❓2023-yilgi o’tish ballarini qayerdan ko’rsa bo’ladi?
#abituriyent
✅ JAVOB: agar siz OTMlar kesimida yoki imtiyozlilar kesimida joriy yilgi o’tish ballari kerak bo’lsa, unda https://mandat.uzbmb.uz saytining “Qo’shimcha” bo’limidagi “OTMlar bo’yicha o’tish ballari” hamda “Imtiyozga ega bo’lganlar uchun o’tish ballari” sahifasidan ko’rib olishingiz mumkin.
To’g’ridan-to’g’ri kirish uchun:
OTMlar bo’yicha o’tish ballari —
https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz23/Index
Imtiyozga ega bo’lganlar uchun o’tish ballari —
https://mandat.uzbmb.uz/Imtiyoz23/Index
👉 @xushnudbek 👈
🗣 "Ko‘pkurash" harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining mahalliy va hududiy bosqichlari o'tkazildi!
🗒 Musobaqaning Respublika bosqichi joriy yilning 24-25-avgust kunlari Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasi o‘quv jarayonini ta'minlash bazasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
#kópkurash #yoshlarittifoqi #Respublika
🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Kirish imtihonlarida to‘plagan balingiz past chiqdimi? Tashvishlanmang!
TIPIda qabul sentyabr oyiga qadar davom etadi
UZBMB (DTM) doirasida tashkil qilingan test sinovi natijalaringizga ko‘ra Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti talabasiga aylaning!
Zamonaviy va ta’lim sifati yuqori institutda o’qish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!
📩 Hujjatlaringizni onlayn tarzda qabul.uztipi.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.
✅ Ta'lim yo'nalishlari haqida ma'lumot
🌐 Online hujjat topshirish:
✅ Kerakli hujjatlar
📄 (Litsenziya №037521, 05.09.2022y.)
📍Lokatsiya
📞 +998559010604 +998559000604 +998955060604
+998955030604 +998955020604 +998955010604
Institut rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Twitter
⚡️Agar bir nechta abituriyent grant yoki kontraktning eng oxirgi chizig‘ida bir xil ball to‘plasa, unda ulardan qaysi biri grant yoki kontraktga kirgan hisoblanadi?
✅ Davlat grantiga 10 ta joy ajratilgan deylik. 9, 10, 11-o‘rinlardagi 3 nafar abituriyent bir xil ball to‘plagan. Bunday vaziyatda uchalasi ham davlat grantiga qabul qilinadi, davlat granti uchun qo‘shimcha joy ajratiladi.
Kontraktda ham xuddi shunday vaziyat. Kirish chizig‘ining oxirida kvotadan ko‘proq bo‘lgan abituriyentlar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa, ularning barchasi o‘qishga kirgan hisoblanadi va qo‘shimcha joy ajratiladi.
☝️Xuddi shu qoida bakalavr uchun ham, magistratura uchun ham birdek amal qiladi.
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Imtihonsiz o‘qishga kirish tarzidagi imtiyozga ega abituriyentlar uchun mana bunday yozuv chiqmoqda. Bu xavotirli emas. Shunchaki barcha imtiyozlilar uchun Davlat qabul komissiyasining bitta umumiy qarori chiqadi.
Agar sizga imtiyoz berilgan va bu shaxsiy kabinetingizda (yoki ruxsatnomangizda) ko‘ringan bo‘lsa, unda xavotirga o‘rin yo‘q, albatta tasdiqlanadi. Davlat qabul komissiyasi imtiyozi bor abituriyentni o‘zidan-o‘zi tushirib qoldirmaydi.
Eslatib o‘tamiz, quyidagilar imtihonsiz o‘qishga kirish tarzidagi imtiyozga ega:
Imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida
➖Harbiy qism qo‘mondonligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga ega abituriyentlar;
➖Harbiy xizmatchilarning farzandlari;
➖Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari;
➖Bojxona organlari xodimlarining farzandlari;
➖Respublika va xalqaro sport musobagalari g‘oliblari;
➖Respublika va xalqaro shaxmat va shashka turnirlari g‘oliblari;
➖Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
➖“Nihol” mukofoti sohiblari;
➖Madaniyat vazirligining respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari;
➖”Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari;
➖“Tarbiyachi” respublika tanlovi g‘oliblari;
➖“Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari;
➖O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a‘zolari;
➖Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
➖Prezident maktablari bitiruvchilari.
Imtihonsiz qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida
➖Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va ijod maktablarining bitiruvchilari;
➖“Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari;
➖Profilaktika inspektorlari.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!
Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.
Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.
➖➖➖
Вниманию абитуриентов, рекомендованных к обучению!
В настоящее время завершены работы по внесению данных рекомендованных к обучению абитуриентов в информационную систему по студенческим общежитиям
Отныне студенты первых курсов могут подать электронное заявление о размещении в студенческих общежитиях государственных высших образовательных учреждений через Центр государственных услуг или Единый портал интерактивных государственных услуг — my.gov.uz.
➖➖➖
To the attention of applicants recommended for study!
At present, work has been completed on entering the data of applicants recommended for training into the information system for student dormitories
From now on, first-year students can submit an electronic application for accommodation in student dormitories of state higher educational institutions through the Center for Public Services or the Single Portal of Interactive Public Services - my.gov.uz.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
4-sentabrdan metro bekatlariga yaqin 31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti ma’lum qilindi
Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi.
Unga koʻra, 2023-yil 4-sentabrdan yuqoridagi 31 ta oliy ta’lim maskani (rasmda👆) talabalari oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.
☝️Eslatib oʻtamiz, Prezident Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentabr — shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1 – 3-sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi. Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha davlat oliy va professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanadi.
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️ Super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlar nimalarni bilishi kerak?
Tabaqalashtirilgan kontrakt to‘lovi abituriyentga qancha ball yetmay qolganiga bog‘liq.
➖ 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobarini to‘laydi.
➖ 4,05 balldan ko‘proq yetmay qolgan, lekin 56,7 balldan kam to‘plamagan abituriyentlar ko‘proq pul to‘laydi. Ular belgilangan bazaviy kontrakt miqdorining ma’lum baravarini to‘lash orqali talaba bo‘lishlari mumkin. Bu miqdor yo‘nalishlarga qarab farqlanadi.
O'tgan 2022-yilda super-kontrakt narxlari stipendiyasiz shartnoma puli miqdori asosida hisoblangan.
❗️Eslatib o‘tamiz: hali yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari tasdiqlanmadi. Kontrakt miqdori tasdiqlangach, super-kontrakt pullari ham tasdiqlanadi. So‘ng abituriyent o‘zi o‘qimoqchi bo‘lgan OTMga super-kontrakt bo‘yicha murojaat qiladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❓10-sinfni tugatganlar o‘qishga tavsiya qilinibdi, endi nima qilishi kerak?
✅ JAVOB: hech narsa, maktabda o‘qishini davom ettirishi kerak.
Ertalab 11-sinfni tugatmasdan o‘qishga topshirganlar yetarli ball olgan bo‘lsa ham, talabalikka tavsiya etilmaganini maqtab yozgandik. Shundan so‘ng ko‘plab xabarlar oldik, 10-sinfni tugatiboq o‘qishga topshirgan o‘nlab, balki yuzlab abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan holati ham bor ekan.
"Endi biz o‘qisak bo‘ladimi?" deyishmoqda. Yo‘q, o‘qiy olmaysiz. Qonunchilik bo‘yicha talaba bo‘lish uchun albatta maktab shahodatnomasi yoki litsey diplomi kerak. Bular bo‘lmasa, talaba bo‘lishning sira iloji yo‘q.
Albatta, ming afsuslar bo‘lsinkim, hali 11-sinfni tugatmasdan o‘qishga topshirib, yetarli ball olganlar kasriga endi bir nechta grant va kontrakt o‘rinlari bo‘shab qoladi (tizimning xatoligi bu) hamda haqiqiy abituriyentlarga jabr bo‘ladi.
Ammo bu yerda o‘quvchilarni ayblashdan yiroqman. Shunchaki, bir necha yildan buyon shu muammo bo‘lsa ham bunga aqlli, texnologik yechim topa olmayotgan mas'ul tashkilotlar aybdor.
Demak, maktab va litseylardagi o‘quvchilarning aniq elektron hisobi yo‘q, bo‘lsa ham ularning bazasi oxirigacha integratsiya qilinmagan, filtr oxirigacha yaxshi ishlamagan. Yaʼni 10-sinfni tugatib o‘qishga topshirgan abituriyentlarni to‘liqligicha aniqlay olishmagan.
Bu yerda xatolik Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan o'tganmi yoki Maktabgacha va maktab vazirligidanmi, bunisi menga qorong'u. Lekin fakt shuki, mas'ullar bir necha yillik muammoga haligacha yechim topa olishmabdi. Afsus.
👉 @xushnudbek 👈
Apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
#abituriyent
Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda yuborishi mumkin.
Apellyatsiya arizalari 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.
❗️Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
🔖 Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent aytilgan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.
Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 24-avgustdan boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2023 #Natija
✅ 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.
1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
4️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
5️⃣ QR-kod orqali:
Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube
BMB izoh berdi: imtihonsiz talabalikka tavsiya etiladigan imtiyozi bor abituriyentlarning javobi mandatdan oldin chiqqan
Oliy ta’lim muassasalariga kirishda bir qator imtiyozlar mavjud bo‘lib, ayrim imtiyozlar imtihonsiz qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘ladi.
Misol uchun, xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.
Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari, “Mard o‘g‘lon” va “Zulfiya” davlat mukofotlari sohiblari kabi 10 dan ortiq turdagi imtiyozlar ham abituriyentlarning imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etishga asos bo‘ladi.
“Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari esa OTMlarning tegishli ta’lim yo‘nalishlariga imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va ijod maktablarining bitiruvchilari ham imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Kecha e’lon qilingan abituriyentlar mazkur imtiyozlardan biriga ega bo‘lgani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri tavsiya qilishga nomzodlar sifatida mandat.uzbmb.uz saytida yashil yoki sariq rangda ko‘rsatilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Joriy yilgi maktab bitiruvchilarining 36 foizi 56,7 balldan kam to‘plagan
#abituriyent
🟢 Maktab taʼlimi eng yaxshi hududlar: Buxoro, Navoiy hamda Toshkent shahri.
🔴 Maktab taʼlimi eng yomon hududlar: Andijon, Toshkent viloyati hamda Surxondaryo.
mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilda jami abituriyentlarning salkam yarmi (49,4%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmaganini xabar qilgandim.
Maʼlum bo‘ldiki, 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlarning 70,5 foizi avvalgi yillarda o‘qishni tugatganlar, 29,5 foizi joriy yilgi bitiruvchilar bo‘lgan.
Joriy yilda maktablarni tugatgan 359 ming 790 nafar yoshlar testga kirgan. Shularning 36 foizi (129 ming 609) 56,7 balldan kam to‘plashgan.
2023-yilda eng yomon ko‘rsatkich, Andijon viloyatida (41,9%), eng yaxshi ko‘rsatkich esa Buxoro viloyatida (27,1%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).
Yaʼni Buxoroda joriy yili maktabni tugatgan o‘quvchilarning 72,9 foizi 56,7 balldan ko‘proq natija ko‘rsatgan.
O‘zi umuman joriy yilgi maktab bitiruvchilarining o‘rtacha bali 76,1 balni tashkil qilmoqda.
Ushbu natijalar hududlar kesimida taʼlim sifati qayerda yaxshiligini ham ko‘rsatadi.
***
56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki.
👉 @xushnudbek 👈
Kirish imtihonlarida to‘plagan balingiz past chiqdimi? Tashvishlanmang!
TIPIda qabul sentyabr oyiga qadar davom etadi
UZBMB (DTM) doirasida tashkil qilingan test sinovi natijalaringizga ko‘ra Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti talabasiga aylaning!
Zamonaviy va ta’lim sifati yuqori institutda o’qish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!
📩 Hujjatlaringizni onlayn tarzda qabul.uztipi.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.
✅ Ta'lim yo'nalishlari haqida ma'lumot
🌐 Online hujjat topshirish:
✅ Kerakli hujjatlar
📄 (Litsenziya №037521, 05.09.2022y.)
📍Lokatsiya
📞 +998559010604 +998559000604 +998955060604
+998955030604 +998955020604 +998955010604
Institut rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Twitter
#muhokama
Bugun shahar hokimligi katta majlislar zalida shahar hokimi Davron Xidoyatov, sektor rahbarlari hamda yoshlarga biriktirilgan mutasaddilar va yoshlar yetakchilari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda Davlatimiz rahbarining 2023-yil 11-apreldagi videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlaridan kelib chiqib shahardagi yoshlar 3 ta toifaga ajratib olindi.
Bular: 1 toifa Davlat e’tiboriga muhtoj “Og‘ir” toifadagi yoshlar 645 nafar; 2 toifa ishsiz, norasmiy band va vaqtincha mehnat qobiliyatiga ega bo‘lmagan ijtimoiy muammolari mavjud 8 ming 401 nafarni; 3-toifa davlat va xususiy sektor hamda ta’limda band bo‘lgan iqtidorli yoshlar 18 ming 572 nafarni tashkil etdi.
Yigʻilishda 1 toifa Davlat e’tiboriga muhtoj “Og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash yuzasidan individual har bir yosh uchun yo‘l xarita tuzilib, ijrosi yuzasidan muhokama oʻtkazildi.
Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati
💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
👍 Toshkent shahridagi Adju universitetida qabul davom etmoqda!
✔️ Universitet professional pedagoglarni, zamonaviy o'quv dasturlarini, interfaol o'qitish usullarini, yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishni, shuningdek, turli akademik va ijtimoiy faoliyatni taklif etadi.
‼️ Hujjatlar 5 sentyabrgacha qabul qilinadi, shoshiling!
🤙 Operator raqamlari:
+998 71 208 69 69
+998 71 207 65 27
+998 71 207 65 29
+998 71 207 65 66
+998 71 207 65 25
+998 93 311 65 25
+998 93 312 65 25
📍 Manzil:
Ajou University in Tashkent
✅ Universitet axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
🗣 "Ko‘pkurash" harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining Respublika bosqichiga start berildi!
Ishtirokchilar Chirchiq shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasi o‘quv jarayonini ta'minlash bazasida tantanali kutib olindi.
#kópkurash #yoshlarittifoqi #Respublika
🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Shaxmatchi o‘g‘lidan faxrlanayotgan ona
Hindistonlik yosh grossmeyster Rameshbabuning shu darajaga kelishida onasi Nagalakshmining xizmatlari katta. Ona hayotini o‘g‘liga bag‘ishlagan. Bolakay poliomiyelit kasalligiga chalinganda onasi uni doimiy nazorat qilib turgan va tuzalishiga yordam bergan. U hozirgacha turnirlarga farzandi bilan boradi va hattoki 5-6 soatlik partiyalarni ham tik oyoqda kuzatadi. Farzandidan intervyu olishayotganda onaning faxr tuyg‘usi bilan qarab turishini ko‘rib etingiz jimirlaydi.
Kun.uz rasmiy kanali
#One_ID
1-bosqichga tavsiya etilgan talabalar yotoqxonaga joylashish bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborishlari uchun One ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
📹 One ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tish tartibi →
➖➖➖
Студентам, рекомендованным к обучению на 1-курс, необходимо зарегистрироваться в системе «One ID» для подачи заявления на размещение в общежитии через Единый портал интерактивных государственных услуг.
📹Порядок регистрации в системе One ID
➖➖➖
Students recommended for 1-year studies must register in the One ID system to apply for accommodation in a hostel through the Single Portal of Interactive Public Services.
Registration procedure in the One ID system
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2023
📌E’LON
Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga tavsiya etilgan o’quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!
⚡️CHDPU akademik litseyi uchun saralash imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak.
1. Ariza
2. Shahodatnoma asli (9-sinfni tamomlaganligi to'g'risida)
3. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (tug'ilganlik guvohnoma yoki ID karta) nusxasi - 1 nusxada
4. 3x4 rasm, 6 dona
5. Fayl (10 talik)
❗️Maktab shahodatnomani bermasa nusxasini olib keling, litseydan ma'lumotnomani olganingizdan so'ng asl nusxasini topshirasiz.
@chdpial
DIQQAT!
CHDPU AKADEMIK LITSEYI IJROCHI DIREKTORIGA MUROJAAT!
Xabaringiz bor, CHDPU akademik litseyimizda barcha jamoa a’zolari oʻrtasida oʻzaro hurmat muhitini yaratish, o'quvchilarni oʻylantirayotgan muammolarni hal etish, ularning takliflarini chuqur oʻrganish, pedagog va ishchi xodimlarning faoliyatlari davomida uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish va jamoaviy muhit mustahkamligini yanada oshirish maqsadida oʻqituvchi-pedagoglar va o'quvchilarning Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi ijrochi direktori Qorayev Sirojiddin Barakayevich bilan anonim tarzda online muloqoti tashkil etildi.
Marhamat! Sizda CHDPU akademik litseyi faoliyatiga doir taklif hamda e'tirozlar bo'lsa tog’ridan-to’g’ri CHDPU akademik litseyi ijrochi direktoriga:
@ChdpialdirektorBot
manzili orqali xabar yo’llang!
Sizning fikringiz biz uchun juda muhim va biz Sizni qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz. Bu sotqinlik emas, bu jinoyat emas, bu yanada yaxshi bo‘lish uchun kichik bir qadam, bu Sizu-bizning kelajagimiz!
LEKIN, HAR QANDAY VAZIYATGA VIJDONAN BAHO BERIB, XOLIS VA ALBATTA TUXMATDAN YIROQ BO'LGAN HOLATDA FIKR BILDIRISHINGIZNI ILTIMOS QILAMIZ!
❓Super-kontraktga arizani qachon va qayerga borib yozishim kerak?
✅ Belgilangan oʻtish balini toʻplay olmagan, ammo tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma (super-kontrakt) asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali o‘quv jarayonlari boshlangandan so‘ng onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.
❗️Imtihondan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar o'z hohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Batafsil...
@nodavlattalim
«Super kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
#abituriyent
O‘qishga kira olmagan ko‘plab abituriyentlarda super-kontrakt bilan bog‘liq savollar paydo bo‘layotganini hisobga olib, ayrim tushuntirish berib o‘taman.
‼️Eng avvalo bir narsani unutmang: 2023-yil uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beramiz.
❓Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?
2022-yildagi batafsil javob bu yerda:
/channel/xushnudbek/15751
❓Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?
Yo‘q, unaqa emas. Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.
❓ Super-kontrakda o‘qish uchun necha ball olish kerak?
Farqi yo‘q. Testga kirgan bo‘lsa, kifoya. 1 ball olgan bo‘lsa ham, super-kontraktda o‘qishi mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.
❓Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachongacha ariza berishi kerak?
Eng avvalo aytish kerakki, hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach ONLAYN berasiz.
Arizalar 1-oktyabrga qadar qabul qilinadi. Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball to‘plaganlarga imkon beriladi. Shu sababli shoshib, hovliqib yugurib yotmang.
❓Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?
Yo‘q. 2 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish, kimnidir kabinetida navbat kutish, kimlargadir iltimos qilish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.
❓O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?
Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?
✅ Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.
O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.
❓O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?
Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi. O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
👩🏻 Qizlarni kamsitish shuncha bo‘lurmu, hay-hay...
Yana o‘sha adolat, aniqrog‘i Amir Temur nomi bilan qilinadigan adolatsizlik haqida.
Mandat natijalari chiqqach, Temurbeklar maktabi bitiruvchilariga beriladigan qo‘shimcha ball tarzidagi imtiyoz naqadar adolatsizlik ekanligi yana bir bor o‘z isbotini topdi.
Masalan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar yo‘nalishida davlat granti uchun o‘tish bali 205,2 ballni tashkil etgan. Natijada o‘z kuchi bilan, hech qanday imtiyozsiz 189 ball olgan bir necha abituriyent kontraktga kirgan. Tasavvur qilyapsizmi, ular barcha savollarga 100% to‘g‘ri javob bergan, to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballni to‘plashgan, qo‘lidan keladigan hamma ishni qilgan. Ammo...
Ammo bizning "o‘ta aqlli" masʼullarimiz o‘ylab topgan o‘ta ADOLATSIZ imtiyoz natijasida davlat byudjetidan eng zo‘r sharoitlar bilan taʼminlab qo‘yilgan maktabning bitiruvchilari GARCHI PAST BALL olgan bo‘lsa ham, o‘sha maksimal ball olganlardan yuqoriga chiqib, davlat granti uchun ajratilgan barcha o‘rinni band qilishgan.
189 ball bilan kontraktga kirgan abituriyentlarning 3 nafari qiz bolalar (yuqoridagi suratlarda ularning natijasi). Qizlarni kontraktda o‘qitish bizda nimani anglatishni juda yaxshi bilasizlar. Nega endi ular shunchaki qiz bolaligi uchun MAKSIMAL ball to‘plasa ham kontraktda o‘qishi kerak? Uning aybi qiz bolaligidami?
To‘g‘ri, kimdir aqllilik qilib aytishi mumkin, 189 ball to‘plaganlarga Prezident granti beriladi va ular byudjetda o‘qiydi, deb. Ammo bu muammoning yechimi emas. Unda 187,9 ball to‘plagan qizlarchi? (4-rasmga qarang). Ular majburiy fandan atigi 1 tagina xato qilgan va endi 4 yil kontraktda o‘qishi kerak. Bechora qizlar, xato qilishga haqqi yo'q qizlar...
Avvalgi eʼtirozlarga ham hech kim hech qanaqa munosabat bildirmagandi, bunisiga ham shunaqa bo‘lsa kerak. Bu xuddi Markesning "Oshkora qotillik qissasi"ga o‘xshaydi. Hamma adolatsizlikni ko‘rib, bilib turibdi, ammo hamma ko‘rmaganga oladi, birov indamaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Saytda natijalar:
🟢 yashil rang bo‘lsa — davlat granti;
🟡 sariq rang bo‘lsa — to‘lov-kontrakt;
🔴 qizil rang bo‘lsa — talabalikka tavsiya etilmagan bo‘ladi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2023
📌E’LON
Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga tavsiya etilgan o’quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!
CHDPU akademik litseyiga saralash imtihonlaridan o'tib, tavsiya etilgan o'quvchilar 10 avgustdan boshlab hujjatlarni maslahat kengashi a'zolari tomonidan qabul qilish boshlanadi. Hujjatlar 15-avgustga qadar qabul qilinadi.
⚡️CHDPU akademik litseyi uchun saralash imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak.
1. Ariza
2. Shahodatnoma asli (9-sinfni tamomlaganligi to'g'risida)
3. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (tug'ilganlik guvohnoma yoki ID karta) nusxasi - 1 nusxada
4. 3x4 rasm, 6 dona
5. Fayl (10 talik)
❗️Maktab shahodatnomani bermasa nusxasini olib keling, litseydan ma'lumotnomani olganingizdan so'ng asl nusxasini topshirasiz.
@chdpial
Faktchek: hali mandat chiqmadi, lekin ayrim abituriyentlarga o‘qishga kirgani haqida rasmiy xabar keldi
Mendagi maʼlumotlarga ko‘ra, mandat eʼlon qilish uchun barcha narsa tayyor. UzBMB saytiga natijalar yuklangan ham. Bugun (21-avgust, dushanba) kun davomida eʼlon qilinish ehtimoli katta.
Natijalar tayyorligini ayrim abituriyentlarga kelgan xabardan ham bilsa bo‘ladi. Masalan, mandat.uzbmb.uz saytida baʼzi abituriyentlarning sahifasida o‘qishga kirgani haqida maʼlumot paydo bo‘ldi.
Masalan, 4935529 (B.Nurmurodov) yoki 4765122 (X.Norbo‘tayeva) ID raqamli abituriyentlarni qidirsangiz, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga to‘lov-kontrakt asosida (sariq rang) o‘qishga qabul qilingani haqida maʼlumot chiqib keladi. Lekin eng qizig‘i ushbu abituriyentlar umumiy ro‘yxatda ko‘rinmayapti. Menimcha, saytga ular o‘qishga kirgani haqida maʼlumot joylangani uchun ular hali javobi eʼlon qilinmaganlar ro‘yxatidan chiqib ketgan.
Bunaqasini avvalgi yillarda uchratmagandim, o‘zim uchun ham qiziq bo‘ldi. Hozircha UzBMB bunga izoh bermadi, lekin katta ehtimol bilan tizimni tekshirish uchun 2-3 nafar abituriyentda sinov tariqasida mandatni chiqarib ko‘rishgan bo‘lsa kerak.
Xullas, qissadan hissa shuki, Nurmurodov va Norbo‘tayevani o‘qishga kirgani bilan tabriklaymiz :)
👉 @xushnudbek 👈
#Qabul2023 #Imtiyoz
⚡Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi
Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etadigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.
Endilikda mandat.uzbmb.uz saytidagi “Bakalavr-2023” bo‘limining “Imtiyozli” qismidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.
Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ham ko‘rsatiladi.
📌 Imtiyoz asosida qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ishtirok etadi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Chirchiqda Havo floti kuni munosabati bilan aviashou tashkil etildi
📌Batafsil: https://mudofaa.uz/31801/
➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV
Abituriyentlarning salkam yarmi 56,7 ball ham to’play olmagan
439 ming 337 nafar (49,4%) abituriyent o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan.
👉 @kunonline