kengaytirishdan iborat.
Ko‘prik Hisorak suv omboriga tutash qismda qurilayotganligi tufayli uning ustiga chiqib ajoyib manzarani tomosha qilish va suratga tushish mumkin.
👉 @D_nabiyev
🟢|RASMIY MUNOSABAT
MAKTAB DOSKASINI SINDIRISHGA URINGAN O'QUVCHILARNI OTA-ONALARIGA TA'SIR CHORASI QO'LLANILDI
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan
"Maktab doskasi sindirilmi?" mazmunidagi murojaat yuzasidan rasmiy munosabat:
Holat joriy yilning 12-mart kuni soat 12:40 lar atrofida Shahrisabz shahridagi 1-sonli maktabning 7-"E" sinf o'quvchilari tomonidan sinfxonadagi doskalarni sindirishga uringan.
✔️Murojaatda keltirilgan vajlar hamda ta'lim faoliyatini o'rganish yuzasidan tezkorlik bilan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'ining tegishli buyrug'i asosida Shahrisabz shahridagi 1-sonli maktab tizimi atroflicha o'rganildi.
✔️O'rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktab direktoriga O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli bandiga asosan intizomiy jazo chorasi qo'llanildi. Bundan tashqari(nomenklatura doirasida) o'z lavozimlariga sovuqqonlik bilan qaragan maktab ma'muriyatini o'rinbosarlari va mas'ul xodimlariga ta'sir choralari qo'llanilishi belgilangan.
❗️Hurmatli ota-onalar!
Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar tarbiyalashga majburdir. Ota va ona o‘z bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar. Shuningdek, ta'lim muassasalaridagi moddiy qiymatliklarga ega bo'lgan jihozlarni saqlanishida o'z farzandlaringizni odob-axloqlariga e'tibor qaratashingiz yuzasidan ogohlikka chaqiramiz.
❗️O'rganish davomida voyaga yetmagan o'quvchilarni ota-onasi tomonidan qo'shimcha shikoyatlar borligini inobatga olib, xizmat tekshiruvi davomida aniqlangan ayrim vajlar esa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishliligi yuzasidan yo'naltirilishini hamda yakuniy jarayon yuzasidan huquqiy baho berilishini ma'lum qilamiz.
———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_vxtb
Qashqadaryoning tuman va shahar hokimlari Zafar Ro‘ziyev rahbarlik qilayotgan tumanga bordi
Qashqadaryoning sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyev Jizzax viloyati Zarbdor tumanida hokim sifatida faoliyat ko‘rsatayotgani ko‘pchilikka ma'lum.
Qashqadaryoning ayni paytdagi tuman va shahar hokimlari esa "Zarbdor tajribasi"ni o‘rganish uchun Zarbdorga bordi va Zafar Ro‘ziyev bilan uchrashdi. OAVlarda e'lon qilinayotgan suratlarga diqqat bilan qaralsa, Ro‘ziyev ishlab turgan tumanida qilgan ishlarini sobiq jamoadoshlariga tanishtirib chiqqan.
👉 @D_nabiyev
Шаҳрисабзда спортчини бошидан қўлбола қурол билан отиб ташлашди.
Энг қизиғи, қотил қайси юрак билан қурол ясагану, бемалол машинада кўтариб юрган?
Қаршида кимдир машинасида қурол кўтариб юроладими?, биринчидан, қурол номидан қўради, иккинчидан милиция кўриб қолади, деган қўрқув ҳам бўлади. Чунки профилактика зўр бўлган. Жиноят жазоси яхшигина тушунтирилган.
Шу саволларга кимдир изоҳ бериши керак, уларга тегишли ҳудуд фуқароси машинасида қандай қилиб, бемалол қурол кўтариб юрган? қўлболами, оёқболами, нима бўлганда ҳам, одам шу қуролдан ўлди. Ўзи сўнгги вақтларда шу ҳудудда жиддий ҳолатлар нега ошяпти?
📹 Shifoxona zinasidan topilgan chaqaloq voqeasi bo‘yicha yangi tafsilotlar
Videoni ko‘rish: 👉https://youtu.be/fHHyskKZzd0
📹 Shahrisabzdagi maktab o‘quvchilari maktab doskasini urib sindirdi
Shahrisabz shahridagi 1-maktabning 7-sinf o‘quvchilari sinfxonadagi doskani zo‘rligini isbotlash uchun urib sindirdi.
Ma'lum bo‘lishicha, voqea kuni kecha sodir bo‘lgan va o‘rnatilgan kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. Sinfxonaga bu yangi jihozlar esa shu yilning yanvar oyida keltirilgan ekan.
Menga yuborilgan boshqa videolarda o‘quvchilar doskani devordan qo‘porib olgani va tepib, yana joyiga o‘rnatishga harakat qilgani ham ko‘rinadi.
Essiz jihozlar, essiz ta'lim uchun ajratilgan mablag‘.
👉 @D_nabiyev