Byudjetda o’qiydigan talabalar va Doktorantlar uchun stipendiya hamda Ijara shartnomasi tuzgan talabalar uchun ijara to’lovlari 15-17yanvarga qadar taqdim etiladi
Soat: 9:50dan 16:00ga qadar
@BuxTRBI
⚡️“Tomchilatib sug’orish uskunalari va jihozlari” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi.
👉Batafsil:
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
#BuxTRBI_Yangiliklar
“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish institutida Robototexnika xonasi ochildi.
👉Batafsil:
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
"ZAKOVAT" intellektual o'yini ishqibozlari diqqatiga!
🏆 Institut zakovat klubi va O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi "TIQXMMI" MTU BuxTRBI Boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan Zakovat intellektual o‘yinlariga start berildi.
Shartlar oddiy:
✅ 6-kishilik jamoa tuzing;
✅ Jamoaga nom bering;
✅ Jamoa sardorini tayinlang;
✅ @Samandar_Samandarov1 bilan bog‘lanib ro‘yxatdan o‘ting!
Kimlar ishtirok etadi.
✅ BuxTRBI talabalari;
✅ BuxTRBI magistrlari;
✅ BuxTRBI professor-o'qituvchilari.
1-2-3-4-bosqich talabalar va professor-o'qituvchilardan iborat zakovat Reyting o‘yinlari "TIQXMMI" MTU BuxTRBI ARM binosida o‘tkaziladi.
Rasmiy 18 .01.2024 kuni soat 13:00da ARM binosida boshlanadi.
Jamoalar soni chegaralangan. SHOSHILING!
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
''TIQXMMI'' milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti kitobxon talabalari uchun yana bir ajoyib loyiha!
🙌 Kitobxonlarimizni bir joyga jamlaydigan tizimli loyiha tashkil etish maqsadida “Zukko kitobxon” tanlovining qishgi mavsumiga start bermoqdamiz.
📢 Ushbu tanlovda yoshidan qatʼiy nazar barcha ishtirok etishi mumkin. Atigi 1 ta kitob oʻqib, tanlovda qatnashing va oʻz bilimingizni sinab koʻring!
Tavsiya etilgan kitob roʻyxati:
✅"Dunyoning ishlari" O'tkir Hoshimov
📌 Loyihada ishtirok etish qonun-qoidalari, hamda rag'batlantirish to'g'risida ma'lumotlarni ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin👇
https://is.gd/SbJZ6qvdrj
🔎 Siz ham ishtirok etmoqchimisiz? @Samandar_Samandarov1 orqali hoziroq roʻyxatdan oʻting!
Roʻyxatdan oʻtish muddati: 22.01.2024
O'tkaziladigan kun: 23.01.2024 13:30da bo'lib o'tadi
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshaqarish instituti Yer resurslarini boshqarish va ekologiya fakulteti O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Niyazov Xurshid Xabibovichning tavallud ayyomlari. Bugungi mazkur quvonchli kun bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Sizga sihat-salomatlik, ilmiy va oilaviy hayotingizda omad tilaymiz.
🎉Bugun yo‘lingizga gullar poyondoz,
Sezib sezmay o‘tgan yillar poyondoz,
Mehringizga tashna dillar poyondoz.
Tug‘ulgan kuningiz muborak bo‘lsin.
Allohning mehri ila yaralgan inson,
Boringizga shukurlar aytayin shodon,
Sizni baxtlar quchsin har lahza har on,
Tug‘ulgan kuningiz muborak bo‘lsin.
👉 @BuxTRBI 👈
🇺🇿“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan ''TIQXMMI'' milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti "QALQON" jamoatchilik guruh a'zolaridan bayram tabrigi
https://youtu.be/iUXGYDaOM-A
🇺🇿“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan ''TIQXMMI'' milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi faollarining bayram tabrigi
💐Bayramingiz muborak bo'lsin, yurtimizning mard va jasur o'g'lonlari!
https://youtu.be/Kjjq3mwYgAM
Bugun institutimizning “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasi professor o’qituvchilari yo’nalishning TJ va IChaB IV kurs I va II guruh talabalarni “Jondor Elektromashina Ta’mir”MChJ korxonasida tashkil etilgan kafedra filialida o’quv-amaliy darslarni tashkil etildi.
Ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi - talabalarning o‘qish davomida auditoriya mashg‘ulotlari (ma’ruza, amaliy, tajriba)da olgan nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, energiya ta’minoti bilan ishlash, ularni doimo soz holatda ushlab turish bevosita qatnashib, mutaxasislik bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash bilan birgalikda talabalarni ish beruvchi tashkilotlardagi mehnat sharoitlariga moslashishlari, ularda mehnat intizomi qoidalari, ishlab chiqarish xulqi va odobini shakllantirishdan iboratdir. O’quv-amaliy darslar davomida talabalar bilan kiyingi mashg’ulotlarni mazmunli o’kazish kelishib olindi va xolosalar ijobiy tarzda o’rganildi.
@BuxTRBI
Bugun jamiyatimizning har bir faol aʼzosi gender tengligi masalalari doirasida yurtimizda tub islohotlar olib borilayotganligidan hamda jamiyatda ayollarning faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilganligidan yaxshi xabardor.
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari o‘rtasida gender tenglik masalalari va oilalar o‘rtasida ajrimlarni kamaytirish maqsadida seminar trening tashkil etildi. Tadbirda ko‘p yillik tajribaga ega psixologlar, gender tenglik masalalari bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etishdi va Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti dotsenti vazifasini bajaruvchi A.X.Gadoyeva ishtirok etishib mavzu doirasida maʼruzalar qilishdi.
Unda gender strategiyasi doirasida gender tenglik tushunchasi jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, taʼlim, ilm-fan, sport munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini anglatishi yig‘ilganlarga batafsil tushuntirildi.
Eʼtiborlisi, seminar trening davomida malakali psixologlar ko‘magida ong ostini boshqarish, ruhiyatni negativ qarashlardan tozalash, pozitiv fikrlash orqali hayot tarzini ijobiy tomonga o‘zgartirishga yordam beruvchi psixologik mashg‘ulotlar bajarildi.
@BuxTRBI
Payme va TBC bank tomonidan Data Analytics bo'yicha bepul kurs
Payme x TBC Bank bepul Data Analytics kursiga ro'yxatdan o'tish boshlanganini e'lon qildi. Darslar yetakchi mutaxassislari va taklif etilgan ekspertlar tomonidan haftasiga 2 marta onlayn ma’ruzalar asosida bo'lib o'tadi.
Kurs kimlar uchun: Data Analytics sohasida karyera qilmoqchi bo'lganlar kursda ishtirok etishi mumkin.
Kurs boshlanishi: 2024-yil 26-fevral
4 oylik dastur data alaitikaning asosiy yo'nalishlari bo'yicha ma'lumot beradii, jumladan:
- Ma'lumotlar bazasi asoslari
- SQL tilini o'rganish
- Excel dasturi
- Python tiliga kirish
- Statistikaning asoslari va ehtimollar nazariyasi
- Mahsulot tahlili va boshqalar.
Kurs to'liq rus tilida olib boriladi. Dastur oxirida tajribali murabbiylar rahbarligida yakuniy loyiha amalga oshiriladi.
MUHIM: kursni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar Payme va O‘zbekistondagi yetakchi fintech kompaniyalaridan biri bo‘lgan TBC Bankda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
👉 RO'YXATDAN O'TISH 👈
Ariza topshirish muddati: 2024-yil 26-yanvar
@grantlar_namuna
Markaziy Osiyo davlatlari qanday nafas oladi?
Mintaqa davlatlari havoning ifloslanishiga qarshi kurashda qanday choralar qo‘llayotganini ko‘rib chiqamiz.
Batafsil — http://dy.uz/z0hiS
👉 Obuna bo‘ling - @daryo
#BuxTRBI_Yoshlari
⚡️Bugun “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti Yoshlar ittifoqi koordinatorlari Abduxoliq G’ijduvoniy MFY bilan birgalikda Mahalla hududida 70 dona mevali daraxt ko’chatlarini o’tkazishdi.
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
⚡️ DIQQAT E'LON!
"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan “Vatan- muqaddas, uni himoya qilish eng sharafli burchdir” shiori ostida ko‘rik-tanlov bo'lib o'tadi.
❗️Shartlari:
1. Tanishtiruv sharti
2. Tezkor savol- javob sharti
3. “Mardu-maydon pahlavonlar bellashuvi” sharti 4. “Sizning jasoratingiz mangu barhayot” sharti
Tanlovda I-VI bosqichgacha bo’lgan talabalar ishtirok etadilar. Har bir fakultetdan 1 ta fakultet miqyosida tanlab olingan talabalardan iborat (5 nafar) jamoalar ishtirok etadilar.
🏢 O'tkazilish joyi: Institutning faollar zalida 2024 yil 12- yanvar soat 12-00da bo'lib o'tadi.
Nizom
🎁 G'oliblikni qo'lga kiritgan talaba yoshlar diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi.
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
#yoshlar_akademiyasi
#istiqbolli_yoshlar
📈Joriy yilning 15-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti faollar zalida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi a'zoligiga ariza topshirgan oliy ta'lim muassasalari talabalarining loyihalar taqdimoti bo'lib o'tdi.
📊 Yoshlar Akademiyasining istiqbolli loyihalar egasi bo'lgan yangi a'zolarini saralab olish uchun o'tkazilgan tanlovda 10 ga yaqin jamoalar o'zining ilmiy-innovatsion hamda startup loyihalari bilan ishtirok etdi va ushbu loyihalar orasidan eng yaxshilari saralanib olinib, loyiha mualliflariga Yoshlar Akademiyasi a'zoligi uchun tavsiya berildi.
✅Yoshlar Akademiyasi a'zoligiga talabgorlar loyihalarini saralash Buxoro viloyat hududiy lideri I.Hamroyev, OTM liderlari L.Boboxo'jayeva va A.Oripov hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi.
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
#BuxTRBI_Yangiliklar
“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish institutida Robototexnika xonasi ochildi.
👉Batafsil:
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
⚡️⚡️“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish institutida Robototexnika xonasi ochildi, ochilish marosimini ushbu videoda tomosha qilishingiz mumkin.
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
O'tkir Hoshimov DunYoning ishlari
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
“Chempionat a’lo darajada o‘tdi”
“Erudit-kvartet” o‘yini bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 3-o‘rinni egallagan Maestro academy jamoasi a’zosi Mirshod Ochilov musobaqa haqida fikr bildirdi
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Shaxsiy o‘yin bo‘yicha O‘zbekiston chempionatidan videorolik
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | TikTok
⚡️Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti rektori Imomov Shavkat Jaxonovichning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan BAYRAM TABRIGI
✍🏻 Batafsil
Telegram|Facebook|Instagram| TelegramBOT
#sport_musobaqasi
14-yanvar "Vatan himoyachilari" kuni munosabati bilan Tabiiy resurslar muhandisligi fakultetida sportning minifutbol turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqa davomida kafedralardan iborat jamoalar tomonidan o'yinlar bo'lib o'tdi. Yakuniy hisobga ko'ra:
🥇I-o’rin: Gidromelioratsiya ishlarining texnika va texnologiyalari kafedrasi jamoasi
🥈II-o’rin: Elektr energetikasi va elektrotexnika kafedrasi jamoasi
🥉III-o’rin: Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi jamoasi
Sport musobaqasi ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳрининг ижтимоий-сиёсий ҳаётида содир бўлаётган воқеа-ҳодисалардан биринчилардан бўлиб хабардор бўлишни истайсизми?
Бу борада сизга маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ахборот хизматларининг телеграмдаги расмий каналлари ёрдам беради.
❗️Қуйидаги ҳаволалар орқали Сиз барча ҳудудлардаги сўнгги янгиликлардан хабардор бўлишингиз ва ўзингизга маъқул келган каналга аъзо бўлишингиз мумкин.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
#BuxTRBI_Yoshlari
🇸🇱14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O'zbekiston Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o'tab, Qo'mondonlik tavsiyanomasiga asosan talabalikka qabul qilingan talabalar o’rtasida "Vatanparvar" shiori ostida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi hamda Buxoro davlat universiteti boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan harbiy sport musobaqasi bo’lib o’tdi.
⚡️Musobaqa 3 bosqichdan iborat:👇
1️⃣-bosqich sun'iy to'siqlardan vaqt reglamentiga amal qilgan holda o'tish (1 balldan 10 ballgacha);
2️⃣-bosqich turnikda tortilish (1 balldan 10 ballgacha);
3️⃣-bosqich avtomatni vaqtga sochib-yig'ish (1 balldan 10 ballgacha) baholanadi.
📌Tanlov natijalari quyidagicha
🥇I-o’rin ''TIQXMMI'' milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zosi (Ubaydov Umid Majjidinovich)
🥈II-o’rin Buxoro davlat universiteti talabasi (Murodov Jonibek)
🥉III-o’rin Buxoro davlat universiteti talabasi (Boboxonov Anil)
“Сардоба” сув омборининг ўпирилган қисмини тиклаш учун катта маблағ керак бўлади
Сирдарё вилояти ҳокими Акмал Маҳмудалиевнинг Kun.uz'га берган интервьюсида айтишича, сув омборида ҳозир 350 млн куб метр сув сақланяпти ва бу миқдор Сирдарё ва Жиззахнинг айрим туманларини суғориш учун етарли бўляпти. Омборнинг бузилган қисмини таъмирлаш эса маблағ ажратилишига боғлиқ.
📹👉 Интервюни тўлиқ томоша қилинг
⚡️Buxoro Gornizoni 28803 Harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi munosabatni bilan. "Men namunali oila bekasiman" shiori ostida harbiylarning ayollari ishtirokida "Balli qizlar " ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
📌Tanlov ishtirokchilari to'rtta shart bo‘yicha viloyat oila va Xotin qizlar qo'mitasi, viloyat Oqila ayollar yetakchilari M.Kurbonova va Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti psixologiya o'qituvchisi A.Gadoyeva va viloyat reproduktiv salomatlik markazi mutaxassislaridan iborat xakamlar tomonidan xolis va shaffof tarzda baxolab borildi.
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
#nazariya_va_amaliyot
Joriy yilning 10-yanvar sanasida "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti Tabiiy resurslar muhandisligi fakulteti Elektr energetikasi va elektrotexnika kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan Elektr energetikasi ta'lim yo'nalishi 3 bosqich talabalari uchun Buxoro shahar elektr tarmoqlari korxonasida dars mashg'uloti bo'lib o'tdi. Mashg'ulot davomida talabalar nazariy olgan bilim va ko'nikmalarini amaliyotda sinab ko'rishdi. Shuningdek, o'quv mashg'uloti davomida elektr tarmoqlar korxona tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
👉 Shuningdek, O'zbekiston - Yaponiya markazi Buxoro shahar vakolatxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Abror Jo'rayev bugungi kunga qadar Yaponiya bilan hamkorlikda qilingan ishlar yuzasidan taqdimot qildi. Mehmonlarga BuxDUga tashrif chog`idan esdalik uchun sovg`alar taqdim etildi.
✍️ Ma'lumot o`rnida aytish joizki, Yaponiya har jihatdan O‘zbekiston uchun muhim va yaqin hamkor bo‘lib hisoblanadi. Yaponiyadagi Yamagata universiteti 1949-yilda tashkil topgan ayni paytda milliy, keng qamrovli Yaponiya universiteti sanaladi. Ko'llar, daryolar, guruch maydonlarini o'z ichiga olgan tabiiy go'zallikka ega tog'li mintaqada joylashgan muassasa Yamagata prefekturasi bo'ylab tarqalgan to'rtta (Kojirakava, Iida, Yonezava, Tsuruoka) kampusga ega. Mahalliy talabalar qatorida dunyoning 33 mamlakatidan yoshlar tahsil olishadi. Bakalavriat bosqichida 6 ta fakultetda 12 ta kafedra faoliyat yuritsa, magistratura bosqichida 6 ta maktabda magistrantlar tahsil olishadi.
@BuxTRBI