chdpial | Неотсортированное

Telegram-канал chdpial - 📚CHDPU Akademik litseyi

639

Chirchiq Davlat pedagogika universiteti Akademik litseyi rasmiy kanali 📞 Matbuot xizmati: +998 (70) 716-57-41 ✉️ E-mail: chdpial@inbox.uz 📲Facebook: www.fb.com/chdpial 🌎 Rasmiy sayt: www.chdpial.uz Taklif va mulohazalar: @Orifjon86

Подписаться на канал

📚CHDPU Akademik litseyi

#universitet_olimpiadasi
📢 Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi o'tkazilgan “Universitet olimpiadasi” natijalari e'lon qilinmoqda.

🔶 Yo'nalish va fanlar kesimida quyida natijalarni pdf formatda yuklab olib, ko'rishingiz mumkin.

🖥 Yuqori natijaga erishgan o'quvchilar akademik litsey tomonidan maktablarga borib faxriy yorliqlar yetkaziladi.

✅ G'olib o`quvchilar ustozlariga ham tashakkurnomalar beriladi.

📊Olimpiadada ishtirok etgan o'quvchilar QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini ertadan @orifjon86 akkauntiga murojat qilib, yuklab olishlari mumkin bo'ladi.
Bunda ishtirokchi murojaatida qatnashgan fan va to'liq FISH yozib jo'natadi, agar ro'yxatda mavjud bo'lsangiz yuklab beriladi.


📲👉@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#universitet_olimpiadasi

🏢 Joriy yilning 16-dekabr kuni Chirchiq davlat pedagogika universiteti va akademik litseyi hamkorlikda iqtidorli o’quvchilarni aniqlash va ularni qo’llab quvvatlash hamda rag’batlantirish maqsadida “Universitet olimpiadasi” o’tkazildi.
Toshkent viloyati tuman va Chirchiq shahridagi umumtalim maktablarining 9-sinf o’quvchilari quyidagi fanlar bo‘yicha olimpiadada ishtirok etishdi.
MATEMATIKA-INGLIZ TILI
• MATEMATIKA-FIZIKA
• TARIX, HUQUQ-INGLIZ TILI
• KIMYO-BIOLOGIYA
• INGLIZ TILI, ONA TILI

Toshkent viloyati tuman, shahar Xalq ta’limi bo’limiga qarashli umumta’lim maktablaridan 600 nafarga yaqin 9-sinf o’quvchilari qatnashdi.

☝️G’oliblarni taqdirlash marosimi natijalar e'lon qilingandan keyin o'tkaziladi.

Biz bu mavzuga qaytamiz ...

Kanalga ulanish: @chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

✅ 2024-yilning 1-yarmida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida tashkil etiladi.

📱 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#olimpiada

📢Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi universitet olimpiadasida ishtirok etuvchi 9-sinf o‘quvchilari diqqatiga!

🔹 16-dekabr soat 9.00 da boshlanadi. Quyida lokatsiya ko'rsatilgan.

📍Manzil: Chirchiq shahar, Sh.Rashidov ko’chasi 24-uy. (Mo’ljal: Chirchiq dehqon bozori, Indenim savdo markazi).
41.4725188,69.5896041,18.88z/data=!4m5!3m4!1s0x38aefd7febfc3e47:0xbd8b38db5f624434!8m2!3d41.4725531!4d69.5901315!5m1!1e1">Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi lokatsiyasi ustiga bosing va manzilini bilib oling.

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

1-ilovaga muvofiq barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari ro‘yxatini 11-dekabr 16.00- ga qadar tasdiqlangan (PDF) va (word) shakllarida @orifjon86 telegram manziliga yuborishingiz soʻraladi.

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#universitet olimpiadasi

HURMATLI 9-SINF O'QUVCHILARI!

Sizni 2023-yil 16-dekabr kuni soat 9:00 da Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyida universitet rahbariyati tashabbusi va homiyligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Universitet olimpiadasi”ga lutfan taklif qilamiz!
Olimpiada quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

• MATEMATIKA-INGLIZ TILI
• MATEMATIKA-FIZIKA
• TARIX, HUQUQ-INGLIZ TILI
• KIMYO-BIOLOGIYA
• INGLIZ TILI, ONA TILI


Olimpiada rus va o‘zbek tillarida bo‘lib o’tadi.
Maqsadimiz:
1. O‘quvchilarning ilmga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.
2. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlab, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.
3. G‘oliblar, faol o‘quvchilar va ularning ustozlarini universitet tomonidan esdalik sovg’alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlash.

Biz sizlarni akademik litseyda kutamiz!

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Bugun 10 dekabr Xalqaro inson huquqlari kuni

Butun insoniyat erkin va teng huquqli ekanini ilgari surgan BMT umumiy kengashi 1948 yilning 10 dekabr kuni ya’ni bundan 68 yil muqaddam ushbu kunni Xalqaro inson huquqlari kuni sifatida qabul qildi.
Turkiya Respublikasi 1949 yilning aprel oyida BMTning bayonnomasini tasdiqladi. 1949 yildan buyon Turkiyada ham butun dunyoda bo’lgani kabi Inson huquqlari kuni har yili 10 dekabr kuni qutlanmoqda.

Inson huquqlari kunining dunyo bo’ylab keng nishonlanishi albatta inson huquqlari ongining yuksalishi natijasida tashkil topdi. 2-Jahon urushi mobaynida diktatorlar dunyoni jar yoqasiga olib kelgani millionlab insonning urush, surgun, qatliom va genositga duch kelishi inson huquqlarining xalqaro jamiyat tomonidan tan olinishini va kafolat ostiga olinishini ta’minladi.

Dunyoda ro’y bergan ulkan urushlar va bundan kelib chiqqan qirg’inlarning orqasida o’z safidan bo’lmaganlarni dushman va yo’q qilinadigan jonzodlar sifatida ko’rish tushunchasi yotadi. Fransuz ihtiloli davrida inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi imzolandi. Mazkur dekloratsiyada oshkora aytilgan tamoyillar butun dunyoni o’zgartirdi. Buning asosida har bir fuqaroga o‘z huquqini tanish, uni himoya qilish imkoniyati berildi. Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi davlat va jamoat tashkilotlari faoliyati keng rivojlandi, ularning vakolati va ta’siri kengaytirildi.

Zamonaviy jamiyatlar inson huquqlarini, mexnatkashlarning haq va huquqlarini o’z ichiga oladigan shaklda ishlab chiqilgan qonun bilan huquq kafolatiga olgan.
Bu haqiqiy inson huquqlarining ayni paytda mexnatkashlarning huquqi sifatida qonunlar bilan kafolatlangan. Hech bir boshqaruvchi qo’l ostidagi xodimlarga mantiqsiz va huquqqa hilof ravishda buyruq bera olmaydi. Bunday topshiriq olgan xodim boshqaruvchining buyrug’ini bajarishga majbur emas. Aks holda sud oldida javob beradi.

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Erkin, yosh avlodlar senga zoʼr qanot!

🇸🇱Аssalomu alaykum aziz yurtdoshlar! Xayrli tong. Bugun 10-dekabr— Oʼzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.

Madhiya matni

Serquyosh, hur oʼlkam, elga baxt, najot,
Sen oʼzing doʼstlarga yoʼldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar — jon Oʼzbekiston,
Аjdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʼ xalq qudrati joʼsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bagʼri keng oʼzbekning oʼchmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zoʼr qanot!
Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu boʼl obod!

Oltin bu vodiylar — jon Oʼzbekiston,
Аjdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʼ xalq qudrati joʼsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Ushbu matnda jo boʼlgan soʼzlar shunchaki soʼzlar emas. Unda Oʼzbekistonning orzulari, kelajagi aks etgan. Hayot qo’shig’I bo’lib har tong jaranglayver, Madhiyam!

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Qadrli Vatandoshlar!

Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish bilan birga xalqaro maydonda munosib o’rin egallashida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xotirjamlik, oilaviy farovonlik hamda ulkan zafarlar tilayman.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi ijrochi direktori Qorayev Sirojiddin Barakayevich

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Аввал тест ишлаб, кейин қаерда ўқиш танланади – 2024 йилдан абитуриентлар қабули ўзгаради

Кейинги йилги қабулдан ОТМга ҳужжат топширган абитуриентлар аввал кириш имтиҳонларида қатнашиб, сўнгра тўплаган баллига қараб йўналишларни танлаши мумкин бўлади. Бу тартиб ҳақида “Энди ҳамма ўқишга кириб кетаркан-да”, деб ўйлаганлар ҳам бор. Аслида, янги тартиб қандай ишлайди? Ҳамма ўқишга кирадими ёки фақат билимлиларми?

👉 https://kun.uz/42814253

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

🇺🇿 Конституция – халқчил давлат, барқарор тараққиёт ва фаровон ҳаёт асоси

8 декабрь – Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кун

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag`ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko`rish va ularni o`tkazish to'g'risidagi F-72-sonli farmoyishi yuzasidan CHDPU akademik litseyida joriy yilning 29-noyabrdan 4-dekabrgacha “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini o'rganish” darslari tashkil etildi.

Darslar davomida akademik litseyi huquq fani o'qituvchisi Atoqova Iroda Latipovna tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini oʻrganish” maxsus kurs darslari orqali o'quvchi yoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mazmun-mohiyati tushuntirib berildi

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#voqealar_taqvimi

Bugun 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni

Jahon hamjamiyatini ogohlikka chaqirish, aholining orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, bu dardga chalingan insonlarga tibbiy, moddiy va ruhiy yordam koʻrsatishni ta’minlash maqsadida 1988-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan 1-dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.

BMTning OITSga qarshi kurash tashkiloti (UNAIDS) tashabbusi bilan bu sana “Xalqaro hamjihatlik, umumiy mas’uliyat” shiori ostida oʻtkaziladi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

DIQQAT!
CHDPU AKADEMIK LITSEYI IJROCHI DIREKTORIGA MUROJAAT!

Xabaringiz bor, CHDPU akademik litseyimizda barcha jamoa a’zolari oʻrtasida oʻzaro hurmat muhitini yaratish, o'quvchilarni oʻylantirayotgan muammolarni hal etish, ularning takliflarini chuqur oʻrganish, pedagog va ishchi xodimlarning faoliyatlari davomida uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish va jamoaviy muhit mustahkamligini yanada oshirish maqsadida oʻqituvchi-pedagoglar va o'quvchilarning Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi ijrochi direktori Qorayev Sirojiddin Barakayevich bilan anonim tarzda online muloqoti tashkil etildi.

Marhamat! Sizda CHDPU akademik litseyi faoliyatiga doir taklif hamda e'tirozlar bo'lsa tog’ridan-to’g’ri CHDPU akademik litseyi ijrochi direktoriga:
@ChdpialdirektorBot
manzili orqali xabar yo’llang!

Sizning fikringiz biz uchun juda muhim va biz Sizni qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz. Bu sotqinlik emas, bu jinoyat emas, bu yanada yaxshi bo‘lish uchun kichik bir qadam, bu Sizu-bizning kelajagimiz!

LEKIN, HAR QANDAY VAZIYATGA VIJDONAN BAHO BERIB, XOLIS VA ALBATTA TUXMATDAN YIROQ BO'LGAN HOLATDA FIKR BILDIRISHINGIZNI ILTIMOS QILAMIZ!

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#Jarayon | #universitet_olimpiadasi

✅ Ayni damda CHDPU akademik litseyida o'tkazilgan “Universitet olimpiadasi” hay'at a'zolari tomonidan o'quvchilar natijalari tekshirilmoqda.

📣Natijalarni akademik litsey rasmiy telegram kanali @chdpial orqali e'lon qilinadi.
🏆Yuqori natija olgan 1,2,3 - o'rin o'quvchilari Faxriy yorliq va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.
☑️Olimpiada ishtirokchilariga esa elektron sertifikat yuklab beriladi. (Natijalar e'lon qilingandan keyin telegramdan @orifjon86 murojaat qilasiz)

Bizni kuzatishda davom eting.

Kanalga ulanish: @chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#olimpiada

📢Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi universitet olimpiadasida ishtirok etuvchi 9-sinf o‘quvchilari diqqatiga!

🔹 16-dekabr soat 9.00 da boshlanadi. Quyida lokatsiya ko'rsatilgan.

📍Manzil: Chirchiq shahar, Sh.Rashidov ko’chasi 24-uy. (Mo’ljal: Chirchiq dehqon bozori, Indenim savdo markazi).
41.4725188,69.5896041,18.88z/data=!4m5!3m4!1s0x38aefd7febfc3e47:0xbd8b38db5f624434!8m2!3d41.4725531!4d69.5901315!5m1!1e1">Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi lokatsiyasi ustiga bosing va manzilini bilib oling.

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#darslik

Akademik litseylar uchun yaratilgan 38 nomdagi darslik mualliflari taqdirlandi


Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan fanlaridan ikki yillik ta’lim tizimi uchun ilk bor tanlov va buyurtma asosida yaratilgan 18 ta fandan 38 nomdagi darsliklar mualliflarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Vazirlik mas’ul xodimlari, darsliklar mualliflari hamda akademik litseylar ijrochi direktorlari onlayn va oflayn shaklda ishtirok etishdi.

Tantanali tadbir ochilishida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov mualliflarning zahmatli mehnatlarini e’tirof etgan holda bu boradagi keyingi qadamlar haqida to‘xtaldi.

“Bundan tashqari o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida ham chuqurlashtirilgan 22 ta fandan 65 nomdagi darsliklar yaratish rejalashtirilgan”deydi vazir o‘rinbosari.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6295

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

⭕️⭕️⭕️
SO'ROVNOMA!

🔺Joriy yilda Toshkent viloyatidagi qaysi professional ta'lim muassasalari yoshlar yetakchilari faol, tashabbuskor va samarali faoliyat olib borgan?

🔹 So‘rovnomada faol ishtirok eting!

🕗 Ovoz berish 14-dekabr soat 20:00 gacha davom etadi.

OVOZ BERISH

🇺🇿 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📱 Youtube

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

📍Olimpiadada ishtirok etmoqchi va bilimini sinab ko’rmoqchi bo’lgan o’quvchilarni Chirchiq shahar, Sh.Rashidov ko’chasi 24-uyda joylashgan akademik litsey binosiga taklif etamiz.
Biz sizlarni akademik litseyda kutamiz!

Telegram:@chdpial sayt:www.chdpial.uz tel:91-7781343

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#DIQQAT

Chirchiq shahrida 2023/2024-yillarda kuz-qish mavsumini betalofot o‘tkazish maqsadida 7/24 soat ish rejimida uzluksiz kun-u tun faoliyat yurituvchi navbatchilik “SHAHAR SHTABI” tashkil etilgan.


Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun telefonlar:
🏢 Chirchiq shahri hokimligi markaziy shtabi,
☎️ +998 70 71 5-17-22 (24 soat),
☎️ +998 70 71 6-35-04 (24 soat).
Чирчиқ шаҳар ҳокимининг ўринбосари У.Расулматов:
📱+998 98-127-56-00;

🏢 Chirchiq shahar “Оператив штаби”:
☎️ +998 95-144-15-10 (24 soat),
☎️ +998 95-197-15-10 (24 soat).
☎️ +998 95-143-15-10 (24 soat).
☎️ +998 95-177-15-10 (24 soat).
☎️ +998 95-193-15-10 (24 soat).

🏢 Chirchiq shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Ж.Азамов- 📱+998 95-023-07-05;
Mutahassis- S.Samadov:
📱+998 91-770-15-93;
Mutahassis- У.Исмоилов:
📱+998 98-305-33-64.

🔥 Chirchiq shahri Gaz ta’minoti filiali boshlig‘i Y.Boyto‘raev:
📱+998 99 268-80-08;
☎️ 104, +998 70 71 6-57-80,
📱+998 99-964-10-04,
☎️ +998 70 71 6-57-85.

⚡️ Chirchiq shahri elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i S.Fayzullayev:
📱+998 91 002-88-84;
☎️ +998 70 71 6-57-12,
📱 +998 95-195-14-63,
☎️ +998 70 71 6-39-47.

🚰 Chirchiq shahri Suv ta’minoti filiali rahbari M.Yuldashev:
📱+998 97 274-84-00;
☎️ 1055, +998 70 71 7-01-60,
☎️ +998 70 71 7-11-04,
☎️ +998 70 71 7-19-96.

📌 “Chirchiq issiqlik energiyasi ishlab chiqarish korxonasi” UK boshlig’i M.Mirtullayev:
📱+998 88 012-09-92;
☎️ +998 70 71 5-04-58,
☎️ +998 70 71 5-06-52,
☎️ +998 70 71 6-34-95.

🚒 Chirchiq shahri Favqulodda vaziyatlar bo‘limi:
📱+998 99-874-13-01;
☎️ 101, 1050.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

⚡️ 10 декабрь — Ўзбекистон Республикаси Давлат мадҳияси қабул қилинган кун!

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

10-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun!
Barchangizni ushbu qutlug' sana bilan muborakbod etamiz! Vatanimiz madhiyasi doimo baralla yangrasin, aziz Vatandoshlar!!!

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun bilan tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, faoliyatingizda ulkan zafarlar, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

Davlatimiz bosh qonuni – Konstitutsiyamiz ustuvor, yurtimiz tinch, hayotimiz farovon bo’lsin.

Hurmat bilan,

                           G'.I.Muxamedov

___

Дорогие соотечественники!

Поздравляю вас с днём принятия нашей Конституции. Желаю всем вам крепкого здоровья, успехов в работе и благополучия в ваших домах.

Главный закон нашего государства – наша Конституция, пусть наша страна будет мирной, а наша жизнь – процветающей.

С уважением,

Г. И. Мухамедов‌‌

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

🤓КУРСЫ ПО МАТЕМАТИКЕ ОТ NAZAR EDUCATION 🤓
➡️ Хотите улучшить свои навыки в математике и достичь лучших результатов?
➡️ Ищете подготовку к экзаменам по математике или просто хотите расширить свои знания?

Тогда NAZAR EDUCATION ждёт вас! Наши опытные и квалифицированные преподаватели помогут вам

Наши преимущества:
✅ Опытные преподаватели
✅ Подготовка к экзаменам
✅ Групповые и индивидуальные занятия

🧨Занятия проводятся 4 раза в неделю и в конце каждой недели проводятся тесты для закрепления знаний🤩

Не упустите возможность улучшить свои математические навыки. Запишитесь на курс прямо сейчас!

📞 Телефон: +998 97886 86 96
+998 33 300 50 70
📍 Адрес: ул. Здание Факультета Истории и Языков ЧирГПУ (старый политехнический колледж)
🌐 :
/channel/nazareducation

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

Chirchiq davlat pedagogika universteti akademik liseyi Ijtimoiy gumanitar fanalr yo‘nali 1422-guruh talabalari 05.12.2023-yil muzeyga ijtimoiy gumanitar fanlar va tabbiy fanlar kafedrasi mudiri Mavluda Qarshiyevna Mengdobilova, hamda tarix fani o‘qituvchisi Atakova Iroda Latipovna ustozlar bilan birgalikda ekskursiya uyushtirishdi.

@chdpial

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

CHDPU AL
Konstitutsiya_olimpiadasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim , fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil     24-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha talaba va o‘quvchilar o‘rtasida oimpiada o‘tkazish to‘g‘risida” gi 508-sonli buyrug‘iga asosan 2023-yil 4-dekabr kuni CHDPU akademik litseyida “Konstitutsiya olimpiadasi” bo‘lib o‘tdi. Olimpiadada akademik litsey o‘quvchi yoshlari faol ishtirok etdilar. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘yicha tuzilgan test savollarini yechish orqali o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinab ko‘rdilar.

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

#Биласизми

🤔 ДЕКАБРЬ ФАРЗАНДЛАРИ ➖ СИЗ УЛАРНИ ТАНИЙСИЗМИ?

📌
Бу ой қишни бошлаб, совуқ билан кириб келса ҳам унда ҳаёти ва ижоди қайноқ шахслар туғилган экан. Бу маълумотлар сизга асқотади деган умиддамиз.

🔰 5 декабрь

Уолт Дисней (1901-1966) — америкалик анимацион фильмлар режиссёри, продюсер;

Гарри Каспаров (1963) — озарбайжонлик халқаро гроссмейстер;

Рустам Қосимжонов (1979) — халқаро гроссмейстер, жаҳон чемпиони.

🔰 6 декабрь ➖ Садир Жапаров (1968) — Қирғизистон Республикаси Президенти.

🔰 10 декабрь ➖ Николай Некрасов (1821-1878) — рус шоири, ёзувчи ва публицисти.

🔰 11 декабрь ➖ Вишванатан Ананд (1969) — ҳинд шахматчиси, гроссмейстер.

🔰 12 декабрь

Ҳамид Олимжон (1909-1944) — Ўзбекистон халқ шоири, драматург, адабиётшунос;

Коммуна Исмоилова (1927-2003) — Ўзбекистон халқ артисти.

Чингиз Айтматов (1928-2008) — таниқли адиб, давлат ва жамоат арбоби, "Асрга татигулик кун", "Жамила", "Оқ кема" асарлари муаллифи;

Наим Каримов (1932-2023) — Ўзбекистон Республикаси фан арбоби, академик, адабиётшунос;

Юлдуз Усмонова (1963) — Ўзбекистон халқ артисти, эстрада юлдузи;

Ботиржон Эргашев (1975) — шоир, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси раиси ўринбосари.

🔰 14 декабрь ➖Раж Капур (1929-1988) — афсонавий ҳинд киноюлдузи, режиссёр, продюсер.

🔰 15 декабрь ➖ Саодат Қобулова (1925-2007) — Ўзбекистон халқ артисти, опера хонандаси, "Дугоналар" қўшиғи ижрочиси.

🔰 16 декабрь ➖ Людвиг ван Бетховен (1770-1827) — немис композитори, пианист ва дирижёр.

🔰 17 декабрь

Ҳамза Умаров (1925-1987) — Ўзбекистон халқ артисти, актёр, режиссёр;

➖ Худойберди Тўхтабоев (1932-2021) — Ўзбекистон халқ ёзувчиси, болалар адабиёти намояндаси.

🔰 21 декабрь ➖ Роберт Броун (1773-1858) — инглиз ботаники, Броун ҳаракатини кашф этган.

🔰 23 декабрь

Жак-Франсуа Шампольон (1790-1832) — француз мисршуноси, қадимги Миср иероглифларини ўқиган биринчи олим;

Асқад Мухтор (1920-1997) — Ўзбекистон халқ ёзувчиси, "Чинор", "Аму", "Опа-сингиллар" каби асарлар муаллифи.

🔰 24 декабрь

Туроб Тўла (1918-1990) — Ўзбекистон халқ шоири, драматург;

Пўлат Мўмин (1922-2003) — Ўзбекистон халқ ёзувчиси, болалар шоири;

➖ Жўрабек Муродов (1942) — машҳур тожик хонандаси, композитор;

Илҳом Алиев (1961) — Озарбайжон Республикаси Президенти.

🔰 27 декабрь

Иброҳим Ғофуров (1937) — Ўзбекистон Қаҳрамони, таржимон, адабий танқидчи;

Тоҳир Малик (1946-2019) — Ўзбекистон халқ ёзувчиси, "Шайтанат", "Одамийлик мулки" асарлари муаллифи.

🔰 28 декабрь ➖ Эркин Воҳидов (1936-2016) — Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири.

🔰 29 декабрь

Ҳалима Носирова (1923-2003) — Ўзбекистон халқ артисти, машҳур опера хонандаси, "Отмагай тонг", "Чаман ичра" қўшиқлари ижрочиси;

Рихси Иброҳимова (1937) — Ўзбекистон халқ артисти.

🔰 30 декабрь ➖ Шарифа Салимова (1941) — Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими, шоира.

🗓 Декабрда туғилган яна қайси машҳурларни биласиз? Изоҳларда ёзиб қолдиринг.

Yoshlar kundaligi

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

KAM VAQT QOLDI

Hurmatli Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan ustozlar, ilmiy-ommabop xalqaro jurnallar tahrir hay'ati a'zosiga aylanish imkoniyatini qo'ldan boy bermang. Bu uchun lavozim maoshiga nisbatan Xalqaro jurnallar uchun 30 foizgacha, Respublika jurnallari uchun 15 foizgacha oylikka qo‘shimcha haq belgilanadi.

Qulay imkoniyat va tezkor xizmat faqat bizda.

📞CONTACT US
@tscientist

✅Guruhga  qo'shilish⤵️
/channel/ws_gr

Читать полностью…

📚CHDPU Akademik litseyi

⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilimni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan, jumladan, o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbek tili va adabiyot
fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mustaqil o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Unda 40 ta badiiy adabiyot ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ushbu adabiyotlar 2024-yilda o‘tkaziladigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

Mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi 👆 rasmda tanishish mumkin.

Bizni kuzating
👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал