Suv - hayot manbai 💦
Chiqindi suvlarining 80 foizi hech qanday tozalashsiz yoki takroriy foydalanishsiz qaytadan ekotizimga borib tushadi va tabiatga tuzatib bo’lmas zarar yetkazadi.
Sayyoramizning kelajagi bizning qo’limizda va uning muhofazasi bo’yicha chora ko’rish har birimizga bog’liq.
Keling, bugungi tanlovimiz biz keyingi avlodga qoldiruvchi
dunyoga uzoq muddatli ta’sir ko’rsatishini unutmaylik!
22-mart kuni Jahon suv resurslari kuni nishonlanadi.
Batafsil: https://on.unesco.org/42xgvIv
UNESCO
#BMTSuvResurslari
#SuvResurslariKuni
__
Вода — источник жизни 💧
80% сточных вод попадает обратно в экосистему без очистки или повторного использования, нанося непоправимый вред природе.
Будущее нашей планеты находится в наших руках, и от каждого из нас зависит принятие мер по ее защите.
Давайте помнить, что выбор, который мы делаем сегодня, будет иметь долгосрочное влияние на мир, который мы оставим будущим поколениям.
22 марта отмечается Всемирный день водных ресурсов.
Подробно: https://on.unesco.org/42xgvIv
ЮНЕСКО
#ООНВодныеРесурсы #ДеньВодныхРесурсов
TO'DAKO'LDA BOG' YARATILMOQDA
“Navroz” umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko'rish, ozaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, atrof-muhitni asrab-avaylash maqsadida Buxoro viloyati IIB Tibbiyot bolimi tarkibida tashkil etilayotgan To'dakol reabilitatsiya markazi va uning atrof hududlarida Yashil makon umummilliy harakati doirasida yaratilgan bogda Obod va fayzli mahalla yurt korki shiori ostida hashar tashkil etildi. Hasharda viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i, podpolkovnik Umid Utayev boshchiligida tegishli sohaviy xizmatlar masʼul xodimlari faol qatnashdi.
O‘tkazilgan hashar davomida atrof-hududlarning maishiy chiqindilari tozalandi. 800 ga yaqin manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, bog‘ yaratilmoqda. Ayni damda bogda sugorish, parvarishlash bilan bogliq obodonlashtirish, kokalamzorlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.
F.USMONOV,
kapitan.
Buxoro viloyati.
✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi tanlov e’lon qiladi
📝 Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi goʻzal yurtimizni yanada obod qilish maqsadida “Axlatni men tashlamadim, lekin yurtim meniki” chellenjini boshladi.
🔥 Maqsadimiz – bu xayrli harakatga koʻproq yoshlarni jalb qilib, Oʻzbekistonimizning tabiatini ozoda saqlash va “yashil makon” tashabbusiga oʻz hissamizni qoʻshishdir.
📝 Chellenjga bagʻishlangan 10 ta eng yaxshi videorolik mualliflarining har biri noutbuk bilan mukofotlanadi.
📝 Tanlovda ishtirok etish uchun tayyorlagan videolaringizni ijtimoiy tarmoqlarga joylang va /channel/yurtimizniobodqilaylikbot botga yuboring.
📝 Tanlov shartlari haqida batafsil: http://bit.ly/40cNKib
📝 Eslatma: chellenj 15-aprelgacha davom etadi, soʻngra tahlillar natijasida gʻoliblar aniqlanadi.
📝 Videoroliklarni topish oson boʻlishi uchun #yurtimizniobodqilaylik heshtegini qoʻyishingizni soʻraymiz.
📝 Chellenjga qoʻshiling va uni ommalashtiring! Yurtimizni birgalikda obod qilaylik!
Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
🔹Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° iliq bo’ladi.
🔹Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-16° iliq bo’ladi.
🔹Тog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.** Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.
🌐 http://www.hydromet.uz
Rasmiy munosabat
Facebook ijtimoiy tarmog’i orqali Pridastgir ko’chasi 3/7 uy va Alpomish ko’chasi 14- uy orasida ko’p yillik daraxtlar kesilganligi hamda ushbu daraxtlarni kesishda Ekologiya boshqarmasi boshlig’ining ruxsati berilganligi yuzasidan murojaat tarqaldi.
Ushbu murojaat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o’raganish ishlari olib borilganligi hamda daraxtlarni kesgan fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko’rish uchun Buxoro viloyat Prokuraturasiga hujjatlar taqdim etilganligi bo’yicha rasmiy kanalda e’lon qilingan edi.
Shuningdek, Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig’i tomonidan yuqorida ko’rsatilgan manzildagi daraxtlarni kesishga ruxsat berilmaganligini ma’lum qilamiz!
Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.
Президент Шавкат Мирзиёев Бухоро вилоятида саноатни ривожлантириш ва энергия таъминотини яхшилаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди ҳамда олтита янги корхонани ишга туширди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам развития промышленности и улучшения энергоснабжения в Бухарской области, а также запустил шесть новых предприятий.
#Mirziyoyev #safar #Buxoro #sanoat
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Давлатимиз раҳбари кластерлар раҳбарлари билан мулоқот қилди.
—
Глава нашего государства государства провел встречу с руководителями кластеров.
#Mirziyoyev #safar #Buxoro #klasterlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Бухоро вилоятига ташрифини Баҳоуддин Нақшбанд мақбарасини зиёрат қилишдан бошлади.
—
Президент Шавкат Мирзиёев начал поездку в Бухарскую область с посещения мавзолея Бахоуддина Накшбанда.
#Mirziyoyev #safar #Buxoro #ziyorat
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Бухоро вилоятида бўлади.
Сафар давомида маҳаллалар ҳаёти ва саноат корхоналари фаолияти билан танишиш, янги лойиҳаларни ишга тушириш ҳамда вилоятни ривожлантиришнинг муҳим масалаларини муҳокама қилиш режалаштирилган.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Бухарскую область.
В ходе рабочей поездки предусматривается ознакомление с жизнью махаллей и деятельностью промышленных предприятий, запуск новых проектов, а также обсуждение важных вопросов развития области.
Facebook|Instagram|Twitter
Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi Kogon shahar inispeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan Istiqlol mahallasi hududida noqonuniy chiqindixona mavjudligi aniqlandi.
Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida mahalla hududida to‘planib qolgan xar xil turdagi chiqindilar maxsus texnikalari yordamida bartaraf etildi.
Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
Новости 24 | Global Green Growth Institute представил годовой отчёт
#16feb #uzbekiston24
Бугун Давлат экология қўмитаси раиси Н.Обломурадов ҳамда Ўзбекистоннинг Швециядаги Муваққат ишлар вакили Н.Ганиев ўртасида учрашув бўлиб ўтди.
Учрашувда Швециянинг атроф-муҳитни муҳофаза қилиш, муҳофаза этиладиган табиий ҳудудларни бошқариш, биологик хилмахилликни асраш, инновацион экологик ечим ва ёндашувларни тадбиқ этиш, экологик илм ва таълим ҳамда чиқиндилар билан ишлаш соҳаларидаги илғор тажрибасини Ўзбекистонда қўллаш бўйича ушбу мамлакатнинг етакчи ташкилотлари билан амалий ҳамкорликни йўлга қўйиш масалалари муҳокама қилинди.
Хусусан, Швециянинг бир қатор жаҳонга машҳур университетлари билан ҳамкорлик ўрнатиш ва соҳада илмий салоҳиятни кучайтириш мақсадида қўшма икки диплом дастурларини жорий қилиш бўйича фикр алмашилди.
Шунингдек, чиқиндиларни саралаб йиғиш, утилизация қилиш ва полигонларга ташланадиган чиқиндилар миқдорини камайтириш ва полигонларда чиқиндидан чиқаётган газдан энергия ҳосил қилиш бўйича илғор тажрибаларини тадбиқ этиш юзасидан ҳамкорлик қилиш масалалари муҳокама этилди.
Давлат экология қўмитаси матбуот хизмати
Бугун , Бухоро вилоят Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш бошқармасининг Атроф-муҳитнинг ифлосланишини мониторинг қилиш бўлими ҳодимлари томонидан Ғиждувон ҳамда Когон туманларида жойлашган Ғиждувон ва Когон пахта тозалаш АЖ корхоналарида мониторинг ишлари олиб борилди.
Бухоро вилояти Экология бошқармаси матбуот хизмати
Instagram|Telgram|Sayt|YouTube|
Бухоро вилояти Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш бошқармасида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 23 ноябрдаги «Норуда материалларни ноқонуний қазиб олишда табиий объектларга этказилган зарарни ҳисоблаш тартиби тўғрисида»ги қарорининг мазмун-моҳиятига бағишланган семинар бўлиб ўтди.
Семинарда Давлат экология қўмитаси мутахассислари, Кон-геология фаолиятини назорат қилиш инспекцияси вакиллари ҳамда норуда фойдали қазилмаларни қазиб олиш билан шуғулланувчи тадбиркорлар ва вилоят Экология бошқармаси ходимлари иштирок этди.
Тадбирда мазку қарор талаблари ва норуда фойдали қазилмаларни ноқонуний қазиб олиш ҳолатларида табиий объектларга етказилган зарарни ҳисоблаш тартиби тушунтирилди.
Бухоро вилояти Экология бошқармаси матбуот хизмати.
Ов қилиш қоидаларини бузилиши ҳолатлари аниқланди.
Жорий йилнинг 13 декабрь куни Ромитан туман Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш бўлими инспекторлари томонидан Ромитан туман ҳудудида ўтказилган навбатдаги тезкор (рейд) тадбири давомида 2 нафар фуқаро томонидан овчилик қоидаларини бузганлиги аниқланди.
Ҳолат юзасидан фуқарога нисбатан Ўзбекистон Республикаси МЖтКни 90-моддаси 1-қисми билан маъмурий баённома расмийлаштирилди.
✍️Бухоро вилояти Экоогия бошқармаси матбуот хизмати.
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
Yurtimizda uyg’onish, yosharish, yangilanish ayyomi-Navro’zi olam nafasi ufurib turibdi.
Halqimiz ushbu qutlug’ shodiyonani har yili o’zgacha shukuh va kayfiyat bilan qarshi oladi. Allohga shukurki, ona-yurtimiz tinch, mamlakatimiz obod.
Ana shunday ozod yurtning obod manzillarida esa sizu biz azaliy ayyom-Navro’zi olamni zo’r quvonch va katta xursandchiliklar ila qarshi olmoqdamiz.
Sizlarni yangilanish va yosharish bayrami bo’lmish Navro’z ayyomi bilan muborakbod etamiz. Yurtimiz ravnaqi va xalqimizning faravonligi yo’lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlaringizda omad yor bo’lsin!
Navro’z bayramingiz muborak bo’lsin!
Hurmat bilan, Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig’i Umarov Murodjon Anvarovich!
Rasmiy munosabat
“Потребитель Бухара плюс”telegram kanali orqali tarqalgan video murojaat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o’rganish ishlari olib borildi.
Haqiqatdan ham video murojaatda ko’rsatilgan manzildan o’tuvchi ariqning ichi va atroflari chiqindilar bilan to’lganligi fuqarolar tomonidan qurilish chiqindilari belgilanmagan joylarga tashlangandan noqonuniy chiqindixonalar hosil bo’lganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu hududni chiqindilardan to’liq tozalash uchun shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga ko’rsatmalar berildi va tez fursatda to’liq bartaraf etilishini ma’lum qilamiz.
Shuningdek, ariq elektr transformatorning oldidan o’tganligi sababli hamda to’liq ta’mirlamaganligi uchun xavfsizligni ta’minlash maqsadida vaqtincha ariq yopib qo’yilganligini aniqlandi.
Fursatdan foydalanib, ona-tabiatga befarq boʻlmagan hamshaharlarimizga minnatdorchilik bildiramiz!
Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.
Ovga qiziqish va ishqibozlik koʻpchilikda kuzatiladi. Lekin ov qilishning ham oʻziga xos talablari bor boʻlib, mamlakatimizda bu boradagi tartib-qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunida belgilab qoʻyilgan.
Ushbu videolavhada mutaxassis qonunchilikda belgilangan tartibda ov qilish va bu jarayonda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar haqida soʻz yuritgan.
Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati
Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site
Qizilqum davlat qo’riqxonasi hududiga o’rnatilgan fotoqopqonlarni navbatdagi tekshirish tadbirlari olib borildi.
Ushbu jarayonda fotoqopqonlar kamerasi obyektiga Buxoro bug’usi muhrlangani ma’lum bo’ldi.
Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.
Давлатимиз раҳбари Бухоро шаҳридаги Мир Араб олий мадрасасини бориб кўрди.
—
Глава государства посетил Высшее медресе Мир Араб в городе Бухаре.
#Mirziyoyev #safar #Buxoro #madrasa
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Бухоро туманида «Aksa Enerji Bukhara» масъулияти чекланган жамияти томонидан ишга туширилган иссиқлик электр станцияси фаолияти билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев в Бухарском районе ознакомился с деятельностью тепловой электростанции, введенной в строй обществом с ограниченной ответственностью «Aksa Enerji Bukhara».
#Mirziyoyev #safar #Buxoro #energetika
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Бухоро туманидаги Работиқалмоқ маҳалласининг ҳаёти билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с жизнью махалли Работикалмок в Бухарском районе.
#Mirziyoyev #safar #Buxoro #mahalla
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
📸Fotojarayon
Quziliqum davlat qo’riqxonasi xodimlarining qo’riqlash va kuzatuv monitoring ish jarayonidan olingan fotolavhalar
Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.
#rolik
ODAM O’Z UYIGA CHIQINDI TASHLAMAYDI
Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site
#chiqindi
Joriy yilning 16-fevral kuni Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyat boshqarmasi G’ijduvon tuman inspeksiyasi tomonidan nazorat reyd tadbiri o’tkazildi.
Reyd tadbiri davomida, Peshku tuman Gajdumak MFYda yashovchi fuqaro J.B belgilanmagan joyga chiqindilarni tashlaganligi holati aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 300 000 so’m jarima belgilandi.
Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati
Ҳамкорлик истиқболлари белгилаб олинди
Пойтахтимизда Сирдарё дарёси ҳавзасининг сувларини муҳофаза қилиш ва сифатини таъминлаш масалалари бўйича ташкил этилган Ўзбекистон – Қозоғистон ишчи гуруҳининг 5-йиғилиши бўлиб ўтди.
Йиғилишда Давлат экология қўмитаси раиси ўринбосари Ж.Казбеков, Қўмита масъуллари, Ўзгидромет, Соғлиқни сақлаш вазирлиги мутахассислари, шунингдек, Марказий Осиё Минтақавий экологик маркази вакиллари, Қозоғистон Республикаси Экология, геология ва табиий ресурслар вазирлиги, Қозоғистон гидрометеорология хизмати, Қирғизистон ва Тожикистон экология қўмитаси вакиллари иштирок этди.
Йиғилишда Ўзбекистон-Қозоғистон томонидан тузилган ишчи гуруҳининг Сирдарё дарёси ҳавзасининг сувлари сифатини назорат қилиш борасида 2021-2022 йилларда амалга оширилган ишларининг ҳисоботи тингланди.
👉Батафсил
Эслатиб ўтамиз вилоят бўйлаб кундузги ва тунги кучайтирилган назорат тадбирлари олиб борилмоқда.
13 декабрь куни Пешку туман Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш бўлими ҳамда туман ИИБ билан ҳамкорликда навбатдаги рейд тадбири ўтказилди.
Рейд тадбири давомида чўл ҳудудидан саксовул буталарини ҳеч қандай рухсатсиз синдириб олиб келаётган фуқаролар аниқланди.
Ушбу ҳолат юзасидан фуқароларга нисбатан Ўзбекистон Республикаси МЖтКнинг 79-моддаси 1-қисми билан маьмурий баённома расмийлаштирилиб,
Транспорт воситаси вақтинчалик жарима майдонига жойлаштирилди
Бухоро вилояти Экология бошқармаси матбуот хизмати
Instagram|Telgram|Sayt|YouTube|
#Ромитан_тумани
Ромитан туман Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш бўлими томонидан жорий йилнинг 13 декабрь куни назорат рейд тадбири ўтказилди.
Олиб борилган рейд тадбир давомида Ромитан туманида яшовчи фуқаро М.Х ҳеч қандай рухсатномасиз қамиш ўсимлигини олиб келаётганлиги аниқланди.
Ушбу ҳолат юзасидан фуқарога нисбатан Ўзбекистон Республикаси МЖтК нинг 79- прим 1 моддаси билан маъмурий баённома расмийлаштирилиб, 900 000 сўм жарима ҳамда 90 000 сўм табиатга етказилган зарар ҳисобланди.
Бухоро вилояти Экология бошқармаси матбуот хизмати
#Биласизми?
❗️Қуёш фотоэлектрик станциялари қурган шахсларга компенсация берилади
🔰Энергия тежовчи қурилмаларни харид қилиш ҳамда ушбу мақсадларга олинган кредитлар бўйича фоиз харажатларининг бир қисмини қоплаш учун бюджет маблағлари ҳисобидан компенсация ажратилади.
☑️ Компенсация қуйидаги харажатларнинг бир қисмини қоплаш учун ажратилади:
🔹жисмоний шахсларга қуёш фотоэлектрик станциялари, қуёш сув иситкичлари, шунингдек, энергия самарадор газ-горелкали қурилмаларни сотиб олиш харажатларининг 30 фоизи миқдорида, бироқ:
▫️қуёш фотоэлектрик станциялари учун – 3 миллион сўмдан;
▫️қуёш сув иситкичлари учун – 1,5 миллион сўмдан;
▫️энергия самарадор газ-горелкали қурилмалар учун – 200 минг сўмдан ошмайдиган миқдорда;
🔹қайта тикланувчи энергия манбалари қурилмалари, энергия самарадор газ-горелкали қурилмалар ва қозонлар, шунингдек, энергия самарадор бошқа ускуналарни харид қилиш учун олинган кредитлар бўйича фоиз харажатларининг бир қисми қоплашга:
▫️жисмоний шахсларга – 500 миллион сўмдан ошмайдиган кредитлар бўйича – Марказий банкининг қайта молиялаш ставкасидан ошган қисмида, бироқ 8 фоиз пунктидан кўп бўлмаган миқдорда;
▫️юридик шахсларга – 5 миллиард сўмдан ошмайдиган кредитлар бўйича – Марказий банкининг қайта молиялаш ставкасидан ошган қисмида, бироқ 5 фоиз пунктидан кўп бўлмаган миқдорда.
Бухоро вилоятида чиқиндиларни олиб чиқиб кетишга ихтисослаштирилган махсус техника воситаларига метан газ ёқилғиси қуйиш учун навбатсиз йўлакчалар жорий этилган.
Давлат экология қўмитаси томонидан ташкил этилган ишчи гуруҳ аъзолари ҳамда вилоят Экология бошқармаси масъуллари томонидан жойлардаги чиқиндиларни ўз вақтида олиб кетилиши учун етарли шароит яратишга алоҳида эътибор қаратилмоқда.
Бухоро туманидаги метан газ ёқилғиси қуйиш шахобчасида санитар тозалашга ихтисослаштирилган "Аҳоли транс"МЧЖнинг барча махсус техника воситалари навбат кутиб қолмаслик, ўз вақтида метан газ ёқилғисини қўйиб чиқиб кетиши учун бир вақтнинг ўзида тартиб асосида махсус йўлаклар жорий этилган.
Бу билан сўнгги кунларда юртимизда ҳукм сураётган ноқулай совуқ об-ҳаво шароитида ҳам аҳоли ва ташкилотларга сифатли санитар тозалаш хизматлари кўрсатишда узилишлар олдини олишдан иборатдир.
Бухоро вилояти Экология бошқармаси матбуот хизмати