Bir paytlar issiqxonalar uncha rivojlanmagan zamonlarda ham pomidorlar bu darajada qimmatlamasdi. Qishda pomidor ola bilardik. Issiqxonalar shuncha rivojlanib ketgan zamonda pomidorlarning bu qadar dahshatli tus olishini tushunolmayapman.
@ostonovminbari
Bir-birimizdan uzoqda bir-birimizning ustimizdan kulamiz.
Bir-birimiz bilan birga bo‘lsak, bir-birimizga paxta qo‘yamiz.
Bir-birimiz shu darajada ikkiyuzlamachimiz...
Kerak bo'lsa haqiqat uchun yuragingni parcha-parcha qil.
Bizga yetishmayotgan jihat haqida chiroyli ijro.
@haqiqatdaIlyos
Koson tumani hokimi davolanish ta'tilidan qaytib, bugundan ish faoliyatiga kirishdi
Xabaringiz bor, yaqinda Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev salomatligini tiklash uchun davolanish ta'tiliga chiqqandi. Bugun, 4-fevraldan tuman hokimi yana o'z ish faoliyatini boshladi.
Asrol Boykarayev dastlab o'z o'rinbosarlari bilan muloqot qilib, fuqarolar murojaatlari yuzasidan tizimli ish tashkil qilishda sustkashlikka yo'l qo'ymaslik kerakligini ta'kidladi.
👉 @Kosontumani_uz
Бугун 20:00 да ❗️МИЛЛАР❗️да
⚡️Тажовузга учраган тиббиёт ходими! Шифокор яна хўрланди
⚡️Дарсхона ёки харобахона? Мактаб таъмирга муҳтож
⚡️ Qadrli do‘stlar!
Jurnalistik faoliyatimizga e'tiborsiz bo‘lmagan kuzatuvchilar.
Ish faoliyatimni boshqa sohada olib borayotganim sababli "Nasafnews.uz" axborot saytida endi bosh muharrir emasman. Saytda faoliyat ko‘rsatishga, xabar yozishga, surishtiruv qilishga menda vaqt ham yo‘q.
Shu tufayli "Nasafnews.uz" bilan bog‘liq savollar bilan meni bezovta qilmaysiz, degan umiddaman!
Loyiha taqdirini bloger do‘stlarimizdan biriga ishonib topshirdik. O‘ylaymizki, axborot saytining umri uzoq bo‘ladi.
📹 Toshkentga harbiy xizmatga jo‘natilgan 20 yoshli qashqadaryolik yigitning jasadi qaytib keldi
Yigitning yaqinlari u urib o‘ldirilgan degan gumonga bormoqda.
👉 @d_nabiyev
DEDILAR...
"Sen shunchaki xavfli"-dedilar,
"Nega?" -deya javob so'radim.
"Hech kimga ehtiyoj sezmaysan"
Kuldim.
O'zimni o'yladim.
"Sen qadirdon inson"-dedilar,
Bor qadrimni undan so'radim.
"Dushmaning ham do'st bo'lmoq istar"
Kuldim.
Do'stimdan xavfsiradim..
"Eng mehribon odamsan"-derlar,
Oq samoga nedir so'yladim.
"Yuragingni ezmasin she'rlar"
Kuldim.
Onamni o'yladim..
"Sen bizdan ham baxtli"-dedilar,
Yon atrofda ishqni ko'rmadim.
"Hech kimsaga ko'ngil bermaysan"
Yig'ladim.
Va yana yig'ladim.
A.Azimov
Jurnalist Anora Sodiqova o'zining "Rost 24" saytidagi faoliyati yakunlangani haqida yozmoqda. Uning qarorini afsus bilan qarshi oldim.
Sodiqova senzura o'ta kuchli va qandaydir sog'lom bo'lmagan bir muhitda yangi nashr tashkil qilib uni muvaffaqiyatli loyiha darajasiga chiqara oldi. Haqiqatga intilishi, chekinmasligi bilan o'quvchilar mehrini, ishonchini qozondi. So'nggi qarorni qabul qilish unga oson bo'lmagani aniq.
Anora Sodiqova murosa yo'li eng tinch yo'lga aylanayotgan, haqiqatni gapirish qiyin ish bo'lib borayotgan sharoitda ayniqsa, jamiyat va o'zbek jurnalistikasi uchun juda kerakli inson, jurnalist.
Umid qilaman, u bizni ko'p kuttirmaydi va tez orada yangi loyihalarda ko'rinish beradi.
@haqiqatdaIlyos
Бугун соат 19:40 да ❗️МИЛЛАР❗️да
⚡️Фарзандини қийноқларга солган ваҳший она билан махсус интервью, «Миллар»да!
⚡️Ўқитувчи ўқувчини уриб, тишини синдирди. Унга қандай чора кўрилади?
⚡️6 киши томонидан дўппосланганлиги айтилаётган эркак ҳушини йўқотди. Айнан воқеа жойидан эксклюзив лавҳа!
⚡️Бугун 20:00 да МИЛЛАР да⚡️
❗️Фарзандларини калтаклаб видеога олган ваҳший онага қандай чора кўрилади? "МИЛЛАР"да воқеага алоқадор шахслар билан эксклюзив интервьюлар.❗️
❗️Бехосият том устида кутилмаган воқеалар давом этмоқда. Бу сафар вояга етмаган қизлар ҳаётларини хавф остига қўйишди.❗️
❗️Жарлик ёқасида қолиб кетган вайрона хонадонларнинг тақдири нима бўлади?❗️
➡️@milliyda_millar_rasmiy
SHOSHIBSIZ, JANOB VAZIR!
Bu xato harakat. Birinchidan har bir murojaatchi doimo haq deganimas. Ikkinchidan vaziyatni o'rganmay bu tarzda xodimni ishdan bo'shatishga o'zlari aytgandek vallomati bolsa ham bo'shata olmaydi. Vazirga ham bunaqa vakolat berilmagan. Mehnat qonunchiligi bor. Bu tarzda piar uchun xodimlarini qurbon qiladigan vazir uzoqqa bormaydi.
/channel/nasafnewsuz/13227
⚡️ Bugun senga qarsak chalganlar kecha menga qarsak chalgandi.
Ertaga boshqaga qarsak chalganda, sen va mendan zerikkanini aytishadi.
⚡️Bir ustozim haqni aytishdan to‘xtagan kuning(to‘xtatishgan kuni) jurnalist emassan degan edi.
O‘zingni aldama, kimlarnidir qo‘liga qo‘g‘irchoq bo‘lib, kimlargadir yaxshi ko‘rinish uchun yozma, shunday qildingmi, bu sohada ishlama, ket degandi.
5 yil ichida haqni gapirishga harakat qildik, viloyatda hali internet jurnalistikasi yo‘q vaqtida, birinchi qadamni tashladik.
Ustimizdan kulganlar, aravani torta olmaydi deganlar, ortimizdan choh qaziganlar juda ko‘p bo‘ldi.
Lekin "Nasafnews.uz" bu fursatda juda ko‘p odamlarga minbar berdi. Juda ko‘p muammolar yechilishiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Ko‘rolmaganlar kam emas ekan, loyihadan ketishim bilan bayram qilganlar ham ancha bo‘ldi.
Oxirgi vaqtlar bor holatni aytishimga, haqni gapirishimga qarshi kuchlar juda ko‘payib ketdi. Men ham odamman, menga onamning sog‘ligi, otamning tinchligi kerak. Har kuni men haqni talab qilib, jurnalistlik qilganim uchun otam zolim idoralar eshigiga chaqirilishiga qarshiman.
Shu tufayli kechish degan og‘ir bir tanlovni tanladim.
Ortimdan tosh otishingiz, qo‘rqoqqa chiqarishingiz mumkin. Ammo hali umuman tug‘ilmagan, tug‘iliboq nobud bo‘layotgan haqiqat uchun kurashishdan charchadim.
Hayronman,ne uchun Haq demas tilim,
Yoki o'chirdimmi dildagi cho'g'ni?
Nega ko'nayapman haqsizlikka jim,
Menga bir qaranglar, o'lganim yo'qmi?
#Тугади
Боғча мудираларигаям аномал совуқ қаттиқ таъсир қилган кўринади 😂😂😡
👇👇
https://telegram.me/joinchat/UlFYRT8rzmDa1uNH
Shu kunlarda ayon bo'lgan haqiqatlardan keyin Farg'ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorovga hurmatim oshdi. Dadil, topshiriq keldi deb yugurgilab ketavermaydigan inson ekan.
Afsuski, qolganlarning "yes shef" siyosati, pozitsiyasizligi deb shuncha bola sovuqda jabr chekmoqda.
Bozorov esa pozitsiyasini boshidan aniq aytdi. Viloyatimizda o'qish 16-yanvardan boshlanadi, dedi. Topshiriq takror qaytarilishiga qaramay gapidan qaytmadi.
Baraka topsin, o'zgarmasin.
@haqiqatdaIlyos