buxoro_eco | Неотсортированное

Telegram-канал buxoro_eco - Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

769

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi Taklif va shikoyatlar uchun: ☎️Murojaat uchun tel: (65) 225 31 04

Подписаться на канал

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

🗣 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga !!!

❗️Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 22 iyun kuni o'tkaziladigan Roadshow taqdimotiga taklif qilamiz!

📍Manzil: A.Navoiy ko'chasi 10 uy.
Buxoro yoshlar markazi binosi!

Batafsil ma'lumot uchun
+998652217040
+998992072604

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Joriy yilning 15-iyun kuni Buxoro tumani “Kunji qal’a” MFY da joylashgan markaziy chiqindi poligonida ob-havo haroratining isib ketishi natijasida yong’in yuzaga keldi.

Ushbu holat Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan joyida borib o’rganildi.
O’rganish davomida, maishiy chiqindilarning chirishidan hosil bo’ladigan turli gazlar hamda ob-havo haroratining keskin isib ketishi natijasida yong’in kelib chiqishiga sabab bo’lgan.

Yong’in shu kunning o’zida “Maxsusavtoxo’jalik” MCHJning maxsus texnikalari yordamida to’liq bartaraf etildi.

Ma’lumot uchun Buxoro shahrida hosil bo’ladigan qattiq maishiy chiqindilar Buxoro tumanidagi “Kunji qal’a” MFY “Qozi Said” qishlog’idan 2 km uzoqlikda joylashgan, hududi 23,7 gektardan iborat poligonga joylashtirib kelinadi.
Poligon 1970 yilda tashkil qilingan.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

G’alladan bo’shagan yer maydonlardagi somon poyalarni yoqib yuborish holatlarini oldini olish maqsadida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar xususida

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

🌳Buxoroda beton qoplama bilan o‘ralgan daraxtlarni betondan ochish tadbirlari olib borilmoqda

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi tashabbusi bilan Buxoro shahri hududidagi daraxtlar beton va asfalt qoplamalaridan ozod qilindi.

Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha tuman, shahar hududlarida o’tkazilmoqda.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoro shahar Pridastgir ko’chasi 6 uy oldida 1 tup manzarali daraxt kasallangan” deb tarqalgan murojaat yuzasidan Buxoro shahar inspeksiyasi tomonidan o’rganish ishlari olib borildi.

O’rganish davomida, haqiqatdan ham Pridastgir ko’chasi 6 uy oldidagi 1 tup manzarali daraxt kasallanganligi aniqlandi hamda Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi tashabbusi bilan ushbu hududdagi barcha daraxtlarni zararkunandalardan asrash maqsadida agrotexnik tadbirlar olib borildi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning bahor mavsumida Qorovulbozor tumanida 716,5 ming donadan ortiq daraxt ko’chatlari ekildi.

Shu bilan birga ekilgan daraxt ko’chatlarini sug’orish tizimiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun, A380 avtomagistral yo’li yoqasida ekilgan daraxtlar “yo’l ko’kalam” unitar korxonasi xodimlari tomonidan sug’orildi.

Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Viloyat bo’ylab reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 7-aprel kuni Kogon tuman inspeksiyasi hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda tuman hududlarida reyd tadbirlari amalga oshirildi.

Olib borilgan reyd tadbirlari davomida, 3 nafar fuqaro belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan 3 nafar fuqaroga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi.

Tabiat resurlari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Rasmiy munosabat

@ekolog uz telegram kanali orqali “Buxoro viloyati Peshku tumani, Turkiston MFYda yashovchi A.U tomonidan eshshakni quloqlari va dumi shavqatsizlarcha kesib tashlangan” deb tarqalgan murojaat yuzasidan
Peshku tuman inspeksiyasi hamda tuman IIB xodimlari bilan birgalikda o’rganish ishlari olib borildi.

O’rganishlar davomida, hayvonlarga shavqatsizlarcha munosabatda bo’lgan fuqaro Allayev Umidga nisbatan
tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, tuman sudiga taqdim etildi.

Sud qaroridan so’ng, qo’shimcha ma’lumot taqdim etamiz.

Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Ko'chatlarni sug'orish jarayonidan qisqacha foto lavha.

Qorovulbozor tumanida kuz va bahorda ekilgan daraxt ko’chatlari sug’orilmoqda.

Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Президент Шавкат Мирзиёев табиатни муҳофаза қилишга қаратилган чора-тадбирлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мероприятиях в сфере охраны природы.

#Mirziyoyev #taqdimot #tabiat #ekologiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

“Ona tabiat madhi” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilindi!

💬 O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi “Ona tabiat madhi” ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlanadi. Unga Vatanimizning betakror tabiati, purviqor tog‘lari, o‘rmonlari, daryolari, noyob tabiat bog‘lari, o‘simlik va hayvonot dunyosi, yer va yer osti boyliklari yuksak darajada tarannum etilgan she’rlar qabul qilinadi.

Mualliflar ijodiy ishlarni 2023-yilning 20-apreligacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining badiiy_adabiyot@mail.ru elektron pochtasiga yuborishlari mumkin.

Tanlovda saralab olingan eng yaxshi she’rga musiqa bastalanib, Tabiat madhiyasi yaratiladi. Madhiya atrof-muhit muhofazasiga bag‘ishlangan barcha tadbirlarda ijro etiladi.

Gʻolib va sovrindorlar quyidagi miqdorda pul mukofotlari, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi:

— 1-o‘rin (1 ta) – 15 million so‘m;
— rag‘batlantiruvchi mukofotlar (5 ta) – 5 million so‘mdan.

Tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi 5-iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni arafasida o‘tkaziladi.

Tanlovga taqdim etilgan she’rlar saralanib, Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi bayrami arafasida kitob holida nashr etiladi.

Tanlov shartlari haqida batafsil quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin:

👉 https://telegra.ph/Ona-tabiat-mad%D2%B3i-izhodij-ishlar-tanlovi-04-04

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞 Tabiat resurslari vazirligi: (71) 207 07 70 (1055)
📞 O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi: (71) 231 83 67

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

"QUSHLARNI ASRAYLIK" AKSIYASI O'TKAZILDI

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Xalqaro qushlar kuni munosabati bilan Buxoro shahridagi Samoniylar istirohat bog’ida tadbir tashkil etildi.

Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi Peshku tuman inspeksiyasi tomonidan navbatdagi reyd tadbirlari o’tkazildi.

Reyd tadbiri davomida, Peshku tuman “Ofandar” MFY da yashovchi fuqaro N.N saksovul butalarini noqonuniy ravishda sindirib olib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro N.Nga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirildi.

Eslatib o’tamiz viloyat bo’ylab kunduzgi va tungi kuchaytirilgan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Rasmiy munosabat


Ijtimoiy tarmoqlarda Kogon shahri “Kulolon” mahallasida daraxtlar ayovsiz kesilmoqda deb tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzulib, o’rganish ishlari olib borilmoqda.

O’rganishlar yakunida qo’shimcha ma’lumot taqdim etamiz.

Tabiat resurslari vazirlivi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Tomchilatib sug’orish: imtiyoz, tajriba va natija

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Rasmiy munosabat

ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahri “M.Ambar” ko’chasi hududidagi daraxtlarning osti asfaltlangan deb tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Buxoro shahar inspeksiyasi inspektorlari tomonidan ushbu holat yuzasidan o’rganish ishlari olib borildi hamda Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlari tomonidan daraxtlar asfalt qoplamalaridan ozod qilindi.

☎️Murojaat uchun: (65) 225 31 04

Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

📸Fotojarayon

Ekologiya vazirligi tassarufidagi “Qizilqum davlat qo’riqxonasi”da inspektorlar tomonidan monitoring kuzatuv ishlari olib borilmoqda.

Monitoring davomida tasvirga olingan fotolavhalar.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Noqonuniy baliq ovlashga qarshi kurashilmoqda

Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi Peshko’ tuman inspeksiyasi inspektorlari hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Qoraqir tabiiy suv havzasi hududlarida nazorat reyd tadbirlari olib borildi.

Olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida, Qoraqir tabiiy suv havzasidan bir guruh fuqarolar taqiqlangan to’rlar yordamida 327 dona turli xildagi baliqlarni ovlaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.


Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Buxoro viloyatida reyd tadbirlari olib borilmoqda

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi Shofirkon tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o’tkazildi.

Olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida “Vardonze” MFY hududidan oqib o’tuvchi kollektor himoya zonasidan fuqaro E.A o’z boshqaruvidagi maxsus texnika yordamida noqonuniy tarzda qum-shag’al aralashmasini qazib olayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro E.Aga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismi bilan
3 mln 330 so’m jarima qo’llanildi.


Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab

“RANGLARDA AKS ETGAN ONA TABIAT”
ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

👉 Tanlov shartlari haqida batafsil ma'lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:

Tanlovning g‘olib va sovrindorlari 5-iyun – Butunjahon atrof muhit kuni arafasida e’lon qilinadi.

📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
Tabiat resurslari vazirligi: (71) 207 07 70 (1055)
📞 O‘zbekiston Badiiy akademiyasi: (71) 232 06 75

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Jondor tuman “Navgadi” MFY hududida “Eko xashar” tashkil qilindi.

Joriy yilning 7-aprel kuni Jondor tuman inspeksiyasi, Toza hudud DUK hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda xashar tashkil qilindi.

Xasharda “Navgadi” mahalla hududidagi ko’p qavatli uylar atrofi tozalandi hamda noqonuniy chiqindixonalar aniqlanib, to’liq bartaraf qilindi.
Yig’ilgan chiqindilar Toza hudud DUKga qarashli chiqindi polegoniga joylashtirildi.

Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

🛡 Tulki bolasining hayoti saqlab qolindi

📍 7-aprel kuni Buxoro viloyati Olot tumanida tulki bolasining hayoti saqlab qolindi.

Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi Olot tumani inspeksiyasi inspektori Mo‘minjon Saidovning uyiga tulki bolasi adashib kirib qoladi. Uning oyoqlari jarohatlangan, yordamga muhtoj edi. Inspektor darhol tulki bolasini veterinariyaga olib boradi va birinchi yordam ko’rsatiladi.

Ayni paytda tulki bolasi Buxoro shahar “Somoniylar bog’i”dagi hayvonot bog’iga topshirilgan. U sog’ayib ketganidan keyin tabiat bag'riga qo’yib yuboriladi.

🛡 Спасена жизнь лисенка

📍 7 апреля 2023 года в Алатском районе Бухарской области в дом инспектора районной инспекции Министерства природных ресурсов Муминджона Саидова по ошибке ворвался лисенок с травмированными ножками. Инспектор немедленно отвез его к ветеринару, где оказали первую помощь.

В настоящее время лисенка передали в зоопарк, расположенный в парке Саманидов в Бухаре. После полного выздоровления его выпустят на природу.

🛡 The life of a fox cub has been rescued

📍 On April 7, 2023, in the Olot district of the Bukhara region, a fox cub with injured legs, accidentally broke into the house of the inspector of the district inspection of the Ministry of Natural Resources, Muminjon Saidov. The inspector immediately took the fox cub to the vet where the first aid was provided immediately.

Currently, the fox cub has been transferred to the zoo located in the Samanid Park in Bukhara. After a full recovery, he will be released into nature.

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Jarohatlangan tulki bolasi asrab qolindi.

Yer sayyorasida insoniyat tomonidan tabiatga beshavqat munosabat bo’layotgan bir paytda
Olot tuman inspeksiyasi inspektori Mo’minov Saidjoning xonadoniga tulki bolasi najot so’rab keldi.

Bugun, Olot tuman inspektorining hovlisiga tulki bolasi adashib kelib qolgan jonivorning oyoqlari jarohatlanganligi sababli unga g’amxo’rlik ko’rsatish uchun, tuman inspektorlari tomonidan tulki bolasi zudlik bilan veterinariyaga olib borilib, birinchi yordam ko’rsatildi.

Ayni paytda tulki bolasi Buxoro shahar “Samoniylar bog’ida”joylashgan hayvonot bog’iga topshirildi. Sog’ayib ketgandan keyin tabiat qo’yniga qo’yib yuboriladi.

Bugun ekologik muammolar iskanjasida qolayotgan insoniyat oldida yagona yoʻl bor, u ham boʻlsa, tabiat bilan uygʻunligini his qilish, uni asrashdir!

Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Объявлен конкурс творческих работ «Гимн матери-природы»

💬 Министерство природных ресурсов Республики Узбекистан, Союз писателей Узбекистана и Союз композиторов и бастакоров Узбекистана объявляют конкурс творческих работ «Гимн матери-природы». Конкурс посвящен к 32-летию Независимости.

Авторы должны представить стихи на тему природы Узбекистана, гор, лес, рек, уникальных заповедников, флоры и фауны Узбекистана, земли и недр.

Участники должны отправить свои работы до 20 апреля 2023 года на электронную почту badiiy_adabiyot@mail.ru.

На лучшее стихотворение, отобранное в конкурсе, сочиняется музыка и создается гимн природы. Гимн будет исполняться на всех мероприятиях, посвященных охране окружающей среды.

Победители и призеры будут награждены денежными призами, дипломами и ценными сувенирами:

– 1 место (1) - 15 млн.сум;

– поощрительные призы (5) - от 5 млн. сум.

Церемония награждения победителей и призеров конкурса состоится 5 июня – Всемирного дня окружающей среды. Стихи, представленные в конкурсе, будут отсортированы и изданы в виде книги накануне празднования 32-летия дня независимости.

Подробная информация об условиях конкурса:
👉 https://telegra.ph/Ona-tabiat-mad%D2%B3i-izhodij-ishlar-tanlovi-04-04

Для получения дополнительной информации:

📞 Министерство природных ресурсов: (71) 207 07 70 (1055),
📞 Союз писателей Узбекистана: (71) 231 83 67

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

#chiqindi

Joriy yilning 6-aprel kuni Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyat boshqarmasi Jondor tuman inspeksiyasi tomonidan nazorat reyd tadbiri o’tkazildi.

Reyd tadbiri davomida, Jondor tuman Do’stlik MFYda yashovchi fuqaro A.B belgilanmagan joyga qurilish chiqindilarni tashlaganligi holati aniqlandi.


Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi.


Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Rasmiy munosabat

Bukhara News ijtimoiy telegram kanali orqali Alpomish ko’chasidagi 200 tup archa ko’z oldimizda qurib ketayapti deb tarqalgan murojaat yuzasidan o’ragnish ishlari olib borildi.

Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan daraxtlarning agrotexnik holatlari o’rganildi.
Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan sug’orish ishlari amalga oshirilib, nazoratga olindi.

Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

Qorakoʻl tuman “Chekirchi”MFY hududida joylashgan “PAXLAVON”MCHJga qarashli pishiq gʻisht ishlab chiqarish zavodida oʻrnatilgan tozalash uskunasi, Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati xodimlari hamda hududda joylashgan pishiq gʻisht ishlab chiqarish zavodlari raxbarlari bilan birgalikda joyga chiqgan holda oʻrganildi.

Shu kunning oʻzida boshqarma mutaxassislari tomonidan yigʻilganlarga uskunaning afzallik tomonlari  tanishtirilib, qisqa muddatda  ushbu uskunani oʻrnatish boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

🚰 Biz suvni tejash haqida juda koʻp gapiramiz. Buni qanday amalga oshirish mumkin? Ushbu animatsion rolikda ayrim masalalar bayon etilgan.

🌳Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish uchun birlashaylik!👇

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi

🦜1 апрель - Халқаро қушлар куни

✍️Бухоро шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати

Читать полностью…
Подписаться на канал