Абу Али Ибн Сино номидаги Бухоро вилояти ахборот-кутубхона маркази. https://bukhara.natlib.uz/ Facebook: www.facebook.com/buxorolibuz/ Twitter: www.twitter.com/buxoroakm Блог : www.bukharalib.blogspot.com/
/channel/buxorolibuz
Читать полностью…"Yangi kitoblarlar – yangi o'qish"
2025 yil 12 mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi axborot kutubxona markazida "Adolat" huquqiy axborot sektorida "Yangi kitoblarlar – yangi o'qish"mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Ko'rgazmada yaqinda huquqiy axborot sektori fondiga qo'shilgan kitoblar namoyish etildi.
Yangi kitob bilan uchrashish har doim qiziqarli va tarbiyaviy. Hozirgi vaqtda kitoblarni tanlash juda katta va ularning har biri bizning bo'limimizda eng qiziqlarini o'qish imkoniyatiga ega.Shaxsni har tomonlama rivojlantirishning bir jihati yuqori huquqiy madaniyatdir. Insonning yotoqxona qoidalari va qonun talablarini tushunish va shunga mos ravishda o'zini tutish qobiliyati tug'ma emas, u maxsus ta'lim tadbirlari ta'siri ostida shakllanadi, boshqa odamlar bilan muloqot qilish, turli tadbirlarda qatnashish natijasidir.faoliyat. Ko'rgazmada jiddiy va oson o'qish uchun turli xil kitob yangiliklari namoyish etildi.
📘"Liderlar kitobi"
✍️ Otabek Xasanov
💎 Lider degani,avvalo, doimo o‘z ustida ishlaydigan va o‘zgalarga yordam qo‘lini cho‘zadigan insondir. Eʼtiboringizga havola qilinayotgan ushbu kitob davlat xizmatchilari, xususiy sektor vakillari, yosh olimlar, talaba va bo‘lajak liderlar hayot yo‘lida ko‘makchi bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
Toshkentda Boburiylar avlodi borligini bilasizmi?
Читать полностью…📘 "Nur borki, soya bor"
✍️ O‘tkir Hoshimov
O‘tkir Hoshimovning ilk romani “Nur borki, soya bor”da yozuvchi o‘ziga zamondosh-tengdosh jurnalist Sherzodning kechinmalari orqali hayajonli ma’naviy – axloqiy masalalar bilan birga o‘tkir ijtimoiy muammolarni ko‘taradi. Asarda ko‘pgina hayotiy, muhim ahamiyatga ega muammolar ko‘tarilgan edi. Bular azaldan kishilik jamiyatining falsafasi bo‘lmish "nur" va "soya"lar orasidagi kurash, tortishuv fonida yoritiladi.
Уйқу олдидан китоб ўқишнинг фойдалари:
⚡️ Яхшироқ ухлайсиз. Китоб ўқиш хотиржам ва соғлом уйқуни таминлайди, аммо элeкрон китоблар эмас.
⚡️ Стрeссдан қутуласиз. Атиги 6 дақиқалик мутолаа стрeссни сeзиларли даражага камайтиради.
⚡️ Мия фаолиятини яхшилаб, диққатни бир жойга жамлашга ёрдам бeради. Китоб ўқиш ҳeч қандай визуал матeриалларсиз, ахборотни мияда қайта ишлашга ёрдам бeради.
⚡️ Сизни сeзгир қилади. Тадқиқотларга кўра: уйқу олдидан бадиий адабиётларни ўқиш, сизни сeзгир инсонга айлантиради.
⚡️ Крeативроқ бўласиз. Тадқиқотларга кўра уйқу олдидан фантастик асарлар ўқиб, сиз ҳар сафар янги оламларга тушасиз, бу эса сизни янада крeативроқ инсонга айлантиради.
Сиз ҳам ухлаш олдидан китоблар ўқийсизми?
Otamning kitob jannati bor. Ikki qavatli taxtadan yasalgan tokchalarga tizilgan kitoblar. Butun olam yotadi u yerda.
✍️ Hikmat Anil O‘ztekin
Kishi o‘zini o‘zi aldashi yaxshi ish emasligini ham bilaman. Lekin nima qilay? Hamon o‘sha ikkilanish bor menda. Hatto, endi ko‘proq ishonib qolganman: «Qorbobo bor, u o‘rmonda, u sovg‘a olib keladi, u salom olib keladi, u bizni tabriklaydi...»
Bilmadim, bu xayol chol bo‘lib bukchayib qolganimda ham o‘zgarmasa kerak.
📙 Sh.Xolmirzayev "Qorbobo keladi"
2025 yil 7-mart kuni kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi “Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati”da ishtirok etishdi.
Читать полностью…Jadidchilik harakati namoyandalari hayoti va faoliyati haqida ma`lumotlar
Читать полностью…“Giyohvandlik - asr vabosi”
2025-yil 3 mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi Huquqiy - axborot sektori tomonidan “Giyohvandlik - asr vabosi” mavzusida bibliografik obzor tashkil qilindi
✅Rasmiy sahifalarimiz:Читать полностью…
Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt
BIZ YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ
Giyohvandlik — insoniyat qarshisida turgan eng katta muammolardan biri. U nafaqat salomatlikka, balki iqtisodiyot va ijtimoiy munosabatlarga ham jiddiy zarar yetkazadi. U butun dunyo bo'ylab keng tarqalgan global ofat bo'lib, har qanday jamiyat uchun xavflidir.
Afsuski, bugun dunyoda giyohvand moddalar iste'mol qiluvchilar soni ortib bormoqda.
Bunga esa yer yuzi aholisining ko'payishidan tashqari, jahon bo'ylab sintetik giyohvand moddalar iste'moli yildan yilga ommalashib borayotgani ham sabab bo'lyapti.
Ana shunday omillar yurtimizda psixiatriya va narkologiya xizmatini takomillashtirish uchun muhim asos bo'ldi.
2025-yil 1-mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida “Ibn sino vorislari” klubi a’zolari bilan 1- mart Giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzuida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
✅Rasmiy sahifalarimiz:Читать полностью…
Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt
2025 yil 28-fevral kuni kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi “Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati”da ishtirok etishdi.
✅Rasmiy sahifalarimiz:Читать полностью…
Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt
Sevimli kutubxonamga tuhfalar
2025 yil 28 fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi fondiga “Sevimli kutubxonamga tuhfalar” loyihasi doirasida mualif Buxoro davlat texnika universiteti "O‘zbek va xorijiy tillar" kafedrasi dotsenti, f.f.f.d.(PhD) Nasiba Komilovna Ibodova tomonidan "Akademik Ibrohim Mo‘minov va o‘zbek falsafasi" nomli monografiyasi
kitobi tuhfa etdi.
✅Rasmiy sahifalarimiz:Читать полностью…
Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt
“ O’zbekistonning tashqi siyosati va hozirgi dunyodagi global muammolar ”
2025 yil 13- mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi axborot kutubxona markazida BDU 1-kurs politologiya talabalari bilan birgalikda "O'zbekistonning tashqi siyosati va hozirgi dunyodagi global muammolar " mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirni BDU o'quv ishlari bo'yicha prorektor, siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori, professor Rustam Jumayev ochdi.
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i Haydar Fayziyev talabalarni boshqarma faoliyati bilan tanishtirdi.
Vazirlikning asosiy vazifalari davlat suvereniteti prinsipini hayotga tatbiq etish va O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosat yo'nalishini amaliy amalga oshirish, O'zbekiston fuqarolarining xorijiy mamlakatlar bilan, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlaridagi davlat manfaatlari va huquqlarini himoya ...
📘 "Lolazor"
✍️ Murod Muhammad Do'st
📘 Murod Muhammad Do‘stning "Lolazor" romani uzoq yillardan buyon keng kitobxonlar diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelayotgan asarlardan biri sanaladi. Roman voqealari muallif va asar qahramoni Saidqul Mardon tilidan bayon qilinadi. Xo‘sh, Saidqul Mardon kim? U asardagi yagona g‘olib shaxsmi yoki davrning qurboni? Yozuvchi ushbu obrazni xarakter darajasiga ko‘tarishda asosiy e’tiborni inson va jamiyat masalasiga qaratadi.
Natijada Saidqul Mardon xarakterining qirralari qabarib ko‘rina boshlaydi. Uning insoniy fazilatlari, jumladan, odamlarga ishonuvchanligi, ularga nisbatan alohida mehri, hurmati boshqalar tomonidan munosib e’zozlanmasligi hayotiy lavhalarda ochib beriladi.
📘 "Bir vijdon uyg‘onur"
✍️ Ahmad Lutfiy Qozonchi
📘 Ahmad Lutfiy Qozonchining ushbu romanida nur va soya kurashi, hakalak otgan nafsi ammora bilan sobit qanoat aro ziddiyat, quyunday bosib kelgan qabohat bilan nurday pokiza ezgulikning mohiyati yoritilib berilgan. Asarda gunohi azim o‘pqoniga qulagan ota fojiasi, yo‘qchagina jismiga ulug‘ tog‘day sabr-toqatni jo eta olgan onaning iztiroblari, qalbi ko‘r ota bilan itoatgo‘y ona orasida sarson-sargardon bolaning ruhiy izlanishlari tasvirlangan.
Asar kitobxonda nurli, pokiza bir tuyg‘u uyg‘otadi. Kishi beixtiyor o‘ylab ketadi: buzilib ketayotgan dunyoni poklik, halollik, qanoat, mehr-oqibat asl o‘zanga solishi mumkin.
Hozir tanqid qilingan odam u yoqda qolib, tanqid qilgan odam baloga yo'liqadi.
📘 "Nur borki, soya bor"
Yozuvchilar Uyushmasi raislari
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 1934-yilda Yozuvchilarning II qurultoyida tashkil etilgan. Uyushmaning birinchi raisi qilib adabiyotshunos Rahmat Majidiy saylangan.
Sovet davridagi raislar:
Rahmat Majidiy – 1934-1936
Qurbon Beregin - 1936-1937
Xolmat Qurbonov - 1937-1938
Hamid Olimjon – 1939-1944
Oybek – 1944-1949
Sharof Rashidov – 1949-1950
Uyg‘un – 1951-1954
Abdulla Qahhor – 1954-1956
Bahrom Rahmonov – 1956-1958
Komil Yashin – 1958-1980
Sarvar Azimov – 1980-1985
O‘lmas Umarbekov – 1985-1987
Odil Yoqubov – 1987-1991
Mustaqillik davridagi raislar:
Jamol Kamol – 1991-1996
Abdulla Oripov – 1996-2009
Bobur Alimov – 2009-2013
Muhammad Ali – 2013-2018
Sirojiddin Sayyid – 2018-yildan beri rais lavozimida.
📖DINOZAVRLAR (Taxlanuvchi varaqli kitob)
Dinozavrlar (Dinosauria) — qirilib ketgan sudralib yuruvchilar. Tanasining uzunligi 20 sm dan 30 m gacha. Antarktidadan tashqari hamma qitʼalarda, jumladan Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda triasboʻr davrlari qatlamlaridan maʼlum. Yura davrida keng tarqalgan, oxirgi dinozavrlar boʻr davrida (65 million yil oldin) qirilib ketgan. Olimlar ayrim dinozavrlarning qirilib ketishini global katastrofa (asteroidning tushishi va boshqalar), boshqalari yer yuzida oʻsimliklar qoplami va iqlimning asta-sekin oʻzgarishi (masalan, aridizatsiya – quruqlashishi) yoki ular yashaydigan muhitdagi boshqa noqulay oʻzgarishlar bilan bogʻlashadi. 600 ga yaqin turi maʼlum.
📘 "O'g'irlangan bolalik"
✍️ Komil Sindarov
⚜️ Bola voyaga yetar ekan, oiladagi nosog‘lom muhit, ota-onaning tarbiya masʼuliyatini his etmasligi, eʼtiborsizlik va loqaydlik kabi illatlar uning oxir-oqibat jinoyat ko‘chasiga kirishiga sabab bo‘ladi. Komil Sindarov qalamiga mansub «O‘zbek detektivi» ruknida nashr yuzini ko‘rgan yangi asar - «O‘g‘irlangan bolalik» yuqoridagi mulohazalar haqida so‘zlaydi.
⚜️ Kitobni varaqlar ekansiz, norasida go‘daklarning sirli ravishda yo‘qolib qolishi, gumondorlarning xatti-harakati jinoyat motiviga tasodifan mos kelishi va sizga yaxshi tanish bo‘lgan prokuratura tergovchisi Sanjarbek va hamkasblarining ustalik bilan yo‘qotilgan qotillik izlari va dalillarini mohirlik bilan fosh etishdagi kasbiy mahorati asarni bir nafasda o‘qib chiqishingizga xizmat qiladi.
"Ona muhabbat chashmasi "
2025 yil 7- mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi hamda Buxoro shahar 32-maktab 2-" A" sinf o'quvchilari ishtirokida 8- mart Xalqaro xotin – qizlar kuni munosabati bilan "Ona muhabbat chashmasi "deb nomlangan tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda o`quvchilar ona haqida she`rlar kuy qo`shiqlar va sahna ko`rinishlarini namoyish etishdi. Tadbir ko`tarinki kayfiyatda o`tdi.
✅Rasmiy sahifalarimiz:Читать полностью…
Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt
“Ayol -jamiyat gavhari "
2025 yil 7- mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Ayol -jamiyat gavhari " mavzuida kitob - rasmli ko`rgazma tashkil etildi.
✅Rasmiy sahifalarimiz:Читать полностью…
Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt
Ayol borki, olam munavvar”, “Jannat onalar oyog’i ostida
2025-yil 4-mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida “Ayol borki, olam munavvar”, “Jannat onalar oyog’i ostida” mavzusida maʼrifat soati oʻtkazildi. Kataloglashtirish va axborot-kutubxona fondlariga ishlov berish xizmati Axborot-kutubxona texnologiyalari bo`yicha bosh mutaxassisi – M. Shermardova tomonidan maʼruza barcha mutaxassis xodimlarga oʻqib eshittirildi.
✅Rasmiy sahifalarimiz:Читать полностью…
Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt
Men o'zbek qiziman
2025 yil 3 mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida “She'riyat gulshani ” klubi a'zolari ishtirokida ” Men o'zbek qiziman” (Zulfiyaxonim tavalludiga bag'ishlangan) deb nomlangan sherxonlik kechasi bo'lib o'tdi.
She'rxonlik kechasida umumiy o'quvchilar zali sektori mudiri M. Obidova Zulfiyaxonim hayoti va ijodi hamda, hozirgi kunda Zulfiyaxonim izdoshlari haqida so'zlab berdi.
“She'riyat gulshani ” klubi a'zolari ikki guruhga bo'linib, Zulfiyaxonim ijodidagi she'rlaridan aytishdi. Faol ishtirokchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
✅Rasmiy sahifalarimiz:Читать полностью…
Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt
Milliy liboslar-qadriyatlar timsoli
✅Rasmiy sahifalarimiz:Читать полностью…
Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt
Sevimli kutubxonamga tuhfalar
2025 yil 28 fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi fondiga “Sevimli kutubxonamga tuhfalar” loyihasi doirasida mualif Ra’no Normurodova hamda Matluba Bazarova"Jadidlar hayoti yoshlarga o‘rnak”(ma’naviy-ma’rifiy to‘plam) nomli kitobi tuhfa etildi.
✅Rasmiy sahifalarimiz:Читать полностью…
Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt
“Jadidlar hayoti yoshlarga o‘rnak” mavzusidagi kitob taqdimoti
Joriy yilning 27 fevral kuni Buxoro viloyati axborot – kutubxona markazida “Jadidlar hayoti yoshlarga o‘rnak” mavzusidagi kitob taqdimoti madaniy- ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Buxoro vioyati axborot – kutubxona markazi xodimlari, ”Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi, Buxoro viloyati hududiy bo‘limi, Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va o‘quvchilari, Viloyat xotin - qizlar qo‘mitasi raisi, Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi hamda, Muso Saidjonovlar va Fayzulla Xo‘jayevlar yaqinlari ishtirok etdilar
✅Rasmiy sahifalarimiz:Читать полностью…
Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt
Milliy libos-millat ko‘rki
2025-yil 21-fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi Buxoro viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda “Milliy liboslar kuni” o‘tkazildi.
✅Rasmiy sahifalarimiz:Читать полностью…
Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt