#Yashil_makon
🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌿 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yangi qadamlar!
Buxoro shahrida joylashgan “Yangi O’zbekiston” bog’ida institut professor o’qituvchilari “Yashil makon” ummummilliy loyihasida faol qatnashishdi va 130 tupdan ziyod ko’chat ekildi.
🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz
#Diqqat
"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
2-son TTJda sirtqi bo’lim qiz talabalari uchun joylar mavjud.
3-son TTJda sirtqi bo’lim yigit talabalari uchun joylar mavjud.
Batafsil ma’lumot uchun;
Fakultet dekan o’rin bosarlari
🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz
#BiznesMarafon
🙋 Kutib oling! “Biznes Marafon” endi Qashqadaryo hamda Buxoroda!
👋 Respublikamiz bo‘ylab tashkil etib kelinayotgan “Biznes Marafon” loyihasi o‘z biznesini muvaffaqiyatli tarzda yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlar ichida katta qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda. Zero “Biznes Marafon”da malakali tadbirkorlar va spikerlar oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan yosh tadbirkorlar bilan muloqot qilib, o‘z tavsiyalarini berib kelishmoqda.
#yashil_kelajak #marafon #dayjest
13.11-21.11.2024
🌿Respublikamizning barcha hududlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari ishtirokidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoni davom etmoqda
Bizni kuzating
#stadion_ochilish
Buxoro mintaqaviy futbol akademiyasiga qarashli o‘yingohning tantanali ochilish marosimiga bag'ishlangan konsert dasturidan FOTOREPORTAJ
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Tatariston Respublikasining keksa avlod vakillaridan iborat delegatsiyasining navbatdagi manzili Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti video lavha.
@BuxTRBI
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti talabalar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhit sog'lomligini ta’minlash, vatanparvarlik va diniy bag'rikenglik tuyg’ularini mustahkamlashga qaratilgan "Vatan ostonasida" nomli kinofilm namoyishi tashkil etildi.
@BuxTRBI
🟦🟦🟦
🟦🟦
#yashil_makon
Jarayondan lavhalar;
🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJALAR BERUVCHI PHD.03/30.06.2020.T.111.02 RAQAMLI ILMIY KENGASH ning 9-noyabr 6-sonli yig’ilishida institutning 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va
melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi
tayanch doktoranti J.Xalilovning “Tomchilatib sug’oriladigan intensiv bog’ qator oralariga ishlov beradigan mashinaning parametrlarini asoslash” mavzusidagi PhD ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi himoyasi Ilmiy seminarida 100 % ovoz bilan asosiy himoyaga taqdim etildi.
@BuxTRBI
🟦🟦🟦
#yashil_makon
⚡️🇺🇿 Ma’lumki, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilayotgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari yurtimiz ekologiyasi, atrof-muxit musaffoligini saqlash hamda aholi salomatligini yaxshilashda muhim omil bo‘lish bilan birgalikda mamlakatimizda ekologik vaziyatni yanada yaxshilash hamda iqlim o‘zgarishlariga milliy yechim sifatidagi noyob loyiha bo‘ldi. Joriy yilning 9 noyabr sanasida Nukus shahrida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari ishtirokidagi «Yashil kelajak» umumrespublika marafoniga start berildi. Marafon doirasida Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institut ko‘ngililari ishtirokida ko‘chat o‘tqazish tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash, ezgulikni yoshlar qalbiga singdirish, qishloq va shaharlar, mahallalarni ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat.
🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz
🟦🟦🟦
🟦🟦
#yashil_makon
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti rektori hamda Buxoro viloyat oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, hududiy boshqarma boshlig‘i "Yashil makon" umummilliy marafoni doirasida Qoraqolpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi “Ziyolilar bog‘i”ni tashkil etish tadbirida ishtirok etib, daraxt ko‘chatlarini ekishmoqda.
🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz
⭕️🟦🟦
⚡️Ayni damda Nukus shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hayʼat yigʼilishi oʼtkazilmoqda.
Ushbu yig'ilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, hududiy boshqarmalar rahbarlari, respublika oliy taʼlim muassasalari rektorlari va direktorlari ishtirok etishmoqda.
🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz
🟤Joriy yilning 7-noyabr kunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari TIQXMMI"MTU Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish institutiga tashrif buyurib xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahat kengashi raisi hamda dekan maslahatchilari faoliyatlarini o'rgandilar.
🔵O‘rganish jarayonida ishchi guruh a'zolari tomonidan xotin-qizlar maslahat kengashining tizimli faoliyati, “Qizlarjon”, “Lider qizlar” klubi faoliyati, Institutda talaba-qizlar uchun tashkil etilgan to‘garaklar chuqur tahlil qilindi.
🟢Istitutda ushbu yo'nalishlar orqali talaba-qizlarning ijtimoiy faolligi oshirilgan bo‘lib, talaba-qizlar rivojlanishi uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilgani va talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar chuqur tahlil qilindi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
TIQXMMI"MTU Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish instituti
|Matbuot xizmati
🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz
Institutimizning GTQ 2/1 yo’nalishi talabalari “Elektrotexnika va elektronika asoslari” o’quv fanidan “Transformatorning qizishi va sovushi” mavzusidagi dars mashg’ulotida qatnashdilar.
/channel/BuxTRBI
🟦🟦
“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti Yer resurslarini boshqarish va ekologiya fakulteti Yer resurslaridan foydalanish va davlat kadastrlari kafedrasining tashabbusi bilan o’tkazilgan MASTER KLASS darsi Buxoro tv nigohida.
@BuxaTRBI
Saksonov Umidjon Sattorovichning qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻling
O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
🟦🟦🟦
⚡️🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF-158-sonli farmoniga asosan institutga biriktirilgan G'ijduvon 3-son politexnikumida joriy yilning 22-noyabr kuni "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti rektori Sh.J.Imomov hamda òquv ishlari bòyicha prorektor I.S.Hasanov tomonidan farmonnig maqsadi va institut bilan amalga oshiriladigan vazifalar to'g'risida ma'lumotlar berilib, texnikum o'qituvchilari va o'quvchilari hamda mahalla fuqarolari tomonidan berilgan savollarga institut rektori tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.
🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI matbuot xizmati
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz
Телеграм орқали ойига 4 млн.дан 15 млн. сўмгача даромад топиш имконияти! 💰
Сиз ҳам бундай даромад топишни ўрганмоқчимисиз? 🧐
5 йиллик тажрибага эга Сухроббек Хуршидович сизга қуйидагиларни ўргатади:
📌 Telegram каналини бошқариш;
📌 Telegram орқали даромад топиш сирлари;
📌 Реклама топиш ва мижозларни жалб қилиш;
📌 Видео монтаж ва креатив контент яратиш.
⏳ Курс давомийлиги: 1 ой
💵 Нархи: 200 000 сўм
🎯 Имтиёз: Энг яхши ўқувчилар жамоамга қабул қилинади!
❗ Фақатгина 20 та ўрин бор! Шошилинг! 🚀
Батафсил маълумот ва рўйхатдан ўтиш учун ҳозироқ боғланинг:
☎️ +998 (93) 780-69-60
#stadion_ochilish
Xabar berganimizdek, ayni paytda Buxoro mintaqaviy futbol akademiyasiga qarashli o‘yingohning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilmoqda. Marosimda so‘zga chiqqan viloyat hokimi o‘rinbosari Mirali Xamrayev Buxoro viloyat hokimi, viloyat futbol assosiatsiyasi prezidenti Botir Zaripovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Bayram_muborak
💥22-noyabr – Xalqaro psixologlar kuni
Barcha psixologlarni bugungi bayram bilan tabriklaymiz!
Sizga motivatsiya berib turadigan, xayotda psixolog boʻlib ketgan tanishlarga yuborib, ularni ham tabriklab qoʻysangiz boʻladi )
@BuxTRBI
ҲАМКОРЛИК МЕМОРАНДУМИ ИМЗОЛАНДИ
Қорақалпоғистон Республикаси Сув хўжалиги вазирлигида «Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти» Миллий тадқиқот университети Бухоро табиий ресурсларни бошқариш институтининг профессор олимлари билан учрашув бўлиб ўтди.
Учрашувда Қорақалпоғистон Республикаси Сув хўжалиги вазирлиги билан «Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти» Миллий тадқиқот университети Бухоро табиий ресурсларни бошқариш институти ўртасида ҳамкорлик Меморандум имзоланди.
-Сув хўжалигига ҳам замонавий бошқарув тизими, янгича суғориш усуллари кириб келмоқда ва биз Меморандумда ҳам кадрларнинг малакасини ошириш, қайта тайёрлаш курсларини ташкил этишни ҳам назарда тутмоқдамиз, - дейди «Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти» Миллий тадқиқот университети Бухоро табиий ресурсларни бошқариш институти ректори, профессор Шавкат Имомов.
Сайтимизда тўлиқ ўқиш: 👇
https://krminwater.uz/09/11/2024/3435/
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJALAR BERUVCHI PHD.03/30.06.2020.T.111.02 RAQAMLI ILMIY KENGASH ning 9-noyabr 6-sonli yig’ilishida institutning 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va
melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi
tayanch doktoranti J.Ro’ziqulovning “Muvaqqat ariqqazgichni takomillashtirish va parametrlarini asoslash” mavzusidagi PhD ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi himoyasi Ilmiy seminarida 100 % ovoz bilan asosiy himoyaga tavsiya etildi.
@BuxTRBI
"Gidrotexnika qurilishi" yo’nalishining 4- kurs talabalari Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasiga qarashli Tozako'l va To'dako’l suv omborlariga borib, kunlik amaliyot o’tadilar.
Ularga gidromelioratsiya fakultetining "Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalari" kafedrasi o'qituvchilari F. Jamolov, A. Yavov va R. To'rayevlar, shuningdek, institutning marketing va amaliyot bo'limi xodimasi Z. Otaqulova hamrohlik qildilar.
Amaliyot davomida professor-o'qituvchilarimiz hamda boshqarma mutaxasislari suv omborlari faoliyati va ahamiyati, u yerlarda joylashgan gidrotexnik inshootlar to'g'risida batafsil ma'lumotlar berdilar.
/channel/BuxTRBI
#yashil_makon
🌿Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari ishtirokidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoniga start berildi.
📹Batafsil reportajda
Bizni kuzating
#Hay’at_yig‘ilishi
#live
Ayni paytda Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, hududiy boshqarmalari rahbarlari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari va direktorlari ishtirok etmoqdalar. Hay’at yig‘ilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Hay’at yig‘ilishi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov ochib berdi.
Bugungi kunda, mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqish, iqtisodiyot va sohaga oid islohotlarni amalga oshirish jarayonida oliygohlar va texnikumlarning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, Hay’at yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan 2024-yil 16-oktabrda imzolangan “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–158-son farmonida oliy ta’lim muassasalari va texnikumlar rahbarlari oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishiga oid masalalar muhokama qilinmoqda.
Bizni kuzating
#7nov #UniversityWeek
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga “UNIVERSITET” maqomi berilganligining 2 yilligi munosabati bilan “Iqlim o‘zgarish sharoitlarida suv resurslarini barqaror boshqarish va ulardan foydalanishning innovatsion usullari” mavzusida INTELLEKTUAL O‘YIN bo‘lib o‘tdi.
O‘yinda turli fakultetlardan talaba va tadqiqotchi jamoalar, oliy ta'lim institutlari qatnashishdi. Shu jumladan Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutining "Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalari " kafedrasining "Special" jamoasi faol ishtirok etib, qatnashuvchi 9 ta oliy ta'limlar orasida faxrli 3-o'rinni egalladilar.
Shuningdek ular innovatsion g‘oyalar, barqaror boshqaruv usullari hamda yangi texnologiyalar asosida suv resurslaridan foydalanishning zamonaviy usullari bo‘yicha o‘z bilim va yondashuvlarini namoyish etdilar.
🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz
Yaqinda BuxTRBI rektori Shavkat Imomov boshchiligidagi vakillarimizdan, shuningdek, Respublika Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Buxoro viloyati boshqarmasi mutasaddilaridan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasiga safar doirasida “Alabuga” EIZ faoliyati bilan tanishganlari haqida xabar bergandik.
Ushbu safar haqida quyidagi video lavha orqali batafsil ma’lumot olish mumkin.
/channel/BuxTRBI
Diqqat eʼlon! 🔊🔊🔊
⚡️Oliygohimizda talaba-yoshlar o'rtasida "Uchinchi renessans — yoshlar nigohida" nomli loyihalar tanlovi o'tkaziladi.
Ushbu loyihada quyidagi nominatsiyalar bo'yicha qatnashishingiz mumkin:
🔹 Ajdodlar merosini targ'ib qilishda innovatsion yondashuv nominatsiyasi,
🔹 Oliygohda sifatli bilim olishda talabalarning manfaatdorligini oshirish uchun o'quv jarayoni va metodikasini o'zgartirish yo'llari nomimatsiyasi,
🔹 Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqishining noan'anaviy usullari nominatsiyasi.
📍 Manzil: Arm binosi
⏰Vaqti: 09.11.2024 13:00 da
☎️ Murojaat uchun: +998914474465
Eng yaxshi loyihalar tanlovning Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
🇺🇿 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 tiiamebb.uz
Bugun "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti professor-o'qituvchilari, ishchi- xodimlari o'z oila a'zolari bilan shuningdek, talabalari Buxoro viloyatidagi Qo'g'irchoq teatriga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida " Qari bilganni pari bilmas" spektakli namoyishidan bahramand bo'ldilar.
@BuxTRBI_Manaviyat