buxorouz_official | Неотсортированное

Telegram-канал buxorouz_official - BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

23883

Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali. Veb-sayt: gov.uz/buxoro Facebook: fb.com/zaripovrasmiy Matbuot kotibi: @olimjuraev Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.

Подписаться на канал

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

Buxoroda shaxmat bo'yicha O'zbekiston chempionati start oldi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️Yoshlarimizning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni madaniyat, san'at, sport, kitobxonlik, kasb-hunarga o'rgatish kabi maqsadni ilgari surgan mazkur olimpiada 26 ta loyihani o'z ichiga oladi va 5 bosqichda o'tkaziladi.

Ommaviy musobaqa va tanlovlarni qamrab olgan "Besh tashabbus olimpiadasi"ga start berildi.

Siz ham faol ishtirok eting.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️Bugundan Yoshlar agentligi tomonidan har yili an'anaviy ravishda o'tkaziladigan "Besh tashabbus olimpiadasi"ga rasman start berildi

Yildan-yilga millionlab yoshlarni o'z atrofiga birlashtirib kelayotgan mazkur yirik sport musobaqalari tashkilotchilar tomonidan joriy yilda ham yuqori saviyada o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Bugungi rasmiy ochilish marosimida viloyat hokimligi, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi, viloyat Sport boshqarmasi rahbarlari, talaba va ko'ngilli yoshlar, sportchilar ishtirok etdi.

Siz ham safimizga qo'shilishni istasangiz "5tashabbus.uz" sayti orqali ro’yxatdan o’ting va musobaqalarda ishtirok eting!

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

#hokim_hududlarda
#Shofirkon_tumani

Shofirkon tumanidagi "Talija" OSHP binosi 1977-yilda qurilgan bo‘lib, qariyb 6 ming aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Bino 2019-yilda joriy ta’mirdan chiqarilgan bo‘lsa-da, uning texnik holati talabga javob bermaydi.

Botir Zaripov mavjud holat bilan joyida tanishdi. Shiforkorlar va qurilishga mas’ul mutasaddilar bilan masalani muhokama qildi. Unga ko‘ra, OSHP hududidagi bo‘sh maydonda 50 qatnovga mo‘ljallangan zamonaviy qo‘shimcha bino quriladigan bo‘ldi.

Shuningdek, Botir Zaripov 49-oilaviy poliklinikaning Qayrag‘och filialini ham ko‘zdan kechirdi. Uni ta’mirlash, xodimlarga munosib shart-sharoit yaratish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. Bundan tashqari, 29-MTTning filialini rekonstruksiya qilish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

#hokim_hududlarda
#G'ijduvon_tumani

Botir Zaripov boshchiligidagi mutasaddilar Gʻijduvon tumanida "og‘ir toifa"dagi deya qayd etilgan ijtimoiy soha obyektlarida ham bo‘lishdi. Jumladan, "Zarangari" MFY Abadi qishlog‘idagi 75 qatnovga mo‘ljallangan 60-son oilaviy poliklinika qariyb 20 ming aholiga xizmat qiladi. Biroq muassasa tibbiyot va sanitariya talablariga javob bermaydi.

Botir Zaripov poliklinika holatini ko‘zdan kechirdi. Albatta, aholiga qulaylik va tibbiyot xodimlariga munosib mehnat sharoitlarini yaratish zarurligini ta’kidladi. Shunga ko‘ra, chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, mavjud binoni mukammal ta’mirlash, poliklinika hududidan qo‘shimcha 50 qatnovli bino qurish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, viloyat rahbari 66-umumta’lim maktabining bo‘sh turgan binosida ilk rivojlanish markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish loyihasi bilan tanishdi. Qayd etilishicha, markaz tashkil etilishi bilan tumandagi nogironligi bo‘lgan bog‘cha yoshidagi bolalarni to‘liq qamrab olinib, oilalarning ham ijtimoiylashuviga erishiladi. Viloyat rahbari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Loyiha doirasidagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

#Milliy_libos
#Chellenj

⚡️Axborot xizmati rahbarlari "Milliy liboslar" chellenjida faollik ko'rsatishdi

Milliy liboslarimiz o‘zligimiz, qadriyatlarimiz va ma’naviyatimiz timsoli!

Haftaning har jumasi jonajon Vatanimizda "Milliy liboslar kuni" sifatida keng nishonlanmoqda. Bu kunda barcha yurtdoshlarimiz jonbozlik ko'rsatib, milliyligimizni tarannum qilishmoqda.

Ayni vaqtda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Samarqand hududiy fillialida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan Buxoro viloyati tuman va shahar hokimliklarining Axborot xizmatlari rahbarlari ham "Milliy liboslar" chellenjini qo'llab-quvvatlashdi.

Barchani milliy libos kiyishga, an'analarga hurmat ruhi bilan qarashga chaqiramiz. Zero, har bir millatning madaniy boyligi, uning milliy kiyimlaridadir!

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

#Kun_hikmati

Baxt har doim mehnat orqasidan keladi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

🖥🖥🖥 Maxsus reportaj

Buxoroning qadimiy manzillarida arxeologik tadqiqotlar o‘tkazilmoqda


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

Vobkent: Zulayho Hamroyeva oilasi ehtiyojidan ortgan elektr energiyasini davlatda sotish evaziga 1 oyga 2 million so‘m atrofida daromadga ham ega bo‘lmoqda

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

🖥🖥🖥 Axborot 24

Respublika ishchi guruhining Buxoro viloyatidagi sayyor qabullari


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

Kogon tumani hokimi koreyalik investorlar bilan uchrashdi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️2024-yildagi yutuqlari uchun Buxoro viloyati dzyudosi eʼtirof etildi

Soʻnggi yillarda Buxoro viloyati dzyudosida ijobiy tomonga sezilarli oʻzgarishlar kuzatildi.

Oʻzbek dzyudosiga Kamol Murodov, Ramziddin Saidov, Farhod Toʻrayev, Rishod Sobirov, Shahram Ahadov singari taniqli tatami ustalarini yetkazib bergan zaminning shonli anʼanalari bugugi kunda ham davom etmoqda.

Buxoro viloyati dzyudochilarini istalgan yosh toifasidagi terma jamoalarimiz safida koʻrish mumkin.

Uzoqqa bormaylik, 2025-yil hisobidan ilk xalqaro musobaqada qoʻlga kiritilgan har ikki medal ham buxorolik dzyudochilar hisobiga toʻgʻri keldi. Parij “Katta Dubulgʻa” turnirida Shahram Ahadov oltin, Bahrom Boturov esa bronza medaliga sazovor boʻldi. Shuningdek, yoshlardan Mirodil Mirodullayev, Zamohshariy Bekmurodov, Hojiakbar Toshev, Anvar Ibrohimov, Farangiz Rejepova kabi buxorolik dzyudochilarni alohida aytish oʻrinli boʻlsa kerak.

Viloyat kesimida oladigan boʻlsak, bugungi kunda dzyudo bilan muntazam shugʻullanayotganlar soni boʻyicha aynan Buxoro viloyati birinchi oʻrindan joy olgan. Bugungi statistikaga koʻra, Buxoroda 4020 nafar dzyudochi olimpiya oilasiga mansub sport turi bilan shugʻullanib kelyapti. Shulardan 500 nafarini qizlar tashkil qilmoqda. Eng koʻp murabbiylar ham aynan Buxoroda - 90 nafar. Ulardan 54 nafari oliy maʼlumotli. Hakamlar soni boʻyicha ham Buxoro birinchi oʻrinda - 20 nafar. Eng koʻp dzyudo zallari ham Buxoroda - 46 ta!

Kuni kecha Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov ushbu muvaffaqiyatlarni eʼtirof etgan holda Buxoro dzyudosi jonkuyarlari uchun ragʻbat oʻlaroq tashakkurnoma hamda 3 ta tatami uchun sertifikat topshirdi. Uni federatsiya raisi oʻrinbosari Shuhrat Ochilov qabul qilib oldi.

A.Kamilov buxorolik dzyudochilardan 2025-yilgi sport mavsumida ham katta yutuqlarni kutib qolishini aytdi va bu borada ularga omad tiladi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

Buxoroda “Insult markazi” tashkil etilmoqda

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

❓Buxorodagi qaysi OTM faoliyatini yuqori baholaysiz?

Buxoro viloyatdagi mavjud oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv metodikasi, pedagogik jamoadagi hamjihatlik, ilg‘or tajriba hamda zamon bilan hamnafas uslubda darslar o‘tilishi, rahbarning salohiyati, yangi g‘oyalarga intilish, ota-onalar va talabalar, jamoatchilikning ta’lim dargohi haqidagi fikrlarini o‘rganish uchun so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Siz ham o‘zingiz xohlagan OTM jamoasini qo‘llab-quvvatlab, ovozingizni qoldiring. Bu bilan muassasadagi jarayonlarga munosabatingizni bildirgan bo‘lasiz!

🔹So‘rovnomada ishtirok etish mutlaqo bepul va ixtiyoriy. Ovoz berish 2025-yilning 2-martiga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

@uzreytingbot

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

Vobkent: shirinlik mirishkor daromadidan “Nexia-3” avtomobili xarid qildi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

Vobkent: Choʻrikalonda naslli qoramol boqish ommalashmoqda

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

🖥🖥🖥 Maxsus reportaj

Tibbiyot sohasidagi islohotlar samarasi Buxoro viloyati misolida


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️Yoshlar agentligi tomonidan o'tkazilib kelinayotgan "Besh tashabbus olimpiadasi" loyihasiga start berilishi munosabati bilan viloyatimizning 544 ta MFYlariga 4 turdagi ya'ni:
⚽️ Futbol
🏀 Basketbol
🏐 Gandbol
🏐 Valebol to'plari har mahalla uchun 7 tadan yetkazib berildi.


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️Buxoro tibbiyotida transplantatsiya yo‘nalishi rivojlanmoqda

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mamlakatimizdagi barcha tibbiyot markazlari bilan kelgusidagi amaliy jarayonlarni mustahkamlash maqsadida hamkorlik memorandumlari imzolagan edi. Mana, bugungi kunda ushbu tashabbus o‘z natijasini bermoqda.

Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida navbatdagi buyrak transplantatsiyasi amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Mazkur jarrohlik amaliyoti Respublika Milliy tibbiyot markazi transplantologi Sobirov Jasur Gʻaybullayevich boshchiligida amalga oshirildi.

Bemor – T. Bozorov 3 yildan buyon buyrak yetishmovchiligi bilan aziyat chekib, gemodializ muolajalarini olib kelayotgan edi. Uning turmush o‘rtog‘i donorlikka mos kelmagani sababli, opasi – Sh. Bozorova ukasining hayotini saqlab qolish uchun o‘z buyragini berishga qaror qildi.

Oilani fidoyiligi va shifokorlarning mahoratli amaliyoti natijasida jarrohlik muvaffaqiyatli o‘tdi, Hozirda bemor va donorning holati yaxshi.

Ta’kidlash joizki, mazkur buyrak transplantatsiyasi 2024-yil noyabr oyida imzolangan Respublika Milliy tibbiyot markazi bilan hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirildi.

Shuningdek, yil oxiriga qadar ilk bor 5 nafar bemorda jigar, 20 nafariga esa buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti ham rejalashtirilgan. Bu esa organ transplantatsiyasi sohasidagi xizmatlarni Buxoro viloyatida kengaytirishga, bemorlarni uzoq hududlarga borishsiz davolash imkonini yaratadi.

Shifokorlarning fidoyiligi va tibbiy taraqqiyot sababli endilikda og‘ir kasalliklarga chalingan bemorlar Buxoroning o‘zida zamonaviy va samarali jarrohlik amaliyotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur ibn Umarshayx Mirzo tavallud topgan kun

Jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoda ma’lum va mashhurdir. Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevral kuni dunyoga kelgan. Bu yil shoh va shoir tavalludining 542 yilligi nishonlanmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

Vobkent: changaronlik Hayitovlar ham tomorqasidagi issiqxonani kengaytirib, daromadni koʻpaytirmoqda

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

Romitan: “Melnik gold” MCHJ mebel mahsulotlarini koʻpaytirib, xorij bozorini koʻzlamoqda

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

⚡️Endilikda 10-11-sinf o‘quvchilari tadbirkorlarga biriktirilib, ularga oylik to‘lanadi

2025-yildan boshlab o‘quvchilar ularning iqtidori va qiziqishlariga mos kasb-hunarga yo‘naltiriladi. 2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar maktablar bitiruvchilari egallaydigan kasb-hunar bo‘yicha amaliy imtihondan o‘tkaziladi va ularga elektron sertifikat berish tartibi joriy etiladi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining maktab va tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilash to'g'risidagi qarori imzolandi.

Xo'sh, maktab va tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro hamkorlik qilishi qanday yo'nalishlarda tashkil qilinadi?

👉Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

❓Buxorodagi qaysi OTM faoliyatini yuqori baholaysiz?

Buxoro viloyatdagi mavjud oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv metodikasi, pedagogik jamoadagi hamjihatlik, ilg‘or tajriba hamda zamon bilan hamnafas uslubda darslar o‘tilishi, rahbarning salohiyati, yangi g‘oyalarga intilish, ota-onalar va talabalar, jamoatchilikning ta’lim dargohi haqidagi fikrlarini o‘rganish uchun so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Siz ham o‘zingiz xohlagan OTM jamoasini qo‘llab-quvvatlab, ovozingizni qoldiring. Bu bilan muassasadagi jarayonlarga munosabatingizni bildirgan bo‘lasiz!

🔹So‘rovnomada ishtirok etish mutlaqo bepul va ixtiyoriy. Ovoz berish 2025-yilning 2-martiga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

@uzreytingbot

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

​​⚡️"O‘zsanoatqurilishbank"dan aholi va tadbirkorlar uchun yengil kreditlari

Joriy yilda "O‘zsanoatqurilishbank" tomonidan aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlashga qaratilgan yangi kredit turlari joriy qilindi.

“Biznesga birinchi qadam 2”, “Tezkor kredit 2”, “Biznes START-UP” shular sirasiga kirib, ular aholi va tadbirkorlarga quyidagi shartlarda taqdim etilmoqda:

👉“Biznesga birinchi qadam 2”
Muddati: 3 yilgacha
Yillik foiz stavkasi: 25%
Miqdori: 15 mln. so‘mgacha

👉“Tezkor kredit 2”
Muddati: 36 oygacha
Yillik foiz stavkasi: milliy valyutada – 26% dan, xorijiy valyutada – 13%dan boshlab
Miqdori: 500 000 AQSh dollari ekvivalentigacha

👉“Biznes START-UP”
Muddati: 36 oygacha
Yillik foiz stavkasi: 25%dan boshlab
Miqdori: 300 mln. so‘mgacha

Agarda ushbu kreditlarni rasmiylashtirish jarayonida korrupsion holatlar kuzatilsa yoki noqonuniy holatlar yuz bersa, quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qiling:

- bankning rasmiy veb-sayti: https://sqb.uz/uz/compliance-hotline/
- bankning ishonch telefon raqami: 0-800-120-8888
- bankning telegram boti: @sqbantikor_bot
Ushbu murojaatlar har bir fuqaroning xavfsizligini ta’minlagan holda to‘liq maxfiylik shartlarida ko‘rib chiqiladi.

Bank axborot xizmati

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

🖥🖥🖥 Maxsus reportaj

Buxorodagi ta’lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasi yaxshilanmoqda


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

#tayinlov

Fayziyev Bahodir Rustamovich Buxoro viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

B.Fayziyev 1979-yilda Kogon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 2003-yilda Toshkent davlat san’at institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi—san’atshunos-jurnalist.

U hozirgacha Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining tegishli buyrug‘i bilan amalga oshirildi.


Buxoro.uz|Facebook|Ig|YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

🖥🖥🖥 Maxsus reportaj

Buxoroda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar va hududlarning eksport salohiyati

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

#Diqqat

🚱SUV TAʼMINOTI VAQTINCHALIK TOʻXTATILADI


⚡️Buxoro shahrining Islom Karimov koʻchasi boʻylab oʻtuvchi diametri 300mm li markaziy suv quvurida yuzaga kelgan nosozlikni (avariya holati) taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan bugun, 10-fevral kuni soat 17:00ga qadar “Sobir Rahimov” MFYga qarashli Choʻlpon, Kamongar, Vobkent, Romitan, Xalqobod, Davlatobod, shuningdek, qisman Islom Karimov koʻchalarida vaqtinchalik suv taʼminoti toʻxtatilishini maʼlum qilamiz.

❗️Yetkazilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilarimizdan uzr soʻraymiz.


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

BUXORO.UZ | Rasmiy kanal

Botir Zaripov Olot, Qorakoʻl va Jondor tumanlarida qurilish, taʼmirlash va yangidan qurishga muhtoj, taʼmirtalab, sanitariya va gigiyena qoidalariga javob bermaydigan ijtimoiy soha muassasalarini borib koʻrdi (video)

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал