#saylov_2024
Yangi saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari
—
Особенности новой избирательной системы
Bizni kuzating
#Qabul_parametrlari
''TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari bo’yicha taqsimlanishi.
@BuxTRBI
#mahalla_yoshlari_va_institut
⚡️Yoshlar bilan ishlash va yoz mavsumida mahalla yoshlarining bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida institutda doimiy tarzda bir qancha tadbirlar, musobaqalar tashkil etilib kelinmoqda. Shunday sport musobaqalaridan biri bu mahalla yoshlari o'rtasida shaxmat, shashka bo'yicha musobaqalar o'tkazilmoqda. Ota-onalar ham ayni shu jarayonlarda ishtirok etishmoqda. Jarayondan lavhalar.
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI rasmiy sahifalariga a'zo bo'ling
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
#Buxoro viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Buxoro viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:
▪️Peshko‘ tumani hokimligi: “O`g`lon” mahalla fuqarolar yig'ini tuman hokim yordamchisi;
▪️Buxoro viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi huzuridagi maxsus jamg'arma mablag'larini boshqarish yo'nalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhi: Boshliq (ichki tanlov);
▪️Buxoro viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi huzuridagi maxsus jamg'arma mablag'larini boshqarish yo'nalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhi: Bosh mutaxassis (ichki tanlov);
▪️Buxoro viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi huzuridagi maxsus jamg'arma mablag'larini boshqarish yo'nalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhi: Yetakchi mutaxassis;
▪️G‘ijduvon tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi: Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash va inklyuziv ta’lim sho‘basi psixologi;
▪️O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inpseksiyasi Buxoro viloyat boshqarmasi: Buхoro tuman bo`limi teхnika holatini nazorat qilish bo`yicha bosh mutaхassisi;
▪️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi: Kogon tumanida kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlar 6-hudud 2-uchastkada (Geofizika MFY, Hukumatobod MFY) kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
▪️Buxoro viloyati hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi: Umumiy bo'lim mutaxassisi;
▪️Buxoro viloyati statistika boshqarmasi: Buхoro tumani statistika bo`limi boshlig`i;
▪️Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi: Aholi bandligiga ko'maklashish, moliyaviy ko'mak va interaktiv xizmatlar ko'rsatish sho'basi boshlig'i (ichki tanlov);
▪️Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi: Mahallabay ishlash va hokim yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish sho'basi boshlig'i (ichki tanlov);
▪️G‘ijduvon tumani hokimligi: “Paхtaobod” mahalla fuqarolar yig'ini tuman hokim yordamchisi;
▪️G‘ijduvon tumani hokimligi: “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig'ini tuman hokim yordamchisi;
▪️Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati Buxoro tumani bo‘limi: "Do`stlik" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
▪️Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati Qorako‘l tumani bo‘limi: "Osiyo" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
▪️Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati Vobkent tumani bo‘limi: "Cho'rikalon" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
▪️Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati Buxoro shahar bo‘limi: "Navro`z" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
▪️Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani bo‘limi: "Havzak" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
▪️Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati Kogon tumani bo‘limi: "Taraqqiyot" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;
❗️Arizalar 26.07.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma
▪️ Agentlikning Buxoro viloyati filiali — 65-221-03-17
▪️ Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot
▪️ Vakansiyalar kanali — @vacancy_argos
Xabaringiz bor 18-iyul sanasida Respublikamizga Qirg’iziston Respublikasi Prezidenti boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyirgan edi. Tashrif chog’ida “Qirg’iz madaniyati kun” lariga start berilgan edi. Ushbu tadbir doirasida respublikaning turli manzillarida bir qator madaniy ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
18 iyul
“O‘zbekiston” forumlar saroyida o‘zbek-qirg‘iz san’at ustalari ishtirokida qo‘shma konsert
19 iyul
Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “Qirg‘iz kino kunlari” ochilishi,
“Moviy gumbazlar” xiyobonida “Qirg‘iz ovuli” nomli ko‘rgazma va konsert dasturi
20 iyul
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Qirg‘iz Respublikasi xalq artisti, kompozitor M.Begaliyevning konserti,
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida “Somonchining yo‘li” nomli spektakl namoyishi
“Moviy gumbazlar” xiyobonida “Qirg‘iz ovuli” nomli ko‘rgazma va konsert dasturi
22 iyul
Buxoro viloyati Yoshlar markazida “Qirg‘iz madaniyati kunlari” doirasida konsert.
Viloyatimizning Yoshlar markazi binosida bo’lib o’tayotgan “Qirg’iz madaniyati kun”lari doirasidagi konsert dasturida institutimiz professor-o’qituvchilari jamoasi faol ishtirok etmoqda.
@BuxTRBI
✅Imtihonlarsiz davlat oliy ta'lim muassasalariga 2-kursdan boshlab o'qishni istaysizmi?
Barchamizga ma’lumki ayni kunlarda Respulikamiz bo‘yicha oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinov bo‘lib o‘tmoqda.
Test sinovlarida ishtirok etib olgan ballingiz bilan texnikumlarga o'qishingiz davom ettirish imkoniyatiga egasiz.
Bu qanday bo‘lishi mumkin deysizmi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-sonli qaroriga asosan texnikumlarda o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo'ladilar.
Texnikumlarda “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida yoshidan qat'iy nazar kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi, hamda dual ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida o'qitiladi.
Texnikumda o'qish davomida siz professional kasb egasi bo'lish bilan bir qatorda o'rta maxsus diplomiga ham ega bo'lasiz.
Shuningdek Siz oliy ta'lim muassasasini tugatib 2 ta diplomga o'rta maxsus professional ta'lim hamda oliy ma'lumotli diplomga ega bo'lasiz.
O'z kasbini mukammal biladigan oliy ma'lumotli professional kadr bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.
Bizni kuzatishda davom eting
❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent
✅ Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.
Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi.
Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin.
Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/24239
Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz.
2️⃣ Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi.
Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.
Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.
3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
/channel/xushnudbek/19940
❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa).
Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.
👉 @BuxTRBI
#kvota2024 #davlat_buyurtmasi #bakalavr
⚡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat granti
2024/2025-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari
Bizni kuzating
#Chilla_isteʼdodlar_mavsumi
Kechki payt ko’rkam istirohat bog’ida birgalashib taom tayyorlashning gashti o’zgacha bo’larkan. Shu yilning 20-iyul kuni oqshom mahali doshqozonlarda palov tayyorlab, madaniy tadbirning “Oshpazlik mahorati yo’nalishi”da faollik ko’rsatgan institutimiz xodimlarining taassurotlari ana shunday iliq va ko’tarinki.
/channel/BuxTRBI
#Chilla_isteʼdodlar_mavsumi
Bugun "Chilla — iste'dodlar mavsumi" madaniy-ma'rifiy tadbiri haqida o’zimning fikrlarim bilan O’zbekiston 24tv kanaliga ulashdim.
@ShJImomov
Futzal bo’yicha JCh-2024 ko‘ngillilar dasturiga qo‘shiling!
Xabaringiz bor, joriy yil 14-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar yurtimiz nufuzli xalqaro musobaqa futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqa Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlarida boʻlib oʻtadi.
Musobaqada ishtirok etish, tajriba orttirish hamda koʻplab koʻngilochar tadbirlarda qatnashish istagida boʻlganlar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin:
🔗 http://volunteer.fifa.com
Nomzodlarni roʻyxatga olish va saralash jarayonlari joriy yilning 15-iyuliga qadar davom etadi.
Maʼlumot uchun mazkur turnirda yuzlab koʻngillilar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Koʻngillilar musobaqalar oʻtkazish, media, marketing, terma jamoalar bilan ishlash, protokol, tibbiyot, xavfsizlik, IT, akkreditatsiyalash, mehmonlarni kutib olish xizmati, transport va boshqa sohalarda faoliyat olib boradi.👉 @BuxTRBI Читать полностью…
Aziz Rahimov - Bola tarbiyasi, Yaxshi ustoz topish, Genetika - https://youtu.be/7yhUQBR3yxE?si=LjepEYXgJaNDZZGE
👉 @ZamStarshiy - baxtli boʻl
#foydali
#salomatlik
Hurmatli obunachilar!
Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tomonidan aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, oʻz sogʻligʻi holatini baholash va aholi tomonidan sogʻlom ovqatlanish boʻyicha tavsiyalar olish maqsadida ilgʻor, zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni qoʻllagan holda bir qator telegram-bot va android qurilmalari uchun mobil ilovalar ishlab chiqilgan.
Ularni quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin:
➖Tana vazni indeksini hisoblash va natijaga koʻra sogʻlom turmush tarzi tavsiyalarni olish imkoniyatini beradigan telegram-bot va mobil ilova.
➖Qandli diabet 2-turi rivojlanish xavfini baholash va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha telegram-bot va mobil ilova.
➖Yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini baholash va xavfga bogʻliq holda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha tavsiyalar olish imkoniyatini beradigan telegram-bot va mobil ilova.
Bizni kuzating
The education system in Uzbekistan, like many others, faces a range of challenges. Some of the key problems and potential solutions include:
Problems:
1. Outdated Curriculum and Teaching Methods:
- Issue: The curriculum in many schools and universities is outdated and does not align well with current global educational standards. Teaching methods are often traditional, focusing more on rote memorization rather than critical thinking and problem-solving skills.
- Solution: Update the curriculum to include more contemporary subjects, skills, and competencies. Incorporate modern teaching methods that encourage interactive learning, critical thinking, and practical applications.
2. Teacher Quality and Training:
- Issue: There is a lack of well-trained and motivated teachers. Many teachers lack access to ongoing professional development and training.
- Solution: Invest in comprehensive teacher training programs, both initial and ongoing. Encourage professional development and create incentives for teachers to continuously improve their skills.
3. Infrastructure and Resources:
- Issue: Many schools suffer from inadequate infrastructure, including outdated or insufficient facilities, lack of technological resources, and limited access to modern teaching aids.
- Solution: Allocate more funds to improve school infrastructure, including renovating existing buildings, building new facilities, and providing schools with up-to-date technological resources and teaching aids.
4. Access to Education:
- Issue: There are disparities in access to quality education, especially in rural and remote areas. Some children face barriers such as poverty, gender discrimination, and disabilities.
- Solution: Implement policies to ensure equal access to education for all children, regardless of their location, gender, or socioeconomic status. Provide targeted support to disadvantaged groups, such as scholarships, transportation, and inclusive education programs.
5. Language Barrier:
- Issue: The dominant use of the Uzbek language in education can be a barrier for ethnic minorities who speak different languages at home.
- Solution: Develop multilingual education programs that allow students to learn in both Uzbek and their native languages, promoting inclusivity and better learning outcomes.
6. Higher Education Challenges:
- Issue: Higher education institutions often face challenges such as limited academic freedom, lack of research opportunities, and insufficient collaboration with international institutions.
- Solution: Reform higher education policies to promote academic freedom and research. Foster partnerships with international universities and research institutions to improve the quality and global relevance of higher education.
7. Assessment and Evaluation:
- Issue: The assessment and evaluation system is often focused on exams that test memorization rather than understanding and application of knowledge.
- Solution: Develop a more holistic assessment system that includes continuous assessment, project-based learning, and evaluations that measure a broader range of skills and competencies.
Solutions:
1. Policy Reforms:
- Establish clear, strategic education policies that focus on long-term goals and sustainable improvements in the education sector.
2. Community and Stakeholder Involvement:
- Engage parents, communities, and other stakeholders in the education process to create a supportive environment for students and schools.
3. Investment in Education:
- Increase government and private sector investment in education to provide the necessary resources and infrastructure for effective teaching and learning.
4. International Collaboration:
- Collaborate with international educational organizations and institutions to adopt best practices, share resources, and improve the quality of education.
5. Monitoring and Evaluation:
- Establish robust monitoring and evaluation systems to track progress, identify challenges, and make data-driven decisions for continuous improvement.
#mahalla_yoshlari_va_institut
⚡️Yoshlar bilan ishlash va yoz mavsumida mahalla yoshlarining bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida institutda doimiy tarzda bir qancha tadbirlar, musobaqalar tashkil etilib kelinmoqda. Shunday sport musobaqalaridan biri bu mahalla yoshlari o'rtasida stol tenisi bo'yicha musobaqalar o'tkazilmoqda.
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI rasmiy sahifalariga a'zo bo'ling
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
#Qabul_parametrlari
''TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti
2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
@BuxTRBI
Oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida ʼʼIjtimoiy himoya agentligiʼʼ tashabbusi bilan viloyatimiz yoshlari imkoniyati cheklangan yoshlarga hamrohlik qilib kelishmoqda.
Yoshlar ularga imtihonga kelib-ketish jarayonlariga, roʻyxatdan oʻtish va imtihondagi hayajonni yengishda yaqindan yordam berishmoqda.
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti yoshlari ham mazkur javobli loyihaga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.
👉 @BuxTRBI - Yoshlar yoshlar uchun
Amerika elchixonasidan Qarshi shahrida xotin-qizlar uchun o'z-o'zini himoya qilish bo'yicha "self-defence" mashg'ulotlari
Talablar
— Nomzod A guruh uchun 13-17 yosh oralig'ida bo'lishi;
— B guruh uchun 18 yosh yoki undan oshgan bo'lishi (yuqori limit yo'q);
— Qarshi shahrida bo'lib o'tuvchi mashg'ulotlarga qatnasha olishi kerak.
Foydali tomonlari
— O'zlarini jismoniy zo'ravonlikdan himoya qilish;
— Yaxshi jismoniy holat va osoyishtalikni saqlash uchun texnika va mashqlar;
— Nizolarni hal qilish, ochiq muloqot va stressni boshqarish usullarini o'rganadilar
Oxirgi muddat
Iloji boricha tez
Batafsil
https://grantgo.uz/go/31313
#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #Oʻzbekiston
Telegram | grantgouz">YouTube | Mentorlik
BuxTRBI vakillari ishtirokidagi "Chilla iste'dodlar mavsumi" madaniy tadbiri Buxoro MTRK kanalining "Diyor yangiliklari" dasturida yoritildi.
@BuxTRBI
FAO Internship Program 2024 (Fully Funded)
Offered by: Food and Agriculture Organization of the United Nations
Duration: 3 to 11 Months
Scholarship coverage: Fully Funded
Eligible nationality: All Nationalities
Award country: Worldwide
Last Date: Apply anytime
Apply Link: https://brightscholarship.com/fao-internship-program-2024-fully-funded/
#BrightScholarship #FullyFunded #Internship #FAO
👉 @ZamStarshiy - baxtli bo'l
#kvota2024 #davlat_buyurtmasi #bakalavr
⚡️Magistratura uchun davlat granti
2024/2025-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari
Bizni kuzating
#kvota2024 #davlat_buyurtmasi
Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:
🔹 bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
🔸 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.
Shuningdek, Davlat komissiyasi tomonidan 2024/2025-oʻquv yili uchun:
▪️bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul boʻyicha:
➖umumiy qabul parametrlarini;
➖qoʻshimcha qabul parametrlarini;
➖oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish balini;
➖maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
➖umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini;
▪️hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha umumiy qabul parametrlarini tasdiqlanishi belgilandi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
#Chilla_isteʼdodlar_mavsumi
Shu yilning 16-iyul sanasida Buxoro shahridagi Markaziy madaniyat va istirohat bog’ida “Chilla iste’dodlar mavsumi” madaniy tadbiri boshlanganidan xabaringiz bor. E’tiborlisi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Buxoro viloyati bo'limi hamda boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida uyushtirilayotgan ushbu loyihada BuxTRBI vakillari ham faol qatnashyaptilar.
Ushbu o’ziga xos madaniy tadbir dasturidan bir qancha aksiya va tomoshalar o’rin olgan bo’lib, yozni oila a’zolaringiz, yaqinlaringiz bilan maroqli o’tkazishingizga, yosh iste’dod egalarini kashf etishga xizmat qilyapti.
/channel/BuxTRBI
#Chilla_isteʼdodlar_mavsumi
"Chilla — iste'dodlar mavsumi" madaniy-ma'rifiy tadbiridan lavhalar
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
⚡️Oʻzbekistonda diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlarning 2024-yil uchun roʻyxati tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan (TOP-1000) oliy taʼlim muassasalarining roʻyxati tasdiqlandi.
Ushbu roʻyxatga kiritilgan, yaʼni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatidan joy olgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida olingan diplomlar toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.
👉 @BuxTRBI
❓Test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?
#abituriyent
3 ta majburiy fanlar uchun (jami 30 ta savol) — 60 daqiqa (1 soat);
2 ta mutaxassislik fanlari uchun (jami 60 ta savol) — 120 daqiqa (2 soat).
Jami: 180 daqiqa (3 soat).
➖ Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha mutaxassislik fani uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa (1 soat) ayirib tashlanadi. Agar ikkita mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi;
➖ Agar abituriyentda ona tili va adabiyot, tarix hamda matematika fanlaridan sertifikati bo'lsa, unda u majburiy fanlardan ham testdan ozod qilinadi. Bunda har bir ozod bo'lgan fani uchun 20 daqiqa chegirib tashlanadi. Masalan, 2 ta majburiy fandan test topshirsa, unda 40 daqiqa beriladi;
➖ Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.
❗️Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
@Tezkor_Bukhara
#o‘qishni_ko‘chirish
#o‘tish_ballari
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
Bizni kuzating
#BuxTRBI_Yoshlari
#Yoshlar_ittifoqi
#sayohat
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutining yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti jamoasi a'zolari oliy ta’lim maskanimiz psixologi Ezoza Elbekova hamrohligida Buxoro shahrining tarixiy yodgorliklari bo’ylab ekskursiyaga chiqdilar.
@BuxTRBI_Yoshlari