Бийлар ғолиб, ҳар доимгидай,
Халқ сукутга, сукут халққа мос.
Мутелиги агар кам бўлса,
Тилигача кишанингни ос.
Мана бўйним,
сиртмоғингни сол,
Косам тўлиб бўлди сабрга.
Сўнгги ўтинч — фотиҳа ўқий,
Сўз эркининг қабри қаерда?!..
Тириклигин кўрмадик биз-ку,
Авлодлар ҳам сўрайди бир пайт.
Ўшанда: ’'Биз ўлдирдик’’, — дема,
’’Ўзи қариб ўлгандир’’, — деб айт...
ноябрь, 2019
/channel/Najmiddin_Ermatov
⚡️ Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev tumandagi 552-referendum uchastkasida fuqarolik huquqidan foydalanib, ovoz berdi.
👉 @D_nabiyev
Shaxsi sir qolishini so'ragan kosonlik tadbirkor 14 ta kam ta'minlangan oilaga zamonaviy uy-joylar qurib berdi
Uylarning har birining umumiy qiymati 1 mlrd so'mdan oshadi. Bundan tashqari, bu uy-joylar barcha jihozlar bilan ta'minlangan.
Bu uylarga ko'chib kirgan ehtiyojmand oilalar hech qanday pul to'lamaydi. Uylar ularning nomiga bepul rasmiylashtirib berilmoqda.
👉 @D_nabiyev
Ayiq odamlardan qo‘rqqanidan g‘orga kirib olibdi.
Quvalamachoq juda qiziq bo‘lyapti ekan:)
/channel/chiroqchiaxboroti/3571?single
Youtubeda ochilgan mualliflik sahifamda obunachilar soni qisqa vaqtda 1000 talik dovonni zabt etdi. 🙏
Читать полностью…Ko'pchilik noto'g'ri yozadi deydi, vahima qiladi deydi, ammo shunday qilsa-da bu bloger o'z chiqishlari orqali kosonlik 4 nafar nogiron bolalar uchun xayriya o'tkazib, ularni maxsus shifoxonaga davolashgacha olib bordi.
Davlat tibbiyot muassalalari esa shu paytgacha bolalarga umid berish o'rniga ularning nogironligi tug'ma ekanini aytib, davolashning iloji yo'qligini uqtirib kelishdi. Lekin ushbu videodagi klinika shifokorlari oz bo'lsa-da umid borligini aytishmoqda.
Uka va akalari uchun kurashayotgan Ozodbekning matonatiga avval ham qoyil qolganman. U hech qachon chekinmagan. Hamisha shifo topish umidida harakat qilgan. Alloh bolalarga shifo bersin, to'ylariga boraylik, blogerning bu saxovatli xayriyasiga biz ham hissa qo'shaylik!
https://youtu.be/UxI5o4YKgL8
👉 @D_nabiyev
Birovlarning intim hayotiga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q. Bu jinoyat kodeksida ham o‘z aksini topdi.
Bugun birorta foto yoki videoning hamma yoqqa tarqalib ketishi juda oson bo‘lib qoldi. Qandaydir soniyalarda insonning sharmanda bo‘lishiga olib keladigan videolar tarqatilmoqda. Ba’zilar bundan shantaj qilish yo‘lida ham foydalanmoqda.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, endilikda shaxs sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda obro‘sizlantiruvchi haqoratomuz postlar, videolar, masalan uning yalang‘och holdagi foto yoki videolari tarqatilsa, tarqatgan kimsalar jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Sizga kelib qolgan shunday foto-videolarni boshqalarga ulashmang. Bu jinoyatga qo’shilmang!
Нима эмуш, дарахтларни ким кесгани ноъмалум эмуш!
Қаршининг қоқ марказида 30 туп дарахт кесиладию, бирор киши кўрмайдими? Маҳаллани раиси бордур, профилактик нозири бордур? Одамни атайин жиғига тегадими дейман булар. Хўп, ҳеч ким кўрмабди дейлик, қани шаҳарни камералаштиришга ажратилган маблағлар унақада? Кўриниб турибдику қайси бино олдидаги дарахтлар кесилгани. Камига ишни босди-босди қилиш учун дарров дарахт ҳам экиб қўйишибди. Шаҳар эгасизми? Ким экан дарахт қотиллари, халққа ошкор қилишсин!
/channel/qarshiliklar
“Ташаббусли бюджет” – жамиятни бирлаштирувчи ғоя!
Мен “Ташаббусли бюджет” жуда мукаммал деган фикрдан йироқман, айрим эътирозларимни айтиб келяпман. Бироқ мен лойиҳанинг яшаши ва давом этиши тарафдориман.
Шу пайтгача жамиятни бирлаштирувчи ғоя йўқ деб куйиндик. Бугун маҳалласига асфальт ётқизиш учун одамлар қандай бирлашиб уюшаётганини кўряпмиз. Мана ўша бирлаштирувчи, ижтимоийлаштирувчи, бефарқликни йўқотувчи, яхлит жамият сари элтувчи ғоя. Уни ривожлантириш керак. Муаммолари бўлса ҳал қилиш керак.
У бизга керак!
Балки жамиятдаги ижтимоийлашиш, маблағ тасимотида иштирок этиш руҳи кучайгани ёқмаяптимикан кимларгадир?🤫
@shahnozxon
Koson tumani hokimi har kuni ro‘zadorlar bilan samimiy muloqotda bo‘lib, ular bilan iftorlik qilmoqda.
Читать полностью…