buxorolibuz | Неотсортированное

Telegram-канал buxorolibuz - Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

266

Абу Али Ибн Сино номидаги Бухоро вилояти ахборот-кутубхона маркази. https://bukhara.natlib.uz/ Facebook: www.facebook.com/buxorolibuz/ Twitter: www.twitter.com/buxoroakm Блог : www.bukharalib.blogspot.com/

Подписаться на канал

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Nasriddin Afandi festivali

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

📖Antuan de Sent-Ekzyuperi
✏️«Kichkina shahzoda»

«Kichkina shahzoda» ertagi Antuan de Sent-Ekzyuperining eng qisqa asarlaridan biri bo‘lsa ham, unda adibning inson hayotining ma’nosi va mazmuni haqidagi dardlari va falsafiy mushohadalari, insonlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik, hamdardlik va o‘zaro hurmat munosabatlari, Yovuzlik va Yomonlikka qarshi kurash g‘oyalari aks ettirilgandir.
«Kichkina shahzoda» asarida insonlarning o‘z vataniga, tug‘ilib o‘sgan maskaniga bo‘lgan muhabbativa sog‘inch hissi asosiy o‘rinni egallagan.

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot -kutubxona markazi   boshlangich kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov  yig‘ilishi Axboroti 2025 yil 28 mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati Axborot-kutubxona markazida kasaba uyushmasi tashkiloti hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining 2024-yil 21-dekabrdagi IX-3-sonli qarori va O‘zbekiston 2024-yil 21-dekabrdagi IX-3-sonli qarori va O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi rayosatining 2024-yil 25-dekabrdagi 13-1-sonli qarori asosida tashkil etildi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

BU SIZNING KUTUBXONANGIZ!
Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazi Abonementlar sektori tomonidan Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti talabalari uchun “Bu sizning kutubxonangiz” loyihasi asosida axborot- kutubxona markazi bo`ylab sayohat uyshtirildi. Sayohat jarayonini Abonementlar sektori mudiri F.Ashurova olib bordi

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Kutubxonaga sayohat

Keyingi kuni ham Buxoro davlat universiteti, arxeologiya va tarix fakulteti talabalari axborot - kutubxona markazi bo`ylab sayohatini davom ettirishdi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

2025-yil 26-mart kuni Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazi ilmiy-metodika, xizmat rahbarlari tomonidan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida Milliy kutubxonaning yangi 1-chorak hisobot jadvalini to'ldirish bo’yicha ZOOM platformasi online seminar o'tkazildi. Yangi 1- chorak jadvalni to'ldirish uchun tavsiyalar berildi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Milliy qadriyatlarimiz jahon ko‘zgusida

O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara qo‘shinlari tizimida ma’naviy-marifiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha 2025 yil uchun hamkorlikdagi chora tadbirlarni rejasining 2 va 6 bandlariga muvofiq Buxoro viloyat axborot kutubxona markazi hamkorlikda 14- mart kuni 9116- harbiy qism harbiy xizmatchilari turmush o‘rtoqalari hamda mutasaddi tashkilotlarning mas’ul ijrochilari ishtirokida “Milliy qadriyatlarimiz jahon ko‘zgusida,” “Marifat ila diniy radikallashuvni yengamiz” va “Sog’lom oila jamiyat poydevori” mavzularida davra suxbati tashkillashtirildi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Olam nurga to’lsin sen bilan Navro’z!
2025 yil 18- mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida “21-mart Navro’z Umumxalq bayrami” munosabati bilan “Olam nurga to‘lsin sen bilan Navro’z!” mavzuida kitob - rasmli ko`rgazma tashkil etildi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Kitobxon onalar kuni
2025-yil 17-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida xalqimizning milliy bayrami - Navro‘z ayyomi munosabati bilan “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan badiiy, madaniy-ma'rifiy tadbirda Toshkent shahrida joylashgan mahallarning faol xotin-qizlari, buvijonlar, uy bekalari bilan bir qatorda yozuvchi, shoirlar ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyat va tuman AKMlarida ZOOM platformasi orqali tashkil etildi. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etishdi.
Tadbirni ochiq deb e'lon qilar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o'rinbosari Nasiba Xoldorova kutubxona mehmonlarini bahor, yosharish, yangilanish va nafosat bayrami Navro‘zi ayyom bilan qutladi va o‘sib kelayotgan avlodning ma'naviy kamolotida kitobxon onalarning rolini alohida e'tirof etdi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Buyuk ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy navalludining 150 yilligi munosabati bilan virtual ko'rgazma

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

/channel/buxorolibuz

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

/channel/buxorolibuz

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

/channel/buxorolibuz

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

/channel/buxorolibuz

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

"Qarzga olingan umr"
✍️ Remark


Muhabbat - ko'ngil qo'ygan insoningga fido bo'lishing! Asarda avtomobil poygasi ishqibozi bo'lgan Klerfening xasta Lilianga bo'lgan fidoyi muhabbati, ularning birgalikda kechirgan sarguzashtlari va oʻrtalaridagi murakkabliklarga to'la munosabatlar, oshiq-ma'shuqning iztiroblari tasvirlangan. Yigit sevgilisining roziligini ololmay sarson, ammo uning ozorlaridan huzur topadi. Tuzalmas xastalikka yo'liqqan, o'z umrining kam qolganini ham biladigan Lilianning esa ichki olami butunlay mavhum, qorong'i. Qiz kasallikka qasdma-qasd hayotdan zavq olib yashashga, oz boʻlsa-da, undan o'z ulushini olib ulgurishga intiladi-yu, biroq imkoniyati cheklangan. Qismat esa ularga butunlay boshqa narsani ravo ko'radi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Milliy liboslar qadriyatlar timsoli

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Oʻzbeklar asosan oʻtroq va dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi xalqdir. Oʻzbeklar asosan 32 ta katta urugʻlardan iborat. Lahjasi, urf-odati, yuzi tuzilishi har xil boʻlsada Xivalik, Qo‘qonlik, Yorkandlik o‘zbeklarning nafaqat bir millat, balki bir urug‘ga mansubligini anglab yetdim. Ko‘rdimki, ko‘pchilik qabila vakillari Xivada yashaydi, Xivalik o‘zbeklar esa o‘zlarining qadimiy o‘zbek millati bilan faxrlanadilar. Xivalik o‘zbeklar boshqa qabiladoshlaridan soddadillik va ochiqko‘ngilliklari bilan ajralib turadilar. Eng buyuk o‘zbek shoiri Navoiyni uchta xonlikda hamma biladi va faxrlanadi. Buxorolik o‘zbeklar esa ko‘p madrasalarni ko‘z-ko‘z qilishni yaxshi ko‘radilar, ularning aytishicha, Buxoroda 360 ta madrasa bor, lekin ularning soni 80 dan oshmaydi. Bizga ma'lum bo'lgan Osiyo shaharlari ichida eng qattiq politsiya Buxoroda joylashgan. Oʻzbeklar Buxoroda hukmron xalq hisoblanadi, chunki amirning oʻzi ham mangʻit qabilasidan boʻlgani uchun ular mamlakat qurolli kuchlarini asosan oʻzbeklar tashkil qiladi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

2025 – yil 28 – mart kuni kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi “Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati”da ishtirok etishdi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

2025-yil 27-mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi tomonidan tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari ishchi tarkibida o’rganib chiqib, ularning jamlanma hisobga olish, yakka hisobga olish daftarlari, texnik va ilmiy ishlov berilgan kitoblar, kartatekalarini to’ldirishda mavjud kamchiliklar aniqlanib metodik tavsiyalar berilib, amaliy topshiriqlar tashkil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha ma’lum muddat berildi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Bu sizning kutubxonangiz

2025-yilning 25- mart kuni Buxoro davlat universiteti, arxeologiya va tarix fakulteti, 4- bosqich talabalari uchun “Bu sizning kutubxonangiz” loyihasi asosida axborot - kutubxona markazi bo`ylab sayohat uyushtirildi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Ertak tinglaymiz va o`qiymiz

2025 yil 19-mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida abonementlar sektori xodimlari tomonidan tashkil etilgan “Ertaksevar bolajonlar” kitobxonlar klubining azolari ishtirokida O`zbek xalq og`zaki ijodi ertaklari turkumidan “Shoxli Iskandar” kitob taqdimoti o`tkazildi. Taqdimotda Buxoro shahar 10-umumtalim maktabining 3b-sinf va 3a-sinf o`quvchilari ham faol qatnashishdi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

“Bola – aziz, tarbiyasi undan aziz”

2025-yil 25- mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat Axborot–kutubxona markazida O‘zbekiston o‘quv zali mutaxassisi Radjabova M. tomonidan “Bola - aziz, tarbiyasi undan aziz” mavzusida ma’rifat soati o`tkazildi.
Ma‘rifat soati so‘ngida Xadicha Kubro Tongarning “Men bolamni urmayman” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Бухоро Абу Али ибн Сино номидаги библиотеканинг директори Н.Олимовнинг мақоласи "Бухоро библиотекаси" Гулистон журнал 1941йил №1 сони 29-30 бетида чоп этилган.

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Bu sizning kutubxonangiz
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazi umumiy o'quvchilar sektori tomonidan 2025-yilning 24- mart kuni Buxoro davlat universiteti, tarix fakulteti, 4- bosqich talabalari uchun “Bu sizning kutubxonangiz” loyihasi asosida axborot- kutubxona markazi bo`ylab sayohat uyshtirildi. Talabalarga AKM xizmat faoliyati to`grisida ma`lumotlar berildi. Sayohat jarayonini umumiy o`quvchilar sektori mudiri M. Obidova olib bordi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

2025 yil 24- mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi axborot kutubxona markazida "do'stlar davrasida" klubi ishtirokchilari bilan "Gender tengligi: ijobiyy va salbiyy tomonlari"mavzusida axborot soati o'tkazildi.
Tadbirning maqsadi :
- Gender ta'lim muammolarini muhokama qiling va ushbu muammolarni hal qilish bo'yicha o'z nuqtai nazaringizni bildiring
- Gender ta'limi mavzusida bilimlarni chuqurlashtirish
- O'g'il va qizlarni qanday tarbiyalash kerak? Ota-onalar va o'qituvchilar bolaning rivojlanishiga jins vakili sifatida qanday ta'sir ko'rsatadi ?

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

/channel/buxorolibuz

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

/channel/buxorolibuz

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

/channel/buxorolibuz

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

/channel/buxorolibuz

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

🌊 Tarjimon va dengizchi

Bir kuni tarjimon qayiqqa chiqibdi. Dengizda ketayotib, dengizchiga savol beribdi:
- Rus tilini bilasanmi?
- Yoʻq.
- Axir, rus tilini bilmasdan qanday yashaysan?
- Ingliz tilini bilasanmi?
- Yoʻq.
- Axir, ingliz tilini bilmasdan qanday yashaysan?
- Arab tilini bilasanmi?
- Yoʻq.
- Axir, arab tilini bilmasdan qanday yashaysan?

Bir payt qayiq teshilib qolibdi va dengizchi tarjimondan soʻray boshlabdi:
- Suzishni bilasanmi?
- Yoʻq.
- Endi qanday yashashing haqida sen oʻylab koʻr ...

📌 Xulosa oʻzingizdan!

Читать полностью…
Подписаться на канал