NORMURODOV O'TKIRJON
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti Iqtisodiyot ta'lim yo'nalishiga talabalikga tafsiya etilgan talaba.
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti rektori, professor Shavkat Imomovning yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida yangi 2024-2025-o’quv yili boshlanishi munosabati bilan institut jamoasiga yo’llagan tabrigi
@ShJImomov
#LIVE
#yangi_oʻquv_yili
#jarayon
Ayni daqiqalarda "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida yangi 2024-2025-o'quv yilining ilk o'qish kuni tantanali tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirni institut rektori Sh.J.Imomov ochib yig'ilganlarni Mustaqilligimizning 33 yilligi va yangi o'quv yilining boshlanganligi bilan qizg'in muborakbod etdilar.
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
#qabul2024
⚡️Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!
👨💻Joriy yilda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning hujjatlarini rasmiylashtirish va talabalar turar joylariga joylashtirish boʻyicha fakultetlardan mas’ullar ro‘yxati
@BuxTRBI
1-kursligimda shularni qilgan boʻlardim...
1. Baholarga doim eʼtiborli boʻling.
1-kursda universitet, ustoz va oʻquv dasturi bilan yaxshilab tanishing. Darslarda doim faol boʻlib, ustozlarni hurmat qiling va ball, baholaringizga ahamiyat bering. Darslarga aktiv qatnashganlarni ustozlar yakuniy imtihonlarda ham qoʻllaydi. Oʻsha gap: baho, ball koʻp narsani hal qiladi)
2. Yaxshi ustoz/muhit toping.
Ilmiy faoliyat boshlash niyatidagilar bir soniyani ham reja bilan sarflang. Yoʻnalishingizga mos ilmiy rahbar tanlang. Sizni rivojlantiradigan insonlar davrasiga qoʻshiling.
3. Maqolalar yozing.
Universitet stipendiyalari, xalqaro grant dasturlariga qatnashmoqchi boʻlsangiz, portfoliongizni kuchli qiladigan jihat — research skills. Milliy va xalqaro tanlovlarda yutish uchun maqola boʻlishi katta plyus.
4. Amaliyot dasturlari va grantlarga qatnashing.
Kuchli netvorkingga talabalik paytida erishiladi. Sohangiz boʻyicha tanlovlar, konferensiyalarga qatnashib, tanish, doʻstlar orttiring. Shaxsiy va professional rivojlanishga doim harakat qiling.
5. Zamonaviy kasblar oʻrganing.
Faqat soha boʻyicha bilimlar yetarli emas hozir. Sohangizni zamonaviy kasb bilan uygʻunlashtiring. IT (AyTi), Project Management, HR, SMM oʻrganib, shaxsiy brendingizni yaratishni boshlang.
6. Til oʻrganing.
Deylik, IELTS/CEFR darajangiz — B2. Bu daraja bilan qotib qolmang. Koʻp dasturlarda talabalardan xorijiy tilni C1 darajada bilish talab qilinadi. Shu sababli xorijiy tillarni bilishni yaxshilang.
7. Roadmap (yo'l xaritasi) tuzing.
Oylik, yillik rejalar tuzib, ularga intiling. Qatnashmoqchi boʻlgan loyiha, tanlovlaringizga qachon qatnasha olishingizni oldindan aniqlab oling. Masalan, "Yil talabasi" ga 2-kurs noyabrda qatnashish boshlanadi. UGRAD ga 1-kurs noyabr-dekabr oylarida. Demak, pishiq planlar asosida harakat qiling.
8. Sohangiz boʻyicha tajriba yigʻing.
Tajriba juda muhim. Kezi kelsa, tajriba yigʻish uchun bepul mehnatdan ham qochmang. Universitetda boʻsh vaqt, albatta, boʻladi. Koʻpchilik 1-kursdayoq ishlamang, deb aytsa, men esa inson oʻz vaziyatidan kelib chiqib, ishlashi tarafdoriman. Oʻshanda topgan mablagʻimni oʻzimni taʼminlashga, taʼlimga investitsiya qilishga sarflaganman. Kam boʻlmadim.
Inson 17-18 yoshlarida giperaktiv boʻladi. Togʻni talqon qilishga kuchi yetadi, xohlasa😌. Albatta, sohangiz boʻyicha ish topishga harakat qiling. Masalan, 2-semestrdan ishlang.
🎓Eng muhimi, eng muhim 4 yilingizni juda unumli oʻtkazing. 4-kursda ortga qaraganingizda talabalikdagi har bitta oyni oʻz xotiralari va gʻalabasi bilan eslaydigan darajada. Ishoning, bu umuman taʼriflab boʻlmas tuygʻu. 😇
Omad! 🚀
1-kurslarga yuborib qo'ying!
Azamat Nafiddinovich
FIFA Futzal Jahon chempionati oldidan muhim tadbir boʻlib oʻtdi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sport vazirligi hamda 2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi va FIFA vakillari ishtirokida yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatining Xavfsizlik konsepsiyasi imzolandi.
Xavfsizlik konsepsiyasining imzolanishi turnirga tayyorgarlikning majburiy bosqichi bo‘lib, musobaqaning muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlashda muhim jarayon hisoblanadi.
Xavfsizlik konsepsiyasini ishlab chiqish huquqiy-me'yoriy bazani, shuningdek, bu kabi yirik miqyosdagi turnirlarni tashkil etish bo'yicha xalqaro talablarni har tomonlama tahlil qilish natijasida yuzaga keladi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bu borada Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sport vazirligi, FIFA vakillari hamda tashkiliy qo‘mita bilan hamkorlikda ish olib bordi va joriy musobaqaga tayyorgarlik ko‘rdi. Qayd etish kerak, futzal bo'yicha FIFA Jahon chempionati O'zbekiston Respublikasi hududida xalqaro tadbirlarni o'tkazishning asosiy qoidalarini ishlab chiqishga katta hissa qo'shadi.
Ushbu konsepsiyani ishlab chiqish jarayonida orttirilgan tajriba va bilim kelajakda xalqaro turnirlarni tashkil etish, oʻtkazish va bu tajribani butun dunyo bo'ylab ulashish imkoniyatini taqdim etadi.
⚡️ t.me/FAUzbekistan
Ingliz tilida fe’lning ko‘plab shakllari mavjud bo‘lib, ularning har biri turli grammatik funksiyalarni bajaradi. Fe’llar asosan zamon, holat va bajarilish usuliga qarab shakllanadi. Quyida fe’lning barcha asosiy shakllari va ularning aniq tushuntirishlari keltirilgan.
### 1. Infinitive (Ma'nosiz shakl)
- Bu fe’lning asosiy shakli bo‘lib, odatda “to” bilan ishlatiladi.
- Infinitive fe’lni nom sifatida, maqsadni yoki niyatni ifodalash uchun ishlatiladi.
- Masalan: to eat (yemoq), to go (bormoq), to study (o‘qimoq)
Turlari:
- Bare infinitive (to’siz infinitive): go, eat, see (oddiy holatlarda ishlatiladi, masalan, can go).
- Full infinitive (to bilan infinitive): to go, to eat, to see.
### 2. Simple Present (Hozirgi oddiy zamon)
- Fe’lning hozirgi zamonda ishlatiladigan shakli bo‘lib, odatda umumiy yoki takrorlanuvchi harakatni ifodalaydi.
- Masalan: He eats (U yeydi). They go (Ular boradi).
Eslatma: Uchunchi shaxs birlik uchun fe’lga -s qo‘shimchasi qo‘shiladi: He eats, she goes.
### 3. Simple Past (O‘tgan oddiy zamon)
- O’tgan zamonda bajarilgan harakat yoki holatni ifodalaydi.
- Tartibsiz fe’llar uchun maxsus shakllar mavjud: went, ate.
- Tartibli fe’llarga esa -ed qo‘shiladi: worked, played.
- Masalan: He went (U bordi). They worked (Ular ishlashdi).
### 4. Past Participle (O‘tgan zamon sifatdoshi)
- Bu fe’lning uchinchi shakli bo‘lib, odatda murakkab zamonlarda, passiv shaklda va ba’zi sifat birikmalarida ishlatiladi.
- Masalan: eaten, gone, played.
- Tartibli fe’llar: -ed bilan ishlatiladi: worked.
- Tartibsiz fe’llar: O‘ziga xos shaklga ega: gone, eaten, done.
### 5. Present Participle (Hozirgi zamon sifatdoshi, -ing shakli)
- Bu shakl -ing bilan yasaladi va davomatdagi yoki davom etayotgan harakatni ifodalash uchun ishlatiladi.
- Fe’lni sifatlashda yoki vaqtning davomiy shakllarini yasashda ishlatiladi.
- Masalan: going, eating, studying.
### 6. Gerund (Fe’lning ot shakli)
- Fe’lga -ing qo‘shimchasi qo‘shilib, ot vazifasida ishlatiladi.
- Masalan: Swimming is fun. (Suzish maroqli.)
### 7. Present Continuous (Hozirgi davomiy zamon)
- Hozir davom etayotgan harakatni ifodalaydi va fe’lga am/is/are va -ing qo‘shimchasi qo‘shiladi.
- Masalan: I am eating. (Men hozir ovqatlanyapman.)
### 8. Past Continuous (O’tgan davomiy zamon)
- O‘tgan davrda davom etgan harakatni ifodalaydi va fe’lga was/were va -ing qo‘shimchasi qo‘shiladi.
- Masalan: They were studying. (Ular o‘qiyotgan edilar.)
### 9. Present Perfect (Hozirgi hozirgi zamon)
- O‘tmishda boshlangan va hozirgacha ta’sir etuvchi harakatni ifodalaydi va have/has bilan birga fe’lning past participle shakli ishlatiladi.
- Masalan: She has eaten. (U ovqatlandi.)
### 10. Past Perfect (O‘tgan hozirgi zamon)
- O‘tgan vaqtda boshqa bir o‘tgan harakatdan oldin bajarilgan harakatni ifodalaydi va fe’lga had va past participle shakli qo‘shiladi.
- Masalan: He had gone before I arrived. (Men kelgunimcha, u ketgan edi.)
### 11. Future Simple (Kelasi oddiy zamon)
- Kelajakda bo‘ladigan harakatni ifodalaydi va will/shall yordamchi fe’llari ishlatiladi.
- Masalan: They will study. (Ular o‘qiydi.)
### 12. Future Continuous (Kelasi davomiy zamon)
- Kelajakda ma’lum bir vaqtda davom etadigan harakatni ifodalaydi.
- Masalan: I will be studying at 5 PM. (Men soat 5 da o‘qiyotgan bo‘laman.)
### 13. Future Perfect (Kelasi hozirgi zamon)
- Kelajakda ma’lum bir vaqtda tugallanadigan harakatni ifodalaydi.
- Masalan: She will have finished by tomorrow. (U ertagacha tugatgan bo‘ladi.)
### 14. Future Perfect Continuous (Kelasi davomli hozirgi zamon)
- Kelajakda ma’lum bir vaqtdan ilgari boshlangan va o‘sha paytga kelib davom etayotgan bo‘lgan harakatni ifodalaydi.
- Masalan: By next year, I will have been working here for five years. (Kelasi yilga qadar bu yerda besh yil ishlayotgan bo‘laman.)
👉 Yaxshi hayotga loyiqsan, harakat qil - /channel/Teachery_Azamat/174
#ДИҚҚАТ #ТАРҚАТИНГ
❗️Контракт тўловини амалга ошириш муддати эълон қилинди
Вазирлик хабарига кўра, белгиланган тўлов миқдорининг камида 25 фоизи талабаликка тавсия этилган абитуриентлар учун 2024 йил 15 сентябргача ёки давлат комиссияси томонидан белгиланган муддатгача ҳамда иккинчи ва ундан юқори курс талабалари учун 2024 йил 1 октябргача ёки олий таълим муассасаси ректори (директори) томонидан узайтириладиган муддатгача тўлаши белгиланди.
Қўшимча маълумот, белгиланган тўлов миқдорининг камида 50 фоизи 2025 йил 1 январгача, 75 фоизини 2025 йил 1 мартгача ва 100 фоизини 2025 йил 1 майгача ёки олий таълим муассасаси ректори (директори) томонидан узайтириладиган муддатгача.
Бунда, мазкур тартиб молиявий мустақиллик берилган давлат олий таълим муассасалари учун тавсиявий характерга эга.
💵 O'zbekistonda nomdor stipendiyalar miqdori qancha?
📌 Nomdor stipendiyalar:
🗄 Prezident stipendiyasi – 2 191 541 so‘m;
🗄 Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari – 1 461 028 so‘m.
🎓 Nomdor stipendiyalar kimlarga beriladi?
Bu turdagi stipendiyalar bakalavriatning oxirgi 2 kursida o‘qiydigan, o‘zlashtirishi a’lo (ko‘pi bilan 25 foizi "yaxshi"), ijodiy ishlarda qatnashadigan talabalar uchun beriladi.
💵Talabalar qancha stipendiya oladi?
Grantga kirganlarga bazaviy stipendiya to‘lanadi. Kontrakt kirganlar kontrakt pulini stipendiyali-stipendiyasiz qilib to‘lashi mumkin.
🔴Bazaviy stipendiya miqdori — 517 880 so‘m;
🔴Barcha fanlar bo‘yicha faqat "a’lo" o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan talabalar uchun stipendiya – 621 456 so‘m.
✅ Nomdor stipendiyalar:
🔵Prezident stipendiyasi – 2 191 541 so‘m;
🔵Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari –1 461 028 so‘m.
👉 Yaxshi hayotga loyiqsan, harakat qil - /channel/Teachery_Azamat/174
BuxTRBI rektori, professor Shavkat Imomovning ma'naviyat va ma'rifat o'quvi munosabati bilan bitilgan "Vatan hissi, Vatan tuyg’usi barcha narsadan qadrliroqdir" nomli maqolasi Buxoro viloyat hokimligi muassisligidagi "Buxoronoma" gazetasining shu yil 5-sentabrdagi 64-sonida e’lon qilindi.
Читать полностью…https://telegra.ph/VATAN-%D2%B2ISSI-VATAN-TUJ%D2%92USI-BARCHA-NARSADAN-%D2%9AADRLIRO%D2%9ADIR-09-04
Читать полностью…4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasini targ‘ib etishga qaratilgan videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovga taqdim etiladigan videoroliklar quyidagi talablarga asosan shakllantirilishi lozim:
➖ nizomda ko‘rsatilgan talablarga javob berishi;
➖ kreativ yondashilgan bo‘lishi;
➖ muhandislik yo‘nalishida to‘liq tushuncha bera olishi lozim.
🔖 TANLOV NIZOMI👈
Tanlov yakuni bo‘yicha g‘olib deb topilgan 5 nafar ishtirokchi quyidagi miqdorda pul mukofotlari va maxsus sertifikat bilan rag‘batlantiriladi:
1️⃣-o‘rin - 30 million so‘m;
2️⃣-o‘rin - 25 million so‘m;
3️⃣-o‘rin - 20 million so‘m;
4️⃣-o‘rin - 15 million so‘m;
5️⃣-o‘rin - 10 million so‘m.
Shuningdek, tanlovda faol ishtiroki uchun 6-10-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar ham qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
📩 Ariza yuborish uchun havola: https://forms.gle/k2J1ySLDuw4Hmn5g7
Tanlovga arizalar 2024-yilning 5-sentyabridan 25-sentyabr kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Bizni kuzating
⚡️Matbuot xizmati tomonidan maxsus institutimiz talabalari va magistrlari uchun tayyorlandi. Yoqqan bo'lsa ijtimoiy tarmoqlaringizning bosh sahifasiga joylashtirishingiz mumkin.
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
💐💐💐Bugun "TIQXMMI" MTU BuxTRI 2-sonli talabalar turar joyi xodimasi Tillayeva Orzugul ustozimizning tavallud ayyomlari.
Ustozimizga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz. Farzandlar va shogirtlar e'zozida bo'lish bardavom bo'lsin.
Hurmat va ehtirom bilan shogirtlaringiz!
👉 @BuxTRBI
📍 Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionati startiga 1️⃣0️⃣ kun qoldi!
Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida oʻtadigan futzal boʻyicha 2024-yilgi mundialda dunyoning eng kuchli 24 jamoasi jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. Muxlislarni unutilmas lahzalar kutib turibdi! FIFA tomonidan 10-bor tashkil etilayotgan musobaqa boshlanishiga esa 10 kun qoldi.
🏆 FIFA Futsal World Cup Uzbekistan 2024™
🗓 14-sentyabr — 6-oktyabr
📍 Toshkent, Andijon va Buxoro
1️⃣ t.me/FAUzbekistan
2024-2025-o'quv yilida o'qishga tavsiya etilgan talabalarga “Najot—ta’limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda” shiori ostida tashkil etiladigan “Mustaqillik darslari" bo'lib o'tmoqda.
@BuxTRBI
#LIVE
#yangi_oʻquv_yili
#jarayon
Tadbirda so'zga chiqgan korxona rahbarlari hamda ota-onalar va talabalar barchani yangi o'quv yili bilan muborakbot etib, kelajakda talabalarning yuksak marralarga erishishlarini tilab qoldilar. Shuningdek institutda an'anaga aylangan talabalarni taqdirlash marosimi ham ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi.
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
Hurmatli talabalar!
Sizlarni yangi – 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bilan chin qalbimdan tabriklayman! Yangi o‘quv yilining boshlanishi talabalar uchun ham, professor-o‘qituvchilar uchun ham hamisha hayajonli. Sizni hayotingizning ushbu muhim bosqichida o‘qishingiz va ilmiy faoliyatingizga innovatsion g‘oyalarga boy loyihalarni amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Keyingi yillarda Prezidentimiz boshchiligida oliy taʼlim tizimini takomillashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va bu saʼy-harakatlar samarasi o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Xususan, qabul jarayonlarida shaffoflik va adolat mezonlarini yanada mustahkamlash maqsadida joriy o‘quv yilida yangi islohotlar kuchga kirdi. Qabul jarayoniganing yangi tartibi — “avval test, keyin tanlov” tamoyili asosida joriy etildi, shuningdek, bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari maqbullashtirildi. Bu talabalarga taʼlim yo‘nalishlarini tanlashda, shuningdek, kelajakda mutaxassis sifatida ishga joylashishda qo‘shimcha qulaylikllar yaratadi.
Talabalarimiz jahonning eng ilg‘or taʼlim standartlariga mos bilim olishi, eng so‘nggi ilmiy yutuqlaridan xabardor bo‘lishi uchun ko‘plab o‘quv adabiyotlari o‘zbek tiliga o‘girilishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, muhandislik, energetika, axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohalariga oid xorijiy nashrlarni tarjima qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ham muhim masalalardan bo‘lib, joriy yilda talabalarga qulaylik yaratish maqsadida davlat oliy o‘quv yurtlari yotoqxonalariga joylashtirish uchun ariza topshirishning onlayn xizmati joriy etildi. Bunda talabalar turar joylariga joylashtirishni yanada shaffof va qulayligini taʼminlanib, ortiqcha sarsongarchiliklarning oldi olindi.
Talabalik buyuk kashfiyotlar va imkoniyatlar davri. Undan unumli foydalaning, yangi bilimlarga intiling, do‘stlar orttiring, kelajak uchun rejalar tuzing va har bir daqiqani qadrlang. Sifatli taʼlim sizning tirishqoqliginingiz, ilmga erishish yo‘lidagi sobitligingiz bilan chambarchas bog‘liqligini unutmang!
Yangi o‘quv yilida Sizlarga yangi yutuqlar, yorqin taassurotlar hamda bilim va malakangizni oshirishda azmu shijoat tilayman!
Hurmat bilan,
Qo‘ng‘irotboy Sharipov
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzating
#qabul2024
⚡️Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!
👨💻Joriy yilda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning hujjatlarini rasmiylashtirish va talabalar turar joylariga joylashtirish boʻyicha fakultetlardan mas’ullar ro‘yxati
@BuxTRBI
🌓31 KUNLIK INGLIZ TILI MARAFONI
🪐1-dars videosi
🌏1-dars vazifasi
🪐2-dars videosi
🌏2-dars vazifasi
🪐3-dars videosi
🌏3-dars vazifasi
🪐4-dars videosi
🌏4-dars vazifasi
🪐5-dars videosi
🌏5-dars vazifasi
🪐6-dars videosi
🌏6-dars vazifasi
🪐7-dars videosi
🌏7-dars vazifasi
🪐8-dars videosi
🌏8-dars vazifasi
🪐9-dars videosi
🌏9-dars vazifasi
🪐10-dars videosi
🌏10-dars vazifasi
🪐11-dars videosi
🌏11-dars vazifasi
🪐12-dars videosi
🌏12-dars vazifasi
🪐13-dars videosi
🌏13-dars vazifasi
🪐14-dars videosi
🌏14-dars vazifasi
🪐15-dars videosi
🌏15-dars vazifasi
🪐16-dars videosi
🌏16-dars vazifasi
🪐17-dars videosi
🌏17-dars vazifasi
🪐18-dars videosi
🌏18-dars vazifasi
🪐19-dars videosi
🌏19-dars vazifasi
Kursdoshlarga ulashing!🤗
👉 Yaxshi hayotga loyiqsan, harakat qil - /channel/Teachery_Azamat/174
Magistraturaga Yo‘l Oching – Ingliz Tili Bilimingizni Mustahkamlang!
🎓 Magistratura kirish imtihoniga tayyorlaning va yuksak natijalarga erishing!
📅 Kurs boshlanishi: 1-oktyabr, 2024
🎯 Kimlar uchun: talabalar va magistraturaga kirishni maqsad qilganlar
🚀 Nega bu kurs?
- Maqsadli tayyorgarlik: Magistraturaga kirish uchun maxsus tayyorlangan dastur.
- Izchillik va mas'uliyat: 3 darsni sababsiz qoldirganlar uchun kursdan chiqarilish.
- Ota-onalar bilan aloqa: Talabalarning muvaffaqiyatini kuzatish uchun ota-onalar bilan doimiy aloqada bo‘lamiz.
🌟 Magistraturaga qadam qo‘yish uchun kerakli tayyorgarlik – joyingizni hoziroq kafolatlang!
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:
👉 @Teachery_Azamat 👈
Kursga yozilish uchun murojaat qiling!
👉 @Sadullaev_Azamat 👈
📌 Super-kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi
To‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:
1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:
🔹oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi;
🔸moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari bu yerda👈
Bazaviy kontrakt miqdorlari bu yerda👈
❗️Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.
@Tezkor_Bukhara
⚡️⚡️⚡️Davlat stipendiyalari yutish uchun TOP - 5️⃣tavsiya
1. Baho va ballaringizga e’tiborli bo’ling. Prezident stipendiyasi uchun barcha baholar a’lo, nomdor stipendiyalar uchun a’lo va yaxshi bo’lishi (yakuniy baholarda 25% gacha 4 mumkin), maxsus stipendiyalar uchun qoniqarli baholar bo’lmasligi shart. Stipendiyalarda faqat yakuniy baholar hisoblanadi.
2. Ilmiy maqolalar yozing.
Yo’nalishingiz bo’yicha muammo, kamchilik va yutuqlarni o’rganib, sohangiz bo’yicha puxta, dolzarb va xalqaro talabdagi ilmiy maqolalar yozing. Navoiy stipendiyasini olish uchun faqat Navoiy haqida yozish kerak, degan fikr xato.
3. Ijtimoiy faol bo’ling.
Bilim va sohangizdan kelib chiqib, loyiha, dasturlarga qatnashing yoki o’z muallifligingizda universitetda loyihalar tashkillang.
4. Tanlovlarga qatnashing.
Yo’nalishga mos Respublika, viloyat, universitet tanlovlariga qatnashing. Bu haqida ma’lumotlar universitet rasmiy sahifalari, vazirlik va Yoshlar ishlari agentligi kanallarida mavjud.
5. Til o’rganing.
Nomdor stipendiyalar (Navoiy, I. Karimov, Beruniy, Ibn Sino, Bobur…) uchun til sertifikati bo’lishi majburiy bo’lib bormoqda. Sohangizga qarab, xorijiy tilni bilishni tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikat olishga tayyorlaning. Til sertifikati majburiy emas, ammo yutishingizda katta ball beradi.
Beshta tavsiyaning beshinchisi uchun yaxshi imkoniyat
👉 /channel/Teachery_Azamat/174
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев БМТнинг Озиқ-овқат ва қишлоқ хўжалиги ташкилоти (ФАО) бош директори Цюй Дунъюйни қабул қилди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял генерального директора Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН (ФАО) Цюй Дунъюя.
#Mirziyoyev #qabul #FAO #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2024-2025-yilgi o’quv mavsumi uchun tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq hujjatlarni qabul qilish muddatlarini, talab qilinadigan hujjatlarni, topshiriladigan imtihonlar ro'yxati hamda qabul kvotasi miqdorini ko'rsatgan holda tayanch doktorantura va doktoranturada o'qishga talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish bo’yicha e’lon
Читать полностью…BuxTRBI rektori, professor Shavkat Imomovning ma'naviyat va ma'rifat o'quvi munosabati bilan bitilgan "Vatan hissi, Vatan tuyg’usi barcha narsadan qadrliroqdir" nomli maqolasi Buxoro viloyat hokimligi muassisligidagi "Buxoronoma" gazetasining telegramdagi rasmiy sahifasida e'lon qilindi.👇👇👇
Читать полностью…‼️DIQQAT E’LON
✅''TIQXMMI'' milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutining "QALQON" jamoatchilik guruhi a'zoligiga qabul boshlandi.
⚡️ "QALQON" jamoatchilik guruhiga tashabbuskor, fidoiy, jamoat ishlarida faol bo'lgan talabalarni qabul qilamiz.
✅ "QALQON" jamoatchilik guruhi a'zosi bo'lgan institut talabalari
✔️ ''TIQXMMI'' milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti tomonidan moddiy rag'batlantirilib boriladi;
✔️ Maxsus ajratuvchi belgilarga ega bo'lgan kiyim (forma) va a'zolik guvohnomasi bilan ta’minlanadi.
❗️"QALQON" jamoatchilik guruhiga a'zo bo'lish istagida bo'lgan talabalar murojaat qilishlari mumkin.
🕖 "QALQON" jamoatchilik guruhiga nomzod talabalarni ro'yxatga olish 2024-yil 20-sentyabrga qadar davom etadi.
🏛Manzil 2-Bino 122-xona
📥Murojoat uchun: @qamoriddin_muxammad
@javokhir_0712
+99893 808 00 36 , +998 90 712 71 21
#o‘quv_kursi
#live
Ayni paytda Prezident topshirig‘iga binoan Farg‘ona politexnika institutida energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etishga qaratilgan malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda respublikamizdagi energetika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining 50 nafardan ortiq kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilari hamda hamkor tashkilot vakillari qatnashmoqda.
Mazkur o‘quv kursi “Energiya tejamkorligini ta’minlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari” mavzusiga bag‘ishlanib, ikki kun davom etadi.
Anjuman yalpi yig‘ilishida so‘zga chiqqanlar hozirda yurtimizda energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohadagi muammolarga ilmiy yechim topishga alohida e’tibor qaratish zarurligini alohida ta’kidlashdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/20387
Bizni kuzating
📢E'LON
⚡“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi Oliy ligasining 2024-yilgi mavsumi va Premyer ligasining 3-mavsumida qatnashish istagida bo‘lgan talaba yoshlarni “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutining QVZ “IRRIGATOR” jamoasi safiga chorlaymiz.
Murojaat uchun: +998 91 986 37 33 @Javlonchik_700
7-sentabr kuni soat 10:00 da instut faollar zalidaa
Qizlarimizni o’qitaylik, iltimos…
Magistraturaga kirgan hamma qizlarning kontrakti davlat byudjetidan to’lab beriladi. Ya’ni hamma qizlarga magistraturada o’qish tekin.
Bakalavrda kunduzgi ta’limga kirgan qizlarga esa foizsiz (0%) ta’lim krediti beriladi. Talabalik davrida hech qanaqa to’lov qilinmaydi, o’qish tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatda bo’lib to’lanadi.
@Tezkor_Bukhara