Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali. Veb-sayt: gov.uz/buxoro Facebook: fb.com/zaripovrasmiy Matbuot kotibi: @olimjuraev Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
#oromgohlar_chorlaydi
📣Hurmatli, ota-onalar!
👋Farzandingiz yozgi ta’tilni maroqli va mazmunli o‘tkazishini xohlaysizmi? Sizlarni Buxoro viloyatidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga taklif etamiz!
✅Viloyatning so‘lim maskanlarida joylashgan oromgohlarimizda bolajonlar uchun kuniga 5 mahal kaloriyaga boy ratsionda ovqatlanish, sifatli oziq-ovqat ta’minoti, 12 kunlik dastur asosida turli madaniy-ma’rifiy, sport tadbirlari, basseynlarda cho‘milish, musobaqalar, intellektual o‘yinlar, turli yo‘nalishlarda to‘garaklar hamda noan’anaviy klublar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
👍Eng asosiysi ularning xavfsizligi va sog‘ligiga alohida e’tibor qaratiladi!
✅Oromgohlarimizga 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolajonlar dam olishlari mumkin.
📒Oromgohlarimizda 4-iyundan 15-avgustgacha tashkil etiladigan smenalar soni 5 ta, smenalar davomiyligi esa
12 kun.
☑️Siz uchun yana bir yangilik va qulaylik! Endilikda yo‘llanmalarni uydan turib www.oromgohlar.uz platformasi orqali 50% li chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin.
↪️Murojaat uchun oromgohlar telefon raqamlari:
👉"Buxoro" ☎️ +998903400028 (Buxoro shahar);
👉"Bolalar sayyorasi" - ☎️ +998914123434 (Gʻijduvon tumani);
👉"Romitan" - ☎️ +998936889900 (Romitan tumani);
👉"Peshku" - ☎️ +998971820510 (Peshku tumani);
👉"Quyosh nuri" - ☎️ +998932550401 (Vobkent tumani).
🔘Shoshiling, yo‘llanmalar soni cheklangan!
Bolalarni dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish Departamenti Buxoro viloyati boshqarmasi
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥🖥 Fakt 24
650 million dollarlik investitsiya va 500 MVt “yashil” quvvat
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#xalqaro_aloqalar
#Buxoro_Lyaonin
Delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasi tashrifining navbatdagi manzili Shenyan shahridagi “JINCHEN” kompaniyasi boʻldi.
Qayd etish lozimki, mazkur kompaniya nafaqat Lyaonin provinsiyasidagi, balki Xitoydagi eng yirik ishlab chiqaruvchilardan hisoblanadi.
Tanishuv chogʻida Buxoro delegatsiyasiga kompaniyaning tashkil topishi, hozirgi kundagi faoliyati, istiqboldagi rejalari haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, Buxoro viloyatida mazkur kompaniya bilan hamkorlik qilish, Buxoroda sovutish va isitish tizimlari, shuningdek, isitish qozonxonalarini ishlab chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashilib, dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Delegatsiya Shenyan shahrida “II xalqaro birodar shaharlar forumi” doirasida tashkil etilgan koʻrgazma bilan ham tanishdi.
Mazkur koʻrgazmada Buxoro viloyati ham oʻzining turizm salohiyatini taqdimot qildi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥🖥 Farovonlik sari
Shofirkon tumanida 1 200 ish o‘rniga ega “Amirtex” yorlig‘i ostidagi “AZTEX” tikuvchilik fabrikasi hamda Buxoro shahridagi “Buxoro Agroklaster DZZ” faoliyati haqida
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️2025-yil 22-may. Buxoro shahrida 2-DMTT dagi oʻrganishlar
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🖥🖥🖥 Fakt 24
Buxoroda 650 million dollarlik investitsiya va 500 MVt “yashil” quvvat
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Vobkent: "Azizbek-Eʼzozbek zamini”, “Oʻrinoy Mirzayeva” kabi xoʻjaliklarda gʻalla xirmoni yuksalmoqda
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🏢Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabi endi Buxoroda!
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab filiali Buxoro shahridagi "Bukhara City" majmuasi hududida joylashgan.
Yangi o'quv yili uchun 5-6-7-8-9 sinfga aniq fanlar uchun hujjatlar qabuli boshlandi!
Hujjatlarni joriy yilning 1-20-iyun kunlari my.gov.uz, ariza.piima.uz saytlari orqali topshirishingiz mumkin.
👨💻 Agar topshirishda qiynalsangiz, Buxoro shahar "Bunyodkor" MFY Sanoatchilar ko'chasi 1-uy (Buxoro shahar soliq inspeksiyasining orqa tomoni)dagi yangi o'quv binomizda maxsus shtab tashkil etilgan.
☎️ Markaziy Call markaz telefon raqami - 1206
Qo’shimcha ma’lumot olish uchun hududiy shtab raqamlari:
+99891 828 98 98 ; +99899 773 77 44 ; +99899 424 76 33
📆Qabul bo'yicha tashkil etilgan shtabning ish vaqti: soat 09:00 dan 18:00 ga qadar.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Buxorolik 29 nafar o‘qituvchining ilg‘or ish tajribasi respublika miqyosida ommalashtirildi
Joriy yilda ommalashtirish.uz platformasiga viloyatimiz umumta’lim maktablari o‘qituvchilari tomonidan 2 804 ta metodik ishlar joylashtirildi.
Ularning 2 161 tasi maktab miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilgan bo‘lsa, 1 120 tasi shahar va tuman miqyosida ommalashtirildi.
Dastlabki bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan ilg‘or ish tajribalarning 274 tasi viloyat miqyosida, 29 tasi esa respublika miqyosida ommalashtirildi.
Kuni kecha viloyat Pedagogik mahorat markazida ilg‘or ish tajribalari respublika miqyosida ommalashgan o‘qituvchilar munosib taqdirlandilar.
👉Batafsil
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Olot: Bunyodkor mahallasida shirinliklar sexi ishga tushdi
👉Batafsil
👉Батафсил
buxorouz_official">Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#Buxoro
#silk_and_spices
⚡️Buxoroda o‘tkazilgan XXI “Ipak va ziravorlar” festivali turizm salohiyatining yorqin namoyishiga aylandi
Joriy yilning 6-8-iyun kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan XXI an’anaviy xalqaro “Ipak va ziravorlar” festivali o'z nihoyasiga yetdi.
Festival davomida jami yarim millionga yaqin sayyohlar, shu jumladan,
1-kun (6-iyun) – 105 000 nafar
2-kun (7-iyun) – 127 400 nafar
3-kun (8-iyun) – 157 200 nafar xorijiy va mahalliy sayyoh ishtirok etdi.
Mazkur festival xalqaro sayyohlarni jalb qilish va ularni Buxoroning boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va an’anaviy hunarmandchilik mahsulotlari bilan tanishtirishda muhim platforma bo‘ldi.
Ta'kidlash joizki, har ikki yilda o'tkazilib kelinayotgan mazkur festival madaniy almashinuv va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bilan birgalikda, viloyatning turizm sohasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#Ipak_va_Ziravorlar #MilliyMeros #Festival2025 #jarayon
#No_Comment | Bayramona salyut
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#Ipak_va_Ziravorlar #MilliyMeros #Festival2025 #jarayon
#No_Comment | Festivalning tungi manzarasi
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
BuxDU kichik majlislar zalida Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Dr. Felipe Paullier hamda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayevlarning universitet talaba-yoshlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Jumladan, talabalar bugungi kundagi yoshlar harakatlari, media sohasidagi o'zgarishlar, yosh izlanuvchilarni ilhomlantirish usullari haqidagi fikrlar bilan qiziqishdi. Savollarga javob berish jarayonida Dr. Felipe Paullier hamda Alisher Sa'dullayev xalqaro miqyosida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan loyihalar, yosh tadqiqotchilarni qo'llab-quvvatlash yo'nalishlari haqida to'xtalib o'tishdi.
Uchrashuv so'ngida BuxDU rektori tomonidan mehmonlarga esdalik sovg'alari topshirildi hamda tashrif uchun universitet jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirildi.
Buxoro.uz | Fb | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Buxoro davlat universiteti bilan yaqindan tanishish maqsadida universitetga tashrif buyurdi
Bugun, 17-may kuni Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Dr. Felipe Paullier hamda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurib, unda yaratilgan sharoitlar, bo'lib o'tayotgan jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.
Universitet rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi universitet rahbariyati mehmonlarni iliq kutib olishdi hamda universitet bosh foyesida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni-2025” ko'rgazmalari bilan batafsil tanishib chiqishdi. Dr. Felipe Paullier ko'rgazma bo'yicha o'zini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari javoblarini oldi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Vobkent: “Guliston” va “Rohkent” hududlarida gʻalla oʻrim-yigʻimi avjida
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Buxorolik yoshlar, tayyormisiz?
Buxoroda navbatdagi “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida shou-konsert dasturi ertaga, 14-iyun soat 19:00da Buxoro shahridagi “Shahriston maydoni”da boʻlib oʻtadi.
🔈Estradamizning yorqin yulduzlari, xalqimiz sevgan xushovoz xonandalar ishtirokidagi shou-konsert dasturi barcha buxoroliklarni xursand qilishiga ishonamiz.
#Yoshlaroyligi #Dolzarb90kun #Buxoro
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiya Shenyan shahrida “II xalqaro birodar shaharlar forumi”da ishtirok etishdi
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#Kun_hikmati
Inson o‘zini o‘zgartirmas ekan, hayot o‘zgarmaydi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
RADDIYA
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati hokimi tomonidan goʻyoki “xususiy bogʻchani buzib tashlash” kerakligi yuzasidan topshiriq berganligi haqidagi video tarqalib, keng muhokamaga sabab boʻlmoqda.
Holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
Joriy yilning 22-may kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi ishchi guruhi Buxoro shahridagi 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim muassasasida amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarining borishini koʻzdan kechirdi.
140 oʻringa moʻljallangan mazkur muassasa 1961-yilda qurilgan va hozirda taʼmirtalab holga kelib qolgan. Oʻtkazilgan xatlovga asosan mahalliy byudjet hisobidan zarur mablagʻlar ajratilib, bogʻchada kapital taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Oʻrganish chogʻida viloyat hokimi qurilish ishlarini jadallashtirish va qisqa muddatda yakunlash yuzasidan shahar hokimligi va soha masʼullariga topshiriqlar berdi.
Shuningdek, oʻrganish jarayonida Botir Zaripov davlat bogʻchasi hududi obodonlashtirilmaganligi, bogʻchaga tutash boʻlgan hududdan oʻzboshimchalik bilan egallangan umumiy ovqatlanish obyekti egasi tomonidan bogʻcha hududida tegishli ruxsatlarsiz, xufyona noqonuniy kirish-chiqish yoʻlagi ochilganligi, bundan tashqari bogʻcha hududining bir qismida yuqori kuchlanishli transformator atrofi temir panjara bilan oʻrab olinmaganligi yuzasidan eʼtirozlarini bildirdi.
Amaldagi qonunchilikka koʻra, viloyat hokimlari zimmasiga muassasalarning xavfsizligini taʼminlash, shu jumladan, hududlar atrofini oʻrash, ularga huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha inspektorlarni biriktirish, kuzatuv kameralari va yongʻinga qarshi signalizatsiya tizimlarini oʻrnatish choralarini koʻrish, shuningdek, muassasa hududining va koʻchmas mulkining butunligini hamda daxlsizligini belgilangan tartibda taʼminlash vazifalari yuklatilgan. (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli Qarori)
Videolavhada tilga olingan “buzib tashla” jumlasida aynan oʻsha bogʻcha hududida tegishli ruxsatlarsiz, xufyona, noqonuniy kirish-chiqish yoʻlagini bartaraf etilishi nazarda tutilgan.
Bunda, viloyat hokimi tomonidan 140 nafar bogʻcha tarbiyalanuvchilarini xavfsizligi, hamda yuz berishi mumkin boʻlgan turli noxush, noqonuniy holatlarni oldini olish - asosiy maqsad boʻlgan.
Ijtimoiy tarmoq faollari va foydalanuvchilari aynan shu jumlani “hokim xususiy bogʻchalarni buzib tashlash boʻyicha topshiriq berayapti” tarzida muhokama qilishmoqda. Bu esa mutlaqo asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Viloyatning boshqa shahar-tumanlaridagi maktabgacha taʼlim muassasalarida bu kabi holatlarni oʻrganish va zudlik bilan bartaraf etish maqsadida Buxoro shahar hokimining tegishli oʻrinbosariga “hayfsan” intizomiy chorasi qoʻllanilgan, noqonuniy yoʻlak bartaraf etilgan hamda oʻrganish olib borilgan 2-son davlat maktabgacha taʼlim taʼlim muassasasidagi jarayon tasvirga olinib, mutasaddilarga yuborilgan va shu tariqa keng tarqalgan.
Shu oʻrinda alohida taʼkidlamoqchimiz, viloyatda qonun ustuvorligi taʼminlanadi, bironta noqonuniy buzilish qilinmaydi. Ushbu holatda viloyat hokimi tomonidan topshiriq berish paytida ayrim rahbarlarning masʼuliyatini oshirish uchun hissiyotli gapirishga toʻgʻri kelgan.
Shu oʻrinda viloyat hokimligi matbuot xizmati ommaviy axborot vositalari vakillari, shu jumladan, blogerlar bilan doimo hamkorlikka tayyorligini bildiradi.
Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
https://uza.uz/uz/posts/baliqlar-suv-havzalarga-qoyildi_728582
Читать полностью…⚡️Hafiza Artikova Ahmad Donish, Olim Xoʻjayev va boshqa mahallalardagi ayollar ijtimoiy yotoqxonalarida boʻldi
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Yangi aeroport yoʻlida ham ish qizgʻin tus olgan
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Shofirkon: “Tashabbusli budjet” dasturi asosida Chandir va Qoʻrbongli qishloqlari yoʻli asfaltlashtirildi
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#Kun_hikmati
Til iymon mezonidir.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🎉 Ipak va ziravorlar festivali 2025 (konsert dasturi)
@BotirZaripov
*Fotoreportaj
⚡️Buxoro dunyo sayyohlari e’tiborida
Buxoro shahri shu kunlarda xalqaro miqyosdagi yirik tadbir — XXI an’anaviy “Ipak va ziravorlar festivali”ga mezbonlik qilmoqda.
Batafsil: https://uza.uz/posts/728107
buxorouz_official">Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#jarayon
#live
#festival2025
Uch kun davomida viloyatimiz aholisi va mehmonlariga ko'tarinki kayfiyat ulashgan XXI an'anaviy "Ipak va ziravorlar" xalqaro festivalining yopilish marosimiga bag'ishlangan konsert dasturi o'z nihoyasiga yetdi. Marosim yakunida bayramona salyutlar otildi.
buxorouz_official">Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
Shuningdek, tashrif davomida mehmonlar Ofis registrator faoliyati bilan tanishishdi.
Universitetda bo'lib o'tayotgan “Yangi O‘zbekiston shukuhidagi ixtisoslashgan maqom maktablarida o‘qitishning zamonaviy uslublari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etib, o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Tashrif davomida Buxoro davlat universiteti Axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishib, iliq fikrlar bildirishdi. Shu bilan birga, Buxoro davlat universiteti muzeyida bo'lib, tilaklar daftarida o'z fikrlarini bildirdi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Qorovulbozor: "Vigour Export" korxonasi Afgʻonistonga tuxum eksport qilmoqda
👉Batafsil
👉Батафсил
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube