Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridagi “Metan zapravka”lar faoliyati to‘liq tiklanishi kutilmoqda.
Ammo Qashqadaryo haqida hali aniq xabar yo‘q. Boshqa viloyatlarda vaziyat barqarorlashgandan keyin, bizga ham tezroq navbat kelmasa, aniq metanfobiyaga uchraymiz.
Metan uchun yuzaga kelayotgan turnaqator navbatlar fonida benzin zapravkalar ham AI-80 benzinni 7200 so‘mdan 7500 so‘mga ko‘tardi.
Ba'zi joylarda 80 benzinni 90 deb ham sotishmoqda. O‘rniga 80 yo‘q deb katta peshlavha osib qo‘yilmoqda.
Bu benzinlarning sifati esa alohida mavzu.
Aslida bu hol tizim nazoratsiz ekanidan bir dalolat beradi.
⚡️⚡️⚡️Ayrim tarmoq faollari mana bu lavhadagi holatning ilk tarqagan videolarini topib olib, bundan 1 yarim yil avval sodir bo‘lgan voqeani yana tarqatib, "ochko" olishga harakat qilmoqda. Buni obunachi ko‘paytirishga urinish uchun harakat deb baholasa ham bo‘ladi. Ammo o‘z navbatida eski axborotni 'bugun sodir bo‘ldi' deb tarqatish ham jamoatchilikni chalg‘itish, yolg‘on ma'lumot berish hisoblanadi, nazarimda...
Читать полностью…Toshkentda turk milliy estrada qo‘shiqchisi, noyob ovoz sohibi Cem Adrian konsert berdi
Bugun Toshkent shahridagi Xalqaro forumlar saroyida o‘tgan konsertda xonanda jonli ijroda, yuqori ovoz pardalari bilan ko‘pchilikni lol qoldirdi.
Cem'ni nafaqat Turkiyada, balki O‘zbekistonda ham sevib tinglashadi. U boshqa xonandalarga o‘xshamaydi. Uning dunyosi boshqa, qo‘shiqlari boshqa.
Ishonmasangiz, Youtube'dan bularni eshitib ko‘ring.👇 https://youtu.be/xll5iE0V8wA
👉 @D_nabiyev
Qarshidagi eski mehmonxona sotilmoqda
Bir paytlari xarob ahvolga kelib qolgani uchun uzoq vaqt davomida ta'mirlangan va "Oltin voha" deb nom berilib, bu nom olib tashlangan Qarshi shahridagi ushbu mehmonxona sotuvga qo‘yilibdi.
Yozishlaricha, mehmonxona “Trastbank” balansiga o‘tgan. Mazkur mehmonxona 7 qavat, 483 ta xonadan iborat. Umumiy maydoni 3666,43 kv.m. bo‘lib, barcha zarur kommunikatsiyalar tizimlariga ulanganini ma'lum qilishgan.
👉 @D_nabiyev
Qashqadaryo tashkil etilganiga salkam bir asr bo‘ldi
Bundan 99 yil avval, ya'ni 1924-yil 1-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati tashkil etilgandi.
👉 @D_nabiyev
📸 Koson tumani dalalarida g'alladan bo'shagan maydonlarga takroriy ekin - sholg'om ekilgandi. Ayni kunlarda sholg'omlar pishib yetildi.
👉 @D_nabiyev
#tavsiya
Ertalabdan yaxshi kayfiyat uchun eshiting👇
https://youtu.be/CMvH3TtEm3A?si=Bj1dM3T4uWeTEd6a
Koronavirusning bizga keltirgan eng katta zarari Tik tok bo‘ldi deb, yaqinda bu tarmoqni O‘zbekistondan butunlay yopisharkan. Shunday g‘iybatlar telegram kanallarida aylanyapti.
Читать полностью…Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining axborot xizmati ilgari faol edi, OAV so'rovlariga vaqtida javob berardi. Oxirgi vaqtlarga kelib, boshqarma axborot xizmati bilan ishlash murakkablashib bormoqda.
Ayniqsa oxirgi marotaba Yangi bozorda sodir bo'lgan holat yuzasidan munosabat bildirishini aytib, keyin umuman qo'ng'iroqlarimizga javob bermay qo'ygani haqida lavha efirga uzatganimizdan keyin biz, ya'ni "Millar" axborot xizmati rahbarining qora ro'yxatiga tushdik, nazarimda. Endi esa u na salomimizga alik oladi, na so'rovlarimizga javob beradi?
Ishdagi kamchiligini aytganimizni shaxsiy adovatga yo'yish adolatdan emas, aslida axborot xizmati bunday vaziyatda OAVga yanada yaqin bo'lib, g'iybatlar uyalab ketmasligi uchun rasmiy ma'lumotni taqdim etishi kerak. Taqdim etolmasa, sababini bildirishi lozim.
Каналларда ўтказилаётган сўровномалар адолатли бўлиши керак.
Айрим каналларнинг сўровнома ўтказишдан мақсади “энг зўри”ни танлаш эмас, балки, шу орқали бошқа бир каналга подписчик тўплаб бериш эканлигини сезиш қийин эмас. Агар шу йўлни танлаган канал қайсидир ташкилотга тегишли бўлса, бу жуда ачинарли ҳолат.
Бу йўлдан қайтинг!!!
Qashqadaryodagi eng yirik telegram kanal — Qashqadaryo ahli orqali yilning eng faol matbuot kotiblari aniqlanmoqda. Ushbu havolani bosib, o‘zingiz munosib deb bilgan matbuot kotibiga ovoz bering.
👉/channel/Qashqadaryo_Qarshi_Shahrisabz_07/69749
Aytgancha, kotiblar ichida mening ham nomzodim bor. 😁
#Ochiq_xat
⚡️Qashqadaryo viloyati Xalq qabulxonasi rahbariga
Hurmatli Fahriddin Jumayev Xalq qabulxonasining Koson tumani bo‘limida muomala madaniyati yo‘q, jurnalistlar bilan qo‘pol munosabatda bo‘ladigan, jurnalistlarni o‘zining shaxsiy fotosuratchisi deb hisoblaydigan, jurnalistlarni haqorat qiladigan, so‘kadigan bir xodimingiz bor ekan.
Tuman Xalq qabulxonasi boshlig‘iga bu haqida bildirgandik, hech qanday chora ko‘rmadi. Balki o‘zingiz aralashib, tizimingizdagi bunday og‘zi qo‘pol xodimni yig‘ishtirib olarsiz.
Tizimni obro‘sizlantiruvchi bunday xodimlarga safingizda o‘rin yo‘q, deb hisoblayman. Jurnalistni so‘kkan xodimning audiolari tarqab ketmasidan, chora ko‘rishingizni so‘rayman.
👉 @D_nabiyev
Do‘stimiz, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati rahbarining telegram kanallarda yozishicha, viloyatdagi ayrim maktablarda direktorlikka nomunosib bo‘lgan rahbarlar ishdan bo‘shatilmoqda ekan.
Axborot xizmati rahbari tizimda tozalash boshlanganini urg‘ular ekan, ba'zi ta'lim dargohlari rahbarlari intizomiy jazo olayotganiga ham e'tibor qaratadi.
Tizimga yangi atmosfera kerakligi uchun qilinayotgan bu harakatlarni oqlaymiz, ammo ayni paytda e'lon qilingan noaniq bu xabarlarni o‘qib, qator savollar ostida qolib ketyapmiz.
Balki qaysi maktab direktori, nima uchun bo‘shatilganini ham ochiqlash kerakdir.
Shaxslarini yozish juda katta muammo bo‘lsa, hech bo‘lmasa ta'lim dargohini ma'lum qilib ketarsiz.
Har qalay axborot to‘liq bo‘lgani yaxshi-da...
👉 @D_nabiyev
Botir Tog‘ayev yana Qashqadaryoga qaytib keldi
Shu yilning avgust oyigacha Qamashi tumani hokimi bo‘lib ishlagan Botir Tog‘ayev lavozimidan ozod etilib, Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Vazir o‘rinbosari lavozimi uzoqqa cho‘zilmadi. Tog‘ayevni yana Qashqadaryoga jo‘natib yuborishdi. U endi Nishon tumani hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
👉 @d_nabiyev
Yo‘l muhim emas, orzuni amalga oshishi Xudodan, maqsadga erisha olmaslik esa ayb. To‘siqlardan oshib o‘tish zavq, qiyinchiliklarni yengiy olish kayp, yolg‘iz qoldirishganida Tangrining yoningda ekani muvaffaqiyat, erisha olmaydi deganlari uchun emas, erishishingni kutganlar uchun erish, ko‘nglingni asrashni istasang hech kimni yaqin yo'latma, ehtiyot bo‘l odamlardan.
Yiqilganingda turish ham parvoz, davom etish kerak. Tupurishni, yo‘q deyishni, beparvolikni o‘rganish kerak. Yashash kerak.
Siz yashayapsizmi?
#kuniqtibosi
“Menga hech qachon xato qilmagan odamni ko‘rsating va men sizga hech qachon hech narsa qilmagan odamni ko‘rsataman”
Uilyam Rozenberg, “Dunkin' Donuts” asoschisi.
@spotuz_uz