buxtrbi | Неотсортированное

Telegram-канал buxtrbi - "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

2084

''TIQXMMI'' milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hayotiga oid xabar va media almashinuvi. Creator: Navruz Saidov Admin bilan aloqa: Matbuot kotibi @Azamat_Nafiddinovich

Подписаться на канал

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Institutimizning qadrli talabalari!

O’ziga xos o'yinimizda ishtirok etib, yaxshigina sovg’alarga ega bo’lishni istaysizmi?

Bu juda oson!

Unda o'yinda qatnashib, omadingizni sinang!

🤔“Xo’sh, buning uchun bizdan nima talab etiladi?” deysizmi?

Aytarli hech narsa!

Shunchaki institutimiz rektori Shavkat IMOMOVning instagram va telegramdagi rasmiy sahifalariga obuna bo'lish kifoya!

BuxTRBIning instagramdagi kanali obunachilari orasidan Shavkat Jahonovichning shaxsiy akkauntini topib, unga va o’sha joyda ko’rsatilgan telegram havolasiga obuna bo’ling!

👉Instagram sahifa

👉Telegram sahifa

Shoshiling va yutuqlarga erishing!

@BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

https://www.uza.uz/uz/posts/iqlim-ozgarishining-izhtimoiy-iqtisodiy-oqibatlari-togrisida-aholining-xabardorligini-oshirish_601082

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

⚡️⚡️⚡️Muhim hayotiy faktlar Shaha Dolimovdan!

1. Tez, oson va yengil nimagadir erishish absolyut cho'pchak!

2. Your Network is Your Net Worth

3. Agar dunyoni xoxlagan eshigini ochib kirish uchun bitta kalit bo'ladigan bo'lsa u ham ingliz tili!

4. Oldin o'zingning oldingda hurmat qozonishni uddala.

5. Sog'lom turmush tarzini shakllantirish bu pul topishdan ko'ra muhim va qiyinroq ish!

6. Pul, mashhurlik ortidan qancha quvganim sari u mandan shuncha qochishni boshladi!

7. Yolg'iz kino ko'rish, yolg'iz taom tanovul qilish, yolg'iz sayrga chiqish yani yolg'iz inson o'zini fikrlari bilan o'zi qolishi bu kuchsizlik emas bu super kuch ekanligini tushundim!

8. Uzoq muddat xato qilmasam demak o'sishdan to'xtayotganim, agar tezroq bir narsa qilmasam tez orada qulashimni tushunib yetdim

9. Natija kafolatlanmagan 50-50 doim!

10. Erkak muvaffaqiyatining juda katta qismini u tanlagan umr yo'ldoshiga bog'liq!

11. Xotiralar sotib olishdan kelgan xursadchilik, narsa sotib olishdan kelgan xursandchilikdan ko'ra ancha uzoq davom etadi!

Agar bular haqida batafsil tushunmoqchi bo'lsangiz - https://youtu.be/Ytu7-4HQGwk?si=U1SUin3y5TAB8eCr

👉 @ZamStarshiy - baxtli bo'l!

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

#Mirzo_Ulug‘bek_vorislari

✅ “Mirzo Ulug’bek vorislari” tanlovining Buxoro  viloyat bosqichida gʻolib boʻlgan 20 nafar ishtirokchilar Respublika bosqichiga ishtirok etmoqda.

🔥Respublikaning barcha hududlaridagi iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilib kelinayotgan  “Mirzo Ulug‘bek vorislari”  tanlovning eng so'nggi  Respublika bosqichi 21-24 may kunlari Toshkent shahridagi "Turin Politexnika Universiteti"da bo’lib o’tmoqda.

Unda Buxorolik ishtirokchilarning barchasi o’z loyihalarining taqdimotlarini respublika komissiya a’zolariga namoyish etishdi.

✅Eng yaxshi deb topilgan 100 nafar ishtirokchi BHM ning 20 barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


Bizni kuzatishda davom eting

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

📌”TIQXMMI” MTU BuxTRB institut psixologlari D.Saidova va E.Elbekova tomonidan 1-son talabalar turar joyida talaba qizlar bilan uchrashuv tashkil qilinib, talabalarni qiynaydigan masalalar o'zaro muhokama qilindi.

☑️ Oila va oiladagi vazifalari, ular qadrlaydigan tushunchalarning hayotidagi o'rni haqida suhbatlashib, trenning oʻtkazildi. Talaba qizlar hayotda to'g'ri maqsad qo'yishning qanchalik muhimligi, maqsad sari qanday harakatlar qilinishi kerakligi, jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishda bajarilishi kerak bo'lgan barcha harakatlar haqida ma'lumotga ega boʻlishdi.

🔰Trening qiziqarli savollar, bahs-munozaralarga boy o'tdi. Talabalar o'zlari qiziqqan barcha savollarga javob olishdi.

💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
TelegramInstagramYouTubetiiamebb.uz

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

ROMITANGA SAFAR

Mazkur hududdagi maktablarning bir qancha bitiruvchilari ham institutimiz faoliyati, bu yerdagi shart-sharoitlar haqida yetarlicha ma’lumot oldilar. Bunda ularga BuxTRBIning Suv ta'minoti va tejamkor sug'orish texnologiyalari kafedrasi professor-o'qituvchilari bilan bo’lgan muloqot ancha asqotdi.

Oliy ta’lim dargohimiz vakillari tumandagi 1-, 2- va 4-o’rta umumta’lim maktablarida o’tgan uchrashuvlar chog’ida yigit-qizlarga muassasamizning tarkibiy tuzilmasi, kafedra va ta'lim yo'nalishlari, shuningdek, axborot-resurs markazi, ilmiy tadqiqot maskanlari, sport obyektlari, yotoqxonalar, umuman, institutda talabalar uchun yaratilgan ko’plab imkoniyatlar haqida so’zlab berdilar.

Qolaversa, so'nggi yillarda suv xo‘jaligi, agrosanoat sohalarida qo’l urilayotgan islohotlar, bu yo’nalishlarda tadbirkorlik faoliyatini yuritish talablari, bitiruvchi yoshlarni oliy ta’limga keng jalb etish maqsadida berilayotgan qator imtiyozlar xususidagi ma'lumotlar talaba bo’lish ishtiyoqidagi yoshlarda katta qiziqish uyg’otdi.

O’z navbatida, institutimizning bugungi kuni, qiyofasi, shart-sharoitlari, ta’lim va ilmiy tadqiqot jarayoni aks etgan videolavha romitanlik yigit-qizlarda iliq taassurot qoldirdi.

/channel/BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

AYOL SAVODXON BO’LSA…
Jadidlarni qiynagan bugunning og‘riqlari


Jadid ma’rifatparvarlari asarlarida xotin-qizlar savodxonligi, oila bilan bog‘liq masalalar muhim o‘rin tutadi. Ularni tahlil qilish va hayotga tatbiq etish inson ma’naviy barkamolligini ta’minlashda zarur ahamiyatga ega.

Muhammadsharif So‘fizodaning “O‘qunglar, onalar”, Tavalloning “Hamshiralar tilindin” she’rlarida Turkiston ayollari “mute joriyalar”ga aylanib qolgani, ularning ma’rifatli bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatayotgan johillar tanqid qilinadi, ma’rifatni keng yoyish targ‘ib etiladi.

Abdulla Avloniy xotin-qizlarni ilm olishga, kasb-hunar o‘rganishga undab bunday yozadi: “Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilinur?” degan savol keladur. Bu savolga “Birinchi uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchisi – maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur” deb javob bersak, bir kishi deyurki, “Qaysi onalarni aytursiz, bilimsiz boshi paxmoq, qo‘li to‘qmoq onalarmi? O‘zlarida yo‘q tarbiyani qaydan olib berurlar” der (Avloniy A. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. II jild. Toshkent, “Ma’naviyat”, 1998. 37-bet). Chunki, deydi u, “onalarimiz bilim va tarbiya o‘rnig‘a erlari ila urushib-talashub qizlarig‘a mol qilmakni yaxshi ko‘rurlar”. U bu holga tushishimizga “ilmsizligimiz, dunyodin xabarsizligimiz”ni sabab qilib ko‘rsatadi va qizlarga turli ziynatlar emas, aksincha ilm, hunar lozimligini uqtiradi: “Juda aqchangiz tashlabilmay turg‘on bo‘lsangiz, mahallangizdan biror qizlar maktabi ochib durustroq bir muallima keltirungiz”. U o‘g‘il bolalarga nisbatan qiz bolalarga ilm, hunar ko‘proq zarurdir, deb hisoblaydi.

Rauf Muzaffarzoda milliy matbuot qanday bo‘lishi, qaysi yo‘nalishda rivojlanishi haqida fikr bildirar ekan, “Erlarimiz ham, xotin-qizlarimiz ham maishat, tarbiya va dunyo ila tanishtursun va onlarning fikrlarini ochub ahvoli olamdin xabar bersun” (Muzaffarzoda R. Yangi yildan eski tilaklar // Sadoi Turkiston. 1914-yil 2-yanvar) deb yozadi. Quvonarli jihati shundaki, ushbu murojaatga javoban ayol mualliflarning Turkiston xotin-qizlari hayoti, kundalik turmushi bilan bog‘liq voqelikni kengroq yoritgan maqolalari vujudga keldi. Masalan, Sora Muzaffariya o‘lka xotin-qizlarining haq-huquqlari haqida bunday yozadi: “Bizda iste’dod ham bor, qobiliyat ham bor. Ong va fikr ham bor. Bir uy ichigina emas, ba’zi erlar ham o‘rniga keltira olmaydigan, mamlakatlar idora qiladurg‘on quvvat ham bor” (Muzaffariya S. Ayb o‘zimizda // Sadoi Turkiston. 1914-yil 23-avgust). U chor devor asirasiga aylangan, mute, kundosh azobidan ezilgan Turkiston ayollarini birlashishga, eskicha hayot tarzini buzib, yangicha hayot kechirishga chaqiradi. “Ammo xotin-qizlarimiz ko‘p qo‘zg‘olmaydurlar, qo‘zg‘olsalar ham matlub darajada emas. Ey islom xotunlari! O‘n uch asrlik tajriba bizga bunday yashashning natijasi nima va qanday bo‘lishini emdi ko‘rsatdi”.

Is’hoqxon Ibrat “Tarixi madaniyat” asarida qizlarni o‘qitish borasida quyidagilarni yozgan: “Ammoki qizlar maktabig‘a kelsak, bu qiyinroq ko‘rinadur. Xalqni vahshiyot va ota-onalar qizlarini ehtiyot qilishi, odamg‘a, bir yerga yubormasligi, xalqni ilm qudratini bilmagani, xusus, xotunlarda taassufga g‘arq bo‘lub, bular bu taassufni yo‘qotishga ellik yillar kerak bo‘lishi ko‘runadur. Munga ham yo‘llar tofsa bo‘lurki, otunbibilarni erlari targ‘ib qilsalar, muallimalarda bir-ikki oylar yozuv va hisoblarni bilib olub, andin so‘ng o‘zlarini mahallasiga otunbibilardan muallima qilib, oncha-muncha oylik berib tursalar. Bularga vaqti-vaqti ila katta muallima tefasidan qarab tursa, besh-o‘n yillar ichinda har qishloqda besh-o‘n muallima tayyor bo‘lishini umid qilsa bo‘lur” (Is’hoqxon Ibrat. Tarixi madaniyat // O‘zFA ShI qo‘lyozmalar fondi. Inv. №10117. To‘raqo‘rg‘on, 1925. 137-bet).

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Viloyatimizdagi qator maktablarda institutimiz faoliyati bilan o'quvchi yoshlarni batafsil tanishtirish va ularni oliy ta'lim dargohimizda o'qishga qiziqtirish maqsadida BuxTRBIning professor-o’qituvchilaridan iborat ishchi guruhlari uchrashuvlar o’tkazayotganlaridan xabaringiz bor.

Galdagi muloqotlar G’ijduvon tumanining quyi bo’g'indagi bir qancha bilim maskanlarida bo’lib o’tdi.

Institutimizning gidromelioratsiya fakulteti Umumtexnika fanlari kafedrasi professor-oʻqituvchilari 14-, 17-, 25-, 64- va 67-o’rta maktablarda bitiruvchi yigit-qizlar bilan uchrashdilar.

Talaba bo’lish istagidagi bu yoshlar jonli, qizg’in suhbat asnosida o’zlarini qiziqtirgan ko’plab savollarga javob oldilar.

/channel/BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Ijtimoiy gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi jamoasi Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi umumta’lim maktablarida bo‘lib institut professor-o‘qituvchilari maktablarning mazkur o‘quv yili bitiruvchilari bilan davra suhbati o‘tkazibdi.

Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imkoniyatlar eshigini ochib berayotgan qonunlar, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishga doir yangi qaror va farmonlar haqida ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutidagi mavjud yo‘nalishlar, yoshlar uchun imkoniyatlar, Ijtimoiy gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi jamoasi Buxoro viloyati talabalar turar joylaridagi sharoitlar, institut ARMda mavjud imkoniyatlar, barcha yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar va institutda Xalqaro hamkorlik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida gapirildi.

💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
TelegramInstagramYouTubetiiamebb.uz

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

⁉️Audio nima haqida???

Yevropada hayot va ta'lim
Qiziq hodisa va jihatlar
Ta'limning qiyin va oson jihatlari
Bakalavr, magistr, Phd va stajirofka uchun NSP granti
va boshqa qiziq savollarga javoblar


Suhbat davomida foydali "key word" aytib o'tildi, uni topishga va foydalanishga harakat qiling! "Key word" dastlabki 10 kishi uchun ishlaydi!
👉 @Ulugbek_Ergashev_1

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Issiq jonmiz. Bazan kasal bo’lamiz. Shu kasal bo’lganimizda ishlatishimiz mumkin bo’lgan so’zlar, ayniqsa chet elda bo’lganimizda.

Allergic
to - ga allergiyasi bo’lmoq
— I’m allergic to animals

Call an ambulance 🚑 - Tez yordam chaqirmoq
— Please call an ambulance immediately

In case of an emergency 🚨 - Favqulodda vaziyatda
— You can call 103 in case of an emergency

Painkiller 💊 - og'riq qoldiruvchi
— I’m taking painkillers

Have a fear of needles 💉 - Shpris/ ignalardan qo'rqmoq
— I have a fear of needles, so I only take pills to recover

Get an injection - ukol olmoq
— I rarely get an injection.

Recover - tuzalmoq
— To recover, you shouldn’t drink cold water

#yodoling
Do'stlaringizga ham ulashing!
👉
@Rus_tili_sozlashuv
👉
@English_Quiz_Vocabulary

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

SHOFIRKONDA REKTOR BILAN UCHRASHUV

Profilaktika inspektorlari tomonidan alohida ro'yxatga kiritilgan, moddiy sharoiti og'ir, notinch oilalar holidan xabar olish, ota-onasi ajrashish yoqasida turgan, turli qiyinchiliklarga uchrayotgan o’g’il-qizlarga har tomonlama ko’maklashish oliy ta’lim maskanlari mutasaddilari zimmasida.

Bevosita davlatimiz rahbari topshiriqlari asosida bu borada amaliy ishlarga qo’l urilayotgani, shu yo’nalishdagi xayrli chora-tadbirlar an’ana tusiga kirayotgani e’tiborga molik. Xususan, kuni kecha institutimiz rektori Shavkat Imomov Shofirkon tumanida bo’lib, u yerdagi ayrim ehtiyojmand oilalarning farzandlari holidan xabar oldi.

Eslatish joizki, ta’lim dargohimiz ushbu hududdagi Shibirg’on mahallasida yashayotgan 15 chog’li o’g’il-qizning ta’lim-tarbiyasiga, oilaviy sharoitlari bir qadar yaxshilanishiga, ularning har birini ruhan-ma’nan qo’llab-quvvatlashga mas’ul etib belgilangan.

Joriy yilgi ikkinchi uchrashuv ham qizg’in ruhda o’tdi. Mahalliy yoshlar bilan dildan suhbat asnosida rektor ularni o’ylantirayotgan turli masalalarni o’rgandi, muammolarni hal etish borasida o’z maslahat va tavsiyalarini berdi. O’z navbatida, BuxTRBIning yoshlar yetakchisi Qamariddin Muhammadov hamda institut talabasi, telemuxbir Gulsara Muzaffarovalar ilm va kasb-hunar o’rganish yo’l-yo’riqlari, bu boradagi o’z tajribalari xususida to’xtaldilar.

Shuningdek, shu mahalla hududidagi 27-o’rta maktabda oliy ta’lim maskanimiz vakillari BuxTRBIda o’qishning afzal jihatlari, bu yerda yaratilgan shart-sharoit, imkoniyatlar haqida bitiruvchi o’quvchilarga batafsil ma’lumot berdilar.

💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
TelegramInstagramYouTubetiiamebb.uz

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Assalomu aleykum YOSHLAR🙋‍♂️

Siz ingliz/rus tillarini yaxshi bilasizmi? Ko'ngilli yoshlar davrasida bo'lishga, yangi do'stlar orttirishni, qolaversa Xalqaro darajadagi FIFA tashkilotiga yordam beruvchi jamoaga qo'shilib, ko'plab imkoniyatlarga erishishni istaysizmi?!

Bilamizki, Buxoro viloyatida joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida ôtkaziladigan "FUTZAL BO'YICHA JAHON CHEMPIONATI"da mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqada 150 NAFAR VOLONTYOR SARALASH MAQSAD QILINGAN‼️

FIFA TOMONIDAN JUDA KO'P IMKONIYATLAR TAQDIM ETILYABDI, ULAR BILAN YUQORIDAGI SURATDAN TANISHING.


Ushbu suratdagi imkoniyatlarga erishmoqchi bo'lsangiz Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti yoshlari pastdagi manzillarga murojaat qiling.

Telegram: @Sadullaev_Azamat
Telefon raqam: +998934509822

BU XALQARO CHEMPIONATDA BARCHANI ISHTIROK ETISHGA CHORLAB QOLAMIZ!

👉 @BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Suhbatimiz boshlanishiga 5 soat qoldi - /channel/BuxTRBI_uz?videochat=7596e11455ebc4c442

Sizni qiziqtirgan savollar bo'lsa suhbatdan oldinroq izohlarda yozib qo'ying, biz albatta javob topishga harakat qilamiz!

👉 @BuxTRBI va @BuxTRBI_uz - Yevropa orzusida yurganlarga yuborib qo'ying!

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Institutimiz faoliyati va imkoniyatlari bilan maktab o’quvchilarini yaqindan tanishtirishga qaratilgan targ’ibot tadbirlari Qorovulbozorda ham bo’lib o’tdi.

Tyutorlarimiz u yerdagi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida hamda 8-IDUMda mahalliy mas’ullar va o’quvchi yoshlar bilan uchrashib, dildan suhbat qurdilar.

Muloqot asnosida ushbu bilim dargohlari bitiruvchilari BuxTRBIdagi qator ta’lim yo’nalishlariga qiziqish bildirib, yaqin kelajakda institutimizda o’qish niyatida ekanliklarini ta’kidlashdi.

💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
TelegramInstagramYouTubetiiamebb.uz

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

#Buxoro viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Buxoro viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

▪️Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati Buxoro shahar bo‘limi: "Bog`idasht" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati Buxoro tumani bo‘limi: "Bog`ikalon" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi: Teхnik kuzatish va bajarilgan ishlarni qabul qilish bo`limi boshlig`i o`rinbosari (ichki tanlov);

▪️Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi: Bosh boshqarma boshlig`i o`rinbosari (ichki tanlov);

▪️Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi: Teхnik kuzatish va bajarilgan ishlarni qabul qilish bo`limi bosh mutaхassis;

▪️Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi: Teхnik kuzatish va bajarilgan ishlarni qabul qilish bo`limi bosh mutaхassis;

▪️Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati Qorako‘l tumani bo‘limi: "Sayyod" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati Shofirkon tumani bo‘limi: "Guliston" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Shofirkon tuman hokimligi: "Zarchabek" mahalla fuqarolari yig`inidagi hokim yordamchisi;

▪️Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Buxoro viloyati boshqarmasi: Atrof–muhitni monitoring, iqlim o‘zgarishi va cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘limi boshlig'i;

▪️Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Buxoro viloyati boshqarmasi: Romitan tuman Tabiat resurslari inspeksiya boshlig‘i;

▪️Kogon shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi: bosh iqtisodchi;

❗️Arizalar 26.05.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

▪️
Agentlikning Buxoro viloyati filiali — 65-221-03-17

▪️ Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

▪️ Vakansiyalar kanali — @vacancy_argos

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

📌Buxoro viloyatida "Tengdosh tengdoshga" tamoyili asosida, “Men O‘zbekistonlikman” shiori ostida keng qamrovli targ‘ibot aksiyasi davom etmoqda.

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida targ’ibot ishlari bo‘ldi.

🔹Ular yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar mazmun- mohiyatini yetkazish, aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy bilimlarini, intellektual-ijodiy salohiyatlarini, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, yoshlarni noan’anaviy usullar bilan kreativ fikrlash va tahlil qilishga o‘rgatish, yoshlarni ilm-fan, innovatsiyalarga qiziqtirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarda Vatanparvarlik, millatini qadrlash tuyg‘ularini to‘g‘ri shakllantirish, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga qiziqtirishga ko‘maklashish yo'nalishlarida mahorat darslari, intellektual o'yinlar va ochiq muloqot o‘tkazdilar.

🔸Tadbir davomida faol yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

@BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Maktablar bo’ylab tashkillashtirilayotgan o’ziga xos targ’ibot tadbirlarimizning geografiyasi tabiiyki sharif shahrimizni ham qamrab olgan.

Tabiiy resurslar muhandisligi fakultetining O'zbek tili va adabiyoti, xorijiy tillar kafedrasi professor-o’qituvchilari aynan viloyatimiz markazidagi qator ta’lim maskanlarida bo’lib, u yerlarni bitirib, yangi hayotga uchirma bo’layotgan yigit-qizlar bilan uchrashdilar.

12- va 37-IDUMlarda, shuningdek, 8-, 21-, 30- va 34-o’rta umumta’lim maktablarida o’tgan suhbatlar orqali o’quvchilar BuxTRBIdagi fakultet, yo’nalishlar, shart-sharoit hamda imkoniyatlar haqida yetarlicha ma’lumot oldilar.

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

⚡️⚡️⚡️“Yuksalish” harakati, Latviya mahalliy boshqaruv organlari assotsiyasi Yasin (LPS) bilan birgalikda “O'zbekistonda iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish va moslashish boʻyicha barqaror siyosatni rivojlantirish” loyihasi doirasida seminar trening bo'lib o'tmoqda.

Loyiha maqsadi: Mahalliy davlat hokimiyati organlari salohiyatini kuchaytirish, iqlim o'zgarishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari to'g'risida jamoatchilik xabardorligini oshirish va qarorlar qabul qilishda jamoatchilikni jalb qilish orqali O`zbekistonning iqlim oʻzgarishi siyosatini barqaror rejalashtirishni takomillashtirish.

Seminar-treningda BuxTRBIning Gidrologiya va ekologiya kafedrasi va Umumtexnika fanlari kafedrasi professor-o'qituvchilari ham faol ishtirok etishmoqda!

👉 @BuxTRBI - onlayn qo'rg'onimiz

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

KUTUBXONACHILAR KUNIGA ATAB…

Intitutimiz talabalari, ilmiy tadqiqotchilari hamda professor-o'qituvchilarining ilm-fan, ma'rifat, zarur ixtisosliklarni puxta o’zlashtirish, professional faoliyat borasidagi kasbiy, madaniy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishlarida BuxTRBIdagi Axborot-resurs markazining ahamiyati katta.

Eslatish joizki, ushbu ziyo maskani fondi hamda elektron bazasidan turli mazmundagi 30 ming atrofida bosma kitob va 13 mingga yaqin elektron shakldagi adabiyotlar o’rin olgan.

Albatta, buncha manbani ma’lum tizimga solib, zarur talablar asosida kitobxonlarga yetkazish, foydalanuvchilarga bu borada qulayliklar yaratish, qolaversa, diyorimizdagi boshqa ko’plab kutubxonalar, axborot-resurs markazlari bilan doimiy hamkorlikda samarali ish yuritish o’z-o’zidan bo’lmaydi. Bunda institutimizdagi ARM xodimlarining beminnat xizmati, bilim va salohiyatlari, izlanish hamda mehnatlari asqotyapti.

Ayni shu muhim jihatlarni BuxTRBI rektori Shavkat Imomov 21-may – Kutubxonachilar kuni munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda ta’kidladi.

Ta’lim dargohimiz rahbari ARM xodimlarini qutlarkan, ularga tashakkurnomalar topshirdi va bundan buyon ham kutubxonachilarimizning mehnat faoliyatlarida omad yor bo’lishini tiladi.

/channel/BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Jadidlar oila va jamiyatda o‘qimishli ayolning o‘rni hamda mavqei o‘zgacha ekanini tushuntirishga harakat qilganlar. Bu haqda manbalardan quyidagilarni bilish mumkin: “...xotunlarni o‘qitmoq va alarning aqllariga jilo bermoq va erlari birla yaxshi muomala qilmoq va bolalarini tarbiyat qilmoq va zindakorchilikni yaxshi bilmaklari xususida ta’lim albatta zarurdir” (Bir musulmon // “Turkiston viloyati” gazetasi, 1912 yil 20 sentyabr).

Jadid maktablarida ta’lim olgan ayollar o‘zbek xotin-qizlarining ahvoli haqida qayg‘urganlar. 1906-yilda qo‘qonlik Tojiyaxon birinchi turk tili ayollar jurnaliga o‘zbek ayollari nomidan xat yozib, turkistonlik muslimalarning ahvolidan shikoyat qilgan: “Hammaga ayon bo‘lsa kerak: bugunda Rossiyada erkinlik, huquqlar, o‘sish va islohotlarga katta ahamiyat berilyapti. Musulmon ayollari ham o‘ziga xos haftalik nashrga ega va ular o‘z fikr-mulohazalari, savollari va takliflarini yozib yuborishga qodirligi ma’lum. Bunga faqat barakallo deymiz! Ammo biz Rossiya markazida faoliyat ko‘rsatayotgan musulmon ayollariga minnatdor holda bu yerda o‘z vazifalarimizni ayni darajada bajara olishga imkonimiz yo‘qligidan afsusdamiz. Boshqalar astoydil harakat qilarkan, biz Sartiya musulmon ayollari ko‘p narsadan bexabar, hamon uyqudamiz. Ro‘znomaning faqat bir necha satrlarida biz Sartiya musulmon ayollarining Qirim va Qozon ayollariga nisbatan o‘z huquqlarimiz haqida bilimga ega emasligimiz haqida yozilsaydi! Agar bizning ahvolimiz haqida bayon qilinsa, kelajagimiz islohotlar orqali yaxshilanishi mumkin va biz o‘z huquqlarimizga ega bo‘lardik... Biz hammamiz ilm va ta’limga muhtojmiz! Hozir bilim olmasak, kelajakda ham buning iloji bo‘lmaydi. Faqat yuzdan bir musulmon ayoli yozish va o‘qishni bilishini ta’kidlash lozim... Biz o‘z farzandlarimizni o‘zimiz kabi ilmsiz qilib tarbiyalashni istamaymiz. Biz farzandlarimiz uchun qizlar maktabi ochishga urinayotgan no‘g‘ay o‘qituvchilariga yordam qila olmayapmiz. Bizning ilm olishga bo‘lgan urinishlarimiz bizga yo‘l ochib bermay, qiyinchilik tug‘dirib, dong qotib qolganimiz tan olinishi zarur. Agar shu yo‘lda davom etadigan bo‘lsak, bir kun biz musulmon ayollarining nomi tarix sahifalarida nafrat bilan tilga olinishi tayin”.

Muharrirga yo‘llangan maktubda jadidlar tomonidan o‘sha kezlar muhokama qilinayotgan muammolar ko‘tarilgan, ammo ular Tojiyaxon tomonidan ayollar muammosi sifatida ta’kid etilgani noyob holatdir. Tojiyaxon Sartiya (ya’ni o‘troq turkistonlik yoki o‘zbek) ayollarining o‘z huquqlarini bilmasligi va ularni qutqarishning yagona yo‘li – ularga zamonaviy ta’lim berish ekaniga alohida urg‘u beradi. Uning murojaati islomiy ta’limni zamonaviy G‘arb ta’limiga munosib tarzda o‘zgartirishga undaydi. U o‘z murojaatida Rossiyadagi musulmon ayollari, ya’ni tatar millatiga mansub ayollarni nazarda tutgan.

Tojiyaxon muhojirlar oqimini ko‘rgan Qo‘qon shahrida yashagan. Shahar Rusiya imperiyasi temir yo‘l xizmatiga bog‘langandan so‘ng ko‘plab rus va tatar musulmonlarini qabul qilgan edi. Qo‘qonda paxta va don eksportiga sarmoya kiritilgan, bank tizimi rivojlangan. 1900-yilda Qo‘qonda to‘rtta nashriyot uyi, bir necha kitob do‘koni mavjud bo‘lib, yangi uslubdagi jadid maktablari maktab va madrasalar qatoriga qo‘shilgan edi.

Jadidlarning ayollarni yangi, zamonaviy ta’limga targ‘ib qilish harakatlari ba’zilar tomonidan ma’qullanmagan. Ayrimlar ularni ayollarning paranji-chachvonini yechib tashlash, savodxon bo‘lib, dindan uzoqlashishda ayblagan. Bu harakatlar diniy konservativ guruhlarning noroziligiga uchragan. 1907-yili yana bir turkistonlik ayol Nojiyaxon Dumaning musulmon a’zolariga maktub yozadi. U musulmon ayollarining erkaklar tomonidan to‘rt devor orasida qamab qo‘yilganidan shikoyat qiladi. Istanbul va Misrda xotin-qizlar tijorat bilan shug‘ullanish, hajga borish huquqiga ega ekani haqida yozib, Dumaning musulmon a’zolaridan turkistonlik ayollarga ham bu huquqlar berilishi lozimligini talab qiladi.
Sayyora TO‘YCHIYEVA,
falsafa fanlari doktori, professor


(“Tafakkur” jurnalining shu yilgi 1-sonidan)

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

“Инсон илк бор кўз очиб кўрган масканида шахс сифатида камолга етади. Айнан оилавий ҳаёт бизнинг бахт-саодат нималигини англашимизда, фарзандлик, ота-оналик ёки бобо-бувилик мартабаларига эришишимиз, ва умуман, жамиятнинг тўлақонли аъзоси бўлишимиз асосидир. Юртимизда ҳуқуқий-демократик давлат ҳамда эркин фуқаролик жамияти яхлитлигини кафолатловчи айни шу институтни мустаҳкамлаш йўлида қатъий, пухта ва аниқ сиёсат олиб борилаётгани бежиз эмас. Бугунги ислоҳотларнинг бари айнан мўжаз ватан манфаатларини ижтимоий қўллаб-қувватлашга қаратилгани билан ҳам муҳим...”

Bu – institutimizning Ijtimoiy-gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti vazifasini bajarayotgan Abera Gadoyeva muallifligida “Buxoronoma” gazetasining shu yil 22-maydagi 35-sonida e’lon qilingan “Mo’jaz vatan mustahkam bo’lsin” nomli maqoladan parcha.
Viloyat hokimligi muassisligidagi nashrda chiqqan bu materialni mana bu elektron variantda to’liq o’qishingiz mumkin.

/channel/BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

#Mirzo_Ulug‘bek_vorislari
#respublika_bosqichi_start

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi respublika bosqichi. Birinchi kun
.
________

Республиканский этап конкурса "Наследники Мирзо Улугбека". День первый.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Yer resurslaridan foydalanish va davlat kadastrlari kafedrasi professor o'qituvchilari Buxoro viloyati Jondor tumanidagi mavjud bo'lgan jami 47 ta maktab hamda 3ta IDUM ga tashrif buyurdilar. Kafedra o'qituvchilari maktablardagi 2023-2024o'quv yilidagi bitiruvchi 11-sinf o'quvchilari bilan alohida suhbat o'tkazib mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid olib borilayotgan yoshlar siyosati haqida,yoshlarni oliy ta'lim muassasalariga jalb qilish, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish haqida ma'lumotlar berildi. O'quvchilarga Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti haqida,institutning tarkibiy tuzilishi, kafedralar, ta'lim yo'nalishlari, axborot resurs markazi, yotoqxonalar,institutda talabalar uchun yaratilib berilgan imkoniyatlar haqida ham ma'lumotlar berildi. Kafedra o'qituvchilari so'nggi yillarda kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham o'quvchilarga ma'lumotlar berdilar.Ko'plab bitiruvchi sinf o'quvchilari kelgusida Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutini tanlashni o'z oldilariga maqsad qilib qo'ydilar.

💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
TelegramInstagramYouTubetiiamebb.uz

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

#Sayyor_qabul

⚡️2024-yil 21-may kuni soat 10:00 dan boshlab Buxoro davlat universiteti "Ofis registrator" markazida Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Rajabbayev Sharof Raximberdiyevich sayyor qabul o‘tkazadi.

Ushbu qabulda, professor o'qituvchilar, olimlar va yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari, muammo va takliflari, shuningdek yangi innovatsion g'oyalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

📩Savol va takliflar uchun @innovationgov murojaat qilishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

O’zbekiston Ko’zi ojizlar jamiyatining Buxoro viloyati bo’limida “Orasta qizlar” respublika ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi. Unda o’ndan ortiq yosh qizlar ishtirok etib, sog’lom turmush tarzi targ’iboti, milliy qadriyatlarimizni asrash, bilim va kasb-hunar egallashning ahamiyati ifodalangan turli shartlar asosida o’z iqtidor hamda salohiyatlarini ko’rsatdilar.

E’tiborlisi, ushbu ko’rik-tanlovni yuqori saviyada o’tkazishga bosh-qosh bo’lgan mutasaddilar orasida institutimiz vakilasi ham bor. BuxTRBIning kadrlar bo’limi boshlig’i Abera Hasanovna Gadoyeva “Orasta qizlar”ning mazkur bosqichida juri a’zosi sifatida qatnashib, ko’rik yakunidagi taqdirlash marosimida ishtirokchi qizlarga diplom va esdalik sovg’alarni topshirdi.

💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
TelegramInstagramYouTubetiiamebb.uz

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

https://ffwc2024.volunteer.fifa.com/

Yuqoridagi havola orqali siz ham ro'yxatdan o'tishingiz mumkin!

Keraksiz xabarlarni o'qishda davom etishingiz ham mumkin!
👉 @ZamStarshiy - be happy!

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Institutimiz doktoranti (DSc) dotsent Tojiddin Khayrullayevich Jo'rayev ayni vaqtda INTI Xalqaro Universiteti (Malayziya) Ilmiy xodimi sifatida ham faoliyat olib bormoqda. INTI Xalqaro Universitetining Ilmiy ishlar bo'yicha 2024 May oyi byulletenining Ilmiy xodimlar yutuqlari rubrikasida "Journal of Engineering Science and Technology" - Q3 maqola chop etgani mamnuniyat bilan e'lon qilgan. "Industrial Design in Agriculture Engineering by Geometric Modeling" nomli usbu maqola hammualliflari: prof. Sh.J.Imomov, PhD. Yuli Pancha, prof. R.Xujaqulov, doktorant T.Abdukarimov.

💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
TelegramInstagramYouTubetiiamebb.uz

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Gul-chechaklar jozibasi

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

#targibot
SAFIMIZ KENGAYSIN

Yangi o'quv yili tobora yaqinlashib kelyapti. Ayni hozir umumta'lim maktablarini bitirayotgan o'quvchi yoshlar hayotida muhim burilish pallasi.

Yuzlab, minglab o'g'il-qizlar o’zlari voyaga yetgan jonajon bilim maskanlarini tark etib, yangi hayot ostonasida turibdilar. Ularning aksariyati oliy o’quv dargohlariga kirib, puxta bilim olib, ilm-fanga, kasb-hunarga oshno tutinib, tez orada el-yurt koriga yaraydigan malakali kadrlar bo’lib yetishishni niyat qilishgan.

Tabiiyki, bunday xayrli niyatlar ro’yobi va sa’y-harakatlar samarasi muayyan OTMlarning nufuziga, o’ziga xos imiji va salohiyati, u yerlarda ta’lim olish yo’lida yaratilgan zarur shart-sharoit hamda imkoniyatlarga bog’liq. Institutimiz mutasaddilari ayni shu real, hayotiy jihatlarni nazarda tutgan holda Buxoro viloyatining qator hududlarida quyi bo'g’indagi ta’lim maskanlari bitiruvchilari bilan uchrashuvlar o’tkazyaptilar.

Chunonchi, kuni kecha “Umumtexnika fanlari” kaferdrasining bir guruh professor-o’qituvchilari G’ijduvon tumanida bo’lib, bir qancha maktablarda instituti faoliyati, imkoniyatlari, yutuqlari xususida o’g’il-qizlarga so’zlab berdilar. Uchrashuvlar asnosida ushbu tumandagi 3-, 23-, 26-, 28-, 30-, 31-, 51- hamda 58-o’rta maktablarning bituruvchilari o’liy ta’lim dargohimizning fakultet va yo’nalishlari, bu yerda o’qitiladigan fan va mutaxassisliklar xususida batafsil ma’lumot oldilar.

Qayd etish joizki, mazkur sakkiz maktabni joriy o’quv yilida o’rtacha 80-100 nafardan o’g’il-qiz bitirmoqda. Ular orasida ingliz tili, biologiya, matematika, fizika singari fanlardan milliy va xalqaro darajadagi sertifikatlarga ega o’quvchilar ham bor. Umid qilamizki, yuqorida ta’kidlangan targ’ibot yo’nalishidagi uchrashuvlar – OTM faoliyati bilan yaqindan tanishtirish ko’zlangan chora-tadbirlar tez orada samara berib, ana shunday, iqtidorli, izlanuvchan, tirishqoq yoshlar sinovlardan muvaffaqiyatli o’tib, institutimiz talabalari va ilmiy kadrlari safi kengayishiga hissa qo’shadilar.

@BuxTRBI ning matbuot xizmati

Читать полностью…
Подписаться на канал