buxoro_eco | Неотсортированное

Telegram-канал buxoro_eco - Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

769

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi Taklif va shikoyatlar uchun: ☎️Murojaat uchun tel: (65) 225 31 04

Подписаться на канал

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Buxoro viloyatida qattiq maishiy chiqindilar boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlari uchun bir kishiga necha soʻm etib belgilangan?

🔹 Jismoniy shaxslar uchun har bir oila aʼzosiga oyiga shaharlarda 5 000 (besh ming) so’m, tumanlarda 4 000 (toʻrt ming) soʻm;
🔹 Yuridik shaxslar uchun 1 metr kub uchun shaharlarida 83 000 (sakson uch ming) soʻm, tumanlarida 71 000 ( yetmish bir ming) so’m (QQS siz) belgilangan.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

☄️Аtmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik, qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish chogʻida yonilgʻi moddalarni va qurilish materiallarini bir joyga toʻplashda, ushbu moddalar va materiallarni, shuningdek yoqilgʻi hisoblanmaydigan materiallarni yoqishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik, maxsus texnik qurilmalarni qoʻllamasdan bitumni eritish — Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 88-modda 1-qismi bilan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

🔽Ushbu huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Viloyat hokimi Botir Zaripov Buxoro - Qorovulbozor katta magistral yo‘l yoqalarida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlarini tashkil etish yuzasidan avtomobil yo‘llari boshqarmasi, o‘rmon xo‘jaligi va yo‘lko‘kalam tashkilotlari zimmasiga muhim vazifalarni yukladi.

— Bu yil 15 mln dona daraxt ekish bo‘yicha reja olganmiz. Lekin mana bunday yaylov joylarda qiladigan ishlarimiz ko‘p. Bu joylarga kam suv talab qiladigan ko‘chat va butalar ekishimiz kerak. Buxoro sharoitida bu juda muhim, - dedi Botir Zaripov.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Buxoroning goʻzal chinorlari

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Reyd tadbirlari davom etmoqda..

Saksovulzorlar barpo etish orqali ko‘chma qumlar mustahkamlanadi, cho‘llanish jarayoni sekinlashadi, uning ta’sirida yer ustki qismida shamolning tezligi kamayadi, chang to‘zonlari bo‘lib havoga tuz va qum zarrachalarini ko‘tarilishi to‘xtaydi. 7 yoshli saksovulzorda shamol tezligi butunlay to‘xtaydi. Bir tup saksovul o‘simligi to‘rt tonna ko‘chuvchi qumni tuxtata oladi. 1 gektar saksovulzor yil davomida 1135 kg karbonat angidrid gazini yutib 835 kg kislorod ajratadi. Bu esa havo tarkibini yaxshilaydi, atrof muhitni ifloslanishiga chek qo‘yiladi.
Buxoro viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi tomonidan Atrof-muhit va bioxilmaxillikni asrash, saksovul, cherkez, qandim hamda yulg’un o’simliklarini kesilishini oldini olish maqsadida doimiy ravishda nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda…

Ammo shunga qaramasdan Olot tumani “Katta bayot” mahallasida yashovchi fuqaro E.B. cho’l hududidan saksovul o’simligini olib kelayotganida tuman inspektorlari tomonidan reyd tadbiri davomida aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 9 375 000 so’m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 6 300 000 so’m hisoblandi.

Shuningdek, kesib olib kelingan saksovul o’simligini ijtimoiy himoyaga muhtoj tumanning Qumkashon mahallasida yashovchi oilaga begʻaraz yordam sifatida topshirildi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

#fotoqopqon #фотоловушка

Fotoqopqon kadrlarida o'ynoqi jayronlar

🦌Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Buxoro ixtisoslashtirilgan Jayron pitomnigi hududiga o'rnatilgan fotoqopqonga o'ynoqi jayronlar muhrlandi.

Ma'lumot uchun, Jayron pitomnigi 1977-yilning 25-may kuni Buxoro viloyatining Buxoro tumanida tashkil etilgan. Pitomnikda 328 turdagi umurtqali hayvonot olami yashaydi. Hayvonlarning 57 turi noyob hisoblanadi. Hududda jayron, Turkman quloni, Prjeval oti, Buxoro tog‘ qo‘yi va Buxoro bug‘usi maxsus ko‘paytiriladi.
___

Резвые джейраны в кадре фотоловушки

🦌В фотоловушку на территории Бухарского специализированного питомника «Джейран» при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата попали резвые джейраны.

Для справки: питомник «Джейран» был создан 25 мая 1977 года в Бухарском районе Бухарской области. На территории обитают 328 видов позвоночных животных, 57 из которых редкие и уникальные. В питомнике разводят такие виды животных, как джейран, туркменский кулан, лошадь Пржевальского, бухарский горный баран и бухарский олень.
___

Frisky gazelles in the frame of a camera trap

Frisky gazelles got into a camera trap on the territory of the Bukhara specialized nursery "Jeyran" under the Ministry of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change.

For reference: the "Jeyran" nursery was established on May 25, 1977 in the Bukhara district of the Bukhara region. The territory is home to 328 species of vertebrates, 57 of which are rare and unique. The nursery breeds such species of animals as jeyran, Turkmen kulan, Przewalski's horse, Bukhara Urial, and Bukhara deer.

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 🌐 YouTube | 📗 WhatsApp

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

#fotoqopqon #фотоловушка

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tasarruffidagi "Qizilqum" davlat qo'riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonga quvnoq Buxoro bug'usi (xongul) va to'ng'iz muhrlandi.

Ma'lumot uchun, "Qizilqum" davlat qo‘riqxonasi 1971-yil 23-iyunda Xorazm va Buxoro viloyatlari hududida tashkil qilingan. Hududda 359 tur hayvonot dunyosi mavjud bo‘lib, 37 turi sut emizuvchilar, 266 turi qushlar, 29 turi sudralib yuruvchilar, 2 turi suvda va quruqlikda yashovchilar, 25 turi esa baliqlar sinfiga mansub bo‘lgan jonzotlardir. Bulardan 50 turi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
__

Любопытный бухарский олень и кабан в кадре фотоловушки, установленной на территории Кызылкумского государственного заповедника при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата.

Для информации: Кызылкумский государственный заповедник был создан 23 июня 1971 года на территории Хорезмского и Бухарского регионов. В заповеднике насчитывается 359 видов животных, из которых 37 видов млекопитающих, 266 видов птиц, 29 видов пресмыкающихся, 2 вида земноводных и 25 видов рыб. 50 видов животных занесены в Красную книгу Узбекистана.
___

A curious Bactrian deer and wild boar in the frame of a camera trap installed on the territory of Kyzylkum State Reserve under the Ministry of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change.

For information: Kyzylkum State Reserve was established on June 23, 1971, on the territory of the Khorezm and Bukhara regions. There are 359 species of animals in the reserve, of which 37 species of mammals, 266 species of birds, 29 species of reptiles, 2 species of amphibians, and 25 species of fish. 50 species of animals are listed in the Red Book of Uzbekistan.

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 🌐 YouTube | 📗 WhatsApp

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

📣 Sanitar tozalash xizmati foydalanuvchilari diqqatiga!

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan chiqindi tashish va olib ketish xizmatida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida yangi “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 2024-yil 31-oktabr soat 23:50dan 5-noyabr soat 23:50gacha profilaktik ishlar olib borilishini bildiramiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida chiqindi xizmati uchun barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirishda hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olish, abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish, qo‘shish va o‘chirishda vaqtinchalik texnik uzilishlar bо‘lishini ma’lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

💬

Внимание пользователей услуг саночистки!

Сообщаем вам что, в целях создания удобства для пользователей в услугах по транспортировке и вывозу мусора "Агентство по управлению отходами и развитию циркулярной экономики" при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменение климата будет проводить профилактические работы с 23:50 31 октября до 23:50 5 ноября для запуска нового программного комплекса «Тоза Макон-биллинг».

В этот период будут происходить временные технические перебои в осуществлении всех видов платежей за услугу отхода, а также в получении имеющихся данных по номеру лицевого счета, добавлении, изменении и удалении информации.

Заранее приносим извинения за доставленные неудобства.

🌐Veb-sayt| ✝️Telegram| ☮️Facebook| 💟Instagram| ☸️sanitationuz">YouTube

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Olimlar iqlimni olmos changi yordamida sovutishni taklif qilishdi

Iqlimni tartibga solish uchun qaysi turdagi materiallar eng mos kelishini aniqlash uchun xalqaro olimlar guruhi yetti moddadan kimyoviy moddalar: kaltsit, olmos, alyuminiy, kremniy karbid, rutil, oltingugurt dioksidi va anataza zarralarini purkashning Yerga ta'sirini modellashtirdi.

Natijalarga ko‘ra olmos changi ko`p yorug'lik va issiqlikni aks ettirishini ko'rsatdi. Olimlarning ta'kidlashicha, olmos kimyoviy jihatdan inert hisoblanadi. Shuning uchun u atmosferadagi boshqa birikmalar bilan reaksiyaga kirishmaydi va kislotali yomg'irga olib keladi.

Modelga ko‘ra, atmosferaga 5 million tonna sintetik olmos changini sepish 45 yil ichida Yerni 1,6°C ga sovutadi. Ammo bunday loyihaning narxi taxminan 200 trillion dollarni tashkil qiladi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o’zgarishini o’rganishi universiteti –“Green University”

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Shahar hududida kasallangan daraxtlarni asrab qolish maqsadida agro texnik tadbirlar olib borilmoqda

Xabaringiz bor ijtimoiy tarmoqlar orqali Buxoro shahri hududidagi manzarali darxtlarning kasallanganligi tufayli barglari sargʻayib qolganligi yuzasidan bir necha marotaba murojaatlar e’lon qilingan edi.

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasining tashabbusi bilan shahar hududidagi barcha kasallangan daraxtlarni asrab qolish maqsadida agro texnik tadbirlar olib borilmoqda.

Ushbu agro texnik tadbirlar Viloyat karantin inspeksiyasi hamda Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

🎉Toshkent hayvonot bog'ining 100 yilligi

Bugun, 24-oktabr kuni Toshkent hayvonot bog'i tashkil topganiga 100 yil to'ladi! O‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida poytaxt hayvonot bog‘i o‘z hududini kengaytirdi va bioxilma-xillikni saqlashning muhim bo‘g‘iniga aylandi, unda 336 turdagi 8 mingdan ortiq hayvonlar yashaydi.

Toshkent hayvonot bog‘ining barcha xodimlarini yubiley bilan chin qalbimizdan tabriklab, tabiatni asrash, jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilishga qo‘shgan hissasi uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ushbu yubiley hayvonot bog'i rivojlanishida yangi loyihalar, qiziqarli tashabbuslar va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi yutuqlarga boy bo’lgan yangi bosqichga aylansin. Biz hayvonot bog'i farovonlik, tashrif buyuruvchilarni xursand qiladigan va xodimlarni yangi yutuqlarga ilhomlantiradigan kashfiyotlar hamda qiziqarli voqeliklarga boy bo’lishini tilab qolamiz.

Aziz Abduhakimov boshchiligidagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi jamoasi

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 🌐 YouTube | 📗 WhatsApp

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Tuproq qaziganligi uchun fuqaroga jarima qo’llanildi

Vobkent tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi bo'limi davlat inspektorlari tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirlari davomida "Mo'minobod" MFY hududidan oqib o'tuvchi kollektorning muhofaza qismidan fuqaro R.A. tomonidan o'zboshimchalik bilan o'ziga tegishli bo'lgan maxsus texnika yordamida kollektorning muhofaza zonasidan tuproq olganligi aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha huquqbuzar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 82-moddasi 2-qismiga asosan, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib BXMning 10 barobari miqdorida 3 750 000 so’m jarima qo’llanildi.

Ma’lumot o'rnida, Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan tuman hududlarida o’tkazilgan nazorat reyd tadbirlari davomida sentabr-oktabr oylari davomida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 82-moddasi 2-qismiga asosan, 3 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, 10 900 000 ming so’m jarima qoʻllanildi.


Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Buxoroda yosh rassomlar tanlovi o'tkazildi

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tomonidan 14-oktabr kuni Sahid Zarafshon mehmoxonasida Ecoart hamda Hayvonlar bizni do'stimiz deb nomlangan rasm chizish tanlovi o'tkazilgan edi.

Tanlovda Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktab internatining 10 nafar tasviriy sanat o'quvchilari manzara janrida rasm chizishib o'zaro bellashishdi.

O'zaro bellashuvda 3 nafar tanlov g'oliblari komissiya a’zolari tomonidan aniqlandi.

Bugun, boshqarma boshlig’i Jamol Nosirov g'oliblar hamda ishtirokchilarni taqdirlash uchun san’at maktabiga bordi. 3 nafar o'quvchilarga diplom hamda esdalik sovg'alari topshirilib, qolgan ishtirokchilar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🥇1- o'rin Axmedova Asal
🥈2- o'rin Shokirov Amirbek
🥉3- o'rin Isoqulov Murodjon

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

"Яшил макон" лойиҳаси доирасида йил охиригача ва келгуси йилда бажарилиши лозим бўлган вазифалар белгилаб берилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

#Bilasizmi

Kompensatsiya toʻlovini kimlar toʻlaydi

Ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqova suvlarni oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi, shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaxslar kompensatsiya toʻlovchi subʼektlar hisoblanadi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Buxoro shahrida o’tkazilgan ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida qonun buzilish holatlari aniqlandi

Buxoro viloyati Ekologiya  atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi,  Buxoro shahar bo’limi inspektorlari  tomonidan 2024-yil oktabr oyi davomida shahar hudularida o’tkazilgan ekologik nazorat reyd tadbirlari  davomida fuqarolar  tomonidan turli yo’nalishlar bo’yicha 12 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Bular:

✅Chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirishni nazorat qilish - 6  tа

✅ Atmosfera havosini muhofaza qilish - 3 tа

✅ O’simlik dunyosini muhofaza iqlish– 3 tа

Aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolarning barchasiga Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning tegishli moddalariga asosan bayonnomlar rasmiylashtirilib, 34 125 000 so'm jarima belgilandi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Eslatma❗️❗️❗️

🔵 Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 88-moddasi

Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik👇

Qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish chog‘ida yonilg‘i moddalarni va qurilish materiallarini bir joyga to‘plashda, ushbu moddalar va materiallarni, shuningdek yoqilg‘i hisoblanmaydigan materiallarni yoqishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik, maxsus texnik qurilmalarni qo‘llamasdan bitumni eritish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

#Elon #Объявление

☄️ Uyingizdan chiqmagan holda muammongizni hal eting!

🔈 Sizda chiqindilarni boshqarish sohasi hamda tizimdagi tashkilotlar faoliyatiga tegishli aniq va konkret masalalar yuzasidan takliflar, shikoyatlar, murojaatlar bormi?

Unda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazining 1205 hamda 1275 ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling!

➡️Batafsil
💬

У вас есть предложения, жалобы, обращения по вопросам управления с отходами и деятельности структурных организаций?

Тогда звоните на горячие линии 1205 и 1275 Республиканского центра организации работ санитарной очистки при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата!

➡️Подробно

🌐Veb-sayt| ✝️Telegram| ☮️Facebook| 💟Instagram| ☸️sanitationuz">YouTube

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Oziq-ovqat chiqindilari atrof-muhitga qanday ta'sir qiladi?

Dunyoda har yili ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning uchdan bir qismi uloqtiriladi. Oziq-ovqat chiqindilari nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini kuchaytiradi, balki atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazadi.

🍉🥗Oziq-ovqatlarni isrof qilganimizda, biz oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan uchta asosiy narsa energiya, yoqilg'i va suvni isrof qilamiz. Oziq-ovqat chiqindilari inson tomonidan chiqariladigan issiqxona gazlarining uchdan bir qismini tashkil qiladi va har yili issiqxona gazlarining taxminan 8 foizini hosil qiladi.

💧Isrof bo'ladigan oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish uchun chuchuk suvning 21 foizi, o'g'itlarning 19 foizi, ekin maydonlarining 18 foizi va chiqindi poligon hajmining 21 foizi ishlatiladi. Masalan, bir kilogramm mol go'shtini tashlash taxminan 50 000 litr suvni isrof qilishga teng.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

#XalqaroHamkorlik

⚡️ Ekologik barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan loyihalar bo‘yicha qo‘shma shartnomalar imzolandi

Shavkat Mirziyoyev: “Bular shunchaki zavod emas, hayot-mamotimizni hal qiladigan masalalardan biri. Yer-suvlarimizning yaroqliligi ham, aholi salomatligi ham, havo tozaligiyu energetika barqarorligi ham shu sohaga bog‘liq. Chiqindilar to‘g‘ri to‘planib, ko‘proq qayta ishlansa, ekologik muvozanat yaxshilanadi, tabiat toza bo‘ladi, jamiyat o‘zgaradi”.


Xitoy Xalq Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklarining bir qator yirik kompaniyalari bilan hamkorlikda umumiy qiymati 1,28 mlrd AQSH dollari miqdoridagi loyihalar natijasida qattiq maishiy chiqindilardan oqilona foydalaniladi.
➡️Batafsil
💬

Подписаны совместные соглашения по проектам, направленным на обеспечение экологической стабильности

Шавкат Мирзиёев: «Это не просто заводы, а один из судьбоносных вопросов. От этой сферы зависят и пригодность наших земель и вод, и здоровье населения, и чистота воздуха, и стабильность энергетики. Если отходы будут правильно собираться и больше перерабатываться, улучшится экологический баланс, природа станет чище, изменится общество».


Твёрдые бытовые отходы будут эффективно использоваться в результате реализации проектов общей стоимостью 1,28 млрд долларов США в сотрудничестве с рядом крупных компаний Китайской Народной Республики и Объединенных Арабских Эмиратов.

➡️Подробно

🌐Veb-sayt| ✝️Telegram| ☮️Facebook| 💟Instagram| ☸️sanitationuz">YouTube

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Saksovul oʻsimliklari savdosi bilan shugʻullanovchi huquqbuzarlar aniqlandi

Peshko’ tuman bo’limi inspektorlari tomonidan cho’l hududlarida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida Peshko’ tumanida yashovchi fuqaro Q.A. cho’l hududidan tabiiy holatda o'sgan saksovul o'simliklarini noqonuniy tarzda sindirib, olib ketayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga fuqaroga nisbatan MJtKning 79-modda 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 9 375 000 so’m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 78 750 000 so’m qo’llanildi.

Ma’lumot uchun: Saksovul-cho’lda o’suvchi daraxt ko’rinishidagi o’simlik. Saksovullarning asosiy xususiyati-sahro tuprog’ini shamollardan pana qilib, eroziya tarqalishini oldini oladi. Bu esa hududlar cho’llashuvini oldini oladi hamda sahro ekosistemasini saqlanib qolishini ta’minlaydi
Saksovulning tanasi burama shaklga ega bo’lib, yuzasi silliq bo’ladi. Daraxtning shox-shabbalari qalin va yashil tusda bo’ladi. O’simlik gullaganda pushti va malina rangli gulchalar paydo bo’ladi. Ko’rinishidan omonatgina ko’rinsa xam, kuchli tomir tizimi evaziga saksovullar cho’l va toshli yerlarga mustahkam o’rnashadi.


Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Plastik chiqindilarning okeanlarda yo‘qolishi siri aniqlandi

Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha yiliga 4,8 dan 12,7 million tonnagacha plastik chiqindilar okeanlarga tashlanadi. Oradan birmuncha vaqt o‘tgach, bunday chiqindilarning taxminan 70 foizini topib bo‘lmaydi. Plastiklarning okeanlarda yo‘qolishi siri ko‘p yillar davomida ochilmagan edi, ammo endi olimlar bu hodisani tushuntirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Ma’lumki, dengiz marjonlari uchta asosiy qismdan iborat: sirt shilliq qavati, ichki to‘qima va skelet — kalsiy karbonatning qattiq cho‘kindilari. Xalqaro olimlar guruhi to‘rt turdagi marjonlardan 27 ta namunani to‘pladi va tahlil qildi. Natijada marjonlarning barcha qismlarida mikroplastiklar mavjudligi aniqlandi.

Tadqiqotchilar marjonlar atrofdagi suvlardan mikroplastiklarni o‘ziga shimib olishini taxmin qilishmoqda. Yig‘ilgan plastiklar ko‘p yillar davomida nobud bo‘lgan marjonlarning skeletlarida saqlanishi mumkin. Plastik chiqindilarning marjon va marjon riflarining salomatligiga qanday ta’sir qilishi hozircha noma’lum, olimlar bu boradagi tadqiqotni davom ettirish niyatida

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

📝“Qogʻozsiz bir kun” respublika eko-aksiyasiga qoʻshiling!

Bugun, 25-oktabr kuni Oʻzbekistonda “Qogʻozsiz bir kun” respublika eko-aksiyasi oʻtkazilmoqda.

Bu nima uchun muhim? Qogʻozdan foydalanishni qisqartirish va undan voz kechish xarajatlarni, tabiiy resurslarga boʻlgan yuklamani, jumladan suv va elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish hamda chiqindilar miqdorini qisqartirishga imkon beradi. Umuman olganda, bunday amaliyot davlat organlari faoliyatini yanada barqaror, iqtisodiy samarali va ekologik xavfsiz qilishga yordam beradi.

Ofisda qogʻoz sarfini kamaytirish uchun:
Raqamli texnologiyalarga oʻting: hujjatlarni chop etish oʻrniga elektron xatlar joʻnating.
Oqilona chop eting: faqat zarur boʻlganda bosing, ikki tomonlama chop etishdan foydalaning.
Qayta ishlangan qogʻozdan foydalaning: ekologik toza qogʻoz mahsulotlarini tanlang.
Fayllarni onlayn ulashing: bulutli saqlash xizmatlari va hamkorlikda ishlash vositalaridan foydalaning.

Oʻrtacha hisobda 1 tonna ofis qogʻozini ishlab chiqarish uchun daraxt turi va ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab 17—20 ta daraxt kerak boʻlishi mumkin.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Davlat ekologik ekspertizasi markazining eco-service.uz dasturi orqali buyurtmachi tomonidan yuborilgan arizalardagi “Vaziyat xaritani” tasdiqlash uchun xaritada ko‘rsatilgan mezonlarni o‘rganish yuzasidan Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasida tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari ishtirokida seminar o’tkazildi.

Seminarda Davlat ekologik ekspertizasi markazining eco-service.uz dasturi bilan ishlash tartibi, xaritalarni tasdiqlashda qaysi mezonlarga alohida e’tibor qaratilishi tushuntirib o’tildi. Seminar davomida ishtirokchilarning fikr va mulohazalari eshitildi, shu bilan bir qatorda dasturga qo’shimcha kiritilishi kerak bo’lgan masalalar yuzasidan takliflar berildi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Joriy yilning 21-oktabr kuni Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o’zgarishini o’rganishi universiteti –“Green University” da bo’ldi. Mutasaddilarga ekologiya sohasida quyi bo’g’in kadrlarni tayyorlash bo’yicha Qoraqalpog’iston va har bir viloyatda texnikumlar tashkil etish bo’yicha topshiriqlar berilgan edi.

Bugun, Buxoro viloyat hokimining qurilish,kommunikatsiyalar, kommunal xo’jalik, ekologiya va ko’kalamzorlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari Jalol Arashov hamda Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi boshlig’i Jamol Nosirov Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o’zgarishini o’rganishi universiteti –“Green University” da bo’lib, uning faoliyati hamda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy labaratoriya bilan yaqindan tanishishdi.

Ma’lumot uchun: “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida mamlakatimizda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish choralari ko‘rilmoqda. Ma’lumki, bu iqlim o‘zgarishlari, suv va energetika sofligi, sog‘lik, ta’lim, iste’mol va ishlab chiqarish kabi 17 ta farovonlik vazifalarini qamrab olgan bo‘lib, ular ko‘p jihatdan kadrlar malakasiga bog‘liq.
Shu bois universitetda atrof-muhit va barqaror boshqaruv, atrof-muhit va iqtisodiyot, ekologiya va davlat boshqaruvi, barqaror rivojlanish, barqaror moliya, ekologiya huquqi, atrof-muhit sohasida ommaviy kommunikatsiyalar yo‘nalishlari ochilgan.
450 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binosi ta’mirlanib, zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Xonalar sohaga doir anjomlar, kompyuterlar va sun’iy intellekt uskunalari bilan jihozlangan. Ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Buning uchun AQSH, Buyuk Britaniya, Meksika va Fransiyadan chet ellik o‘qituvchilar ham jalb etilgan.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

#ekosana #экодата

Respublikamizda “Qog‘ozsiz bir kun” eko-aksiyasi o‘tkaziladi

“Xalqaro qog‘ozsiz kun” munosabati bilan o‘tkaziladigan aksiyadan maqsad qog‘ozdan foydalanishni kamaytirish va undan oqilona foydalanishni targ‘ib qilishdir.

@ecomediauzb

📸Instagram📹ecomediauzb">You TubeTelegram💬Facebook

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Buxoro shahrida joylashgan “Yangi O'zbekiston” bog'idagi daraxtlarning qurib ,qarovsiz qolganligi” yuzasidan tarqalgan video murojaat bo’yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Ushbu murojaat Buxoro shahar inspeksiyasi inspektorlari tomonidan joyida borib o'rganildi.

O'rganish davomida, haqiqatdan ham bogdagi daraxtlar qurib, qarovsiz qolganligi inspektorlar tomonidan aniqlandi.

Holat yuzasidan Buxoro shahar Obodonlashtirish boshqarmasi ma’sul xodimiga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 400 000 so’m jarima belgilandi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Ҳар бир вилоятда "Яшил" университетнинг техникумлари ташкил этилади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Президент Шавкат Мирзиёев маиший чиқиндиларни қайта ишлаш, улардан электр энергияси ва маҳсулот ишлаб чиқариш бўйича инвестиция лойиҳаларининг тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией инвестиционных проектов по переработке бытовых отходов, производству электроэнергии и продукции из них.

#Mirziyoyev #taqdimot #ekologiya #investitsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…
Подписаться на канал