buxorolibuz | Неотсортированное

Telegram-канал buxorolibuz - Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

266

Абу Али Ибн Сино номидаги Бухоро вилояти ахборот-кутубхона маркази. https://bukhara.natlib.uz/ Facebook: www.facebook.com/buxorolibuz/ Twitter: www.twitter.com/buxoroakm Блог : www.bukharalib.blogspot.com/

Подписаться на канал

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

BU SIZNING KUTUBXONANGIZ!

2025 yil 25-fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazida “BU SIZNING KUTUBXONANGIZ!” loyihasi doirasida ekskursiya tashkil qilindi.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Qanday qilib EBSCO elektron resurslariga foydalanuvchilarni jalb qilish mumkin?

24-fevral kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida EBSCOHost xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasiga ulangan tashkilotlar uchun “Qanday qilib EBSCO elektron resurslariga foydalanuvchilarni jalb qilish mumkin” mavzusida seminar bo'lib o'tadi.

Zoom havolasi: https://us02web.zoom.us/j/85799793925?pwd=2t7Of7HBVTvCcrakyWdJcV3hsJlwjm.1

Konferensiya identifikatori: 857 9979 3925
Kirish kodi: 787477

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramNatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Milliy qadriyatlar uyg‘unligi misolida ayollarga e’tibor va e’tirof”

Joriy yilning 21- fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan “Milliy qadriyatlar uyg‘unligi misolida ayollarga e’tibor va e’tirof” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati huzuridagi “Tadbirkor ayollar klubi” mas’ullari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Buxoro viloyati bo‘limi mutaxassislari, oliy toifali psixologlar hamda otinoyilar ma’ruzalari tinglandi.



Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

2024- yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilish

2025 yil 20-fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi xizmat rahbarlari va sektor mudirlari uchun 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.
Xizmatlar tomonidan bajarilgan ishlar ko'rib chiqildi. Kamchiliklar tushuntirilib, kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar yuklatildi.




Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

"Vatan-himoyasi-muqaddas burch"

2025 yil 19- fevral kuni Buxoro viloyat Axborot-kutubxona markazida "Vatan-himoyasi-muqaddas burch" shiori ostida "Men ham harbiy bo'laman" kitob albomi taqdimoti o'tkazildi.
Unda Mudofaa vazirligi Jamoatchilik Kengashi viloyat bo'limi, DXX Chegara qo'shinlari faxriylari, O'zbekiston "Veteran" jangchi-faxriylar va nogironligi Birlashmasi viloyat kengashi, Milliy gvardiya Qo'riqlash boshqarmasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar bo'linmasi, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zolari, harbiylar va kutubxona xodimlari ishtirok etdi.



Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Milliy liboslar-qadriyatlar timsoli

Har qanday millatni uning milliy liboslariyu, milliy qadriyatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Xorijlik sayyohlarni O‘zbekistonga nima tortadi, albatta o‘zbek madaniyati, milliy liboslariyu, bir necha ming yillarga borib taqaladigan boy tarixga ega. O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov aytganlaridek:
“Qayga bormay boshda do‘ppim,
Gʻoz yurarman gerdayib,
Olam uzra dong‘i ketgan
O‘zbekiston, o‘zbegim!”
2025 yil 14-fevral juma kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida “Milliy liboslar kuni” o‘tkazildi.


Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro viloyati bo'limi va viloyat Axborot-kutubxona markazi tomonidan 2024-yilning 23-noyabrida e'lon qilingan KITOBLARARO 80 KUN loyihasining yakuniy bosqichi bugun Buxoro Muhandislik-texnalogiya institutida bo'lib o'tdi.
Marafonning 4 ta bosqichida to'plangan umumiy ballari asosida g'oliblar aniqlandi hamda tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan g'oliblar esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.


🥇 Shofirkon tumanidan Yarashova Mohlaroyim Shuxrat qizi
🥈 Buxoro tumanidan Safoyeva Marjona Sulton qizi
🥉 Kogon tumanidan Hamroyeva Dilbar Komilovna



Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

"Ajdodlar ruhi mangu barhayot"

2025 yil 12- fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi hamda Buxoro tuman 23-umumta’lim maktabida ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari boshchiligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag'ishlab 5-7- sinf o'quvchilari ishtirokida "Ajdodlar ruhi mangu barhayot" mavzuida tadbir bo`lib o`tdi. Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan kuylangan kuy qòshiqlar, yod olingan g'azallar, hikmatli so'zlar, sahna ko'rinishlari barchaga manzur bo'ldi.




Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Новые перспективы широкого сотрудничества стран ОЭС

11 февраля 2025 года в Информационно библиотечном центре Имени Абу Али ибн Сино в клубе « В кругу друзей » был проведен информационный час на тему :
Участникам мероприятия была зачитанна информация о том, что 9 ноября 2023 года в городе Ташкенте прошел 16-й саммит Организации экономического сотрудничества под девизом «Вместе к экономической стабильности и развитию».
В целях придания нового импульса развитию сотрудничества в рамках ОЭС Президент Узбекистана предложил разработать новый концептуальный документ «Стратегические цели экономического сотрудничества – 2035» в который входит усиления взаимодействия в борьбе с изменением климата и охране окружающей среды ,усиления сотрудничества в сфере туризма, выступающего в качестве одного из приоритетных направлений деятельности структуры и дальнейшее расширение торгово-экономических, промышленных, инвестиционных и гуманитарных связей.




Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga hamda, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag'ishlangan adabiy – badiiy, musiqiy sherxonlik kechasi

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 584 YILLIGIGA BAG’ISHLAB.....

Orazin yopqach ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
O‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘ach quyosh.
Mavlono Lutfiy turkiy va forsiyda bitgan o‘n ikki ming bayt she’rini almashtirmoqchi bo‘lgan mana shu mashhur g‘azal buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy qalamiga mansub edi.
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida g‘azal mulkining sultoni va buyuk davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlab tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro Muhandislik texnologiyalari instituti rektorining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Temirov Alisher Navoiy hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’ruza qildi.
Alisher Navoiy qalamiga mansub g‘azal va ruboiylar rang-barang va boy bo‘lib, biz unda inson hayoti va holatining cheksiz ko‘p qirralarini — shodlikni ham, xafachilikni ham, takrorlanmaydigan lahzalarni ham, har kun, har soatda yuz beruvchi ko‘ngilsizliklarni ham ko‘ramiz. Zotan o‘zbek she’riyatida inson dardi va hasratlarini Navoiydan o‘tkazib ifodalagan shoirni topish qiyin. Buyuk insonparvar Alisher Navoiy o‘rta asrdagi Uyg‘onish davrining boshqa ulug‘ zotlari singari butun hayoti bilan haqiqiy inson qanday bo‘lishi lozimligini ko‘rsatgan. U o‘z davridagi nohaqlikka, adolatsizlikka qarshi kurashgan, amaldorlarning o‘z vazifalarini suiiste’mol qilishlarini va ta’magirliklarini fosh etgan, ojiz, muhtoj kishilarni o’z himoyasiga olgan.


🌐https://bukhara.natlib.uz/
/channel/buxorolibuz
📹https://www.youtube.com/channel/UCQAnm8305kIngL2C6HoqsjA/featured
🌐https://www.instagram.com/bukhara.natlib.uz/
https://www.facebook.com/bukhara.natlib.uz

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

“Bir g`azal sharhi”

2025 yil 7 fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi hamda Buxoro viloyati ixtisoslashgan san'at maktabi bilan hamkorlikda “Bir g`azal sharhi” mavzuida insholar tanlovi o`tkazildi. Tanlovni Madaniy – ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash sektori mudiri ochib berdi.
U o`z so`zida —Nizomiddin Mir Alisher Navoiy- shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi, faylasuf. Iste’dodli qalam sohibi o’zining boy adabiy merosi bilan o’zbek xalqining ma’naviy xazinasini yanada boyitdi. Mutafakkir ijodining yuksak namunalarini oʻqib oʻrganish, oʻlmas gʻoyalarini targʻib qilish, ayniqsa, yoshlarmizga oʻzligini anglatish, maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida, umuminsoniy gʻoyalar asosida tarbiyalashda katta oʻringa ega deb ta`kidlab o`tdi.



🌐https://bukhara.natlib.uz/
/channel/buxorolibuz
📹https://www.youtube.com/channel/UCQAnm8305kIngL2C6HoqsjA/featured
🌐https://www.instagram.com/bukhara.natlib.uz/
https://www.facebook.com/bukhara.natlib.uz

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Milliy liboslar kuni
2025 yil 7-fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida Buxoro Davlat Universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti talabalari hamkorligida “Milliy liboslar kuni” o‘tkazildi.



🌐https://bukhara.natlib.uz/
/channel/buxorolibuz
📹https://www.youtube.com/channel/UCQAnm8305kIngL2C6HoqsjA/featured
🌐https://www.instagram.com/bukhara.natlib.uz/
https://www.facebook.com/bukhara.natlib.uz

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Shoirlar sultoni va sultonlar shoiriga ehtirom

Zahiriddin Muhammad Bobur O'rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o'ziga xos o'rin egallagan adib, shoir, olim bo'lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo'lsa, serjilo o'zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g'azal va ruboiylari turkiy she'riyatining eng nodir durdonalari bo'lib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatgi Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she'riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo'lib qo'shildi.Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Farg'ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, tog'a-jiyanlar, amakivachchalar o'rtasida hokimiyat — ulug' bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.
Adabiyot, nafis san'at, tabiat go'zalligiga yoshligidan mehr qo'ygan Zahiriddin, barcha Temuriy shahzodalar kabi bu ilmlarning asosini otasi saroyida, yetuk ustozlar rahbarligida egalladi. Biroq uning betashvish yoshligi uzoqqa cho'zilmadi. 1494 yili otadan yetim qoldi. 12 yoshida otasi o'rniga Farg'ona ulusining hokimi etib ko'tarilgan Bobur qalamni qilichga almashtirib, Andijon taxti uchun ukasi Jahongir Mirzo, amakisi Sulton Ahmad Mirzo, tog'asi Sulton Mahmudxon va boshqa raqiblarga qarshi kurashishga majbur bo'ldi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan murosaga kelish uchun unga yon berishga — Farg'ona ulusini ikkiga taqsimlab, yarmini ukasiga topshirishga qaror qilda va o'zi Samarkand uchun olib borilayotgan ku-rashga kirishib ketdi. Bir necha yil davom etgan bu kurash qirg'in-barotdan boshqa biror natija bermadi: unda katta harbiy kuch bilan aralashgan Shayboniyxonning qo'li baland keldi va Bobur Samarqandni tashlab ketishga majbur bo'ldi. 1504 yili Shayboniyxon Andijonni ham qo'lga kiritgandan so'ng, Bobur janubga qarab yo'l oldi va Kobul ulusida o'z hokimiyatini o'rnatdi.
2025 yil 7 fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi umumiy o'quvchilar o'quv zalida o'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, davlat arbobi Zag'riddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag'ishlangan “Shoirlar sultoni va sultonlar shoiriga ehtirom” mavzusida adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi tashkil etildi.



🌐https://bukhara.natlib.uz/
/channel/buxorolibuz
📹https://www.youtube.com/channel/UCQAnm8305kIngL2C6HoqsjA/featured
🌐https://www.instagram.com/bukhara.natlib.uz/
https://www.facebook.com/bukhara.natlib.uz

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

🟢 Buxoro shahrida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovining 2-sektor bosqichi bo'lib o'tdi

🍀O‘quvchi-yoshlarda ekologik madaniyatni oshirish va atrof-muhit muhofazasiga bo‘lgan mas’uliyatni kuchaytirish maqsadida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" mavzusida respublika ko‘rik-tanlovining umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida 2-sektor bosqichi Buxoro shahridagi 29-IDUMda o'tkazildi

🍀 Tanlovda o‘quvchilar ekologik qonunchilik, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish borasidagi bilimlarini namoyish etishdi

Tanlov natijalariga ko'ra:

🥇 o'rinni -17-maktabning "Tabiat posbonlari" jamoasi
🥈 o'rinni -29-IDUMning "Green team" jamoasi
🥉o'rinni 19-IDUMning "Zamonaviy ekologlar" jamoasi egalladi



📝Ma'lumot o'rnida: Sektor bosqichlarida 1-2-o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalar shahar bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Yashil boyliklar – sog`lom turmush, farovon hayot manbai

2025 yil 24 -fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi Madaniy – ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash sektorida 2025 yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” davlat dasturini mazmun mohiyatini keng targ`ib qilish yuzasidan Buxoro davlat unversiteti talabalari bilan davra suhbati bo`lib o`tdi.
Davra suhbatini madaniy – ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash sektori mudiri ochib berdi. U so`zida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yangi yilning “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”, deb e’lon qilinishida chuqur ma’no mujassam.


Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

“Til madaniyat ko'zgusi”


YUNESKO tashkiloti tomonidan 21 fevral – "Xalqaro ona tili kuni” deb e’lon qilingan. Mazkur sana 2001 yildan buyon xalqaro miqyosda keng nishonlanib kelinmoqda.
Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning o‘z milliy tafakkuri, ma’naviyati, ruhiyatining o‘zagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi o‘z aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning o‘z Vatani va o‘z tiliga bo‘lgan muhabbati, unga bo‘lgan ehtiromi, qadrlash tuyg‘ulari yangilanadi.
Ushbu kun munosbati bilan kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida Buxoro davlat unversiteti xorijiy tillar fakulteti talabari bilan davra suhbati o`tkazildi.




Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

"Зеркало души народа"

21 февраля 2025 года Активисты Татаро - башкирского Национально- культурного центра Бухарской области совместно с представителями Информационно библиотечного центра имени Абу Али ибн Сино провели мероприятие приуроченное к Международному дню родного языка на тему «Зеркало души народа».
21 февраля – Международный день родного языка - как напоминание о необходимости содействия развитию многонациональности языковой культуры, ее разнообразию и многоязычию.
Он был учреждён в 1999 году. Обычно первый язык, на котором учится говорить человек - родной язык. В мире много языков, у каждого народа – свой. На нем говорят, пишут письма, стихи, поют песни. Это – родной язык. Нас учили говорить на нём родные люди, на нём мы думаем. Правильно говорить и писать на родном языке значит уметь размышлять и выражать свои мысли. Поэтому родной язык надо знать и беречь.




Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

2024- yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilish

2025 yil 19-fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari direktorlarining 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi. Kamchiliklar tushuntirilib, kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.



Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

O'zbekiston Milliy kutubxonasida navbatdagi "Kitobxon onalar" kuni o'tkazildi

📚 Tadbirda zoom platformasi orqali respublikamizning turli hududlaridan kitobni hayotining bir bo'lagi deb biluvchi kitobxon ayol-qizlarimiz, onaxonlarimiz, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari, Buxoro viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi faol ayollari ham ishtirok etishdi.
📚 Kechani ochib berar ekan, O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva ayol-qizlarimizni, bo'lajak onalarimizni mutolaaga bo'lgan qiziqishlarini oz bo'lsada oshira olayotganligimiz bu bizning katta yutug'imiz ekanligini ta'kidladi.
📚 Tadbir Abdurauf Fitratning "Oila" kitobi bo'yicha tayyorlangan savollar va ularga munosib ravishda berilayotgan javoblar bilan yanada qizg'in tus oldi.



Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

2025 yil 14-fevral kuni kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi “Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati”da ishtirok etishdi.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Ajdodlar ruhi mangu barhayot

2025 yil 12-fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi, Buxoro viloyati ixtisoslashgan san'at maktabi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburlar tavalludining 542 yilligiga bag'ishlab adabiy-badiiy musiqali kecha bo`lib o`tdi. Tadbirda ixtisoslashtirilgan san`at maktabi o`quvchilari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlar sherlari va g`azallaridan namunalar aytildi. Maktab oqituvchi va o`quvchilari jonli ijroda g`azallardan ko`shiqlar kuylashdi.
Tadbir so`ngida “Bir g`azal sharhi” mavzuida o`tqazilgan insholar tanlovida faxirli
1- o`rinni egallagani uchun 10 “B” sinf o`quvchisi Otamurodov Xomidjon
1-o`rinni egallagani uchun 11 “D” sinf o`quvchisi Tolibjonova Maxlaroyim
2 - o`rinni egallagani uchun 10 “E” sinf o`quvchisi Aminova Munisalar viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan diplom va estalik sovg`alar bilan taqdirlanishdi.


Telegram|YouTube|Instagram|facebook|websayt

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona
“Bobur- adolatli shoh va buyuk shoir” mavzusida o‘tkazilgan ma’rifat soati

2025 yil 11-fevral kuni viloyat axborot-kutubxona markazida “Bobur-adolatli shoh va buyuk shoir” mavzusida ma’rifat soati o‘tkazildi.



Telegram
|YouTube|Instagram|facebook|websayt

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining ta'lim olishi, kasb-hunar to'garaklarida ishtirok etishi, sixat-salomatligini mustahkamlash borasida viloyatda doimiy ravishda tadbirlar o'tkazilib kelinmoqda.

👫 Xuddi shunday tadbirlardan biri viloyatdagi 5 ta oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan 20 nafar tarbiyalanuvchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish bilan boshlandi.

↗️ Shuningdek, oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun ichki turizm doirasida Buxoro shahrining tarixiy obidalariga sayohatlar tashkil etildi.

🧮 Shu kuni, tarbiyalanuvchilar o‘rtasida Abu Ali Ibn Sino nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi hamda ushbu tadbirda faol ishtirok etgan bolalarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Bir asrning ikki dahosi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot- kutubxona markazida 2025yil 9-fevral kuni hamkor tashkilotlar: shahar madaniyat bo'limi, “Nuroniy jamg'armasi”, shahar “Buvijonlar maktabi” guruhi, Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga hamda, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag'ishlangan adabiy – badiiy, musiqiy sherxonlik kechasi bo'lib o'tdi.
Tadbirni Buxoro viloyat Abu Ali ibn Sino nomidagi axborot kutubxona мarkazi umumiy o'quvchilar zali sektori mudiri M. Obidova ochib berdi.



🌐https://bukhara.natlib.uz/
✅/channel/buxorolibuz
📹https://www.youtube.com/channel/UCQAnm8305kIngL2C6HoqsjA/featured
🌐https://www.instagram.com/bukhara.natlib.uz/
https://www.facebook.com/bukhara.natlib.uz

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Navoiy bobomiz - bizning bobomiz
2025 yil 7 - fevral kuni Buxoro shahar 18- umumiy o'rta ta'lim maktabi 4-“A” sinfida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Navoiy bobomiz - bizning bobomiz” mavzuida tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda bolajonlar Alisher Navoiyning hayoti va ijodi hamda sherlari va g`azallaridan parchalar aytishdi. Tadbir so`ngida bolajonlar Navoiy hayotidan sahna ko`rinishi namoyish etishdi.


🌐https://bukhara.natlib.uz/
/channel/buxorolibuz
📹https://www.youtube.com/channel/UCQAnm8305kIngL2C6HoqsjA/featured
🌐https://www.instagram.com/bukhara.natlib.uz/
https://www.facebook.com/bukhara.natlib.uz

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

2025 yil 7-fevral kuni kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi “Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati”da ishtirok etishdi.

🌐https://bukhara.natlib.uz/
/channel/buxorolibuz
📹https://www.youtube.com/channel/UCQAnm8305kIngL2C6HoqsjA/featured
🌐https://www.instagram.com/bukhara.natlib.uz/
https://www.facebook.com/bukhara.natlib.uz

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Turkiyaning "Günce yayınları" nashriyotida buxorolik ijodkor talabalarning antologiyasi nashr etildi!

Buxoro viloyatining ilmiy va ijodiy hamkorligi natijasida muhim adabiy loyiha amalga oshirildi! Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot- markazi, Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi Shoxijahon Urunov va Buxoro davlat universiteti talabasi Lazizbek Raximov bilan hamkorlikda Turkiyaning "Günce yayınları" nashriyotida o‘zbek ijodkorlaridan iborat antologiya nashr etildi.
🎉 Mazkur antologiya o‘zbek adabiyotining nufuzini xalqaro maydonda targ‘ib etish va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Taqdimot va taqdirlash marosimi Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Axborot-bibliografiya xizmati rahbari Teshabayeva Saodatxon ishtirok etdi va ijodkorlarga nashrning ahamiyati haqida fikr bildirdi.
📝Bu loyiha o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shilgan yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi!




🌐https://bukhara.natlib.uz/
/channel/buxorolibuz
📹https://www.youtube.com/channel/UCQAnm8305kIngL2C6HoqsjA/featured
🌐https://www.instagram.com/bukhara.natlib.uz/
https://www.facebook.com/bukhara.natlib.uz

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Xazinamiz duru gavhari

Butun dunyo Alisher Navoiyni «shams ul-millat» — millat quyoshi deb hamma davrlarda e'zoz bilan tilga oladi. Butun umrini turkiy til mavqeyini ko'tarish, turkiy adabiyot imkoniyat-larini dunyoga tan oldirish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga bag'ishlagan bobokalonimiz bu e'tirofga to'la-to'kis munosib va haqlidir. U haqidagi biografik ma'lumotlar, yozmishlarining deyarli barchasi to'liq saqlanib qolgan. Xalq ichida bu zotning hayoti va faoliyati bilan bog'liq rivoyat va afsonalar ham talaygina. Chunki odamlar o'zlariga va kelgusi avlodga yashash tarzi, qilmishlari ibrat, aytmish va yozmish so'zlari haqiqat bo'lgan zotlar to'g'risida ham hurmat, ham hikmat ma'nosida mana shunday og'zaki ijod namunalarini to'qib oladilar. Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Xuroson o'lkasining poytaxti Hirotda tug'ildi. Zamondoshlari uni «Nizomiddin Mir Alisher» deb ulug'laganlar. «Nizomiddin» — din nizomi deganidir. Ko'pincha, mansab egalariga nisbatan aytilgan «mir» — amir demakdir. Chunki u Husayn Boyqaro saroyidagi eng nufuzli amir bo'lgan. Alisher bolalikdan ma'rifatli oila muhitida tarbiya topdi. Navoiyning otasi G'iyosiddin Muhammad (uni «G'iyosiddin kichkina» ham der edilar) temuriylarga yaqin amaldorlardan bo'lib, o'z davrining obro'li va ma'rifatli kishilaridan sanalgan. Adabiyotshunos Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, u o'g'li Alisherning tarbiyasiga, kelajakda fazilatli odam bo'lib yetishmog'i uchun astoydil harakat qilgan.
2025 yil 6 fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazining “O‘zbekistom” zalida buyuk o`zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag`ishlangan “Xazinamiz duru gavhari” mavzusida hamda Madaniy – ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash sektorida “Jahon ichra jahiniy siymo” mavzusida adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi tashkil etildi.



🌐https://bukhara.natlib.uz/
/channel/buxorolibuz
📹https://www.youtube.com/channel/UCQAnm8305kIngL2C6HoqsjA/featured
🌐https://www.instagram.com/bukhara.natlib.uz/
https://www.facebook.com/bukhara.natlib.uz

Читать полностью…

Buxoro viloyati axborot kutubxona markazi

Bandlik O'zbekistonda qashshoqlikni qisqartirishning eng muhim omili sifatida

2025-yil 5 fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi Huquqiy axborot sektori tomonidan “Bandlik O'zbekistonda qashshoqlikni qisqartirishning eng muhim omili sifatida” mavzusida bibliografik obzor tashkil qilindi
Aholi turmush darajasini oshirish har qanday sivilizatsiyalashgan davlatda ijtimoiy siyosatning bosh maqsadi va uning samaradorligining asosiy mezoni hisoblanadi. Qashshoqlikni qisqartirish ushbu maqsadga erishishning eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Kambag'allik ijtimoiy hayotning turli sohalariga ta'sir qiladi, muayyan shaxs, muayyan oila va butun jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu aholining sifat xususiyatlarining yomonlashishiga, ijtimoiy-iqtisodiy va gender tengsizligining kuchayishiga olib keladi, muvaffaqiyatli ijtimoiy rivojlanishga to'sqinlik qiladi va ijtimoiy kataklizmlarning sababi bo'lishi mumkin.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni kamaytirish O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan. Qashshoqlikni kamaytirish omillaridan biri bandlik darajasini oshirishdir. Shu munosabat bilan bandlik masalalarini kambag'allikni kamaytirish omili sifatida o'rganish juda dolzarbdir.
Ro’yxatga qo’yilgan adabiyotlar:
1. Shavkat Mirziyoyev Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari,
2. Shavkat Mirziyoyev Yangi O’zbekiston taraqqiyoti
3. Ijtimoiy fikr inson huquqlari
4. Inson va qonun
5. Xalq so’zi



🌐https://bukhara.natlib.uz/
/channel/buxorolibuz
📹https://www.youtube.com/channel/UCQAnm8305kIngL2C6HoqsjA/featured
🌐https://www.instagram.com/bukhara.natlib.uz/
https://www.facebook.com/bukhara.natlib.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал