"Daraxtlarga nafas bering" eko tadbiri davomida bir qator daraxtlar saqlab qolindi
Читать полностью…Buxoro viloyatiga 15 ta zamonaviy chiqindi tashuvchi avtomashinalar tantanali ravishda topshirildi
Bugun, 10 avgust kuni maxsus texnikalarning bir qismi viloyatga yetib keldi. Ushbu texnikalar hududda davlat-xususiy sheriklik bitimlari asosida xizmat ko’rsatayotgan sanitar korxonalarning talablariga ko’ra taqsimlanadi. Viloyatda qattiq maishiy chiqindilarni to’plash va olib chiqib ketish qamrovi kengayib, xizmatlar sifati yaxshilanishiga olib keladi.
👉Batafsil
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
«Daraxtga nafas bering» ommaviy tadbirlari oyligi o‘tkazilmoqda
Buxoro viloyati Еkologiya boshqarmasi matbuot xizmati
🐈Bugun, 8-avgust – Butunjahon mushuklar kuni!
Bu sana 2002-yilda Hayvonlarni himoya qilish xalqaro jamg‘armasi tashabbusi bilan nafaqat mushuklarni qadrlash, balki dunyo hamjamiyatining e’tiborini uysiz hayvonlar muammosiga qaratish maqsadida tashkil etilgan.
Mushuklar doimo g'amxo'rlik va e'tiborga muhtojligini unutmaslik kerak. Uy hayvonlari va uysiz hayvonlarga g'amxo'rlik qilish tirik mavjudotlar oldidagi mas'uliyatimizdir.
-
🐈Сегодня, 8 августа отмечается Всемирный день кошек!
Эта дата была учреждена в 2002 году по инициативе Международного фонда по защите животных Animal Welfare не только в целях чествования котов и кошек, но и для привлечения внимания мировой общественности к проблеме бездомных животных.
В этот день важно помнить о том, что кошки нуждаются в заботе и внимании круглый год. Бережным отношением к домашним питомцам и бездомным животным мы показываем свою ответственность перед живыми существами, с которыми делим наш мир.
-
🐈Today, August 8th is World Cat Day!
This date was established in 2002 at the initiative by the Animal Welfare International Fund not only to celebrate cats, but also to draw attention to the issue of homeless animals.
On this day, it is important to remember that cats need care and attention all year round. By treating our pets and homeless animals with care, we demonstrate our responsibility towards the living beings with whom we share our world.
@ecogovuz 🕊 kanaliga a'zo bo'ling va sohaga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib boring.
📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook
📸Fotojarayon
Obodonlashtirish oyligi doirasida Buxoro shahri A.G’ijduvoniy, Gazli shoh, B.Naqshband ko’chalarining hududlari chiqindilardan tozalanmoqda
🍀 @ecogovuz_bot orqali ariza va takliflarni qabul qilamiz
Siz yon-atrofingizda daraxt kesilishi, chiqindi tashlanishi va boshqa shu kabi atrof-muhitga zarar yetkazadigan holatlarga duch kelsangiz, bu haqda @ecogovuz_bot orqali matn, surat va video shaklida bizga ma'lum qilishingiz mumkin.
Shuningdek, bot orqali o‘z fikr va takliflaringizni ham yuborish imkoniga egasiz.
Muhim! Murojaatingiz barcha bosqichdan to‘liq o‘tganingizdan so‘ng qabul qilinadi. Qabul qilingan har bir murojaat e’tiborga olinadi.
___
🍀 Принимаем заявки и предложения через @ecogovuz_bot
Если вы столкнулись с незаконной вырубкой деревьев, накоплением отходов или другими подобными ситуациями, наносимые экологический ущерб, вы можете сообщить нам об этом, отправив фото или видео через @ecogovuz_bot, а также внести свои комментарии и предложения.
Ваша заявка будет принята после того, как вы выполните все шаги. Каждая поступившая заявка будет рассмотрена специалистами.
@ecogovuz 🕊 kanaliga a'zo bo'ling va sohaga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib boring.
📱Facebook
⚡️Hashar elga yarashar
#LIVE
Peshku tuman IIB xodimlari o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yana-da kuchaytirish, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida hashar o‘tkazildi.
Obodonlashtirish tadbirlari Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlarida IIOlarida uyushqoqlik bilan davom etmoqda
⚡️Hashar elga yarashar
#LIVE
Qorovulbozor tuman IIB xodimlari o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yana-da kuchaytirish, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida hashar o‘tkazildi.
Obodonlashtirish tadbirlari Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlarida IIOlarida uyushqoqlik bilan davom etmoqda
Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning bahor mavsumida Buxoro viloyatida 10 mlndan ortiq daraxt ko’chatlari ekildi.
Shu bilan birga ekilgan daraxt ko’chatlarini sug’orish tizimiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Olot tumanida «Daraxtga nafas bering» ommaviy tadbirlari oyligi o‘tkazilmoqda
Mazkur tadbir doirasida Olot tumani markaziy ko’chalari hududlaridagi 10 tupga yaqin daraxtlar betonlanganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu daraxtlar ostidagi beton qoplamalarining barchasi olib tashlanib, tadbirkorlik subyektlari mas’ullariga ogohlantirishlar berilmoqda.
Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#Факты
🌳Вырубка леса – одна из глобальных экологических проблем современности, приводящая к изменению климата, уменьшению видов флоры и фауны, ухудшению почвы и др. плачевным последствиям.
🇺🇿Для решения этой проблемы в нашей стране в 2019 году был введен мораторий на вырубку ценных деревьев и кустарников, не входящих в государственный лесной фонд.
Что же подразумевает под собой данный запрет и какие ограничения введены в период действия моратория?
Подписывайтесь на наш канал @ecogovuz и следите за последними новостям сферы экологии
📱Facebook
Buxoroda «Daraxtga nafas bering» ommaviy tadbirlari oyligi o‘tkazilmoqda
Mazkur tadbir doirasida Kogon shahri hududlarida 20 tup daraxtlar betonlanganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu daraxtlar ostidagi beton qoplamalarining barchasi olib tashlanib, tadbirkorlik subyektlari mas’ullariga ogohlantirishlar berilmoqda.
Buxoro viloyatida «Daraxtga nafas bering» ommaviy tadbirlari davom etmoqda.
Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
YeXHT konferensiyasida O‘zbekiston bilan iqlim o‘zgarishi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi
Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov o‘z ma’ruzasida ishtirokchilar e’tiborini iqlim o‘zgarishining suv resurslariga ta’sir etuvchi xavflari, Markaziy Osiyo daryolarida suv oqimini kamaytirish prognozlari va suv tanqisligiga qaratdi.
➥https://eco.gov.uz/yz/site/news?id=3376
__
Перспективы развития сотрудничества Узбекистана в области изменения климата обсуждены на конференции ОБСЕ
В своем докладе министр экологии Азиз Абдухакимов обратил внимание участников на риски изменения климата влияющих на водные ресурсы, прогнозы по уменьшению стока воды рек Центральной Азии и на водный дефицит.
➥https://www.uznature.uz/ru/site/news?id=3376
__
Prospects for the development of cooperation between Uzbekistan in the field of climate change were discussed at the OSCE conference
In his report, the Minister of Ecology Aziz Abdukhakimov drew the attention of the participants to the risks of climate change affecting water resources, forecasts for reducing the flow of water in the rivers of Central Asia and water shortage.
➥https://www.uznature.uz/en/site/news?id=3376
📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook
Hammamizga ma’lumki, iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
📊Bu muammoning muhimligini anglagan holda, shu kunlarda Nukus, Urganch, Buxoro va Navoiy shaharlarida fermerlar, ekologlar, shuningdek, joylardagi qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari vakillari uchun “Barqaror qishloq xo‘jaligi uchun agroekologik va innovatsion yondashuv” mavzuida o‘quv seminarlarni o‘tkazmoqdamiz.
O‘quv mashg’ulotlari doirasida tinglovchilar Vobkent tumanidagi “Garden Buxara agroklaster” paxta dalasida bo‘lib, tomchilatib sug’orish tizimi, turli o‘g’it va gerbitsidlardan foydalanish namunalari bilan tanishdi.
“O‘rinoy Mirzaeva” fermer xo‘jaligida esa mutaxassislarga viloyatda qo‘llanilayotgan suvni tejovchi texnologiyalarning yorqin namunasi bo‘lgan yomg’irli sug’orish tizimining ishlashi ko‘rsatildi. Dala maydonida mutaxassislar foydalanilayotgan texnologiyalarning ijobiy va salbiy tomonlarini muhokama qilib, amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.
Buxoro viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mutaxassisi Nigora Murodova “Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi aholi bandligini ta’minlash, qishloq aholisi farovonligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligi va eksportda muhim o‘rin tutayotgani uchun bunday dolzarb mavzuda treninglar tashkil etish muhimligini ta’kidlab, fermer xo‘jaliklariga tashrif tufayli nafaqat nazariy, balki amaliy bilim va ko‘nikmalarga ham ega bo‘lganligini aytib o’tdi.
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda To’qimachi bozor hududida yangi qurilgan do’konlar atroflarida har xil turdagi chiqindilar sochilib yotganligi yuzasidan murojaat tarqalgan edi
Ushbu murojaat yuzasidan Buxoro shahar inspeksiyasi inspektorlari tomonidan o’rganish ishlari olib borildi.
O’rganish davomida murojaatda ko’rsatilgan hududda noma’lum fuqarolar tomonidan har xil turdagi chiqindilar tashlab ketilganligi aniqlandi hamda ushbu holat To’qimachi bozor ma’muriyati tomonidan to’liq bartaraf etildi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Hurmatli hamshaharlar!
Buxoro shahrining T.Farog’iy ko’chasi hududlarida fotosuratda ko’rsatilgan 3 tup manzarali daraxtlar tabiiy omillar tufayli quriganligi hamda kasallanganligi inobatga olinib, ushbu qurigan daraxtlar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan kesilishini ma’lum qilamiz.
Eslatib o’tamiz, ushbu qurigan va kasallangan daraxtlarga Buxoro viloyat O’simlikar karantini davlat inspeksiyasi karantin chora tadbirlarini bajarilishi to’g’risida dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Hozirgi kunda shahar hududidagi qurigan-kasallangan daraxtlar(shoxalar, tanalari va. b)ni tegishli tashkilot tomonidan kesish ishlari amalga oshirilib, xech qanday noqonuniy daraxtlarning kesilish holatlari mavjud emasligini bildiramiz.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Toshkent, Qashqadaryo va Buxoroda chiqindilarni olib ketishning yangi usuli sinovdan o'tkazilmoqda
Chiqindi tashuvchi mashinalarning har ertalab aholi xonadonlaridan chiqindi olib ketish uchun baland signal chalib kelishi aholining e'tirozlariga sabab bo'layotgan edi.
➥ https://eco.gov.uz/yz/site/news?id=3431
-
В Ташкенте, Кашкадарьинской и Бухарской областях тестируют новый метод вывоза мусора
В связи с участившимися жалобами жителей на сигнальный метод вывоза мусора с населенных пунктов каждое утро, было принято решение
попробовать новый метод работы мусоровозочных машин.
➥ https://eco.gov.uz/ru/site/news?id=3431
-
A new method of waste disposal is being tested in Tashkent, Kashkadarya and Bukhara regions.
Due to increasing complaints from residents about the loud signal method of waste disposal from residential areas every morning, a decision was made to try a new method of garbage truck operation.
➥ https://eco.gov.uz/en/site/news?id=3431
@ecogovuz 🕊 kanaliga a'zo bo'ling va sohaga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib boring.
📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook
Gaz ta’minoti filialida “Obodonlashtirish oyligi” boshlab yuborildi
2023 yil 30 iyul kunidan 30 avgust kuniga qadar “Obodonlashtirish oyligi” etib belgilandi.
Shu maqsadda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali, uning hududiy bo’linmalarining binolari, ularga tegishli bo’lgan hududlarda doimiy tarzda tozalik ishlarini olib borish uchun obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan boshlab yuborildi.
Yurtimizda barcha tashkilot, idoralarda tashkil etilayotgan bu kabi obodonlashtirish ishlari tufayli daraxt, butalarga shakl berilib, ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Yashil_energiya
Bugungi kunda mamlakatimizda elektr-energiyasini oqilona sarflash hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Zero, yurtimizda yil davomidagi bulutsiz kunlar 250-270 kunni, quyoshning nurlanish davomiyligi esa 2850-3050 soatni tashkil qilinishini inobatga olsak, qayta tiklanuvchi quyosh energiyasidan foydalanish eng qulay bo’lgan energiya manbaasi hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, Buxoro tumani “Shergiron” MFY da joylashgan “Madaniyat” oxirgi to’xtaah bekati binosida 8кВт/с quvvatga ega bo’lgan quyosh panellari o’rnatildi.
Ushbu qurilmalar o’rnatilishi natijasida avtostantsiya binosida elektr-enwrgiyasi sarfi sezilarli ravishda kamayishiga erishiladi.
Buxoro viloyati Ekologoya boshqarmasi matbuot xizmati
Buxoro shahrida "Obodonlashtirish oyligi" o’tkazilmoqda
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 459-F-sonli Farmoyishiga asosan 30-iyul - 30-avgust kunlari Respublika hududida "Obodonlashtirish oyligi" o‘tkazilishi belgilangan.
Shu maqsadda, Buxoro viloyatining barcha hududlarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Buxoro shahrining B.Naqshband ko’chasi hududlari chiqindilardan tozalanib, daraxtlar sug’orildi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi Мatbuot xizmati
Shofirkon tuman Ekologiya bo’limi tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o’tkazildi.
Reyd tadbiri davomida Shofirkon tuman “G’ulomte” MFY da yashovchi fuqaro N.M tomonidan 1 tup terak daraxtini tag qismidan kesib tashlaganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan fuqaro N.Mga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima hamda zarar hisoblandi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Olot tuman bo’limi inspektorlari tomonidan tumanning markaziy ko’chalarida aholi tomonidan noqonuniy chiqindilarni tashlanishini oldini olish maqsadida bannerlar o’rnatildi.
Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Insoniyat oldidagi dolzarb vazifalardan biri bu atrof-muhitni muhofaza qilish tabiatga oqilona munosabatda bo’lish, flora va fauna olamini asrab avaylash global ekologik inqirozga yo’l qo’ymaslik hisoblanadi.
Shu kabi maqsadlar ko’zlangan holda 1-iyuldan yurtimiz bo’ylab e’lon qilingan “daraxtlarga nafas bering” ommaviy tadbirlari o’tkazilmoqda.
Bugun, Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan “Daraxtlarga nafas bering“ ommaviy tadbiri doirasida Buxoro shahri hududidagi 10 tup manzarali daraxtlar turli reklama bannerlari hamda beton qoplamalaridan ozod etildi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Hurmatli hamshaharlar!
Buxoro shahrining “Q.Murtazoyev” ko’chasi hududidagi fotosuratda ko’rsatilgan 2 tup manzarali daraxtlar tabiiy omillar tufayli quriganligi hamda kasallanganligi inobatga olinib, ushbu qurigan daraxtlar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan kesilishini ma’lum qilamiz.
Eslatib o’tamiz, ushbu qurigan va kasallangan daraxtlarga Buxoro viloyat O’simlikar karantini davlat inspeksiyasi karantin chora tadbirlarini bajarilishi to’g’risida dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Hozirgi kunda shahar hududidagi qurigan-kasallangan daraxtlar(shoxalar, tanalari va. b)ni tegishli tashkilot tomonidan kesish ishlari amalga oshirilib, xech qanday noqonuniy daraxtlarning kesilish holatlari mavjud emasligini bildiramiz.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Olot tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi bo’limi tomonidan cho’l hududlarida nazorat reyd tadbirlari olib borildi.
Olib borilgan reyd tadbirlari davomida Qorako’l tumanida yashovchi fuqaro S.X. Olot tuman cho’l hududidan cherkez o’simligini sindirib, olib kelayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaro S.X.ga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.
❗️Cherkez cho’llarda, qumloq yerlarda o’sadigan, yem-xashak bo’ladigan dorivor yirik buta yoki daraxt.
Cherkez o’simligi mevasidan dorivor moddalar olinadi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
2023-yilda daraxt kesish bilan bog'liq 3,6 mlrd. soʻmlik 2 mingdan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan
Aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan 7 ta jinoyat ishi va 2 055 ta ma’muriy ishlar qoʻzgʻatilib, 1,7 mlrd. soʻmlik zarar undirilgan.
➥ https://eco.gov.uz/yz/site/news?id=3377
-
В 2023 году выявлено более 2 тыс. нарушений за вырубку деревьев с общей суммой ущерба на 3,6 млрд. сум
По фактам выявленных правонарушений было возбуждено 7 уголовных и 2 055 административных дел, а также взыскан ущерб в размере 1,7 млрд. сумов.
➥ https://eco.gov.uz/ru/site/news?id=3377
@ecogovuz 🕊 kanaliga a'zo bo'ling va sohaga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib boring.
📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook
Ishlatilgan batareykalarni chiqindi qutilariga tashlash qat'iyan taqiqlanadi. Chunki o‘zi barmoqdek keladigan bu mitti energiya manbalari inson salomatligi va tabiat uchun juda katta zarar yetkazadi.
Kichkina demang bizni...
Bu energiya manbalari kichkina bo‘lishiga qaramay, zarari anchagina. Chiqindiga tashlangan batareykaning ustki qoplamasi turli tashqi ta'sirlar (issiq, eroziya) natijasida eriydi va unda saqlanuvchi kadmiy, simob, nikel, rux, qalay, magniy kabi zaharli moddalar «ozodlikka chiqadi». Bitta batareyka 20 metr kvadrat yer, 400 litr suv, ikkita daraxt, 1ta tipratikanni zaharlashga yetadigan zararga ega.
Videoni "Ekolog" jamoat birlashmasi Buxoro viloyatidagi faol ekovolontyori G'afforov Jasurbek tayyorlagan.