buxtrbi | Неотсортированное

Telegram-канал buxtrbi - "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

2084

''TIQXMMI'' milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hayotiga oid xabar va media almashinuvi. Creator: Navruz Saidov Admin bilan aloqa: Matbuot kotibi @Azamat_Nafiddinovich

Подписаться на канал

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

#Qabul2024 #Abituriyent2024

2024/2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Abituriyentlar my.uzbmb.uz va my.gov.uz saytlari orqali ro‘yxatga olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun abituriyentlardan faqatgina 2 ta hujjat talab etiladi:

✅ biometrik pasport yoki ID-karta;
✅ umumiy o‘rta ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjat.

👉 "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida mavjud bakalavr yo'nalishlari

👉 "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida mavjud bakalavr sirtqi yo'nalishlari


👉 "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida mavjud magistratura yo'nalishlari

👉Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun 🔗onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉 Xabarni barcha abituriyentlarga yetkazing!

💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
TelegramInstagramYouTubetiiamebb.uz

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Bakalavr yoki qo'shma bakalavr va magistratura bosqichini Slovakiyada o'qish uchun grant dasturi. Stipendiya miqdori — €12,000!

Talablar
— Dasturda Slovakiyadan boshqa barcha davlat fuqarolar qatnashishi mumkin (O'zbekiston ro'yxatda bor);
— SAT testidan kamida 1050 ball olish talab qilinadi;
— 2019-yil 1-yanvardan boshlab ariza topshirilgunga qadar Slovakiyada doimiy yoki vaqtinchalik yashamagan bo'lishi lozim (akademik almashinuvlar, til kurslari uchun vaqtinchalik yashash bundan mustasno);
Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (sertifikat soʻralmaydi)

Foydali tomonlari
— Dasturga qabul qilingan nomzodlar o'qish to'lovlaridan ozod etiladi;
— Davlat tomonidan tibbiy sug'urta qilinadi;
— Oyiga 400 yevro stipendiya beriladi (jami 12,000 yevro).

Oxirgi muddat
01.07.2024 03:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/15187

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #Slovakiya

👉 @BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

#kitobxonlik

Institutimiz delegatsiyasi a'zolari qo'shni Qozog'istonga xizmat safarlari davomida bo'sh vaqtlarini kitob mutolaasi bilan o'tkazdilar.

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

#E'LON

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-mayda Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida PF-81-son farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra oliy ta’lim bakalavriyatiga qabul 5-iyundan boshlanishi belgilangan, shu sababli iTEP va Attanal Alarabi hamda TOEFL ITP imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish 4-iyungacha etib belgilandi.

Imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish 4-iyun 23:59 gacha davom etadi.

iTEP va Attanal Alarabi imtihonlar 13-iyun kuni, TOEFL ITP imtihoni 15-iyun kuniga belgilandi.

Imtihon Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi.

Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

📞 (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

#BMI_himoyalari_boshlandi

Institutning 4-bosqich talabalari Bitiruv malakaviy ishlarini himoyalari boshlandi. Talabalar oʻzlari tomonidan tanlangan mavzularga tayyorlanib, bugungi kundagi mavjud muammolarning yechimini topgan holda atroflicha takliflar va ishlanmalar bilan BMI Meliorativ gidrogeologiys yoʻnalishi bitiruvchi talabalari ham ishlab chiqarish korxonalari, ishtirok etmoqdalar. Talabalar tomonidan bildirilgan takliflar DAK aʼzolari tomonidan aʼlo baholarga baholanmoqda.

@BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Buxorolik yoshlar uchun IT o’z eshiklarini ochadi

IT olamida mavjud oʻquv dasturlari va ish oʻrinlari bilan tanishish istagida bo’lgan buxorolik yoshlarni

“Job & Edu Fest” – IT mehnat va ta’lim yarmarkasi

ga taklif qilamiz.


🔄 IT universitetlar, oʻquv markazlari va ish beruvchilardan iborat tashkilotlar ishtiroki kuzatilayotgan yarmarkaga tashrif buyurib foydali maʼlumotlar oling va boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishing.

Shuningdek, tadbir davomida IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislar ham amaliy tavsiyalar berib o'tadi.

📌 Ro’yxatdan o’tish


🗓 Qachon: 6-iyun, soat 10:00dan 14:00ga qadar.
📍 Qayerda: Buxoro shahri, «Sahid Zarafshon» mehmonxonasi.

Telegram |Instagram |Facebook

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

BILIMLI AVLOD YORUGʻ KELAJAK POYDEVORI

@Tezkor_Bukhara

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Tailandda magistratura bosqichini to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkonini beruvchi CGI Scholarships granti

Talablar
— 30 yoshgacha bo'lgan barcha nomzodlar qatnashishi mumkin;
— Ishtirokchilar kamida GPA 2.75 ball bilan bakalavr darajasiga ega bo'lishi kerak;
— Ingliz tilini bilish lozim. (kamida IELTS 5)

Foydali tomonlari
— O'qish kontrakt puli va boshqa akademik to'lovlar to'liq qoplanadi;
— 6 haftalik malaka oshirish kurslari taqdim etiladi;
— Borish-kelish uchun aviachipta bilan ta'minlanadi;
— Oylik stipendiya beriladi;
— Viza toʻlovi, koʻchib oʻtish, yashash, turarjoy, kitoblar va tibbiy sugʻurta uchun mablagʻ ajratiladi.

Oxirgi muddat
30.09.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/58071

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Tailand

👉 @BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

“Бухоро Агро” кластери эса 14 та маҳаллада касаначилик асосида 1 минг нафар аёлни ишли қилиш ташаббусини билдирган.

“Ғиждувон Машҳураси” корхонаси тошдан мрамор қопламалари чиқариб, Францияга экспорт қилмоқда. Тадбиркор ишлаб чиқаришни кенгайтириш ниятида.

“Дўстлик Омад Барака Файз” ва “Бухоро Дон Захира Инвест” корхоналари йирик чорва комплексларини ишга туширмоқчи.

Мутасаддиларга аҳоли бандлигини оширадиган бундай лойиҳаларни кенг қўллаб-қувватлаш, зарур кўмакни кўрсатишга топшириқ берилди.
@Tezkor_Bukhara

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Xalqaro eko oromgohda ishtirok etishni istaysizmi?

🌎Joriy yilning 24-30-iyun kunlari “Butunjahon yoshlar festivali” doirasida Samarqand va Toshkent shaharlarida Xalqaro eko-oromgoh loyihasi o’tkaziladi.

Oromgohda xalqaro ekspert va trenerlar ishtirokida o’quv mashg’ulotlari, liderlik ko’nikmalarini rivojlantirish, ekologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan yangi tashabbus hamda loyihalar ustida ishlash kabi tadbirlar tashkil etiladi.

📑Mazkur tadbirda 16 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan, ingliz tilini mukammal biladigan va ekologik masalalarga befarq bo’lmagan faol yoshlar ishtirok etishi mumkin.

📝Hoziroq havola orqali ro’yxatdan o’ting. Arizalar 10-iyunga qadar qabul qilinadi.

👉 @BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Qadimiy obidalarimiz va osori atiqalarimizni, xususan, “Yetti pir” silsilasiga mansub qadamjolarni ziyorat qilish BuxTRBI professor-o’qituvchilari hamda talabalari orasida odat tusiga kirgan. Ushbu xayrli an’ana nafaqat ma’daniy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish, balki ichki turizm rivoji uchun ham ma’lum qiymatga ega.

Institutimizning tajribali pedagog xodimi Axtam Rajabov boshchiligida GTI va NSF ta'lim yo’nalishining 1-bosqich (sirtqi) talabalari kuni kecha Xojayi Jahon mangu qo’nim topgan maskanda bo’ldilar.

So’nggi yillarda hukumat e’tibori bilan yanada ko’rkamlashgan Abduxoliq G'ijduvoniy majmuasiga ziyorat asnosida ular Xojagon tariqati asoschisi sanalgan bu ulug’ zot haqidagi ko’plab ma’lumotlardan xabardor bo’ldilar. Shu yo’sin talabalarimizning mazkur qadamjodagi tarixiy obyektlar to’g’risidagi bilim va tushunchalari ham boyidi.

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olish davom etmoqda

🇬🇧 iTEP
(International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 12-iyun kuniga qadar davom etadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

👍 Imtihonlar 13-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

🖥 Imtihon topshirish narxi 1 610 000 so‘m

iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview

iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin.

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Президент Шавкат Мирзиёев “Қоракўл” эркин иқтисодий зонаси ҳудудидаги металл қувур ишлаб чиқаришга ихтисослашган замонавий “Enpipe” корхонаси фаолияти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью современного предприятия "Enpipe" по выпуску металлических труб на территории свободной экономической зоны "Каракуль".

#Mirziyoyev #safar #Buxoro #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Давлатимиз раҳбари Бухоро вилоятига ташрифини Баҳоуддин Нақшбанд мақбарасини зиёрат қилишдан бошлади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI STIPENDIYASI VA NOMLI DAVLAT STIPENDIYALARI TANLOVIGA HUJJATLAR QABULI BOSHLANDI.

📶Diqqat!
Hurmatli talabalar va magistrantlar, 2024-2025-o‘quv yili uchun O‘zR Prezidenti stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari (Beruniy, I.Karimov) bo‘yicha tanlov boshlanganini ma‘lum qilamiz.

⏺O‘zR Prezidenti stipendiyasiga 3-bosqich bakalavriat (barcha yo‘nalishlar bo‘yicha) hamda 1-bosqich magistrlar;

⏺ Nomli davlat stipendiyalari (Beruniy, I.Karimov) 2-3 bosqich bakalavriat talabalari hujjat topshirishlari mumkin.

⏺ O‘zR Prezidenti davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalarni tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:

- a’lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
- kamida ikkita e’lon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;
- tillarni - davlat tilini va bitta xorijiy (MDX mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish.

⏺ O‘zR Prezidenti davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun quyidagilarni taqdim qiladilar:

- sinov daftarchasidan ko‘chirma;
- dekanat, kafedraning tavsiyanomasi;
- ilmiy ish referati;
- ilmiy (ijodiy) ish rahbarining fikr-mulohazasi;
- ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;
- erishilgan qo‘shimcha yutuqlar to‘g‘risida ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa).

🗂Barcha hujjatlar jildga tikilgan yoki papkaga joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasining nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, kursi, guruhi ko‘rsatiladi.

💬 Hujjatlar joriy yil 28-maydan 25-iyungacha qabul qilinadi.

🌐 Batafsil ma'lumotga ega bo'lish uchun, O‘zR Prezidenti stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari to‘g‘risidagi nizom bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.

NIZOM👉 https://lex.uz/docs/-1399382

Murojaat uchun:👉 +998 93 963 65 65 @Ibodov65
+998 90 299 36 09

✈️@BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Nima qilishni bilmayotganlar uchun!

1-qoida: Til o'rganish, sayohat qilish, ilmiy safarlar qilish
2-qoida: Ko'p kitob mutolaa qilish
3-qoida: Ilm va prinsiplarga qattiq rioya qilish
4-qoida: Har sohani asl mutaxassislari bilan ko'proq suhbat qilish va ilmli do'stlarni ko'paytirish
5-qoida: Yaxshi bir ustozni topib etagidan mahkam ushlash

👉 @ZamStarshiy - baxtli bo'l

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Magistratura bosqichini to'liq moliyalashtirilgan holda Xitoyda o'qish imkoniyati — Schwarzman Scholars dasturi

Talablar
— Ishtirokchi bakalavr darajasiga ega bo'lishi yoki dastur boshlangunga (2025-yil, 1-avgust) qadar bakalavr darajasini muvaffaqiyatli tugatishi lozim;
— Dasturda ishtirok etish uchun aniq GPA (o'rtacha baho) belgilanmagan. Ammo nomzodning akademik ko'rsatkichlari yuqori bo'lishi kerak;
— Dunyo bo'ylab jinsi, irqi va millatidan qat'i nazar 18 yoshdan yuqori 28 yoshdan kichik bo'lgan barcha yoshlar dasturda qatnasha oladi va b.

Foydali tomonlari
— O'qish to'lovlari to'liq qoplanadi;
— Xitoyga borish-kelish xarajatlari to'lab beriladi;
— Yashash xarajatlari, turarjoy va oziq-ovqat uchun stipendiya ajratiladi va b.

Oxirgi muddat
13.09.2024 01:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/91798

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Xitoy

👉 @BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI STIPENDIYASI VA NOMLI DAVLAT STIPENDIYALARI TANLOVIGA HUJJATLAR QABULI BOSHLANDI.

📶Diqqat!
Hurmatli talabalar va magistrantlar, 2024-2025-o‘quv yili uchun O‘zR Prezidenti stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari (Beruniy, I.Karimov) bo‘yicha tanlov boshlanganini ma‘lum qilamiz.

⏺O‘zR Prezidenti stipendiyasiga 3-bosqich bakalavriat (barcha yo‘nalishlar bo‘yicha) hamda 1-bosqich magistrlar;

⏺ Nomli davlat stipendiyalari (Beruniy, I.Karimov) 2-3 bosqich bakalavriat talabalari hujjat topshirishlari mumkin.

⏺ O‘zR Prezidenti davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalarni tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:

- a’lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
- kamida ikkita e’lon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;
- tillarni - davlat tilini va bitta xorijiy (MDX mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish.

⏺ O‘zR Prezidenti davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun quyidagilarni taqdim qiladilar:

- sinov daftarchasidan ko‘chirma;
- dekanat, kafedraning tavsiyanomasi;
- ilmiy ish referati;
- ilmiy (ijodiy) ish rahbarining fikr-mulohazasi;
- ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;
- erishilgan qo‘shimcha yutuqlar to‘g‘risida ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa).

🗂Barcha hujjatlar jildga tikilgan yoki papkaga joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasining nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, kursi, guruhi ko‘rsatiladi.

💬 Hujjatlar joriy yil 28-maydan 25-iyungacha qabul qilinadi.

🌐 Batafsil ma'lumotga ega bo'lish uchun, O‘zR Prezidenti stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari to‘g‘risidagi nizom bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.

NIZOM👉 https://lex.uz/docs/-1399382

Murojaat uchun:👉 +998 93 963 65 65 @Ibodov65
+998 90 299 36 09

✈️@BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

"Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalari" kafedrasi professor-oʻqituvchilari D. Homidova va A. Yavov boshligida Gidrotexnika qurilishi (suv xo'jaligida) ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabalari Gidrotexnika inshootlari fanidan o'quv tanishuv amaliyot o‘tash uchun "OLOT AMBMKF" tashkilotiga olib borildi. Amaliyot jarayonini boshlashdan oldin Institutda va Olot ABMKF tashkilotida tegishli tartibda texnika xavsizligi qoidalari tushuntirildi.

@BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Avstraliyaning nufuzli universitetida magistratura va doktorantura bosqichini o'qish uchun grant dasturi — Monash Graduate Scholarship

Talablar
— Nomzodlar yuqori akademik ko'rsatkichlarga ega bo'lishlari lozim, chunki saralash jarayonida shunga e'tibor qaratiladi;
— Magistratura uchun bakalavr bosqichini, doktorantura uchun esa magistraturani yakunlagan bo'lish zarur;
— Qatnashchilardan xalqaro til bilish sertifikati talab qilinadi, til talablari nomzod tanlagan yo'nalishi va bosqichiga qarab farq qiladi.

Foydali tomonlari
— Talabalarga har oy stipendiya beriladi;
— Saralab olingan nomzodlarga ko'chib kelib joylashish uchun mablag' ajratiladi;
— Xalqaro talabalar ushbu grant bilan birga kontrakt xarajatlari qoplanadigan grantlarni ham qo'lga kiritishlari mumkin bo'ladi.

Oxirgi muddat
31.08.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/44337

#grantlar_va_stipendiyalar #qisman_moliyalashtiriladi #Avstraliya

👉 @BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Qabul ochildi!

Kanadada magistratura yoki ikkinchi darajali professional bakalavriat dasturlarida bepul o'qish imkoniyatini beruvchi McCall MacBain Scholars dasturi

Talablar
— McGill universitetining 2025-yil kuzida boshlanadigan to'liq muddatdagi magistratura yoki ikkinchi darajali professional bakalavriat dasturi talablariga javob berish;

— Bakalavr diplomi;
— Ingliz tilini kamida IELTS 6.5+ yoki TOEFL IBT 86 darajada bilish.

Foydali tomonlari
— McGill universitetida magistratura yoki ikkinchi darajali professional bakalavriat dasturining to'liq davomiyligi uchun o'qish va qo'shimcha to'lovlar;
— Akademik semestr davomida, oyiga 2,000 Kanada dollari miqdorida yashash xarajatlari uchun stipendiya;
— Monrealga ko'chib o'tish xarajatlari qoplanadi.

Oxirgi muddat
21.08.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/91530

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Kanada

👉 @BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

#BMI_himoyalari_boshlandi

Institutning 4-bosqich talabalari Bitiruv malakaviy ishlarini himoyalari boshlandi. Talabalar oʻzlari tomonidan tanlangan mavzularga tayyorlanib, bugungi kundagi mavjud muammolarning yechimini topgan holda atroflicha takliflar va ishlanmalar bilan BMI himoyasida ishtirok etishmoqda. Suv ta’minoti muhandislik tizimlari taʼlim yoʻnalishi bitiruvchi talabalari ham ishlab chiqarish korxonalari, hudud ichimlik suvi tizimi hamda kanalizatsiya tarmoqlari muammolarini topgan holda aniq yechimlar bilan ishtirok etmoqdalar. Talabalar tomonidan bildirilgan takliflar DAK aʼzolari tomonidan aʼlo baholarga baholanmoqda.

@BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

⚡️ Rasman: OTM va professional ta’lim muassasalariga qabul birga bo‘ladi

Bu OTM va professional ta’lim muassasalariga qabul va imtihonlar bir vaqtda amalga oshirilishini anglatadi. Abituriyent hujjat topshirish payti faqat imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi va test topshiradi.

So‘ng to‘plagan balliga qarab xohlasa, ikkinchi bosqichda OTM va yo‘nalish tanlab ro‘yxatdan o‘tadi. Balli yetsa, OTMda o‘qishni tanlashi yoki o‘sha balli asosida professional ta’lim muassasalaridan birini tanlashi mumkin.

🎞 To'la tushunish uchun videoni ko'ring.

Bizning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
💧 tiiamekb.uz  📝Telegram 
💻  Instagram   📹 tiiamekb5961">You tu

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Бухоро вилоятига ташрифнинг биринчи куни: жадал ўсиб бораётган иқтисодиётимизга янада катта туртки бериш, халқимиз фаровонлигини ошириш йўлидаги ишлар давом этаверади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Matsumae International Foundation: Yaponiyada istalgan soha boʻyicha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda PhD (doktorlik) darajasiga ega, ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dastur Yaponiyada 3-6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1454 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun 792 dollar mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-research-fellowship/

👉 @BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

🇺🇸 TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon uchun to‘lov my.uzbmb.uz (“Ilmiy markaz” bo‘limi) platformasi orqali amalga oshirilmoqda va 12-iyun soat 10:00 ga qadar davom etadi.

❗️ Imtihon 13-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma'lum bo‘ladi.

🌐 TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi)

🖥 Imtihon topshirish narxi 1 050 000 so‘m

🕯 Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma

📱 @dtmtoefl

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Президент "Қоракўл" эркин иқтисодий зонасида ишга тушган замонавий қувур заводи билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

“Ахборот 24” информацион дастури

Давлатимиз раҳбари Қоракўл эркин иқтисодий зонасида ташкил этилган "Enter Steel Karakul" МЧЖ фаолияти билан танишди.

@Tezkor_Bukhara

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

‼️ Ixcham variant: Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati

Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 2-bobida magistratura va doktoranturaga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.


👉 @BuxTRBI

Читать полностью…

"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti

Футзал бўйича жаҳон чемпионати Ўзбекистоннинг учта шаҳарида ўтказилади

Бу ҳақида Президентга спорт таълимини ривожлантириш ва халқаро мусобақаларни ўтказиш режалари бўйича берилган ахборотда айтилди.

FIFA қарори билан футзал бўйича бу йилги жаҳон чемпионати юртимизда ўтказилиши белгиланган эди. Шавкат Мирзиёвга берилган маълумотда айтилишича, 14 сентябрь – 6 октябрь кунлари бўладиган мазкур мусобақа Тошкент, Андижон ва Бухоро шаҳарларида ташкил этилади.

Тахминий ҳисоб-китобларга кўра, дунёнинг энг кучли 24 жамоаси қатнашадиган жаҳон чемпионатига иштирокчи мамлакатлардан 30 мингдан зиёд мухлислар келиши кутилмоқда экан.

@Tezkor_Bukhara

Читать полностью…
Подписаться на канал