buxoro_eco | Неотсортированное

Telegram-канал buxoro_eco - Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

769

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi Taklif va shikoyatlar uchun: ☎️Murojaat uchun tel: (65) 225 31 04

Подписаться на канал

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Ayni paytda Buxoro tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxtlar hamda gullarni sug‘orish ishlari olib borilmoqda.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

🐺Bo’riga duch kelganda nima qilish kerak? Mutaxassis maslahati

Bo‘ri o‘ziga yoki bolalariga tahdidni sezmasa, hujum qilmaydi.

Agar bu yirtqich hayvonga duch kelib qolsangiz, o‘zingizni undan qo‘rqmayotgandek tuting. Bo‘ridan imkon qadar tezroq uzoqlashing, ammo qochishga urinmang.

___

🐺Что делать при встрече с волком? Совет эксперта

Волк не нападает на человека, если не чувствует угрозы для себя или своих детей.

Если вы столкнетесь с ним, то покажите ему, что вы его не боитесь. Как можно скорее отдалитесь от волка, но не пытайтесь бежать.

📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Suvni tejash maqsadida yangi loyihalar amalga oshirilayapti

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Buxoroda suv resurslaridan tejab foydalanish choralari ko’rilmoqda

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoro shahar Vobkent ko’chasi 50 dom orqasidagi daraxtlar kesib tashlanmoqda” deb tarqalgan murojaat yuzasidan Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan o’rganish ishlari olib borildi.

O’rganishlar davomida haqiqatdan ham yuqorida ko’rsatilgan manzilda 1 tup manzarali daraxtni tag qismidan kesib tashlaganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan dastlabki o’rganish ishlari olib borilmoqda qo’shimcha ma’lumot taqdim etamiz.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Buxoro shahri “Alpomish” ko’chasi 11 va 11/1 uy atrofida daraxtlarning kesilishi” bilan bog’liq murojaat tarqaldi

Ushbu murojaat yuzasidan Buxoro shahar inspeksiyasi inspektorlari tomonidan o’rganish ishlari olib borildi.

O’rganish davomida bir tup manzarali darxtning shoxlari egilganligi uchun sanitariya maqsadida butalangaligi aniqlandi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

🏃🏻‍♂️Birinchi marta Orol tubi bo’ylab 42 km!

O‘zbekistondagi ommaviy yugurish musobaqasi tashkilotchisi Andrey Kulikov qurigan Orol dengizi tubi bo'ylab 42 km 195 m masofani bosib o'tdi. Bu marafon Butunjahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni munosabati bilan Ekologiya vazirligi tomonidan tashkil etildi.

https://eco.gov.uz/yz/site/news?id=3324
-
🏃🏻‍♂️Впервые на дне Арала 42 км!

Организатор массового забега в Узбекистане Андрей Куликов преодолел 42 км 195 м по дну высохшего Аральского моря. Aral Eco marathon был организован Министерством экологии, окружающей среды и изменении климата в честь Всемирного дня борьбы с опустыниванием и засухой.

https://eco.gov.uz/ru/site/news?id=3324
-
🏃🏻‍♂️For the first time at the bottom of the Aral Sea 42 km!

Andrey Kulikov, organizer of the mass race in Uzbekistan, ran 42 km 195 m through the dried-up bottom of the Aral Sea. Aral Eco marathon was organized by the Ministry of Ecology, Environment and Climate Change in honor of the World Day to Combat Desertification and Drought.

https://eco.gov.uz/en/site/news?id=3324

📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoro shahridagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga qarashli “Neftchi” bolalar oromgohida dam olayotgan bolalar tashkil etilgan sirk shousida O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Gray monitor kaltakesak va maymun bolasidan foydalanilayotganligi e’tirozga sabab bo’lgan” deb tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz

Hozirda ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, o’rganish ishlari olib borilmoqda.

O’rganishlar yakuni bo’yicha qo’shimcha ma’lumot taqdim etamiz.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Buxoro shahri “Alpomish” ko’chasi 11 va 11/1 uy atrofida daraxtlarning kesilishi” bilan bog’liq murojaat tarqaldi

Ushbu murojaat yuzasidan Buxoro shahar inspeksiyasi inspektorlari tomonidan o’rganish ishlari olib borildi.

O’rganish davomida bir tup manzarali darxtning shoxlari egilganligi uchun sanitariya maqsadida butalangaligi aniqlandi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Limonchilik maktabi tajriba uchastkasida chetdan keltirilgan shaftoli va o’rik navlari parvarishlanmoqda.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda «Потребитель Бухара плюс»
telegram kanali orqali daraxt kesilishi bilan bog’liq video murojaat tarqaldi.

Ushbu murojaat yuzasidan Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan o’rganish ishlari olib borildi.

O’rganish davomida, 2021-2022 yilda daraxtlar xatlovdan o’tkazilib, Buxoro shahrida 158-dona mevali hamda manzarali daraxtlar quriganligi o’rganilgan.

Shuningdek, Prezident maktabi hududdagi daraxt ham 158 dona qurigan daraxtlar ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, xech qanday noqonuniy daraxtlarning kesilishi holatlari mavjud emasligini bildiramiz!

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Bugun, 19 iyun
☀️ +41°...+28°, Ochiq havo

Hozir: ☀️ +28°, ↘️ 2.1 m/s

Tong: ☀️ +34°
Kun: ☀️ +40°
Oqshom: ☀️ +38°
Namlik: 15%
Shamol: Shimoliy, 8.8 m/s
Bosim: 749 mm sim. ust.

Oy: O'sayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:13
Quyosh botishi: 20:12

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

#ekodayjest #hudud 🇺🇿

Qoraqalpog‘iston hududida eng dovyurak, qo‘rqmas hayvon yashaydi

Andijonlik keksa ekofaol barchaga o‘rnak bo‘lmoqda

Buxoroda 17-iyun - Butunjahon cho‘llanishga qarshi kurashish kuni tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi

Jizzax viloyatida sana munosabati bilan agrotexnik tadbirlar o‘tkazildi

Qashqadaryoda 43 ta echkiemarni o‘ldirib, terisini shilgan brakonyerlar qo‘lga olindi

Navoiyda kavrak o‘simligidan foydalanish tartibini buzish holatlari o‘rganildi

Namanganda 17-iyun – Butunjahon choʻllanishga qarshi kurashish kuni uyushqoqlik bilan o‘tkazildi

Samarqandda bo‘lib o‘tgan tadbirlarda daraxtlar parvarishiga alohida e'tibor qaratildi

“Surxon" davlat qo‘riqxonasining moddiy-texnik bazasini boyitish masalasi ko‘rib chiqildi

Sirdaryoda cho‘llanishga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyatida yong‘inlar xavfini bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda

Farg‘onada "Piknik madaniyati" tadbiri tashkil etildi

Xorazmda cho‘llanishga qarshi kurashish tadbirlari uyushqoqlik bilan o'tkazildi

Toshkentda landshaftlar holatiga oid dolzarb muammolar va hududlarda ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi


📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Buxoroda 17-iyun - Butunjahon cho‘llanishga qarshi kurashish kuni tadbirlari ko'tarinki ruhda tashkil etildi

Buxoro viloyati Ekologiya boshqaramasi tomonidan mazkur sana munosabati bilan daraxtlarni sug’orish aksiyasi tashkil etildi.

Ushbu aksiyada boshqarma xodimlari hamda "Yo’l ko’kalam" unitar korxonasi ishchi xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirlar davomida Buxoro shahri hududlaridagi “Yashil makon” umummiliiy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko’chatlarni sug’orish, parvarishlash va zararkunandalarga qarshi kurashish ishlari tashkil qilindi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Buxoroda beton qoplama bilan o‘ralgan daraxtlarni betondan ochish tadbirlari olib borilmoqda

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi G’ijduvon tuman inspeksiyasi tomonidan “Nodirabegim” MFY hududida 4 tup manzarali daraxtlarning osti betonlanganligi aniqlandi va beton qoplamalaridan ozod qilindi.

Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha tuman, shahar hududlarida o’tkazilmoqda.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

⁉️Yurtdoshlarimizda chiqindi tashlash madaniyati shakllanganmi?

✅Xalqaro press-klubda "Diqqat, tabiat!" yangi loyihasi!

♻️Bu ko`rsatuvda siz:

🥤Plastik mahsulotlarining atrof muhitga zarari;
🥤Toshkent shahridan bir kunda chiqadigan chiqindi miqdori va uning keyingi holati
yuzasidan

🛑Muhim va dolzarb bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lasiz!

🖥Ko'rsatuvni bugun 20:00 da YouTube sahifamiz orqali tomosha qiling!!!

@IPCUzbekistan
@IPC_live

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

#ekodayjest #ekohudud

Orol dengizi tubi bo'ylab 42 km 195 m masofa yugurib bosib o'tildi

Andijonda g'alladan bo'shagan dalalarni yoqmaslik choralari ko'rilmoqda

Buxoroda 3 turdagi foydali hasharotlar ishlab chiqarilmoqda

"Zomin" davlat  qo‘riqxonasida yong‘in xavfsizligi tadbirlari kuchaytirilmoqda

Navoiyda noqonuniy ishlayotgan ohak sexlari faoliyatiga chek qo‘yildi

Namanganda daraxtlarni parvarishlash ishlari doimiy eʼtiborda

Bulung‘urda daraxt kesishilishi oqibatida tabiatga 774 mln 642 ming so‘m zarar keltirildi

Sirdaryo viloyatida daraxtlarni asrash tadbirlari olib borilmoqda

Toshkent viloyati Boʼstonliq tumanida tozalik tadbirlari yanada kuchaytirilmoqda

Farg‘onada “Lavanda sayli” festivali tashkil etildi

Xorazmda yozning issiq kunlarida ekilgan daraxtlar sug'orilmoqda

Toshkentda YXHT bilan ekologiya sohasida mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Rasmiy munosabat

Avval xabar berganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bog’liq
murojaat yuzasidan Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi o’rganish ishlari yakuni bo’yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

Joriy yilning 22-iyun kuni Buxoro shahar Vobkent ko’chasi 50-uyning orqa tomonidan uy-joy qurulishi belgilangan hududdan fuqaro G’.SH tomonidan 2 tup tol daraxtini tag qismidan
kesganligi aniqlandi.


Ushbu holat yuzasidan fuqaro G’.SH ga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan 1 650 000 so’m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 28 mln 380 ming so’m belgilandi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Buxoroda 3 turdagi foydali hasharotlar ishlab chiqarilmoqda

Tomorqa xo’jaliklarini rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qolaversa qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish va dehqonchilik madaniyatini oshirish jarayonlarida o’simliklarni zararkunanda hamda turli kasalliklardan himoya qilish g’oyat muhim sanaladi. Bunda iqtisodiy va ekologik afzalliklarga ega bo’lgan biologik usulning ahamiyati beqiyos.

Romitan tumani Bog’iturkon hududida joylashgan biolabaratoriyada ham biomahsulotlar ko’paytirish uchun eng asosiy ozuqa mahsulotlari zahirasi yaratilgan bo’lib, 3 turdagi foydali hasharotlar ishlab chiqarilmoqda.

Bugungi kunda ushbu biolabaratoriyada yetishtirilayotgan biomahsulotlarni fermerlar dalasi va aholi tamorqasiga qo’yish jarayonlari qizg’in davom ettirilmoqda. Qishloq xo’jaligi ekinlarini biologik yo’l bilan himoya qilish yuqori hosil garovidir.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Korrupsiya illatiga qarshimiz

Joriy yilning 22-iyun kuni Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasining yig’ilishlar zalida boshqarma tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida “Korrupsiya illatiga qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbati davomida xodimlarga “O’zbekiston Respublikasining korrupsiya” to’g’risidagi qonunining mazmun mohiyati tushuntirib o’tildi.

Buxoro viloyatida sodir etilgan korrupsion holatlardan misollar keltirildi va video lavhalar ko’rsatib o’tildi.

Davra suxbati keskin savol javoblarga boy bo’ldi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoro shahridagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga qarashli “Neftchi” bolalar oromgohida dam olayotgan bolalar tashkil etilgan sirk shousida O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Gray monitor kaltakesak va maymun bolasidan foydalanilayotganligi e’tirozga sabab bo’lgan” deb tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz

Hozirda ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, o’rganish ishlari olib borilmoqda.

O’rganishlar yakuni bo’yicha qo’shimcha ma’lumot taqdim etamiz.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Suv tabiatning bebaho ne'matidir

Joriy yilning 21-iyun kuni Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan shahar hududlaridan oqib o’tuvchi ariq hamda kanallarda oqova quvurini chiqarib, suvni ifloslantirish holatlarini aniqlash bo’yicha reyd tadbirlari o’tkazilmoqda.

Olib borilgan reyd tadbirlari davomida, Buxoro shahar Shohrud ko’chasida yashovchi fuqaro K.N shu hududdan oqib o’tuvchi ichki ariqga oqava quvurini chiqarib, suvni ifloslantirganligi holati aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro R.Mga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 72-moddasi 1-qismi bilan jarima belgilandi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Instagram|Telgram|Sayt|YouTube|Facebook|

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoro tumani “Shergiron” MFY O’zbakon qishlog’i 22-sonli maktab oldida o’lgan qoramolning jasadini tashlab ketilgan” deb murojaat tarqalgan edi.

Ushbu murojaat yuzasidan o’rganish ishlari olib borildi hamda Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlari tomonidan to’liq bartaraf etildi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Qorovulbozor tumanida bir yildan buyon ishlab kelyotgan aholi yashaydigan joyda qurilgan neft baza, yana gaz kondensatini qayta ishlaydigan mini zavoddan chiqayotgan zaharli gaz” bo’yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz

Qorobulbozor tuman aholisining e’tiroziga sabab bo’lgan tumanning “Cho’lquvar” MFY hududida faoliyat yuritayotgan “Petrochem Bukhara” MCHJ ga qarashli neft qoldiq mahsulotlarini qayta ishlash kichik zavodi aholi yashash xonadonlaridan 1100 metr uzoq masofada joylashgan.

Jamiyat O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.09.2020 yildagi 541-sonli qaroriga ko’ra ekologik xavfsizlik darajasi bo’yicha 1-toifaga (yuqori darajada xavfli) mansubligi va jamiyat tomonidan ishga tushirishdan oldin ekologik oqibatlar to’g’risidagi loyiha hujjati (ZEP) ekologik meyoriy hujjati ishlab chiqilib, Davlat ekologik ekspertizasining 11.10.2022 yildagi 03-01/11-08-2131-sonli ijobiy xulosasi olingan.

Shuningdek, Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan aholi e’tirozlariga olib keluvchi holatlarni bartaraf etish va oldini olish bo’yicha mazkur korxonalarga faoliyatini O’zbekiston Reapublikasi ”Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun talablari asosida olib borish bo’yicha boshqarmaning tegishli xatlari yuborilib, bajarilishi nazoratga olinganligini bildiramiz.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Bog’iturkondagi biolabaratoriyada 3 xil turdagi foydali hasharotlar chiqarilmoqda

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

#live #seminar

Toshkentda Ekologik nazorat, ekspertiza va loyiha tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-seminar (workshop) boshlandi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Davlat ekologik ekspertizasi markazi tomonidan tashkil etilgan seminar davomida tajribali ekspertlar tomonidan turli ma’ruzalar, ishtirokchilarning ekologik bilim darajalarini baholash uchun test sinovlari rejalashtirilgan.

Yakunda ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.

Seminar 24-iyungacha davom etadi.

📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ohak sehidan chiqayotgan chang” bo’yicha tarqalgan video murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan mutaxassislardan iborat ishchi gurux tuzulib, o’rganish ishlari olib borildi.

O’rganish davomida ushbu holat yuzasidan ohak ishlab chiqarish sehi rahbariga tegishli ko’rsatmalar berilib, hozirda mazkur holatni bartaraf etish choralari ko’rilmoqda.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

🔰 Daraxtlarni sug‘orishga kimlar masʼul?

Daraxtlar va butalarni sug‘orish va oziqlantirish:

🔸 shahar va tumanlar markazlaridagi ko‘chalarda – hokimliklar shuningdek, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan binodan ko‘chagacha bo‘lgan oraliqda tashkilotlar;

🔸 ichki ko‘chalar, mahallalar hududlari hamda ko‘p qavatli uylar oralig‘i va atrofida – mahalla, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan binodan ko‘chagacha bo‘lgan oraliqda tashkilotlar;

🔸 tashkilotlarning hududlarida – yer egalari;

🔸 avtomobil yo‘llari bo‘ylarida – Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkilotlari;

🔸 temir yo‘llar bo‘ylarida – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkilotlari;

🔸 daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar bo‘ylarida – hokimliklar va suv xo‘jaligi organlari;

🔸 fermerlar yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda – yer egalari;

🔸 zaxira yerlarda – hokimliklar tomonidan amalga oshiriladi.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida o‘tkazilgan sug‘orish tadbirlaridan lavhalar.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni Orol dengizi tubida yugurish marafoni bo‘lib o‘tadi

2023-yil 17-iyun kuni Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni
munosabati bilan O‘zbekistondagi ommaviy yugurish musobaqasi tashkilotchisi Andrey Kulikov Orol dengizi tubi bo‘ylab 42 km 195 m masofaga “Aral Eco Marathon” marafoni doirasida yugurib o‘tadi.

“Maʼlumki, Orol dengizi o‘tgan asrning 60-yillari ikkinchi yarmida quriy boshlagan va hozirda qurigan tubining maydoni 6 million gektarga yaqin. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2 mln gektar maydonda turli daraxt ko‘chatlari plantatsiyalari barpo etildi, hududning ekologik muhitini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”, - deya taʼkidlab o‘tdi Aziz Abduhakimov.

Marafondan ko‘zlangan asosiy maqsad, ushbu mintaqaning ekologik muammolariga jahon hamjamiyati eʼtiborini qaratish va barchani sayyoramizni saqlab qolish uchun faol qadamlar tashlashga ruhlantirishdan iborat.
___

На дне Аральского моря пройдет забег в честь Всемирного дня борьбы с опустыниванием и засухой

17 июня 2023 года
в честь Всемирного дня борьбы с опустыниванием и засухой, организатор массовых забегов в Узбекистане Андрей Куликов пробежит Aral Eco Marathon с дистанцией 42 км 195 м по дну Аральского моря.

"Как известно, Аральское море начало высыхать со второй половины 60-х годов прошлого столетия, и сейчас площадь осушенного дна составляет около 6 млн га. По инициативе Президента Шавката Мирзиёева на 2 млн га. были посажены плантаций различных деревьев, а также ведется работа по улучшению экологической среды региона", - отметил Азиз Абдухакимов.

Главная цель забега
- привлечь внимание мирового сообщества к экологическим проблемам данного региона и вдохновить всех на активные действия для сохранения нашей планеты.

📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook

Читать полностью…
Подписаться на канал