Asriy daraxtlarga tabiat yodgorligi maqomi beriladi
Jondor tuman bo’limi tomonidan tuman hududidagi 100 yoshdan oshgan daraxtlarga tabiiy yodgorligi maqomini berish maqsadida daraxtlar xatlovdan o’tkazilmoqda.
O’tkazilgan xatlov natijasiga ko’ra “Qovchin” MFY hududida yashovchi fuqaro Sattorov Nurboboning xonadoni oldida 150 yoshga yaqin 2 tup tut daraxti borligi aniqlandi.
Ushbu tut daraxtlari 83 yoshli xonadon egasi Nurbobo tomonidan parvarish qilib kelinmoqda.
Ayni paytda daraxtlarga tabiat yodgorligi maqomini berish ustida ishlar olib borilyapti.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
«Daraxtga nafas bering» ommaviy tadbirlari oyligi o‘tkazilmoqda
Buxoro viloyati Еkologiya boshqarmasi matbuot xizmati
🦌Gеrmaniya davlatida joylashgan Rostok hayvonot bog'i sobiq dirеktori profеssor Udo Nеgali Buxoroda mеhmon bo'ldi
👉Batafsil
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Buxoro viloyatida inspektor xizmat vaqtida yaralandi
Inspektor Qorovulbozor hududida noqonuniy ov qilinayotganidan xabar topgan. Holatga chek qo'yish maqsadida voqea joyiga borganida esa brakonyer tomonidan o'q uzilishi natijasida qo'lidan yaralangan. Brakonyer voqea joyidan yashiringan.
➥https://eco.gov.uz/yz/site/news?id=3368
___
В Бухарской области при исполнении служебных обязанностей ранен инспектор
Инспектор был ранен при попытке пресечь незаконную охоту в Караулбазарском районе. Однако браконьер, ранив инспектора в руку, скрылся с места происшествия.
➥https://eco.gov.uz/ru/site/news?id=3368
📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook
"Экология ва атроф-муҳитни асраш, сув тақчиллигининг олдини олиш бундан буён ҳам биз учун долзарб вазифа бўлиб қолади.
Биз, ҳеч шубҳасиз, экологик мувозанат, мусаффо ҳаво, тоза сув, безавол табиат тарафдоримиз. Бу масала биз учун бошқаларга қараганда ниҳоятда долзарб ва муҳимдир. Нега деганда, биз дунёдаги энг катта экологик офат – Орол фожиасини бевосита ўз бошидан кечираётган халқмиз.
Шунинг учун ҳозирги вақтда республикамизда бебаҳо эко-тизимни сақлаш ва мустаҳкамлашга қаратилган кенг кўламли дастурлар, жумладан, “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси амалга оширилмоқда. Биз келгусида бу ишларни янада жадал давом эттирамиз.
Янги қуриладиган саноат корхоналари лойиҳаларида бу масала бўйича қаттиқ назорат ўрнатилади. Оролбўйи минтақасидаги экологик вазиятни яхшилаш учун ҳам барча зарур чора-тадбирларни кўрамиз.
Айни пайтда биз фақат деҳқончилик билан кун кўрадиган мамлакат бўлиб қолмаслигимиз керак. Биз атроф-муҳитга зарар етказмаган ҳолда, ишлаб чиқариш индустрияси кучли даражада ривожланган давлатга айланишимиз зарур" - деди Президент.
Facebook|Instagram|Twitter
Belgilanmagan joyga qurilish chiqindilarini tashlagan fuqaro jarimaga tortildi
Bugun, Jondor tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tuman hududlarida navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Olib borilgan reyd tadbiri davomida Jondor tumanida yashovchi fuqaro T.F. "Zarafshon" mahallasi hududiga o’ziga tegishli bo’lgan “ZIL” rusumli yuk avtomashinasida belgilanmagan joyga qurilish chiqindilarini tashlanganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91- moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib,1 million 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kundalik hayotda o‘zimizga tanish bo‘lgan narsalardan foydalanamiz, ammo ular atrof-muhitga zarar yetkazishi haqida o‘ylamaymiz. Bu narsalar, asosan, bir martalik ishlatiladigan idishlar va bir necha yuz yil davomida parchalanmaydigan, qayta ishlanmaydigan plastik mahsulotlardir.
Bugun siz uchun ekologik jihatdan zararli narsalarni ekologik toza mahsulotlar bilan almashtirishning vizual tasvirini tayyorladik.
📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook
Suv tabiatning bebaho ne'matidir
Joriy yilning 12-iyul kuni Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi Olot tuman inspeksiyasi tomonidan tuman hududlaridan oqib o’tuvchi ariq hamda kanallarda oqova quvurini chiqarib, suvni ifloslantirish holatlarini aniqlash bo’yicha reyd tadbirlari o’tkazilmoqda.
Olib borilgan reyd tadbirlari davomida, Olot tuman “Oq Oltin” MFYda yashovchi fuqaro T.J shu hududdagi ichki kolletorga uy-ro’zg’ordan hosil bo’lgan oqava suvlarni oqizayotganligi holati aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan fuqaro T.Jga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 72-moddasi 1-qismi bilan 990 000 so’m jarima belgilandi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Мард Ўғлон" давлат мукофоти билан тақдирлаш тўғрисида"ги қарори
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О присуждении государственной премии "Мард Ўғлон"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Qurbon hayitingiz muborak bo’lsin!
Barchangizni, jamiyatimizda o’zaro hurmat, mehr-oqibat va bag’rikenglikni mustahkamlovchi qutlug’ bayram-Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.
Mamlakatimiz taraqqiyoti, Ona tabiatimizni musaffoligini ta’minlashda va Vatanimiz ravnaqi, istiqboli yo‘lida yanada shijoat bilan ishlashingizga, barcha ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar hamisha yor bo‘lishini yaratgandan so‘rab qolamiz.
Fursatdan foydalanib, barchangizga sog‘lik, uzoq umr, xonadonlaringizdan fayz-baraka arimasligini tilab qolamiz.
Hurmat bilan, Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi jamoasi nomidan Umarov Murodjon Anvarovich!
Bugun, 27-iyun O‘zbekistonda kasb bayrami – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Bu sana mamlakatimizda 1994-yildan buyon keng nishonlanadi .
Jamiyatimiz farovonligi va atrof-muhitni asrab-avaylash yo‘lida axborot muhitini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan barchani ushbu muhim kun bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Sizga mustahkam sog'liq va ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!
___
Сегодня, 27 июня, в Узбекистане отмечается профессиональный праздник - День работников печати и средств массовой информации. Эта дата широко отмечается в нашей стране с 1994 года.
В этот знаменательный день искренне хотим поздравить всех, кто вносит достойный вклад в развитие информационной среды во благо нашего общества и сохранения окружающей среды!
Желаем вам крепкого здоровья, творческих достижений и успешной реализации новых идей и проектов!
"Qizilqum" davlat qo‘riqxonasida yong‘in xavfsizligi tadbirlari kuchaytirilmoqda
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Qizilqum" davlat qo‘riqxonasi va “Qizilqum” davlat o’rmon xo’jaligi bo’limlarida
yong‘in chiqishi xavfi yuqori bo‘lgan joylarga yong‘inni bartaraf etish uchun zaruriy jihoz va asbob-uskunalar joylashtirib chiqildi.
Shuningdek, tabiiy o’rmonzorlarda yong’in chiqishi xavfini oldini olish va sodir etilgan holatlarda yong’inni bartaraf qilish bo’yicha tushuntirishlar hamda o’quv-yig’in mashg’ulotlari o’tkazildi.
Qo‘riqxona nаzorat postlarida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilgan bo‘lib, xodimlarga yong‘in holatlari bo‘yicha yanada ogoh va hushyor bo‘lishlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Расмий баёнот
Бухоро вилояти Қоровулбозор туманида 13 июль куни 2 нафар фуқаролар ов қилиш қоидаларини қасддан бузиб, Ўзбекистон Қизил китобига қиритилган “Жайрон” кийикларини овлаётган вақтида уларни тўхтатмоқчи бўлган экология бўлими ходимига ов милтиғидан ўқ узиб тан жароҳати етказганлиги бўйича Қоровулбозор тумани прокуратураси томонидан Жиноят кодексининг 25, 202 (Ҳайвонот ёки ўсимлик дунёсидан фойдаланиш тартибини бузиш) ва 219 (Ҳокимият вакилига ёки фуқаровий бурчини бажараётган шахсга қаршилик кўрсатиш) моддалари билан жиноят иши қўзғатилди.
Жиноят иши тергови устидан прокурор назорати ўргатилган.
🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!
Telegram | Instagram | user-vs9yb6uq6e">YouTube | Facebook
Rasmiy munosabat
Buxoro shahar “Shodlik” mahallasi hududidagi daraxtlar asfaltganligi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat tarqaldi.
Ushbu murojaat yuzasidan o’rganish ishlari olib borilib, Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlari tomonidan daraxt asfalt qoplamalaridan ozod qilindi.
Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoro viloyati , G’ijduvon tumanida dahshatli holat, aytishlaricha eshak va mollarni so’yib qoldiqlarini tashlab ketishgan” deb tarqalgan murojaat yuzasidan ma’sullar tomonidan o’rganish ishlari olib borildi.
O’rganish davomida, haqiqatdan ham G’ijduvon tumani Qorabog’ MFY hududida eshak va mollar so’yilib qoldiqlari noma’lum fuqarolar tomonidan tashlab ketilganligi aniqlandi.
Ushbu holatni bartaraf etish uchun “Maxsusavtoxo’jalik” MCHJning maxsus texnikalari jalb qilinib, holat to’liq bartaraf etildi.
Shuningdek, ma’sullar tomonidan Qorabog’ MFY hududida kuzatuv kameralari o’rnatilishi rejalashtirildi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#ekodaydjest
Qoraqalpog‘istonda yovvoyi hayvonlar uchun hududdagi quduqlardan suv chiqarish ishlari olib borildi
Andijonda "Daraxtga nafas bering" aksiyasi o‘tkazilmoqda
Buxoroda tibbiyot chiqindilarini termik usulda qayta ishlash va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
Jizzaxda qurigan daraxtlar o‘rniga hudud tabiiy iqlimiga mos ko‘chatlar ekilmoqda
Qashqadaryoda ekoturizm obyektlari tashkil etilmoqda
Navoiyda tadbirkorlar ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi
Namangandagi noyob ekologik obyekt — "Аrashan koʼllari" barchani oʼz bagʼriga chorlaydi
Samarqanddagi ‘Zarafshon‘ milliy tabiat bog‘ida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Sirdaryoda ishonch telefonlariga qilingan barcha murojaatlar nazoratga olinmoqda
Toshkent viloyati hududlariga videokuzatuv kameralari oʼrnatilmoqda
Farg‘ona shahridagi hayvonot bog‘ini boshqarishda Germaniya tajribasi joriy etiladi
Xorazmda daraxt kesgan fuqaroga jarima qo'llanildi
Toshkent shahrida “Daraxtlarga nafas bering” aksiya tadbirlari bo'lib o'tmoqda
@ecogovuz 🕊 kanaliga a'zo bo'ling va sohaga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib boring.
📱Instagram | 📱Facebook
Buxoro viloyatida inspektor xizmat vaqtida yaralandi
Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumanida reyd tadbiri olib borayotgan tuman Ekologiya bo'limi boshlig'i, inspektor Mirali Hojiyev xizmat vaqtida yaralandi.
Aniqlanishicha, inspektor Qorovulbozor hududida noqonuniy ov qilinayotganidan xabar topgan. Holatga chek qo'yish maqsadida voqea joyiga borganida esa brakonyer tomonidan o'q uzilishi natijasida qo'lidan yaralangan. Brakonyer voqea joyidan yashiringan.
Inspektorga tez tibbiy yordam ko'rsatilgan. Ayni damda uning ahvoli yaxshi. Brakonyerlarni qo'lga olish choralari ko'rilmoqda.
___
В Бухарской области при исполнении служебных обязанностей ранен инспектор
В Караулбазарском районе Бухарской области при исполнении служебных обязанностей был ранен начальник отдела экологии Мирали Ходжаев.
Инспектор был ранен при попытке пресечь незаконную охоту в Караулбазарском районе. Однако браконьер ранив инспектора в руку, скрылся с места происшествия.
Инспектору была оказана неотложная медицинская помощь. На данный момент его состояние оценивается как хорошее. Принимаются меры по поимке браконьера.
📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook
Ozon qatlami asta-sekin tiklanmoqda
Yerning ozon qatlami asta-sekin tiklanmoqda. Bu haqda Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotida aytildi.
Mutaxassislar yaqin о‘n yilliklarda atmosferaning aksariyat qismida ozon qatlami tо‘liq tiklanishini bashorat qilyapti.
WMO ma’lumotiga kо‘ra, 2022 yil tropik va subtropik ozon tо‘planishi meyordan yuqori bо‘lgan, baland kengliklarda, ayniqsa janubiy yarim sharda bu jarayon kutilganidan past darajada kuzatilgan.
Ozon qatlami Yerdagi hayotni zararli ultra binafsha nurdan himoya qiladi, shuning uchun ozon monitoringi inson va atrof-muhit xavfsizligi uchun juda muhim.
Tashkilot ozon qatlami tiklanishi Monreal protokoli va ushbu hujjatga kiritilgan tuzatish asosida ozonni yemiruvchi moddalar ishlab chiqarish va iste’mol qilish keskin kamayishi bilan bog‘liq, deb hisoblaydi. Shu bois mas’ullar ozon qatlamidagi uzoq muddatli о‘zgarishni chuqurroq о‘rganish zarurligini ta’kidlamoqda.
Buxoroda tibbiyot chiqindilarini termik usulda qayta ishlash va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
👉Batafsil
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Aziz Abduhakimov BMTning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi Zurab Pololikashvilini kutib oldi
https://eco.gov.uz/yz/site/news?id=3358
___
Азиз Абдухакимов встретил Генсека Всемирной туристской организации ООН Зураба Пололикашвили
https://eco.gov.uz/ru/site/news?id=3358
___
Aziz Abdukhakimov met Secretary General of the United Nations World Tourism Organization Zurab Pololikashvili
https://eco.gov.uz/en/site/news?id=3358
@ecogovuz 🕊 kanaliga a'zo bo'ling va sohaga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib boring.
📱Instagram | 📱Facebook
🌳Daraxtlarga nafas bering!
Joriy yilning 12-iyul kuni Buxoro shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbiri doirasida “M.Iqbol” ko’chasidagi daraxtlar betonlanganligi holatlari aniqlanib, Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Bugun 30 iyun — O‘zbekistonda " Yoshlar kuni "
Bayramingiz muborak bo‘lsin O‘zbekiston Yoshlari!
Rasmiy munosabat
Avval xabar berganimizdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali joriy yilning 4-fevral kuni Buxoro shahar Pridastgir ko’chasi 3/7-uy va Alpomish ko’chasi 14-uy orasida ko’p qavatli uy-joy qurulishi belgilangan hududdan fuqaro Q.Q tomonidan 16 tup daraxt hamda butalarni kesganligi hamda ushbu sodir etilgan huquqbuzarlikka jinoyat alomatlari mavjudligi uchun Buxoro shahar Prokuraturasiga hujjatlar taqdim etilgan edi.
Holat yuzasidan dastlabki o’raganishlar yakuniga yetgani bo’yicha Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Fuqaro Q.Q ga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi uchun O’zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan 1 350 000 so’m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 259 mln so’m hisoblanib, hujjatlar sudga taqdim etildi.
Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
25-iyun kuni Buxoro shahri va Qorovulbozor tumanida Yoshlar kuniga bag’ishlangan “Yangi nafas” , “Vatan qalqoni” xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari hamda Xalqaro Olimpiya kuniga bag’ishlangan “Olympic day” musobaqasi tashkil etildi.
Ushbu musobaqada Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi yoshlari ham ishtirok etishdi.
“Bir vatanda,bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda, birga yuguramiz!” shiori ostida tashkil etilgan ommaviy yugurish marafoni Buxoro shahridagi “Sitora” bolalar bog’i oldidan start oldi.
7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan 8 mingga yaqin ishtirokchilar “Ark” qo’rg’onigacha bo’lgan 3 km hamda 1 mil (1,6km) masofa bo’ylab, g’oliblik va salomatlik uchun yugurishdi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Bugun, erta tongdan Buxoro viloyati Ekologiya boshqaramasi tomonidan daraxtlarni sug’orish aksiyasi tashkil etildi.
Ushbu aksiyada boshqarma xodimlari hamda "Yo’l ko’kalam" unitar korxonasi ishchi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Buxoro tumanidan o’tuvchi 4R72 yo’l yoqasiga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko’chatlarni sug’orish, parvarishlash va zararkunandalarga qarshi kurashish ishlari tashkil qilindi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.