d_nabiyev | Неотсортированное

Telegram-канал d_nabiyev - dnabiyev

457

Rasmiy OAVga sig‘magan fikrlar. "Nasafnews" bosh muharriri, Milliy telekanali muxbiri, Koson tumani hokimi matbuot kotibi Dilshod Nabiyevning telegram kanali. Loyihalar: @nasafnewsuz @qashqadaryo_axboroti @kosontumani_uz @chiroqchiaxboroti @darak_uz

Подписаться на канал

dnabiyev

Milliy tv orqali yaxshi xabarlar va yaxshiliklar haqida lavha yoritishni davom etyapmiz. 😁😁😁

Читать полностью…

dnabiyev

"Millar" o‘rniga Milliy tvda yangi, pozitiv ko‘rsatuv faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Endi ko‘pchilik uchun qiziqarli bo‘lgan yangiliklar, yaxshiliklar yoritib boriladi.

Читать полностью…

dnabiyev

Ish vaqti tugagandan keyin, ya'ni biroz avvalroq o‘tkazilgan sessiyada Qamashi tumaniga hokim tayinlanibdi

Ma'lum qilishlaricha, endilikda Qamashi tumanini Xurshid Usmonov boshqaradi. U shu paytgacha "Qashqadaryo suv ta'minoti" MCHda boshliq edi.

Qamashini avvalgi hokimi esa yaqindagina ko‘tarilib ketgandi.

👉 @d_nabiyev

Читать полностью…

dnabiyev

Milliy tv "Millar" dasturi faoliyati noma'lum (bizga ma'lum) sabablarga ko‘ra to‘xtatilmoqda

Ko‘rsatuv efirga uzatila boshlaganiga 3 yil bo‘ldi. Qisqa muddatda juda ko‘pchilik e'tiboriga ishonchiga sazovor bo‘ldik. Ko‘plab jurnalistlar yozolmagan qaltis mavzularni ham "Millar" ko‘rsatdi, olib chiqdi, gapirdi va qo‘rqmadi.

Juda ko‘plab odamlar muammosi aynan shu ko‘rsatuv orqali yechim topdi. Jurnalistikaga yangicha yo‘nalish olib kirildi. Odamlar kino ko‘radigandek sevib tomosha qiladigan dasturga aylangandi "Millar".

Ammo hech narsa abadiy emas, ayniqsa keyingi yillarda buni yanada chuqurroq tushunib boryapman.
Xullas, nasib etsa yana boshqa loyihada qaytamiz.

Читать полностью…

dnabiyev

Egilsam, qancha-qancha eshiklardan kirishim mumkin edi.
Ammo men tik yurishni tanladim!

Читать полностью…

dnabiyev

Kitobdagi mahallada noma'lum shaxs voyaga yetmagan qizaloqlarni bir necha bor o‘g‘irlashga harakat qilgani aytilmoqda

Mahalla faollarining ma'lumot berishicha, erkak qizaloqlarni aldab chaqirib, qo‘rqitishga uringan bo‘lishi mumkin.

Batafsil videoda👆

👉 @D_nabiyev

Читать полностью…

dnabiyev

АПРЕЛЬ...

Мени машина уриб юборди. Ҳамма ер қон мен эса топ-тоза эдим. Мен ҳаммасини худди кино кўраётгандек четдан томоша қилиб турардим. Лаънати ҳайдовчи раҳм шафқатдан йироқ экан: мени қандай тезликда уриб кетган бўлса ҳудди шундай тезликда зулмат қаърига ғойиб бўлди.

Мен ўз танам устида ҳўнграб йиғлардим.

асар давомини Зафар Тилововнинг янги каналида ўқишингиз мумкин:
⬇️⬇️⬇️⬇️

/channel/kungil_odami

Читать полностью…

dnabiyev

❗️ИИБ XОДИМИ ЧЎКИБ КЕТДИМИ ЁКИ...?❗️

Читать полностью…

dnabiyev

https://youtu.be/jF0DtuAFp2Y

Читать полностью…

dnabiyev

Musiqiy tanaffus 👇

https://youtu.be/ndGJUEfIdA8

Читать полностью…

dnabiyev

❗️АҲОЛИНИ ҚИЙНАЁТГАН КЎПРИК❗️

Читать полностью…

dnabiyev

Yoshligimdan qo‘shiq kuylashga qiziqish juda yuqori bo‘lgan. Lekin yurak yutib hech qo‘shiq yozib ko‘rmaganman.  Havaskor sifatida Tohir Sodiqovning menga yod bo‘lib ketgan qo‘shig‘ini aytib ko‘rdim. Eshitib ko‘ring, sizga ham yoqar 😁

👉 @D_nabiyev

Читать полностью…

dnabiyev

Iste'dodli yosh qalamkashning ilk kitobi

Abrambek Azimov she'rlarida hech qaysi shoirda bor o‘xshashlikni uchratmaysiz. U o‘zga olam, o‘zga dunyo.  Uning she'rlari chuqur o‘ylashga, mushohada qilishga undaydi. Shuning uchun ham qalbim taskin topishini istasam, uning she'rlarini o‘qiyman.

Yaqinda ukamdek qadrdon bo‘lib qolgan yosh shoirimizning ilk kitobi nashrdan chiqibdi. Kitobda qanday she'rlar borligiga rosti o‘zim ham juda qiziqib ketyapman.

Bu shoirning ilk kitobi. Avvalo uni bunday katta yutuq bilan tabriklayman. Ijod namunalari ana shunday kitoblarga doim jam bo‘lishiga tilakdoshman. Omad!

👉 @D_nabiyev

Читать полностью…

dnabiyev

Shahrisabz tumanida qayta qurilish bahonasida buzilib, ishlar chala tashlab ketilgan bog‘cha haqida tayyorlagan reportajim esingizdami?

Mazkur reportajdan keyin nihoyat bog‘chada qurilish ishlari boshlanibdi.

👉 @D_nabiyev

Читать полностью…

dnabiyev

"Eltuz" yolg‘onchi

Haqiqatni aytishga da'vo qilayotgan manba e'lon qilayotgan xabarlarini tekshirib ko‘rishi kerak emasmi?
Davlat organlari va davlat xizmatchilariga tuhmat qilib, obro‘sizlantirishdan kim manfaatdor?

Koson tumani soliq inspeksiyasi va uning ukasi tan jarohati olib, shifoxonaga tushgani haqida tayyorlangan reportajni ko‘rib, "Eltuz" telegram kanali haqiqatga tik boqish qanchalik og‘ir ekanini his qilgan chog‘i, yana uzundan uzun yolg‘onlar to‘qib chiqardi.

Emishki, soliqchini kim pichoqlaganini "Eltuz"ga yolg‘on yog‘dirayotgan kimsa yaxshi bilar ekan, hali tergov va tekshiruv harakatlar tugamasdan, sud ishi boshlanmasdan bu kimsa aybsizlik prezumpsiyasini buzib, janjalga aloqador shaxslarni jinoyatchi sanamoqda. Yana ulardan biri hokimlikning bandlik bo‘limi mutaxassisi ekan. Ammo Koson tumani hokimligida bandlik bo‘limi yo‘q ekani, bu tuzilma alohida vazirlikka bo‘ysinishini vatanidan uzoqda vatangadodek yashayotgan "Eltuz" qayerdan bilsin? 

U jurnalistikaning barcha etikasiga tupurib qo‘ygan. Yemagan yolg‘on-yoshiqlarni to‘qishga usta bo‘lgani uchun xonasiga o‘tirib ko‘ziga yomon ko‘ringanlar ustidan mazg‘ava ag‘darib o‘tirishni uddalaydi, xolos.

Vijdoning bo‘lganida ikkinchi tomonning fikrini tinglashni, ularga ham minbar berishni bilardilaring.
Senlar hech qanday jurnalistika emassanlar, maqsadlaring ham kimgadir yordam berish emas, yolg‘on xabarlar bilan kimlarnidir qoralash. Bundan boshqa gapim yo‘q.

Читать полностью…

dnabiyev

⚡️HADYA QILINGAN UYLAR⚡️

Читать полностью…

dnabiyev

💥OYIGA1200 AQSH DOLLARI OYLIK OLAYOTGAN USTOZ!💥

Читать полностью…

dnabiyev

https://youtu.be/6ob_sTS-fPQ

Читать полностью…

dnabiyev

Hammaga rahmat, yo‘limiz, umrimiz qisqa ekan. 😔

Читать полностью…

dnabiyev

❗️“МИЛЛАР”ДА ЯНА НАТИЖА!❗️

Читать полностью…

dnabiyev

Ishorani qaranglar 😁

Читать полностью…

dnabiyev

⚡️ Mirishkorning olis hududida joylashgan Sechanko‘lda cho‘milish uchun borib, bedarak yo‘qolgan IIB xodimi bilan bog‘liq voqea haqida reportaj tayyorladik.
Reportajda marhumning yaqinlari va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari 5 kun davomida ko‘ldan uning jasadini qidirishgani, ammo topa olishmagani borasida so‘z boradi.

Reportaj efir vaqtiga bir necha daqiqa qolganida IIB xodimining jasadi topilgani haqida xabar qilishdi. Ammo endi lavha ichiga buni qo‘shish uchun juda kech edi. Shu tufayli voqeaning qolgan tafsilotini ertaga yoritishni lozim topdik.

Marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.😔

Читать полностью…

dnabiyev

❗️УСТИ ЯЛТИРОҚ, ИЧИ ҚАЛТИРОҚ БОҒЧА ❗️

Читать полностью…

dnabiyev

⚡️ Qisqa fursatda Qashqadaryo uchun katta o‘zgarishlar qilgan, minglab oddiy odamlarga yordam bergan(shaxsan guvohman) Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevni u hokim bo‘lmagan davrda kelingan qaror uchun kunuz sayti hokimni fermerga sovetcha munosabatda bo‘lishda ayblab chiqibdi. Sayt tomonidan e'lon qilingan videoda holatga hech kim izoh bermagani urg‘ulanadi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati esa kunuz jurnalisti bu ko‘rsatuvni e'lon qilishda noxolislik qilganini yozdi. Jurnalist taraflar fikrini inobatga olmagan, mas'ullardan olingan intervyularni e'lon qilmagan va ularga minbar bermay, falsafiy fikrlar bilan jamoatchilikni chalg‘itishga uringan.

Shu tufayli hokimlik ushbu kontentni tuhmat va haqoratdan iborat kontent deb hisoblab, kunuz ustidan shikoyat qilishini bildiribdi.

Читать полностью…

dnabiyev

To‘g‘ri, bu issiq kunda (ayniqsa ko‘p qavatli uylarda) "svet"siz turish juda qiyin. Lekin hukumat mana 2 yildirki, chora izlayapti. Aholiga quyosh panellari o‘rnatish borasida qator imtiyozlar beryapti.

Masalan, men ishlaydigan hokimlik binosi to‘liq quyosh panellariga o‘tdi. Endi biz faqat shu panellar orqali energiyadan foydalanyapmiz. Energiya uzilgani yo‘q, konditsionerlar va komyuterlar binoyidek ishlayapti. Ammo qishda nima bo‘ladi, bu so‘roq ostida.

Men anomal issiqdan emas, anomal sovuqdan qo‘rqaman. Anomal issiqda quyosh orqali energiyadan foydalanib chora topsak bo‘larkan. Ammo sovuqda yana "svet"siz qoldirishsa, nima qilamiz?

O‘zi bu quyosh panellari quyoshsiz kunda ham ishlaydimi? Kim biladi?

👉 @D_nabiyev

Читать полностью…

dnabiyev

https://youtu.be/CR8dakKnROw

Читать полностью…

dnabiyev

Aytgancha, men uning oldida biroz hijolatman. Chunki Abram menga juda ko‘p bora kitob nashr qilish borasida yordam so‘ragandi.

Yoshlar ishlari agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi sobiq rahbari Temur va agentligining Koson tumani bo‘limi rahbari Shohruxga bu borada yoshlarga imtiyoz va yordam berish kerakligini aytganimda, ular o‘zimiz kitob nashriga yordam qilamiz deb qopdek va'dalar berib, va'dasida turolmadi. Va'dasizlar.

Читать полностью…

dnabiyev

Burgutni qorong'ulikda sindirishadi. Uni palaponlikdan qorong'u xonada saqlashadi va ovqat paytdagina yorug'likka olib chiqishadi. Qarabsizki, burgut qorong'ulikni "jim o'tirish vaqti" deb va yorug'likni esa ovqatlanish vaqti deb tushinib oladi. Qachonki ovchi o'ljani ko'rgach rasmdagi qalpoqchani burgutning boshidan oladi. Shunda burgut ovqat vaqtiga signalni olib o'lja tomon tashlanadi.

Ovchi borib o'ljaning arzimas qismini burgutga beradi va shapkacha yana burgut boshiga kiydirib qo'yiladi. Burgut butun umrini qorong'ulikda o'tkazadi.

Hayotda ham shunday. Ba'zan ko'zingni ochishga qo'yishmaydi. Ko'zingni ochish vaqti shunchaki qorin to'yg'izish uchun beriladi. Ochlik esa boshqa narsalarga e'tibor berishingga imkon qoldirmaydi.

Читать полностью…

dnabiyev

⚡️ Ha aytgancha, Milliy tvda ishlashimga alohida urg‘u beribsanlar, senlar Milliy tv'dagi "Millar" uddalagan ishning dengizdan tomchisini ham qilolmaysanlar, "Millar"da haqiqiy yordamga muhtojlar murojaatlari e'lon qilinadi, yechim topiladi.

Biz ig‘vogarlarning gapini bayroq qilib ko‘tarib chopmaymiz. Shuning uchun ming shukrlar bo‘lsinki, oddiy xalq "Eltuz"ga emas, "Millar"ga ishonadi.

Ig‘volar bilan o‘zingni ishontirib yuraver.

👉 @D_nabiyev

Читать полностью…

dnabiyev

Shu kunlarda atrofimda sodir bo‘layotgan voqealar menga og‘ir ta'sir qilyapti, bir necha yil birga ishlagan hamkasbingiz ishdan ketsa, yaqin qadrdoningizni yo‘qotib qo‘ygandek bo‘larkan kishi.

Bugun Koson tumani hokimi o‘rinbosari Nodira Qodirova o‘z hoxishi bilan ishdan bo‘shadi. Albatta, quyi tizim rivojlanishi uchun bu ayol 4 yilga yaqin ko‘z oldimda mehnat qildi. Ayollarning haqiqiy yetakchisi, ko‘makchisiga aylandi. Lekin qarorlar hamisha o‘zgarib turadi. Odam bir joyda muqim ishlamaydi.

Qayerda bo‘lsalar ham omad tilayman! Yana birga ishlash nasib qilsin...

Читать полностью…
Подписаться на канал