chinoz_yoshlar | Неотсортированное

Telegram-канал chinoz_yoshlar - ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

4112

Yoshlar ishlari Agentligi | Chinoz tumani bo'limi MATBUOT XIZMATI - Агентство по делам молодежи ПРЕСС-СЛУЖБА Чинозского районного отдела Matbuot kotibi: @JKurbanov Muammo va takliflar uchun:👇 🤖 @chinoz_yoshlarbot Mazkur bot siz bilan muloqot uchun!

Подписаться на канал

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

🔥 NAVRO‘Z mahallasi yoshlari tomorqadan unumli foydalanyapti! 🔥
Ular har qarich yerdan mo‘l hosil olyapti, biznes boshlayapti, mahallasini rivojlantiryapti! 🚜🌱
SAMARQAND mahallasi yoshlari, siz-chi? 🤔
Sizning tomorqangiz faqat yozda ko‘kargan joymi yoki daromad manbaimi? 💰🌾
🔹 Kimning sabzavotlari super hosildor? 🥕
🔹 Kim tomorqadan biznes boshlagan? 💼
🔹 Kim eng kreativ usulda foydalanyapti? 🎯
Izohlarda g‘olibni aniqlaymiz! Fotosurat yoki video bilan bo‘lishing! 📸🎥
#TomorqadanFoyda #HosildorYoshlar #MahallamizG‘ururi #Navro‘zVsSamarqand

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

🌱 Do‘stlik mahallasi yoshlar yetakchisi: “Tomorqadan daromad qilish mumkin!” 🚜💰
Nafis mahallasi, sizchi? Bo‘sh yotgan tomorqa – yo‘qotilgan imkoniyat!
🔥 CHALLENGE BOSHLANDI! 🔥
🥕 1 sotixdan eng ko‘p daromad qilgan yetakchi kim bo‘ladi?
🍉 Kimning hosili eng barakali?
💡 1 oy ichida natijalarni ko‘ramiz!
🏆 Do‘stlik mahallasi allaqachon ishni boshlab yubordi! Nafis mahallasi, siz ortda qolmaysiz, to‘g‘rimi? 😏
#TomorqadanFoyda #ChallangeAccepted #HosildanDaromad

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

#Chinoz_tumani
#Milliylik_qonimizda

"Ahillik"da milliy liboslar festivali oʻtkazildi!

✨Chinoz tumani "Ahillik" mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan Oʻzbekiston Qahramoni Tursunoy Oxunovaning muzeyida milliy madaniyatimizni va anʼanaviy kiyinish uslublarimizni keng targʻib etish maqsadida Milliy liboslar festivali boʻlib oʻtdi.

✨Festivalda mahalla ahli, faol yoshlar va nuroniylar ishtirok etishdi. Tadbir davomida turli avlod vakillari tomonidan milliy liboslar namoyishi tashkil etildi.

✨Shuningdek, Milliy liboslar festivali ishtirokchilariga milliy udumlarimiz va milliy taomlarimizdan boʻlgan sumalak ham tortiq etildi. Oʻsib kelayotgan yoshlarga Oʻzbekiston Qahramoni Tursunoy Oxunovaning hayot yoʻllari bilan tanishtirildi.

✅Aziz yurtdoshlar, keling, milliy liboslarimizni nafaqat bayramlarda, balki kundalik turmush tarzimizda ham kiyishga odatlanaylik. Shu orqali oʻzligimizni saqlab, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaylik!

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Web site ||Facebook|Instagram|

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

Prezident qaroriga ko‘ra, “Aloqabank” tomonidan “Biznesga birinchi qadam” loyihasi doirasida:

18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy soliq to‘lagan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga onlayn shaklda 100 mln so‘mgacha mikroqarzni 3 oygacha imtiyozli davr hamda 2 yilgacha asosiy qarzni to‘lamaslik shartlari asosida 7 yilgacha muddatga sug‘urta polisi ta’minoti yoki uchinchi shaxs kafilligi asosida ajratiladi.

Ushbu mikroqarz tomorqadan foydalanib, dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik qilishga, Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, xususan, hunarmandchilik, Fan, san’at va sport sohalarida faoliyat yurituvchi yoshlarga hamda Frilanserlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadlari uchun ajratiladi.

Yoshlar uchun ish o‘rinlari” dasturi: Aloqabank tomonidan Yakka tartibdagi yosh tadbirkorlar va yoshlar rahbarligidagi kichik bizneslarga kamida 20 ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalarga 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 5 mlrd so‘mgacha kreditlar ajratiladi.

Ushbu kredit: ishlab chiqarish uskunalari va qurilish ishlari, Tijorat avtotransport vositalarini sotib olish, Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish hamda Yoshlarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga o‘qitish yo‘nalishlari uchun ajratiladi.

Ushbu imtiyozli kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi. Ayni payta asosiy stavka 13,5% ekanligini hisobga olsak, mazkur kreditlar yillik 17,5% stavkada ajratiladi.

Imtiyozli kreditlarning taqdim etilishi shartlarini bajarmagan qarz oluvchilarga nisbatan kredit foiz stavkalari bozor stavkalariga o‘zgartiriladi.

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

#chinoz _tumani
#chellenj
#milliylikqonimizda

Chinoz tumani 33-maktabda
"Asrlar osha davom etgan milliy iftixor" shiori ostida milliy namoyish o'tkazildi.

Milliy liboslar – bu xalqimizning boy tarixi, madaniyati va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir. Asrlar davomida o‘zbek milliy liboslari nafaqat kiyinish madaniyatining ifodasi, balki milliy iftixor timsoli sifatida ham qadrlanib kelmoqda. Ular har bir davr ruhini, ajdodlarimizning didi va ma’naviy qarashlarini aks ettirgan.
Asrlar osha davom etgan bu iftixor timsolini ardoqlash va uni kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning burchimizdir!

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

🔥 NAVRO‘Z mahallasi yoshlari tomorqadan unumli foydalanyapti! 🔥
Ular har qarich yerdan mo‘l hosil olyapti, biznes boshlayapti, mahallasini rivojlantiryapti! 🚜🌱
SAMARQAND mahallasi yoshlari, siz-chi? 🤔
Sizning tomorqangiz faqat yozda ko‘kargan joymi yoki daromad manbaimi? 💰🌾
🔹 Kimning sabzavotlari super hosildor? 🥕
🔹 Kim tomorqadan biznes boshlagan? 💼
🔹 Kim eng kreativ usulda foydalanyapti? 🎯
Izohlarda g‘olibni aniqlaymiz! Fotosurat yoki video bilan bo‘lishing! 📸🎥
#TomorqadanFoyda #HosildorYoshlar #MahallamizG‘ururi #Navro‘zVsSamarqand

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

#Табриклар_сахифаси
#Чиноз_тумани

❇️ Ҳурматли Чиноз тумани ҳокими ўринбосари -
Васила Бахтиёровна!

Бугунги шукрона кунингиз муборак бўлсин. Сизни оилавий баҳт, тинчлик-хотиржамлик асло тарк этмасин. 

Хаёт йўлингиздаги барча эзгу истакларингиз амалга ошсин! Табассум юзингизни хеч қачон тарк этмасин, хар бир янги кунни қувонч билан қарши олиш бахтига муяссар бўлинг! Хаётнинг хамма жабхаларида хозиргидай кучли ва бетакрор бўлишингизда тилaкдошмиз. Мартабангиз хамиша улуғ бўлсин!

Мамлакатимизда олиб борилаётган ислоҳотларни жойларда самарали ташкил этилишида, хотин-қизларни жамиятда ўз ўрнига эга бўлиши ҳамда мавқеини янада ошишида олиб бораётган ишларингизда муваффақиятлар ёр бўлсин.

🌹 Чиноз тумани Ешлар ишлари бўлими жамоаси номидан муборакбод этамиз.

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

#Chinoz_tumani
#Samarali_mehnatdan_yuqori_daromad

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi PQ-153-sonli qarori asosida "Mevazor" mahallasida 2024-yilda 31 nafar yoshlarimizga 10,2 gektar yer maydonlari ijaraga ajratib berilgan edi.

Bugungi kunda ushbu yoshlarimiz tomonidan ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanib kelishmoqda.

Jumladan, 10,2 gektar yer maydonining 0, 57 gektar maydoniga 3 nafar yoshlar tomonidan fevral oyida issiqxona tashkil qilib, rediska mahsuloti yetishtirmoqda.

Shuningdek, 2 nafar yosh 0,34 gektarga issiqxona qurib, bodring ekish uchun tayyorlanmoqda.

2 nafar yoshlar tomonidan 0,45 gektar maydonga issiqxona o'rnatish ishlari boshlangan bo'lsa, 0,60 gektar maydonga fevral oyi oxiriga qadar 3 nafar yoshlarimiz tomonidan issiqxona tashkil qilish rejalashtirilgan.

Mazkur issiqxonalarda mahalladagi 15 nafardan ortiq ishsiz yoshlarni ham band qilinganligi quvonarli.

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

Chinoz tumani
Samarali mehnatdan - yuqori daromad

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi PQ-153-sonli qarori asosida tumanda 2024-yilda 1328 nafar yoshlarimizga 437 gektar yer maydonlari ijaraga ajratib berilgan edi.


Bugungi kunda ushbu yoshlarimiz tomonidan ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanib kelishmoqda.

Huddi shunday mehnatkash yoshlardan biri - Chinoz tumani "Bog'bon" mahallasida yashovchi Abdullayev Javohir Abdurasul o'g'li bugungi kunda zamonaviy issiqxona tashkil qilib, yuqori daromad olish maqsadida bulg'or qalampiri yetishtirmoqda.


Suhbat chog'ida Javohir yetishtirgan bulg'or qalampirini Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston Respublikasiga eksport qilishni rejalashtirganligini ma'lum qildi.

Mazkur issiqxonada mahalladagi 4 nafar ishsiz yoshlarni ham band qilganligi quvonarli.

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

#Chinoz_tumani
#Ochiq_muloqot

Chinoz tumanida yoshlar muammolarini hal etish yoʻlida muhim qadamlar tashlandi.


Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov va sektor rahbarlari yoshlar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarni birgalikda muhokama qilib, yechim topishga harakat qildilar.

Mazkur uchrashuvda Prezidentimizning 2025 yil 14-fevraldagi videoselektor yigʻilishida yoshlar bilan ishlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish borasida belgilangan vazifalarning tumandagi ijrosini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.


👉BATAFSIL O‘QISH

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

Ўлим ёш танламайди. Вақтни борида қадрланг, орзуларингизни амалга оширишга улгуриб қолинг!

@Chinoz_yoshlar

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

#Yoshlar_siyosati

Yangi Oʻzbekiston yoshlari - bugunimiz va istiqbolimiz....


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarni Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman" - degan soʻzlari amaldagi yoshlarga oid davlat siyosatini yuksak darajaga olib chiqayotganligida koʻrishimiz mumkin.

Joriy yil 14-fevral kuni Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish chora-tadbirlariga bagʻishlab oʻtkazgan videoselektor yigʻilishi va yoshlar bilan muloqot davomida biz, yana bir marotaba buning isbotini topdik.

Aslida Oʻzbekistonda har kuni yoshlar kuni desak ham xato emas. Ishonchim komilki, yoshlarga qaratilayotgan islohotlar tasodifan tanlanmagan –u Prezidentimizning yoshlarga boʻlgan mehrini, Oʻzbekiston kelajagiga boʻlgan masʼuliyatini, ular olib borayotgan istiqbolli rivojlanish strategiyalarining prinsipial yondashuvini ifodalaydi.

👉BATAFSIL O‘QISH

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

14-fevral qanaqa kun?

🇺🇿Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan samimiy uchrashuvidan eng samimiy reportaj


📹 YouTube orqali ko‘rish

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан очиқ мулоқотида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

Президент Шавкат Мирзиёев: "Кам таъминланган оилада ҳеч бўлмаганда битта фарзанд олий маълумотли бўлиши учун зарур шароитлар яратамиз"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

🔥 SAMARQAND mahallasi yoshlari tomorqadan unumli foydalanyapti! 🔥
Ular har qarich yerdan mo‘l hosil olyapti, biznes boshlayapti, mahallasini rivojlantiryapti! 🚜🌱
G'AYRAT mahallasi yoshlari, siz-chi? 🤔
Sizning tomorqangiz faqat yozda ko‘kargan joymi yoki daromad manbaimi? 💰🌾
🔹 Kimning sabzavotlari super hosildor? 🥕
🔹 Kim tomorqadan biznes boshlagan? 💼
🔹 Kim eng kreativ usulda foydalanyapti? 🎯
Izohlarda g‘olibni aniqlaymiz! Fotosurat yoki video bilan bo‘lishing! 📸🎥
#TomorqadanFoyda #HosildorYoshlar #MahallamizG‘ururi #SamarqandVsG'ayrat

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

Rossiya Federatsiyasi ПЭК logistika korxonasida ishlash istagi mavjud fuqarolar diqqatiga!

Oylik maosh 65 - 80 ming rubl (bajarilgan ish hajmiga ko'ra)

Ish beruvchi hisobidan


✈️ Aviachipta
📄 Patent
🏠 Yotoq joy


👇Ish bo'yicha ma'lumot olish uchun bu yerga bosing.

2025-yil 24-fevral kuni soat 14:00 da ish beruvchi bilan suhbat o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

👇Quyidagi manzilga kelishingiz so'raladi.

📍(LOCATION)
Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Qumariq mahalla, Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati

Ma'lumot uchun:
☎️ (55) 900-33-10 (dushanba-juma, 9:00-18:00)

🔻 Axborot kanalimizni kuzatib boring
Migratsiya agentligining Toshkent viloyat filiali

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

📢 CHINOZ YOSHLARI: MILLIYLIK QONIMIZDA! 🇺🇿🔥
Bizning tariximiz – buyuk! 📜
Bizning qadriyatlarimiz – barhayot! 🏛️
Bizning millatimiz – g‘ururli! 🇺🇿
🌿 Ota-bobolarimizdan meros qadriyatlar bizning yo‘limizni yoritadi!
👑 Milliy liboslar – bizning iftixorimiz!
🎶 Milliy kuy va raqslar – bizning yurak ohangimiz!
🥀 An’analarimiz – bizni birlashtiradigan ruh!
Milliylik – bizning qonimizda!
Milliy g‘oya – bizning qudratimiz!
Chinoz yoshlari milliy an’analar, tarix va madaniyatni avlodlarga yetkazishda yetakchi! 💪
#MilliylikQonimizda
#ChinozYoshlarYetakchilari
#Iftixor

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

Prezident Shavkat Mirziyoyev mudofaa sanoatining ilg‘or ishlanmalari bilan tanishdi hamda Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi.

👉@Chinoz_yoshlar

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

🇺🇿 Milliylik qonimizda!
Chinoz yoshlari! Bizning milliyligimiz – bu ajdodlardan qolgan bebaho meros! Doppi, atlas, adras – nafaqat kiyim, balki xalqimizning tarixi, madaniyati va g‘ururi!
🔥 Doppi – donishmandlik va faxr timsoli!
🔥 Adras va atlas – o‘ziga xos nafosat, san’atning mo‘jizasi!
🔥 Hunarmandchilik – milliy merosni asrash yo‘lidagi bebaho mehnat!

📢 Siz ham milliy qadriyatlarimizni rivojlantirishga hissa qo‘shishni istaysizmi? Unda g‘oyalaringiz bilan o‘rtoqlashing, birga harakat qilamiz!

🔥 Parkent yoshlari, siz ham tayyormisiz?
Milliy kiyim – bu shunchaki urf emas, bu bizning tariximiz va o‘zligimiz! Doppi kiygan yosh – g‘ururli yosh, adras kiygan yigit-qiz – millat timsoli!
Siz ham milliy merosimizni targ‘ib qilish va rivojlantirishga tayyormisiz? Unda harakatga kel!

#ParkentYoshlari #MilliyMeros #Doppi #Atlas #Adras #KelajakBugundan

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

#Chinoz_tumani
#Yoshlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 apreldagi PQ-153-sonli qaroriga muvofiq, Chinoz tumani "Do'stlik" mahallasida 2024 yilda 34 nafar yoshlarga 10,4 gektar yer maydonlari ijaraga ajratib berilgan edi.

Bugungi kunda ushbu yoshlarimiz tomonidan ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanilmoqda.

Jumladan:

Suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida 2 nafar yoshlar tomonidan 0,46 gektar maydonga issiqxona tashkil qilib, aprel oyida yetishtirayotgan mahsulotlari yuqori daromad bilan bozorga chiqarishni boshlaymiz deydi - yosh dehqon G'aniyev Azimjon.

Shuningdek, 3 nafar yoshlarimiz ham 0,44 gektarga issiqxona tashkil qilib, ekin ekishlarini boshlab yuborgan.

Quvonarlisi shundaki, mazkur issiqxonalarda mahalladagi 4 nafar ishsiz yoshlar ham band qilingan.

Yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash – kelajakka investitsiya!

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

🌱 Tillaobod mahallada tomorqa – bekorchilik uchun emas, daromad uchun! 💰
🚶‍♂️ Kimdir tomorqasida faqat o't o‘sishini tomosha qiladi…
💪 Kimdir esa 6 sotix yerdan yiliga 50 million so‘m daromad qiladi!
💡 Sir oddiy: To‘g‘ri ekin tanlash + samarali sug‘orish + bozorga yetkazish = Baraka!
❌ "Yer unumdor emas" degan bahona o‘rniga, Qanday ekin foydali? deb o‘ylab ko‘ring.
❌ "Mahsulotni sotish qiyin" o‘rniga, Kimga kerak? Qayerga yetkazish mumkin? deb izlaning.
🌟 Mahallamizda tomorqasidan unumli foydalanganlar bugun daromad topmoqda. Siz ham boshlashga tayyormisiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!
#Tillaobod #TomorqadanDaromad #Hosildorlik #Baraka

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

#Chinoz_tumani

Chinozda tomorqa – daromad manbaiga aylanmoqda

🌱Chinoz tumanida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy seminar boʻlib oʻtdi.


📌Chinoz tumani prokurori, 2-sektor rahbari Gʻ.Abdusalomov seminarda tomorqa yerlaridan foydalanishda agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish zarurligini taʼkidladi. Shuningdek, ijtimoiy himoya reyestrida turuvchi kam taʼminlangan oilalarga manzilli yordam koʻrsatish va tomorqadan samarali foydalanishni targʻib qilish borasida mutasaddilarga topshiriqlar berdi.


🌱Seminar davomida "Doʻstlik" mahallasida tomorqalaridan unumli foydalanayotgan xonadonlarning tajribasi oʻrganildi. Shundan soʻng, "Kompaniya - kooperatsiya - dehqon xoʻjaligi" tamoyili asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning zamonaviy usullari boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

⚡️⚡️Президент Шавкат Мирзиёев ёшлар келажаги ва тадбиркорлиги учун 400 миллион доллар ажратишга қаратилган 3 та қарорни эълон қилди

Ёшлар тадбиркорлигини ривожлантириш жамғармаси ташкил этилади ва унга 100 миллион доллар ажратилади!

Олийгоҳ битирувчилари иш билан таъминлаш учун “Келажакка қадам” дастури ишга туширилади ва бунинг учун Миллий банкга 100 миллион доллар ажратилади!

Алоқабанк “Ёшлар банки”га айланади – ёшларнинг бизнес лойиҳаларини қўллаб-қувватлаш учун 200 миллион доллар маблағ йўналтирилади!

ЭНГ МУҲИМИ: 👩‍💻💼 Хотин-қизлар тадбиркорлигига – банк кредитларининг камида 30% йўналтирилади!

Ёшларга қандай янги имкониятлар яратилмоқда?

💰 2,5 миллиард сўмгача имтиёзли кредитлар!

🚀 2 миллиард сўмгача стартап инвестициялари!

💼 ўзини ўзи банд қилган ёшлар – 100 миллион сўмгача

7 йил муддатга имтиёзли микроқарз!

🏆 20 нафар ёшни иш билан таъминлаган тадбиркорларга –
5 миллиард сўмгача 7 йил муддатга имтиёзли кредит!

Ёшлар отни қамчиланг, вақт келди!

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

#tayinlov #rasmiy
NIZAMUDINOV Shaxboz Abdusamatovich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Toshkent viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi v.b etib tayinlandi.

Shaxboz Nizamudinov 1990-yilda Chinoz tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti-oliy. 2024-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi-huquqshunos, iqtisodchi, tarixchi, pedagog, jurnalist.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati.

Tayinlovga qadar, “Chinoz hayoti” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

/channel/chinoz_hayoti_gazetasi

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

🇺🇿⚡️Ular bunga qanday erishdi?

Kimlarga havas qildingiz? Kimlarni bu davrada ko'rishni xohlar edingiz?

#prezident #yoshlar #uzbekpower

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

#Chinoz_tumani
#Besh_tashabbus
#2025_yilgi_mavsum

Hurmatli va aziz yoshlar!

Bugun har yilgi an'anaga aylanib borayotgan "Besh tashabbus olimpiadasi" ning 2025 yilgi mavsumiga start berildi.

🏆🥇🥈🥉🏆Ochilish tadbirida o'tgan mavsumda viloyatda eng yuqori ko'rsatgichni qo'lga kiritgan bir qator mahalla yoshlar yetakchilari taqdirlandi.

Ma'lumot uchun, 2024_yilgi mavsumda "Chorvador", "Nafis", "A.Navoiy", "Rasulobod" mahallasi yoshlari respublikada g'olib bo'lib, 4 ta universal sport maydonchalarini qo'lga kiritishgan.


Ushbu mavsumda ham barcha yoshlarga omad tilab qolamiz!

Barchangiz besh tashabbus olimpiadasining sport musobaqalari va tanlovlarida faol qatnashing va mahallangizga sport maydonini qo'lga kiriting.

🤾‍♂⛹‍♂🤼‍♂🏓⚽️🏀 @Chinoz_yoshlar

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

Хурматли ешлар!

Хабарингиз бор куни кеча Давлатимиз рахбари томонидан ешлар билан очик мулокоти утказилди.

Ушбу мулокот давомида ешларимизни хар томонлама куллаб-кувватлаш, имкониятларини янада ошириш борасида жуда куплаб мухим карорларни кабул килдилар.

Ушбу имкониятлардан унумли ва самарали фойдаланиш максадида аник ва манзилли таклифи булган ешларимиз махалласидаги ешлар етакчиларига еки Ешлар ишлари туман булимига мурожаат килишлари мумкин.

Мурожаат учун: 97-119-66-22

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

#Ragʻbat
#Toshkent_viloyati
#Chinoz_tumani
#Yoshlar_yetakchilari

❗️Inson mehnat qilib koʻp marralarni zabt etadi.Hayotda erishilgan yutuqlar bir mukofot boʻlsa, oʻzgalar tomonidan eʼtiborga loyiq koʻrilish alohida mukofotdir.2024-yil ʼʼBesh tashabbus olimpiadasiʼʼ ning bir nechta sport turlarida yetakchi tashabbusi, harakatlari bilan Respublika bosqichida faxrli oʻrinni egallagan mahalla yoshlari munosib taqdirlangan edilar.Endi navbat fidokor yoshlar yetakchilariga. Jonbozligi,vatanparvarligi,yoshlarning kelajagiga befarq emasligi sabab ularning mehnati munosib taqdirlandi.Toshkent viloyati yoshlar ishlar agentligi tomonidan Chinoz tumanining ʼʼNafisʼʼ, ʼʼChorvadorʼʼ, ʼʼRasulobodʼʼ, ʼʼA.Navoiyʼʼ mahalla yoshlar yetakchilari tashakkurnoma hamada esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Ularga kelgusi ishlarida ham zafarlar tilab qolamiz!

Читать полностью…

ЧИНОЗ ЁШЛАРИ | РАСМИЙ КАНАЛ

Олис ҳудудларда хорижий тил марказлари очмоқчи ва тил ўрганмоқчи бўлган ёшлар қўллаб-қувватланади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…
Подписаться на канал