Президент Шавкат Мирзиёев "Green University"да яратилган шароитлар билан танишиб, талабалар билан суҳбатлашди
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Buxoroda "Eko-Zakovat" intellektual turniri bo'lib o'tadi.
“15-aprel-Ekologiyaga oid bilimlar kuni" munosabati bilan "Eko-Zakovat" turniri tashkil qilinmoqda.Turnir doirasida jamoalar ekologik bilimlarga asoslangan mantiqiy savollar bo'yicha bellashishadi.
❗️Turnirda Buxoro Zakovat klubi "Professional ligasi" ishtirokchilaridan tashqari barcha Buxorolik Zakovat ixlosmandlari qatnashishi mumkin.
Manzil:Buxoro shahridagi "Neftchi" bolalar oromgohi.
Boshlanish vaqti:15.04.2024 (15:00)
Savollar soni:24
G'olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.
Ro'yhatdan o'ting👉: @Bux_User
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qorovulbozor tumanining choʻl hududida yongʻin sodir boʻlganligi yuzasidan videomurojaat tarqalgan edi.
Ushbu holat Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish davomida mazkur holat qurilish ishlari olib borilayotgan Quyosh fotoelektr stansiyasi hududida sodir boʻlganligi aniqlandi.
Stansiyada ishlab kelayotgan fuqaro A.O. qurilishdan hosil boʻlgan chiqindilarni ochiq havoda alanga oldirganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#Batareyka_utilizatsiyasi
#Yosh_ekologlar_harakati
#Jarayon
#Tavsiya
Sizningcha kichik bir batareyka tabiatga va inson sogʻligʻi uchun qanday xavf olib kelishi mumkin?
⬇️⬇️⬇️
🔋Bitta batareyka-}
20 metr kvadrat yer,
400 litr suv,
2 ta daraxt,
1ta tipratikanni
zaharlashga yetadigan zararga ega.
🍃 Tabiatni birgalikda qutqaramiz!
⬇️⬇️⬇️
🔋Batareya utilizatsiyasi -}
Quvvat beruvchi batareykalar va akkumlyatorlar tarkibida qayta ishlashga yaroqli qismlar kam miqdorni tashkil etadi.
Lekin yig‘ib olingan yaroqsiz batareykalarni qayta ishlash orqali yangi batareykalar, plastik, qora qalam, metall, qog‘oz, o‘g‘it, avtomobil shinalari uchun qopalamalar olish mumkin.
📍Tavsiya
⬇️⬇️⬇️
🔋Batareykalarni umumiy chiqindiga qo‘shmaslik tavsiya etiladi.
Ularni alohida jamlab, chiqindini yig‘ish punktlariga topshirish kerak!
Izohlarda fikringizni qoldiring...
@Yosh_ekologuz
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyalari davom etmoqda
Jumladan, kuni kecha tumandagi 50-sonli umumiy o'rta talim maktabida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasi o‘tkazilib, "Ilk yaratgan bog'im" va "Bitiruvchilar bog'i" tashkil qilindi.
Tadbir doirasida maktab hududida 40 tup gilos ko'chati, 21 tup o'rik ko'chati, 25 tup tok qalamchalari, 172 tup manzarali daraxt ko'chatlar ekildi.
Jondor tumanida 3 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi
Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi Jondor tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan tuman hududlarida ekologik nazorat reyd tadbirlari o'tkazilmoqda.
Olib borilgan reyd tadbirlari davomida inspektorlar tomonidan 3-aprel kuni tuman hududida 3 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi.
Bular
✅Belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganligi uchun - 1 nafar fuqaro
✅Atmosfera havosini muhofaza qilish qoidalarini buzganligi uchun - 1 nafar fuqaro
✅Suvlarni muhofaza qilish qoidalarini buzganligi uchun - 1 nafar fuqaro
O'zbekiston Respublikasi MJTkning tegishli moddalari bilan 3 nafar fuqaro 2 720 000 so'm jarima qo'llanildi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Jamiyat rivojiga va mamlakat taraqqiyotiga jiddiy toʻsiq boʻlib, sohalar yuksalishiga tahdid tugʻdiradigan illat - bu korrupsiyadir
✅Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bosh mutaxassisi tomonidan “Korrupsiya ijtimoiy ofat” mavzusida Gʻijduvon hamda Shofirkon tuman Davlat Oʻrmon xoʻjaligi boʻlimlarida davra suhbati o‘tkazildi.
➡️Suhbat davomida yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, uni ildizi bilan yoʻq qilish, bu boradagi huquqiy asoslarni yanada mustahkamlashga doir koʻplab qonun hujjatlari ishlab chiqilganligi, korrupsiyani oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish, odob-axloq mezonlariga amal qilish, xodimlarning xizmat faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ymasligi borasida tushunchalar berildi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Buxoroda "Yoshlar bogʻi" tashkil etildi
Читать полностью…Respublikamizning barcha hududlarida 1-aprel — "Xalqaro qushlar kuni" keng nishonlandi.
✔️Qoraqalpog‘iston Respublikasida qushlarni asrab-avaylashga qaratilgan seminar tashkil etildi
✔️Andijon viloyatida "Qushlarni seving" shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi
✔️Buxoro viloyatida "Yoshlar kreativ bogʻi" da tadbir tashkil qilindi
✔️Farg‘ona viloyatida qushlarning tabiatdagi o‘rni yuqori ekanligi ta'kidlandi
✔️Namangan viloyatida o‘quvchilarga qushlar haqida muhim ma'lumotlar berildi
✔️Navoiy viloyatida o‘quvchilar tomonidan qush inlari yasaldi
✔️Jizzax viloyatida noyob qushlar va ularning populyatsiyasini saqlab qolishga e'tibor qaratildi
✔️Samarqand viloyatida “Qushlarni asraylik” tanlovi o‘tkazildi
✔️Surxondaryo viloyatida noyob qushlar rasmlari tanlovi tashkil qilindi
✔️Sirdaryo viloyatida o‘quvchilarning qushlar haqidagi bilimlari mustahkamlandi
✔️Xorazm viloyatidagi istirohat bog‘ida qushlar uchun maxsus inlar yasaldi
✔️Toshkent viloyatida maktabgacha ta’lim muassasalariga qush inlari o‘rnatildi
✔️Toshkent shahrida “Qushlar bizning do‘stimiz” eko-aksiyasi o‘tkazildi
Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
🎶 “Tabiat madhiyasi” (musiqa va matni uchun) tanlovi e’lon qilindi!
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan “Tabiat madhiyasi” (musiqa va matni uchun) tanlovi o‘tkazilmoqda.
https://gov.uz/eco/news/view/8737/
__
🎶Объявлен конкурс «Гимн природы» (на музыку и текст)
Министерство экологии, охраны окружающей среды и изменения климата, Министерство высшего образования, науки и инноваций, Министерство дошкольного и школьного образования, Национальная телерадиокомпания и Национальное информационное агентство Узбекистана проводят конкурс «Гимн природы» (на музыку и текст).
https://gov.uz/ru/eco/news/view/8737/
Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
Yaxshidan bogʻ qolur
Har qanday davr hamda makonda tozalik va koʻrkamlik inson hayotining mazmunini belgilovchi muhim omil boʻlib kelgan.
Inson bor ekan,mudom yaxshilikka,bunyodkorlikka, obodonlashtirishga intilib yashaydi.
Ayniqsa, bu kabi fazilatlar bugungi jadal taraqqiyot bilan hamohang ravishda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal qilishda ustuvor sanaladi.
Aynan shu kabi muammolarning oldini olish, aholi farovonligini taʼminlash,tabiatni asrab-avaylash kabi yuksak maqsadlarni koʻzlagan "Yashil makon" umummilliy loyihasi keng targʻib etilishi esa quvonarli holat.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Buxoro viloyati vakilligi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan barcha masjid va ziyoratgohlarda keng koʻlamli obodonlashtirish hamda yashil makonlarni barpo etish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.
Jamoatchilik ekologiya inspektorligiga nomzodlarning malaka oshirish kurslari darsi oʻtkazildi.
Mashg‘ulotlar jonli savol-javoblar tarzida o‘tmoqda. Tinglovchilar bugun "O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari" mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashdilar.
O‘quv darslari ZOOM platformasida olib borilmoqda.
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Buxoro shahri, A.Somiy koʻchasi, 45 uy oldidagi uzoq yillik daraxtlarning kesilayotgani haqida xabar tarqalgan edi.
Murojaat yuzasidan Buxoro shahar inspektorlari tomonidan ishchi guruh tuzilib oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganish davomida A.Somiy koʻchasi hududidan 1 tup terak ,daraxti kesilganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu murojaat yuzasidan dastlabki oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Qoʻshimcha maʼlumot taqdim etamiz..
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
📗Atrof-muhit holati to'g'risidagi milliy hisobot: O'zbekiston
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Barqaror rivojlanish xalqaro instituti bilan hamkorlikda “Atrof-muhit holati to'g'risidagi milliy hisobot: O'zbekiston” hisobotini tayyorladi. Oxirgi marta bunday hujjat 2013-yilda nashr etilgan.
🔎Hujjatda O‘zbekistondagi atrof-muhit holatining qisqacha tavsifi, shuningdek, qisqa va o‘rta muddatli rivojlanishda keyingi harakatlarni belgilab olish uchun kerakli ma'lumotlar berilgan.
📎Hisobotni quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin: https://uznature.uz/uz/legislation/download?type=pdf&filename=766
___
📗Национальный доклад о состоянии окружающей среды: Узбекистан
Министерством экологии, охраны окружающей среды и изменения климата совместно с Международным институтом устойчивого развития подготовлен «Национальный доклад о состоянии окружающей среды: Узбекистан». Последний такой документ был опубликован более 10 лет назад, в 2013 году.
🔎Документ содержит краткое описание состояния окружающей среды в Узбекистане, а также необходимый контекст для выявления основных движущих сил и нагрузок, определяющих дальнейшие действия в краткосрочной и среднесрочной перспективах.
📎Ознакомиться с докладом можно по ссылке ниже: https://uznature.uz/ru/legislation/download?type=pdf&filename=765
___
📗National State of the Environment Report: Uzbekistan
The Ministry of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change, together with the International Institute for Sustainable Development, has prepared a "National State of the Environment Report: Uzbekistan". The last such document was published more than 10 years ago, in 2013.
🔎The document contains a brief description of the state of the environment in Uzbekistan, as well as the necessary context to identify the main driving forces and pressures determining further actions in the short and medium term.
📎You can download it from the link below: https://uznature.uz/en/legislation/download?type=pdf&filename=767
🕊1-aprel "Xalqaro qushlar kuni" munosabati bilan Yoshlar kreativ bogʻida tadbir tashkil etildi
💬Bugun Buxoro viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan Buxoro shahrida joylashgan "Yoshlar kreativ bogʻi" da tadbir tashkil etildi.
🟡Sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari hamda "Yosh ekologlar harakati", Buxoro volontyorlar maktabi a'zolari ishtirok etishdi.
✅Tadbir doirasida "Yoshlar kreativ bogʻi hududida"gi daraxtlarga xodimlar oʻz qoʻllari bilan yasagan qush inlarini oʻrnatishdi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Qadrli yurtdoshlar!
🌙Barchangizni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklaymiz.
Muqaddas Ramazon oyining xayrli va savobli amallarini bekam-u ko‘st, tinchlik-xotirjamlikda ado etganimiz uchun Yaratganga shukrona keltiramiz. Xalqimizning mehr-saxovat, oqibat, qanoat kabi insoniy xislatlarini o‘zida mujassam etgan ushbu ulug‘ ayyomning hayotimizning ajralmas qismiga aylangani bizni cheksiz quvontiradi.
Muborak kunlarda qilgan barcha ezgu tilaklaringiz amalga oshishining tilakdoshimiz. Ramazon hayiti har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, huzur-halovat, qut-baraka, sihat-salomatlik olib kelsin!
Vazir Aziz Abduhakimov boshchiligidagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi jamoasi
9-aprel Sohibqiron Amir Temurning tavallud topgan kuni munosabati bilan maʼrifat soati o‘tkazildi
Amir Temur - dunyoda tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli siyosatchi, hayotida davomida biror marta bo‘lsa ham raqibga yengilmagan buyuk inson.
Amir Temurning tavallud kuni yurtimizda katta tantanalar bilan nishonlanadi.
Shu munosabat bilan Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasida faoliyat yuritadigan yoshlar oʻrtasida tadbir tashkil etildi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Toshkentda “Eko-Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkaziladi
Joriy yilning 13-aprel kuni Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent Markaziy eko bog‘ida “Eko-Zakovat” intellektual musobaqasi — ekologiyaga oid bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tadi.
https://gov.uz/eco/news/view/9176/
__
В Ташкенте пройдет интеллектуальная игра «Эко-заковат»
13 апреля в Центральном экопарке Ташкента имени Захириддина Мухаммада Бабура пройдет соревнование по экологическим знаниям – интеллектуальная игра «Эко-Заковат».
https://gov.uz/ru/eco/news/view/9176/
Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
🌳 O‘zbekistonda “Yangi daraxt — yangi nafas” eko-chempionati o‘tkaziladi
Maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 23-noyabrdagi 199-son Farmoni ijrosini taʼminlash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini samarali davom ettirish hamda aholi o‘rtasida daraxt ekish milliy qadriyatini yanada ommalashtirishdir.
https://gov.uz/eco/news/view/8931/
__
🌳 В Узбекистане пройдет эко-чемпионат «Новое дерево – новое дыхание»
Цель мероприятия – обеспечение реализации Указа Президента Республики Узбекистан № 199 от 23 ноября 2023 года «О мерах по обеспечению экологической устойчивости путем дальнейшего повышения уровня озеленения в республике и последовательной реализации общенационального проекта «Яшил макон» и популяризации национального значения посадки деревьев среди населения».
https://gov.uz/ru/eco/news/view/8931/
Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Jondor tumani, hududida atrof-muhitga tutun tarqalayotganligi to’g’risida murojaat tarqaldi.
Ushbu holat Jondor tumani inspeksiyasi inspektorlari tomonidan nazoratga olinib, belgilangan hududda o’rganish ishlari olib borildi.
O’rganish davomida, Jondor tuman Yangiobod MFY hududida dala chetini tozalashdan hosil bo’lgan o’simlik qoldiqlarini fuqaroF.F. yoqayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan davlat inspektori tomonidan ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan F.F.ga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasi 3-qismiga asosan1 020 000so’m jarima qo’llanildi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Buxoroda toshloq yerlarda bogʻ barpo etilmoqda
Xalqaro ahamiyatdagi yoʻlning Qorakoʻl va Jondor tumanlaridagi oʻtuvchi qismida "Yashil makon" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maxsus reportaj
#Elon #CallCenter
🔈 O‘zbekiston fuqarolari va OAV vakillari diqqatiga! Chiqindilarni boshqarish sohasida Call-markaz ishga tushdi
Sizda chiqindilarni boshqarish sohasi hamda tizimdagi tashkilotlar faoliyatiga tegishli aniq va konkret masalalar yuzasidan takliflar, shikoyatlar, murojaatlar bormi? Unda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazining 1205 hamda 1275 ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling!
Batafsil: ➥ https://is.gd/cPHnea
————
📞Вниманию гражданам Узбекистана и представителям СМИ! В сфере обращения с отходами запущен Call center
Есть ли у Вас предложения, жалобы, обращения вопросам в сфере обращения с отходами и деятельностью организаций в системе? Тогда звоните на горячие линии 1205 и 1275 Республиканского центра организации работ санитарной очистки при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата!
Подробно: ➥ https://is.gd/X0gUjc
✝️ Telegram|☮️ Facebook|💟 Instagram|☸️ sanitationuz">YouTube
Rasmiy munosabat
🌐Ijtimoiy tarmoqlarda chiqindilarning yoyilib yotganligi yuzasidan tarqalgan videomurojaat boʻyicha Buxoro viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi.
✔️Ushbu videomurojaat Buxoro viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan joyida borib o'rganildi.
➡️O'rganish davomida "Abdulazizxon" madrasasining orqa tomonidagi chiqindilar “Maxsusavtoxo’jalik” MCHJ tomonidan haftaning dushanba kuni reja asosida olib ketilishi kerak bo’lgan, Ammo 1-aprel Buxoroda hazil-mutoyiba bayrami “Nasriddin Afandi” an’anaviy festivali bo’lganligi sababli eski shahar hududida avtotransport vositalarning harakati vaqtinchalik cheklanganligi uchun bir kundan so’ng Seshanba kuni “Maxsusavtoxo’jalik” MCHJning ishchi xodimlari tomonidan holat to’liq bartaraf etilgan.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Jamiyat rivojiga va mamlakat taraqqiyotiga jiddiy toʻsiq boʻlib, sohalar yuksalishiga tahdid tugʻdiradigan illat - bu korrupsiyadir
✅Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bosh mutaxassisi tomonidan “Korrupsiya ijtimoiy ofat” mavzusida Qorovulbozor tuman inspeksiyasi inspektorlari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.
➡️Suhbat davomida yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, uni ildizi bilan yoʻq qilish, bu boradagi huquqiy asoslarni yanada mustahkamlashga doir koʻplab qonun hujjatlari ishlab chiqilganligi, korrupsiyani oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish, odob-axloq mezonlariga amal qilish, xodimlarning xizmat faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ymasligi borasida tushunchalar berildi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Yer uchastkalarini qanday sotib olsa bo'ladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga binoan:
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinishi belgilab qo'yilgan.
____
Bizning ijtimoiy tarmoqlar
💬 Telegram | Instagram | Facebook
Buxoroda "30-mart Xalqaro chiqindilarsiz dunyo kuni" munosabati bilan "Chiqindisiz dunyo uchun!" shiori ostida aksiya o‘tkazildi.
Читать полностью…Ekologiya vaziriga yangi o’rinbosar tayinlandi
Iskandar Qutbiddinov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Iskandar Qutbiddinov 1995-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tugʻilgan.
Mehnat faoliyatini 2017-yilda Adliya vazirligi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan.
2018–2021-yillarda Vazirlar Mahkamasida, 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ishlab kelgan.
_
Назначен новый заместитель министра экологии
Искандар Кутбиддинов назначен на должность заместителя министра экологии, охраны окружающей среды и изменения климата.
Для справки: Искандар Кутбиддинов родился в 1995 году в городе Андижан Андижанской области.
Свою карьеру начал в 2017 году на должности старшего советника Министерства юстиции. В 2018-2021 годах работал в Кабинете Министров, а с 2021 года – в Администрации Президента Республики Узбекистан.
Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube