"Сизга аскарларингиз уз муаммолари билан мурожаат килишни тухтатган кундан бошлаб уларга кумондон булолмайсиз, - дейди машхур америкалик сиёсатчи, собик харбий Колин Пауэлл. - Улар ёрдам беришингизга бошка ишонишмайди ёки уларга бефарксиз деган хулосага келишади"
👉 Buyuklik sirlari kanaliga ulanish
Оз биладиганлар кўп гапиради. Кўп биладиганлар кам гапиради.
(Доно халқимиз «Чуқур дарё тинч оқади» дейди).
👉 Buyuklik sirlari kanaliga ulanish
Турли махсулотларни ишлаб чиқариш ҳақида маълумот олмоқчимисиз? Унда бизнинг каналга обуна бўлинг
👇👇👇
/channel/oborudovanie_uz
Muvaffaqiyatni kishi hayotda erishgan mavqe bilan emas, balki o‘sha muvaffaqiyatni qo‘lga kirita turib, u qanday to‘siqlarni yengib o‘tgani bilan o‘lchash kerak.
👉 Buyuklik sirlari kanaliga ulanish
Сармоянинг беш қоидаси мавжуд:
1. Молиялаштираётган ишингизда профессионал бўлишингиз керак.
2. Сизда бозордаги аҳвол ҳақида энг янги маълумотлар бўлиши лозим.
3. Бу бизнесда алоқалар ва фойдали танишларга эга бўлишингиз керак.
4. Молиявий жиҳатдан ҳимояланган бўлишингиз керак.
5. Бу ишда сиздан ўн баробар кўп ишлаб топган яхши устозингиз бўлиши керак.
businesscompass
👉 Buyuklik sirlari kanaliga ulanish
#СоҳибқиронТемур
#36қисм
⏰ 10:40 min
💾 2.4 mb
Дўстларингизга ҳам
улашинг👇
https://telegram.me/joinchat/ABDyVD80MGLRYVimwavIeg
Tabiiy mevalar endi muzaqmoqda mujassam. Faqatgina "Ice&Gold"ning mazali, tabiiy, foydali muzqaymoqlari siz va oila a'zolaringizga quvonch va xushkayfiyat baxsh etadi.
Ice&Gold
➖➖➖➖➖➖➖➖
Murojaat uchun tel.:
📞 +998 977050000
http://instagram.com/iceandgold_uz
http://facebook.com/iceandgold.uz
➖➖➖➖➖➖➖➖
👉/channel/iceandgold_uz
Ҳакимлардан бири айтди:
Агар бирор кишига сирларингдан бирини айтсанг кунларнинг бирида ўзингга отиши учун бир камон ўқини ҳадя қилибсан!
👉 Buyuklik sirlari kanaliga ulanish
Yashirinib Yotgan Qobilyat
Xitoylik fermerlardan biri toqqa safarga chiqdi. Qoya oralab borar ekan, tashlab ketilgan burgut ini qarshisidan chiqdi. Qarasa, inda tuxum turibdi. Ushlab ko’rsa issiq. Avaylab fermasiga olib ketdi. Fermaga borgandan so’ng, bostirmoqchi bo‘lgan tuxumlar orasiga burgut tuxumini ham qo’shib qo’ydi. Oz muddat o’tgach, tuxum yorib chiqdi. Kichkina burgut polaponi (eaglet) boshqa jo’jalarga qo’shilib katta bo’la boshladi. Ertalab katakdan chiqib ketadi, kuni bo’yi pastga qarab don qidirib yuradi, shom bo’lganda uyga qaytadi. Hayotining ko’p qismini shu tarzda o’tkazib yubordi. Qaribdi. Kunlarning birida qandaydir qushning ovozi uning e’tiborini tortdi. Yuqoriga qarasa, tepada burgut viqor bilan bir-bir qanot qoqib, aylanyapti. Shunda yerdagi burgut “Qani edi men ham burgut bo’lganimda edi…” – deb xo’rsinib, don terishda davom etibdi.
Oramizdagi o’zining burgutligini, Yaratganning unga in`om etgan buyuk qobiliyatlari mavjudligini anglab yetmagan, yashirinib yotgan buyuk burgutlarga bag’ishlandi ushbu maqola. Qarib, tolmasimizdan burgutligimizni anglab yetaylik. Xulosa o‘zingizga havola.
Eski Arxivdan olindi.
Tarjima. Xurshid Maroziqov.
2015-yil.
-------------------------------
🔵 Bizning @fikrbank kanalimizga qo'shiling. 🔕 Haftasiga 2 yoki 3 marta yuqori sifatli, o'qib mazza qiladigan maqolalar yuboramiz. Ko'p bezovta qilmaymiz. 🖥 Boshqa qiziqarli maqolalarni www.fikrbank.com saytida o'qishingiz mumkin.
#СоҳибқиронТемур
#35қисм
⏰ 10:26 min
💾 2.3 mb
Дўстларингизга ҳам
улашинг👇
https://telegram.me/joinchat/ABDyVD80MGLRYVimwavIeg
Do'stlar! Sizning e'tiboringizga yana bir ajoyib muzqaymog'imizni taqdim etamiz. Muzqaymoqlar ichida haqiqiy "LIDER" muzqaymoq. Ajoyib ta'm va tabiiy maxsulotlarni o'zida jam etgan eng zo'r plombir.
Ice&Gold - bu faqatgina tabiiy, sifatli muzqaymoqlardir.
➖➖➖➖➖➖➖➖
Murojaat uchun tel.:
📞 +998 90 9425550
http://instagram.com/iceandgold_uz
http://facebook.com/Ice-and-Gold-150700728821046/
➖➖➖➖➖➖➖➖
👉/channel/iceandgold_uz
Ko’plab millionerlar mustaqil va komil insonlardir. Lekin bu aslo ular muvaffaqiyatga yolg’iz erishganlar degani emas. Aksincha ular yangi do’stlar bilan tanishish, tanishlardan foydalanish, o’z atrofiga kerakli insonlarni to’plash qobiliyatiga egalar. Biror ishni hal qilishga ko’zlari yetmagan taqdirda, ular bajonidil mutaxassisga murojaat qiladilar. Shunday ekan, avvalambor odamlar bilan muloqot qilishni o’rganing.
👉 Buyuklik sirlari kanaliga ulanish
Бахтсизликдан қутулишнинг бирдан-бир йўли – «Мен бахтлиманми, бадбахтми?» деб ўзингдан сўрайверишшга вақт топмасликдир.
👉 Buyuklik sirlari kanaliga ulanish
#СоҳибқиронТемур
#34қисм
⏰ 11:50 min
💾 2.7 mb
Дўстларингизга ҳам
улашинг👇
https://telegram.me/joinchat/ABDyVD80MGLRYVimwavIeg
Kechki ovqatdan so'ng desertga 🍨Dessert muzqaymog'ini tatib ko'ring.
🔺Dessert muzqaymog'i bu qulay narx, qulay hajm va albatta ajoyib sifat demakdir.
Oila a'zolaringizga xush kayfiyat va xuzur baxsh eting!
Oliy sifatli "Dessert" muzqaymog'i!
💎"Ice&Gold" MChJ
➖➖➖➖➖➖➖➖
Murojaat uchun tel.:
📞 +998 90 9425550
http://instagram.com/iceandgold_uz
http://facebook.com/Ice-and-Gold-150700728821046/
➖➖➖➖➖➖➖➖
👉/channel/iceandgold_uz
500 MING DOLLARLIK ER QIDIRGAN QIZ
_______________________________
Bir qiz, dunyoda boy odamlar onlayn klubiga kirib, quyidagi xatni qoldiribdi.
* * *
Salom,
Yoshim 25da. Men juda ham chiroyli, kelishgan, zamon va moda bilan hamnafas qizman. Boy bir kishiga turmushga chiqmoqchiman, oyligi yiliga 500 ming dollardan kam bo‘lmasligi kerak. Siz meni juda ham och ko‘z qiz ekan deyishga shoshilmang, chunki Nyu-Yorkda yiliga 1 million dollar topadigan kishi o‘rta sinf vakili hisoblanadi. Meni talablarim juda yuqori emas, ayni shu forumda kimdir chiqar, yiliga 500 ming dollar ishlab topadigan?! Yoki hamma uylanib bo‘lganmi?
Men sizlardan so‘ramoqchiman. Aytinglar, badavlat kishiga turmushga chiqish uchun nima qilay? Shu paytgacha yurgan yigitlarimdan eng boyvochchasi yiliga 250 ming dollar topar edi. Bu Nyu-Yorkdagi men xohlagan yerda yashash uchun yetarli mablag‘ emas. Shuning uchun, ruxsatingiz bilan, quyidagi savollarni bersam:
1) Badavlat kishilar qayerlarda ko‘proq yurishadi? Klub, restoran, diskoteka, bar nomlarini yozishingizni so‘rayman.
2) Qaysi qatlamni tanlashim zarur? Masalan, yoshroq yigitlarmi yoki yoshi kattaroqlarmi?
3) Ko‘p ko‘rganman, badavlat kishilarning ayollari juda chiroyli ham bo‘lishmaydi. O‘rtacha ko‘rinishga ega bo‘lishadi. Ular buni qanday uddalashadi?
4) Badavlat kishilar, aytinglar, sizlarga xotinlikka ko‘proq qanday qizlar kerak va qaysi qizlar faqat ko‘ngilxushlik uchun kerak? Mening maqsadim turmushga chiqish.
Hurmat bilan,
Go‘zal Hurliqo.
*
“JP Morgan” banki rahbaridan faylasufona javob.
Azizim Go‘zal Hurliqo,
Sizning xatingizni zo‘r qiziqish bilan o‘qib chiqdim. Fikrimcha, juda ko‘pchilik qizlar shu kabi savollar bilan xayollarini band qilib yurishadi. Iltimos, bergan savollaringizdagi holatni professional investor sifatida tahlil qilishga ruxsat bersangiz.
Menning yillik oyligim 500 ming dollardan ziyod (divident va bonuslarni qo'shmaganda) va bu bilan sizning talabingizga javob beraman. Dangal qilib aytganda, siz “chiroy“ni “pul“ga ayri bosh qilmoqchisiz. Ya'ni, barter qilmoqchisiz. Siz chiroyingizni berasiz, biz uning uchun pul to‘laymiz. Sodda va lo‘nda, bir qarashda adolatli. Servis (hizmat ko'rsatishga, pul to'laymiz). Lekin, bu yerda yaxshigina muammo mavjud. Iqtsodchilarda ikkita mulk turi bor. Birinchisi (appreciation asset) - vaqt o'tishi bilan qiymati ortadigan mahsulotlar. Masalan, antikvar va tarihiy buyumlar, vino, yer-mulk va hokazolar. Ikkinchisi, (depreciation assets) - vaqt o'tishi bilan narxi pasayadigan mulklar. Bunga ko'plab kundalik narsalar kiradi. Masalan kompyuter - yangisidan kora eskisining bahosi arzonroq turadi. Yildan yilga bahosi paslab boraveradi.
Shu sababli iqtsodchi nuqtai nazaridan, boylikni hisobga olganda men yildan yilga bahosi oshib boradigan mulkman, siz esa aksincha. Sizning chiroyingiz yildan yilga bahosi yuqori suratda pasayadigan mulk. Va bu siz maqtanadigan yagona xususiyat bo‘lsa, sizning bahoingiz 10 yilda umuman qolmaydi. Xafa bo‘lmasangiz, soddaroq tushuntiraman. Biznesmenlar, agar zarurat bo'lmasa, bahosi tez pasayadigan mulkni kam xolatlarda sotib olishadi. Odatda bunday mulklar ijaraga olinishi mumkin. Demak, siz bilan ham faqat...
Kimni 500 ming dollar puli bo‘lsa, u ahmoq odam emas; siz bilan faqat uchrashib yurishimiz mumkin xolos, lekin hech qachon uylanmaymiz. Uylanishimiz uchun sizda omonatdorlik, erning sirini saqlay bilish, sadoqat kabi fazilatlar bo'lishi kerak. Sizga bunday maqsadlarni unutishingizni maslahat bergan bo‘lardim. Uning o‘rniga yaxshi hislat orttirib yoki o‘zingiz tadbirkorlikka qo‘l urib 500 ming dollardan ko‘proq daromad ishlashingiz mumkin. O‘ylaymanki, yozganlarim sizga yordam beradi.
“JP Morgan” rahbari.
🔵 Bizning @fikrbank kanalimizga qo'shiling. 🔕 Haftasiga 2 yoki 3 marta yuqori sifatli, o'qib mazza qiladigan maqolalar yuboramiz. Ko'p bezovta qilmaymiz. 🖥 Boshqa qiziqarli maqolalarni www.fikrbank.com saytida o'qishingiz mumkin.
#СоҳибқиронТемур
#37қисм
⏰ 10:40 min
💾 2.4 mb
Дўстларингизга ҳам
улашинг👇
https://telegram.me/joinchat/ABDyVD80MGLRYVimwavIeg
Жорж Сорос 2013 йилда кунига 15 миллион доллардан кўпроқ пул топган
Жорж Сороснинг бойлиги 2013 йил якунларига кўра 5,5 миллиард долларга кўпайди. Бунга Соросга тегишли бўлган Quantum Endowment инвестицион фондининг муваффақиятли фаолияти сабаб бўлди. Бу ҳақда, LCH Investments’нинг тадқиқотларига асосланиб, The Financial Times хабар бермоқда. Шундай қилиб, инвестор 2013 йил давомида ҳар куни 15 миллион доллардан кўпроқ пул топган.
Ўтган йили назоратида 28,6 миллиард доллар маблағи бўлган Quantum Endowment сердаромадлиги бўйича жаҳон инвестфондлари орасида биринчи ўринни эгаллади. Ўтган йилги натижаси Quantum учун 2009 йилдан бери энг яхшиси бўлди. Умуман, фондга 1972 йилда асос солинган бўлиб, ўтган давр мобайнида у ўз эгасига 39,6 миллиард доллар келтирган.
Сўнгги бир неча йилдан бери Quantum етакчилик учун Рэй Далио (Ray Dalio)га бошқарувидаги Bridgewater Pure Alpha хедж-фонди билан мусобақалашиб келаётган эди. 2011 йили Bridewater бир йилда 13,8 миллиард доллар ишлаб топиб, Сороснинг жамғармасидан ўтиб кетган эди. 2013 йил якунларига кўра эса, Рэй Далионинг фонди Quantum’дан кейинги иккинчи бўлди.
2013 йилнинг сентябрида Forbes журнали Жорж Сороснинг бойлигини 20 миллиард долларга баҳолаган эди.
biznestrener
👉 Buyuklik sirlari kanaliga ulanish
Ноумидлик кўз ёшини умид рўмолчаси ила артиб, ҳаёт сўқмоқларини табассум-ла қарши ол!
👉 Buyuklik sirlari kanaliga ulanish
Аҳмоқлик бу айни ишни айни услубда ва айни қадамлар билан икки марта такрорлаб, турли хил натижани кутишликдир.
Эйнштейн
👉 Buyuklik sirlari kanaliga ulanish
Машҳурлар ҳаётини ўрганишда давом этамиз.
Европанинг энг бой шахси Амансио Ортега ҳақида.
Амансио Ортега Гаона (исп. Amancio Ortega Gaona; 1936 йил 28 март, Бусдонго, Леон, Испания) – тадбиркор, 77 мамлакатда 5000 дўконига эга Inditex компаниясининг асосчиси (собиқ хотини Росалия Мера билан биргаликда) ва собиқ президенти. Бундан ташқари, Ортега Флорида, Мадрид, Лондон ва Лиссабондаги кўчмас мулкларга , газ саноати, туризм ва банкларга инвестиция қилган. Футбол лигаларида ва конкур майдонларидан улушига эга. 2009 йил охирида Испания ташқи ишлар ва халқаро ҳамкорлик минстрлиги Амансио Ортегани "Фуқаролик хизматлари учун” ордени билан тақдирлаган.
2012 йил июнда Bloomberg агентлиги унинг бойлигини 39,5 млрд. АҚШ долларига тенг деб баҳолаб, Европадаги энг бой инсон деб тан олди. Forbes журнали 2013 йил март ойи рейтингига кўра уни дунёнинг энг бой одамлари қаторида учинчи ўринга қўйди ва 57 млрд. АҚШ долларга тенг деб баҳоланди ва бу 2012 йилдагидан икки позиция баланд бўлди ҳамда биринчи учликдан инвестор Уоррен Баффетни чиқариб юборди. 2014 йил Амансио Ортега яна 3 ўринни эгаллади ва бу сафар унинг бойлиги ўтган сафаргидан 7 млрд. АҚШ долларига кўп яъни 64 млрд. АҚШ долларини ташкил этди.
2015 йил октябрда Forbes маълумотларига кўра сайёрамизнинг энг бой одами деб топилди. Унинг мулки 79,7 млрд. АҚШ долларини ташкил этади.
👉 Buyuklik sirlari kanaliga ulanish
Дунё мендан юз ўгирди дема! Балки сен ўзинг унга тескари ўтириб олгандирсан?
👉 Buyuklik sirlari kanaliga ulanish
Diling kuymasin, noumidlik bilan
Yorug‘ kun tug‘ilgay qaro kechadan
Sa'diy
👉 Buyuklik sirlari kanaliga ulanish
Hammamiz uchun nima mushtarak? — Umid; chunki odamning hech narsasi bo‘lmasa ham umidi bor.
FALES
👉 Buyuklik sirlari kanaliga ulanish
Tilda va dilda
Uch musulmon Rum urushiga borib, tez orada dushmanga asir tushib qolibdilar. Rum qaysari vakillari orqali ularga shart qo‘yibdi: “Agar islom dinidan yuz o‘girib, masihiylikka o‘tsangiz, omon qolasizlar, aks holda sizlarni qatl etamiz”, debdi.
Asir jangchilar bu taklif va farmonni eshitib, o‘zlaricha o‘yga tolibdilar. Asir tushgan jangchilardan biri avval faqih bo‘lib, shariat qonunlarini (ahkomlarini) yaxshi bilar ekan. U o‘ylab ko‘rib, “Men dilimda emas, tilimda o‘z dinimdan kechsam, omon qolaman, bu gunoh bo‘lmas”, degan xulosaga kelibdi.
Ikkinchi jangchi hazrat Ali avlodiga mansub sayyidlardan ekan. U o‘ylabdi: “Men vaziyat taqozosi bilan, tilimda dinimdan voz kechsam, mahshar kuni buyuk ajdodlarim menga shafoat qilar”.
Uchinchi jangchi o‘z umrida ko‘p gunoh ishlar qilgan bezori odam ekan. U safdoshlarining fikrini eshitib, o‘yga tolibdi va debdi:
— Menga hech kim shariat ahkomlarini o‘rgatmagan, hech bir qarindoshim meni himoya qilmaydi. Shu sababli men dinimdan voz kechmayman va o‘limimga roziman. Oxiratda hech bo‘lmasa shu ishim — dinimdan qaytmagach o‘lib ketganim uchun menga rahm qilishsa kerak. Ming-ming gunoh bilan yashaganimdan ko‘ra, bitta savobli amal bilan yaxshi nom chiqarib o‘lganim yaxshi!
Abdul-Majid ibn Odam Sanoiyning “Haqiqat bog‘lari” asaridan
👉 Buyuklik sirlari kanaliga ulanish
Muvaffaqiyat - maqsad sari yo'nalgan doimiy harakat va unga erishilgandagi natijadir.
👉 Buyuklik sirlari kanaliga ulanish
Barchaning ko’zini yal-yal yondirish yoki so’nggi rusumdagi mashinada o’zini ko’z-ko’z qilish osongina boyib qolgan “yangi boy”larning ishi, aslo haqiqiy millionerlarning emas. Haqiqiy boylar bunday oliftagarchilikka mutlaqo befarqlar. Ular asosiy diqqatlarini biznes yoki o’z ishlariga qaratganliklaridan g’ijim shimlari haqida atrofdagilarning gap-so’zlariga e’tibor berishga ham vaqtlari yo’q.
👉 Buyuklik sirlari kanaliga ulanish
Uzoq tanaffusdan so'ng "Sohibqiron Temur" nomli audio asarimizni talablarga binoan taqdim etamiz.
Menkim Sohibqiron Jahongir Temur. (Marsel Brion)
@buyukliksirlari
Турли махсулотларни ишлаб чиқариш ҳақида маълумот олмоқчимисиз? Унда бизнинг каналга обуна бўлинг
👇👇👇
/channel/oborudovanie_uz