⚡️Facebook faollari Qarshi davlat universiteti atrofi cho‘lga aylanganini qizg‘in muhokama qilishmoqda.
👉 @D_nabiyev
#Diqqat
Siz va biz 10 daqiqa ham nafas olib turolmaydigan hududda odamlar yashamoqda
Qarshi tumanining Qarshi shahri bilan tutashib ketgan qismida qurilgan 30 ga yaqin yangi "dom"larning kanalizatsiyasi aholi yashash hududidan o‘tgan zovurga oqizilyapti. Odamlar esa badbo‘y hidga chidab turolmay o‘z uylarini tashlab, boshqa hududda ijaraga yashashga majbur bo‘lishmoqda.
Bu ayanchli vaziyatdan eng avvalo ekologiya, atrof-muhit zararlandi. Fuqarolar salomatligiga jiddiy xavf paydo bo‘ldi. Lekin Ekologiya degan tashkilot muammodan xabardor bo‘la turib, OAV (Millar jamoasi) hududga borgandan keyingina vaziyatni nazoratga olganini aytmoqda. Ammo nega 2 yildan buyon Ekologiya boshqarmasi mas'ullari bu muammoni yechimini qidirib ko‘rmadi?
"Dom"larning kanalizatsiyasini oxirigacha qurmagan quruvchi tashkilot mutasaddilariga chora ko‘rmadi? Hokimlikchi? Oxirigacha kanalizatsiya tizimi qurilmagan bu "dom"larni nega qabul qildi? Yoki yangi uylarning tashqi kommunikatsiya tizimlarini sozlash hokimlik zimmasidagi vazifa emasmidi?
Xullas, savollar ko‘p. Ammo doimgidek, Qarshi tumanidagi muammolar yechimiga kelganda mas'ullarga bahona topiladi, qoladi.
Aytgancha, Qarshi tumanining yangi qurilgan ko‘p qavatli uylari muammosi yuzasidan yil boshida ham kanalizatsiya masalasi bo‘yicha tanqidiy reportaj tayyorlagandim. O‘shanda hali qurilganiga endi 1 yil bo‘lgan "dom"lar yerto‘lasi oqova suvga to‘lgani tanqid qilingandi. Mas'ullar bir necha kunda muammo hal bo‘ladi degandi. Yo‘q, bu shunchaki, yolg‘on va'da ekan. OAVga yolg‘ondan va'da berishdan ham qo‘rqmay qo‘ydi, ayrim mutasaddilar...
Vaziyat haqida videoni ko‘rib to‘liqroq tushunchaga ega bo‘lasiz.
📹 https://youtu.be/9yYtiiZ81dw
👉 @D_nabiyev
📹 Чувуллоқдаги кўприк ва дарё можароси (Видео)
Кўкдала тумани ҳудудидан ўтган Қумдарё дарёси ўзанидан кўплаб тадбиркорлар қум қазиб олади. Айрим тадбиркорлар бу борада тегишли тартибда рухсат асосида фаолият кўрсатмоқда.
Аммо фуқаролар тадбиркорлар дарёдан қум олишига қаршилик билдиришяпти ва бунинг оқибатлари аянчли тугашини айтишмоқда.
Мисол учун, Чувуллоқ маҳалласида жойлашган кўприк дарё ўзани кенгайиб кетгани учун бундан бир йил аввал қулаб тушди. Ўрнига янги кўприк тадбиркор томонидан қурилди. Аммо бу кўприк қурилиши учун тегишли ташкилотлар хулосаси олинмади.
Ушбу видеода шу каби муаммолар ҳақида сўз боради.
Видеони кўриш: 👉 https://youtu.be/_vxu1ZufcLs
Каналга уланиш:
@Chiroqchiaxboroti
📹 Klinikaga davolanish uchun borgan erkak shu kunni o'zidayoq vafot etdi
Batafsil: https://youtu.be/10QYBENWVNw
Иши йўқ ит суғоради: Мадҳия куйлашга доир кўрсатма муҳокамаларга сабаб бўлмоқда
Қонунчиликда мадҳия қачон ва қаерларда ижро этилиши белгилаб қўйилган. Унда маҳалалларда ҳар куни ижро этиш белгиланмаган.
Топшириқ берган шахс қонунчиликка зид иш қилмаяптими?
Батафсил: https://uz24.uz/uz/articles/mahalla-2-9
Telegram | Facebook | X | Instagram
Панжара ортидаги блогерлар шодаси
Сўз эркинлиги — инсоннинг яшаш ҳуқуқи билан баробар даражада эътироф этилувчи ҳуқуқ. Сўз эркинлиги нима дейиш эмас нима демаслигингни танлашдир.
Батафсил: https://uz24.uz/uz/articles/blogers-2-5
Telegram | Facebook | X | Instagram
Maktab o‘qituvchisining obro‘yi qayerga tushib qoldi?
Kaltaklangan o‘qituvchilar, ustozi bilan mushtlashgan o‘quvchi, direktor o‘rinbosari tepkilaydigan ustozlar — imperatorga ta’zim qilmaydigan yapon muallimlaridan mutlaq farqlanib qolgan insonlar haqida.
Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/edu-2-27
Telegram | Facebook | X | Instagram
⚡️ Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi haqida so‘z ochilgan ekan, shu kunlarda takror va takror yoritgan mavzuyim Ko‘kdala tumani Qumdaryo daryosidagi vaziyatni ham eslatib o‘tishni lozim topdim.
Qumdaryo daryosi o‘zani kengayib, aholi uylarigacha yaqinlashib bormoqda. Daryodan qum olayotgan tadbirkorlar esa harakatini qonuniy ekanini aytmoqda.
Aslida vaziyatni Ekologiya boshqarmasi nazoratga olishi kerak, chunki odamlar aytganidek, tadbirkorlar daryodan belgilangan miqdordan juda ko‘p qum olmoqda.
Misollar:
1)https://youtu.be/0iouK04o8Uc?si=FD5zufMIFxVgkY1j
2)https://youtu.be/_vxu1ZufcLs
O‘zbek futbolida katta o‘g‘rilik
O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi buxgalteri tashkilotga tegishli bo'lgan pullarni o'zlashtirib, Turkiyaga qochib ketgan.
Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/football-2-19
Telegram | Facebook | X | Instagram
Muborak tumani hokimligi ayanchli va qo‘rqinchli tarzda o‘pirilib, qulab tushgan ko‘prik haqida rasmiy ma'lumot berdi.
Batafsil
#Tezkor
📹 Muborak va Mirishkor hududlarini bog‘lab turuvchi yo‘lda katta ko‘prik qulab tushgani aytilmoqda
👇
https://youtube.com/shorts/RXD5yiQjtvI?feature=share
“Соққа”ни “соққа”га ураётганлар
Майнинг ўзи нима? Ўзбекистонда майнингдан фойдаланиш талабларини билармидингиз?
Батафсил: https://uz24.uz/uz/articles/mining-2-11
Telegram | Facebook | X | Instagram