Ingliz tilini oʻrganish uchun 10 sabab - /channel/centerasia_library/1502
Tomga yuborib qoʻyinglar, tezroq kelsin!
@ZamStarshiy
#marafon
🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi nafas” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Unda "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti rektori Sh.Imomov “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda - birga yuguramiz!” shiori ostida 3 km masofani bosib o'tdilar.
@ShJImomov
#Tugulgan_kun
🎉"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti "Gidrologiya va ekologiya" kafedrasi katta o‘qituvchisi Do'stov Jaxongir ustozimizning tavallud ayyomi.💐💐💐
Mazkur quvonchli kun bilan hamkasblar nomidan chin dildan tabriklaymiz. Sizga sihat-salomatlik, uzoq umr, ilmiy ishlaringizga omad tilaymiz. Har doim yuzingizdan kulgu, chehrangizdan tabassum arimasin. Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin!💐💐💐
@BuxTRBI
#qabul2023
⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda
2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlardan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmaganligi sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 393 nafar talabgor o‘qishga tavsiya etildi. Shundan:
davlat granti — 3 238 nafar;
to‘lov-kontrakt — 3 155 nafar.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.
Talabgorlar natijalarni http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Eslatma: Prezident qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
📚Sarimsaqov Maqsudxon Mo‘sinovichning qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻling
O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
🇺🇿10 mlndan oylik olishga har bir muallimning haqi bor” — Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilarning oylik maoshlari haqida.
O‘qituvchilarga yuboring.
@Tezkor_Bukhara
⚡️Jiu jitsu sport turi bo'yicha 14-21 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida Qozogiston davlati Ostona shahrida bo'lib o'tgan jahon chempionatiga dunyoning 70dan ortiq davlatidan 1500 nafardan ortiq sportchilar qatnashdi.
Quvonarli tomoni shundaki, ushbu chempionatda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti sport klubi sportchilari muvaffaqiyatli qatnashib 8ta medalni qo'lga kiritdilar va yurtimiz bayrog'ini jahon arenasida baland ko'tarish imkoniyatini qo'lga kiritishdi.
Bu g'alaba bilan barcha hamkasblarimizni muborakbod etamiz va bu g'alabalar bardavom bo'lishligini chin dildan istab qolamiz.
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
Sizda yetakchilik, liderlik qobiliyati bormi?
Yoki siz jonkuyar hamda tashabbuskormisiz?
U holda biz sizga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashining "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutidagu boshlang‘ich tashkiloti Kengashi a'zolarining quyidagi koordinatorligini taklif qilamiz.
➡️ Intelektual loyihalar koordinatori;
➡️Besh tashabbus loyihalari koordinatori;
➡️ Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori;
➡️ Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori;
➡️ Yoshlar daftari va metsenatlik dasturlari koordinatori;
➡️ Talaba-qizlar koordinatori.
💵 Koordinatorlar oʼz mehnatlari uchun har oyda bazaviy stipendiyaning 3 baravari miqdoriga teng bo‘lgan qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi.
✅Nomzodlar tanlov komissiyasi suhbatida tanlab olinadi.
📚Kerakli hujjatlar:
👉Obyektivka
🔹Nomzodlar yuqoridagi jadvalga o'zlari to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritib, 2023-yil 29-avgustgacha @Bobojonov_Saidjon telegram manziliga yuborishlari shart!
#tugulgan_kun
🎉"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutimizning "Suv resurslaridan foydalanish va melioratsiya" kafedira dotsenti Xamrayev Kamol Shuxratovich tavallud ayyomi. Mazkur quvonchli kun bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Sizga sihat-salomatlik, ilmiy va oilaviy hayotingizga omad tilaymiz. Har doim yuzingizdan kulgu arimasin. Yana bir bor tug'ulgan kuningiz bilan sizni chin dildan tabriklaymiz.
⏺Bugun dilda ajib hayajon,
Bu kun quyosh o'zgacha porlar.
Bugun sizni shirin orzular,
Yana bir bor bag'riga chorlar.
Aytadilar turfa qutlovlar,
Umringiz go'zal baxtlarga to'lsin.
Yuzda shirin tabassum ila,
Aytadur do'stlar - "TUG'ILGAN KUNINGIZ MUBORAK BO'LSIN!"
©️"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
@BuxTRBI
Institutimiz rektori texnika fanlari doktori, professor Imomov Shavkat Jaxonovichning maqolalari "Yangi O'zbekiston" gazetasining 172 sonida chop etildi.
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
“Imom Buxoriy izdoshlari” ochiq turnirining nizomi
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#Bayonot
Ijtimoiy tarmoqlarda davlat OTMlari pedagogik yo‘nalishlarga sirtqi o‘quv shakliga qabul to‘xtaganini, shuning uchun ham bu yo‘nalishda xususiy OTMlarda ham sirtqida o‘qilsa, diplom tan olinmasligi mumkinligi haqidagi xabarlar aholi va jamoatchilik o‘rtasida turlicha talqin qilinmoqda.
Ushbu xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Prezidentning 289-son qaroriga asosan 2023/2024-o‘quv yili qabulida pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha faqat sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmadi (ro‘yxat), qolgan kunduzgi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha hujjatlar qabul qilish belgilangan.
Bundan tashqari, ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yil staj talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlangan. Bular:
1. Boshlang‘ich ta’lim
2. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
3. Musiqa ta’limi
4. Jismoniy madaniyat
5. Texnologik ta’lim
Yuqoridagilardan kelib chiqib, PQ-289-son qarorida ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirmaslik talabi barcha (davlat/nodavlat) ta’lim tashkilotlariga taaluqli bo‘lib, ularga hujjatlar qabul qilish qaror talablariga zid hisoblanadi (o‘tgan yilgi qabullar undan mustasno).
Biroq, ushbu yo‘nalishlarning kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun qabul amalga oshirish mumkin.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#sayyor_qabul
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Buxoro viloyat hududiy boshqarma boshlig‘i sayyor qabul oʻtkazadi.
Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash ularni bartaraf etish yuzasidan joriy yilning 26-avgust kuni soat 10:00da Buxoro viloyati Buxoro neft va gaz sanoati kollejida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Buxoro viloyati hududiy boshqarma boshlig‘i Azamat Naimovning sayyor qabuli tashkil etiladi.
☎️Bog‘lanish uchun +998934733491
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
⚡️⚡️⚡️"TIQXMMI" Milliy tadqiqotlar universiteti, Germaniyaning "ZALF" Landshaftshunoslik agrotexnologiyalar ilmiy tadqiqot instituti, "HUMBOLDT" nomli Berlin universiteti, Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) tomonidan olib borilayotgan ilmiy loyihalarni kengaytirish boʻyicha BuxTRBI rektori, professor Sh.J.Imomov bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbatida institut rektori, professor Sh.J.Imomov Xalqaro sohalarda hamkorliklar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi. Jumladan, institut bir qancha xorijiy davlatlar, jumladan, AQSH, Germaniya, Braziliya, Xitoy, Polsha, Vengriya, Malayziya, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Qozogʻiston, Belorussiya, Tojikiston, Turkmaniston hamda Afgʻoniston davlatlari bilan oʻquv va ilmiy sohalarda hamkorliklar yoʻlga qoʻyilgani taʼkidlandi. Ilmiy yoʻnalishlarda bugungi kunda dolzarb mavzular, jumladan, iqlim oʻzgarishlari, suv tanqisligi, organik dehqonchilik, biogaz va biogumus yetishtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va oʻzaro taʼlim sohasidagi hamkorliklar mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.
Institut Bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining "FAO" tashkiloti, Xalqaro Yunesko tashkiloti, Xalqaro Orolni qutqarish fondi, Xalqaro "KOICA" tashkiloti, shuningdek xalqaro "JAIKA" tashkilotlari bilan hamkorlikda ilmiy hamda amaliy ishlar olib borilganligi taʼkidlandi. Germaniyaning "ZALF" landshaftshunoslik agrotexnologiyalar ilmiy tadqiqot institutiti professori A.Hamidov hamda professor Helming Katharina kelgusida institut bilan hamkorlikni yanada yaxshilashga, talabalar, magistrlarning Germaniya Oliy taʼlim muassasalarida qisqa muddatli amaliyotlarini tashkil qilish, yosh olimlar, professor-oʻqituvchilarning stajirovkalari va dolzarb mavzularda ilmiy loyihalarni koʻpaytirish borasida kelishib olishdi.
👉 @BuxTRBI
#marafon
Erta tongdan marafon: "Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda, birga yuguramiz!"
Bugun ertalab yurtimiz shaharlari bo‘ylab “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Musobaqa masofasi 3 km etib belgilangan ushbu marafonda talabalar, o‘quvchilar, shifokorlar, bank xodimlari umuman aholining barcha qatlamidan ishtirokchilar qatnashdi.
Tonggi soat 06:30 da start berilgan marafon Buxoro shahridagi “Sitora” bolalar bog‘i oldidan boshlanib, "Shahriston" maydonigacha bo‘lgan masofada o‘tkazildi.
🏃 Mazkur yugurish musobaqasida "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari ham faol ishtirok etdi.
@BuxTRBI
Jahon chempionatidan viloyatimiz sportchilari yuqori natijalar bilan qaytishdi
Joriy yilning 20-26-avgust kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida jiu-jitsu sport turi bo‘yicha U-14, U-16, U-18 va U-21 yoshli o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 70 dan oshiq davlatidan 1500 nafardan ortiq sportchilar qatnashdi. Yurtimizdan jami 85 nafar sportchilar ishtirok etgan bo'lsa, shundan 40 nafari buxorolik sportchilar terma jamoamiz tarkibida yurtimiz sharafini himoya qilishdi.
Shiddatli va murosasiz kechgan bahslarda viloyatimiz sportchilari mamlakatimiz hisobiga 1 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza jami 8 ta medallarni keltirgan holda yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishdi.
E'tibor qaratilishi lozim bo'lgan muhim jihatlari shundaki sportchimiz Taysin Baxshullayev O'zbekiston tarixida yoshlar o'rtasidagi birinchi jahon chempioniga aylagan bo'lsa, shu vaqtgacha viloyatimiz jiu-jitsuchilari hisobida yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining 1 ta bronza medali bor edi va ular bu natijani yangilab medallar sonini 8 taga yetkazishdi. Medallarga ega chiqqan sportchilarimiz bilan tanishtirib o'tamiz.
U-14 yoshlilar orasida:
46 kg vazn toifasida Shoxjahon Hayotov 3-o‘rin
48 kg vazn toifasida Umida Samadova 3-o‘rin
50 kg vazn toifasida Taysin Baxshullayev 1-o‘rin
55 kg vazn toifasida Shamshodbek Samatov 2-o‘rin
U-16 yoshlilar orasida:
38 kg vazn toifasida Alisher Farhodov 3-o‘rin
U-18 yoshlilar orasida:
46 kg vazn toifasida Asadbek Xalimov 3-o‘rin
50 kg vazn toifasida Solijon Temirov 2-o‘rin
50 kg vazn toifasida Demirbek Jo‘rayev 3-o‘rin
Sportchilarimizni erishgan natijalari bilan tabriklaymiz!
@BuxTRBI
⚡️Prezident stipendiyasi va Nomdor stipendiyaga talabgorlar o'rtasida ilk imtihonlar boshlandi.
Batafsil
💧BuxTRBI Matbuot xizmati
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
7 Principles For Teenagers To Become Millionaires - https://youtu.be/1-izXBhkiHw?si=sIcYb6MmyM4sQntj
👉 @ZamStarshiy
''TIQXMMI'' milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti tanlovda adashmadiz.👇👇
https://www.instagram.com/reel/CwfGZ0wsowH/?utm_source=ig_web_copy_link&igshid=MzRlODBiNWFlZA==
Mustaqillik bayramida quyidagi 3 kun dam olish kuni bo’ladi:
✅ 1-sentyabr, juma – bayram (ishlanmaydigan) kuni;
✅ 2-sentyabr, shanba:
a) 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun Farmonga muvofiq qo‘shimcha dam olish kuni;
b) 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun odatdagi dam olish kuni;
✅ 3-sentyabr, yakshanba – barcha uchun odatdagi dam olish kuni.
👉 @BuxTRBI
“Sen bilan farxlanaman” — Shavkat Mirziyoyev Harvard universitetiga 100 ming dollarli grant asosida o‘qishga kirgan talabaga rahmat aytdi
“Ota-onangga nomimdan rahmat ayt”, — dedi prezident.
Batafsil — http://dy.uz/6ANsd
📱Yangilangan mobil ilova 👉 iOS | Android
Soʻzlashgich
✅ Семья - Oila | Родственники - Qarindoshlar
👨🏻отец - ota
👩🏻мама - ona
👶🏻ребенок - bola
🙋🏻♂️сын - o'g'il
🙎🏻дочь - qiz
👨👩👧👦дитя - bolalar
👴🏻дед, дедушка - buva, buvajon
👵🏼бабка, бабушка - Buvi, buvijon
🙇🏻внук - o'g'il nevara
👧🏽внучка - Qiz nevara
👱🏽♀️сестра - opa
👨🏫брат - aka
👨🏻🎓старший брат - katta aka
👨🏭дядя (брат отца) - amaki
👩🌾тетка (сестра отца) - amma
👱🏻дядя (брат матери) - tog'a
👩🏽тетя (сестра матери) xola (xotinning opa-singlisi)
👩🚀племянник - o'g'il jiyan
👧🏼племянница - qiz jiyan
🙎🏻♂️муж, супруг - er
👩🏻жена, супруга - свояченица (сестра жены) - xotin, turmush o'rtoq
🙍🏻♂️свояк (брат жены) - qaynuka
💁🏻золовка (сестра мужа) - qaynsingil
👨🏻деверь (брат мужа) - qaynaka
👱🏾♀️зять (муж сестры) - pochcha (kuyov)
👱🏻♀️невестка (жена брата) - yanga, kelinoyi
🙋🏻♂️зять (муж дочери) - kuyov
👰невестка (жена сына) - kelin
👴🏼свекор (отец мужа) - qaynota (erning otasi)
👴🏻 тесть (отец жены) - qaynota (xotinning otasi)
👵🏼свекровь (мать мужа) - qaynona (erning onasi)
👵🏻теща (мать жены) - qaynona (xotinning onasi)Soʻzlashgich
#yodoling
Guruhlaringizga ham ulashing!
👉 @Rus_tili_sozlashuv
👉 @English_Quiz_Vocabulary
❗️Talabalikka tavsiya etilganlar quyidagi hujjatlarni oliygohiga taqdim etadi!
👉 Rektor nomiga ariza;
👉 Pasportning 5 ta nusxasi;
👉 Attestat yoki diplom;
👉 3,5×4,5 o‘lchamdagi 6 dona fotosurat;
👉 Qog‘ozlar uchun papka;
👉 Abiturient ruxsatnomasi;
👉 Javoblar varaqasi.
Talaba bo'lgan barchaga ulashing!
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
Sizda yetakchilik, liderlik qobiliyati bormi?
Yoki siz jonkuyar hamda tashabbuskormisiz?
U holda biz sizga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashining "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutidagu boshlang‘ich tashkiloti Kengashi a'zolarining quyidagi koordinatorligini taklif qilamiz.
➡️ Intelektual loyihalar koordinatori;
➡️Besh tashabbus loyihalari koordinatori;
➡️ Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori;
➡️ Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori;
➡️ Yoshlar daftari va metsenatlik dasturlari koordinatori;
➡️ Talaba-qizlar koordinatori.
💵 Koordinatorlar oʼz mehnatlari uchun har oyda bazaviy stipendiyaning 3 baravari miqdoriga teng bo‘lgan qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi.
✅Nomzodlar tanlov komissiyasi suhbatida tanlab olinadi.
📚Kerakli hujjatlar:
👉Obyektivka
🔹Nomzodlar yuqoridagi jadvalga o'zlari to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritib, 2023-yil 29-avgustgacha @Bobojonov_Saidjon telegram manziliga yuborishlari shart!
Buxorodan yana bir katta musobaqa - “Imom Buxoriy izdoshlari” ochiq turnirini kutib oling!
“Zakovat intellektual klubi” NNT, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida “Zakovat”, Shaxsiy o‘yin va Erudit-kvartet intellektual o‘yinlari bo‘yicha “Imom Buxoriy izdoshlari” ochiq turniri o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda!
Turnirda ixtiyoriy tuzilgan har qanday jamoa ishtirok etishi mumkin.
Turnirda ishtirokchi jamoalar tarkibi 6 ta asosiy va 1 ta zahira ishtirokchidan iborat bo‘ladi.
Unda ishtirok etish uchun jamoa sardori o‘z jamoasi tarkibini turnir nizomiga 1-ilovaga muvofiq to‘ldirilgan arizani buxoriy@zakovat.tv elektron pochtasi orqali jo‘natishi va tarkibni zakovatklubi.uz sayti orqali o‘zi saralashda ishtirok etadigan quyidagi hududlardan biridan ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim:
Andijon viloyati;
Buxoro viloyati;
Farg‘ona viloyati;
Jizzax viloyati;
Namangan viloyati;
Navoiy viloyati;
Qashqadaryo viloyati;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Samarqand viloyati;
Sirdaryo viloyati;
Surxondaryo viloyati;
Toshkent viloyati;
Toshkent shahri;
Xorazm viloyati.
Ro‘yxatga olish 1-oktabrgacha (shu kuni ham) davom etadi.
Turnir ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1. Hududiy saralash bosqichi;
2. Respublika bosqichi.
Hududiy saralash bosqichi “Zakovat” intellektual o‘yini qoidalari asosida har biri 12 ta savoldan iborat bo‘lgan 3 ta turda o‘tkaziladi.
Hududiy saralash bosqichidan Respublika bosqichiga eng yaxshi natija ko‘rsatgan 3 ta (Toshkent shahridan 5 ta) jamoa yo‘l oladi.
💰Turnirda g‘olib jamoalar va ishtirokchilar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Buxoro viloyati hokimligi tomonidan quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
“Zakovat” o‘yinida:
1-o‘rin — 50 million so‘m;
2-o‘rin — 30 million so‘m;
3-o‘rin — 20 million so‘m;
Erudit-kvartet o‘yinida:
1-o‘rin — 50 million so‘m;
2-o‘rin — 30 million so‘m;
3-o‘rin — 20 million so‘m;
Shaxsiy o‘yinda:
1-o‘rin — 25 million so‘m;
2-o‘rin — 15 million so‘m;
3-o‘rin — 10 million so‘m.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Viloyat prokuraturasi tomonidan maktab va maktabgacha taʼlim tizimi psixologlari uchun yoshlarning ruhiy barqarorligini o‘rganish va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish yuzasidan metodik tavsiya berish maqsadida “O‘zlikni anglashdan - hayotiy daholik sari” seminar-trening tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Buxoro shahar Bolalarni ijtimoiy-psixologi qo‘llab-quvvatlash va inklyuziv taʼlim sho‘basi xodimlari, 150 nafar maktab psixologlari, tuman-shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlarining 13 nafar psixologlari ishtirok etishdi.
📋 Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad voyaga yetmaganlarning o‘z joniga qasd va suiqasd qilish holatlari hamda ular o‘rtasida nazoratsizlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda umumtaʼlim maktablari psixologlariga to‘g‘ri yo‘nalish berishdan iborat.
🔰 O‘tkazilgan uchrashuvda Buxoro viloyati prokurori 2-sektor psixologi bo'lmagan A.Gadoyeva “Yoshlarning ruhiy omillarini barqarorlashtirish hamda intellektual qobiliyatini oshirish yo‘llari” mavzusida tavsiyaviy maʼruza bilan chiqish qildi.
⚡️Seminar yakunida ota-onalar, o‘quvchi yoshlar bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan tajribali psixologlar N.Abdurahmonova, B.Polvonova, G.Saidova, I.Hasanova hamda A.Gadoyevalar viloyat prokurorining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.
@BuxTRBI
⚡️Matbuot xizmati tomonidan maxsus institutimiz talabalari va magistrlari uchun tayyorlandi. Yoqqan bo'lsa ijtimoiy tarmoqlaringizning bosh sahifasiga joylashtirishingiz mumkin.
💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI Matbuot xizmati
Telegram • Instagram • YouTube • tiiamebb.uz
"TIQXMMI" Milliy tadqiqotlar universiteti, Germaniyaning "ZALF" Landshaftshunoslik agrotexnologiyalar ilmiy tadqiqot instituti "HUMBOLDT" nomli Berlin universiteti, Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instiuti bilan hamkorlikda professor M.X.Xamidov rahbarligida “Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishi sharoitida suv, energiya va oziq-ovqat xavfsizligiga erishish uchun barqaror suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari “SusWEF” Oʻzbekiston-Germaniya xalqaro amaliy loyihasi doirasida Buxoro, Navoiy hamda Qashqadaryo viloyatlarida ilmiy tadqiqot izlanishlari olib borilmoqda. Buxoro viloyati Peshku tumani “Buxoro Agroklaster” MCHJ dalasida loyiha doirasida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari muhokamasi boʻlib oʻtdi. Bunda institutning “Suv resurslaridan foydalanish va melioratsiya” kafedrasi dotsenti, q/x.f.n A.Q.Joʻrayev hamda kafedraning yosh olimlari Buxoro va Navoiy viloyatlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini taqdimot qilishdi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlar ishi boʻyicha boʻyicha "TIQXMMI" Milliy tadqiqotlar universiteti dotsenti S.Gʻulomov hamda Germaniyaning "ZALF" landshaftshunoslik agrotexnologiyalar ilmiy tadqiqot institutiti professori A.Hamidov hamda professor Helming Katharina Germaniya bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda olib borilayotgan ilmiy loyihalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berishdi. Seminar treningda qishloq va suv xoʻjaligi rahbar-xodimlari hamda klaster va fermer xoʻjaligi rahbarlari bilan suv tejovchi texnologiyalarning hozirgi holati va istiqbolda dolzarb masalalar boʻyicha fikr almashildi. Seminar ishtirokchilari Buxoro Agroklaster MCHJ dalasida loyiha doirasida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishib, yuqori samaradorlikka erishilganligini baholashdi.
👉 @BuxTRBI