buxdu_uz | Неотсортированное

Telegram-канал buxdu_uz - •BuxDU •БухГУ •BukhSU

12316

• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university Buxoro davlat universiteti Matbuot kotibi Otabek Jalolov https://t.me/otabekjalolov1 @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14 +99865 221-26-85

Подписаться на канал

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🎥🟦🟦

☄️📚 “Ayol borki olam munavvar” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tmoqda.

🌸Tadbirda San’atshunoslik va pedagogika fakulteti vakillari, jumladan, “Milliy musiqa cholg‘ulari ansambli” guruhi, “Abduhoshim Ismoilov qo‘shiqlari” ko‘rik tanlovi “Eng yaxshi ayol ovozi” nominatsiya sohibasi Mehriniso Samiyeva hamda boshqa o'qituvchilar dilrabo navo va raqslar ijro etishmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

🌸🌸O‘zbegim gullari

BuxDUda Iqtisodiyot va turizm fakulteti tomonidan "O‘zbegim gullar"nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi shundaki, tadbirda Iqtisodiyot va turizm fakultetining 1-bosqich talabalari o‘zlarining har tomonlama iqtidorlarini namoyish etishdi.

Tadbir davlat madhiyasi bilan boshlandi. BuxDU Iqtisodiyot va turizm fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Gulchehra Narzullayeva kirish so‘zi bilan tadbirni ochib berdi.

Tadbir davomida milliy an’analari aks etgan sahna ko‘rinishi va onalarni madh etuvchi she’rlar va sahna ko‘rinishi ijro etildi. Dilrabo kuy va raqslar namoyish etildi. Talabalar o‘zlarining ko‘p qirrali iqtidorlarini namoyish etishda pazandalik sir asrorlarini ko‘rsatib berishdi. Fakultet tomonidan tashkil etilga esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlandi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦

☄️📚 “Ayol borki olam munavvar” nomli madaniy-ma’rifiy tadbirga marhamat!

🟡Buxoro davlat universitetining barcha go'zallikda tengi yo'q ayol professor-o'qituvchilari va xodimlarini 7-mart kuni soat 11:00 da bo'lib o'tadigan “Ayol borki olam munavvar” nomli bayram dasturiga taklif etamiz!

🖼️Tadbirda “Milliy musiqa cholg‘ulari ansambli” guruhining, “Eng yaxshi ayol ovozi” nominatsiya sohibasi Mehriniso Samiyevaning chiqishlari hamda bayramona kuy va raqslar sizni kutmoqda. Shuningdek, Xorijiy tillar hamda San’atshunoslik va pedagogika fakultetlari tomonidan bayram tuhfasi tayyorlangan!

Vaqt: 2025-yil 7-mart soat 11:00
📍Manzil: BuxDU faollar yig'ingohi

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🎥🟦🟦

☄️📚Ayni damda "Tarixning so'zi-qadriyatning o'zi" nomli sumalak sayli bo'lib o'tmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

☄️📚Ayni kunlarda BuxDU rektori O.X.Xamidov AQSHda o'tkazilayotgan "AIEA 2025" konferensiyasida ishtirok etmoqda.

🔵1-5 mart kunlari bo'lib o'tayotgan "AIEA 2025" konferensiyasida Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov ishtirok etib, bir qator oliy ta'lim muassasasi vakillari bilan uchrashdi. Jumladan, O.X.Xamidov "University of Missouri", "Wayne state universiy", "Colorado state university", "University of Florida" hamda boshqa nufuzli xorijiy OTMlar bilan hamkorlik bo'yicha uchrashuvlar olib bormoqda

Shuningdek, mazkur konferensiyada "Universitetlarning globallashuvini baholash: hozirgi muammolar va kelajakka e’tibor" kabi muhim mavzularda ma'ruzalar va uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Facebook

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

1️⃣1️⃣1️⃣ 8️⃣🔤🔤🔤🌹🌷

☄️📚2025 yilning 5-mart kunida Buxoro davlat universiteti talaba-qizlari oʻrtasida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan sportning SHAXMAT turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi. Murosasiz oʻtgan bahslarda quyidagi natijalar qayd qilindi:

🥇- oʻrin Baxshilloyeva Shaxribonu
Filologiya fakultet
🥈-oʻrin Ramazonova Goʻzal
San'atshunoslik va pedagogika fakulteti
🥉- oʻrin Mamanazarova Rayhona
Jismoniy tarbiya va sport fakulelteti
🥉- oʻrin Pulatova Rayhona
Xorijiy tillar fakulteti.

Bayramingiz qutlugʻ boʻlsin aziz opa-singillar!


💻📸Jismoniy tarbiya va sport fakulteti matbuot xizmati

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚"Hayotimiz gulshani-ona" nomli tadbir boʻlib oʻtdi.

💠BuxDUda Filologiya fakulteti tomonidan tashkil etilgan "Hayotimiz gulshani-ona" nomli tadbir boʻlib oʻtdi. Eʼtiborlisi shundaki, tadbirda filologiya fakulteti 1-kurs talabalarining onalari ham ishtirok etishdi.

🎙Tadbir davlat madhiyasi bilan boshlandi. BuxDU O‘quv ishlari bo’yicha prorektori Rustam Jumayev kirish soʻzi bilan tadbirni ochib berdi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚4-mart O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun munosabati bilan Buxoro viloyat FVB boshlig‘i polkovnik Sh.H.Ayubov tomonidan universitet fuqaro muhofazasi sektori muhandisi Boltayev Fatillo “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi.

🧠Shuningdek, universitet rahbariyati tashabbusi bilan Buxoro viloyat FVB boshlig‘i polkovnik Ayubov Shukrullo Hamroyevich, viloyat FVB Hayot faoliyati xavfsizligi o‘qitish markazi boshlig‘i mayor Ro‘ziyev Rustam Ro‘zimurodovich va Buxoro shahar FVB boshlig‘i polkovnik Xudoyberdiyev Baxtiyor Maxmudovichlar 4-mart O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun munosabati bilan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚 Buxoro davlat universitetida "Milliy musiqa cholg'ulari" ansamblining hisobot konserti bo'lib o'tdi.

🎬Lavha

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚Buxoro davlat universiteti Filologiya fakultetida “Korrupsiya oliy ta’lim uchun tahdid” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazildi.

Tadbirni fakultet dekani Qahramon To‘xsanov universitetimizda korrupsion holatlarga qarshi olib borilayotgan targ‘ibot va tashviqot ishlari haqidagi fikrlari bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Quliyev Y.K. tomonidan oliy ta’lim tizimida so‘nggi paytda uchrayotgan akademik korrupsiyaning turli ko‘rinishlari haqida to‘xtalib o‘tdi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚BuxDU huzuridagi Qorako‘l Akademik Litseyida ota-onalar majlisi o‘tkazildi.

25-28-fevral kunlari Buxoro davlat universiteti huzuridagi Qorako‘l akademik litseyida ota-onalar uchun navbatdagi majlis bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda litsey direktori ustoz G‘.Jumaqulov, yaqinda "Rektor" stipendiyasini qo‘lga kiritgan 5 nafar o‘quvchilarni har biriga 2 589.000 so‘mdan 5 oylik stipendiyalarini topshirdilar va o‘quvchilarni ilm-fan va ta’limda yuksak natijalarga erishish uchun litseyda zamonaviy o‘quv jihozlari, laboratoriyalar, bilim olish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

☄️🙋‍♂️ BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI YOSHLAR ITTIFOQI KENGASHINING NAVBATDAGI YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI

Kengash yig'ilishida universitet yoshlar yetakchisi F.Karimov, yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti Kengashi a'zolari, fakultet koordinatorlari ishtirok etishdi.

📺 Yig'ilishda talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha qilinadigan ishlar samaradorligini oshirish, Besh muhim tashabbus bo'yicha tanlovlar, tadbirlar hamda sport musobaqalarini muntazam o'tkazish, talabalar turar-joyida istiqomat qiladigan talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bo'yicha so'rovnoma tashkil etish, Yoshlar ittifoqi Kengash a'zolari hamda fakultet koordinatorlari tomonidan ularning ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi kabi masalalar muhokama qilindi.

‼️ Yig'ilish so‘ngida F.Karimov "Bizning asosiy maqsadimiz - universitetda talaba-yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko‘maklashish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar bo‘lib yetishiga munosib hissa qo‘shishdan iborat" ekanligini Yoshlar Kengashi a'zolariga yana bir bor ta'kidlab o'tdi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

🎙 Artikova Hafiza Tuymurodovna,
Buxoro viloyati hokimining oʼrinbosari-oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Zulfiya
#Chellenj

☄️📚 Vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi!

📚Buxoro davlat universiteti ARMda Zulfiyaxonim tavalludiga bagʼishlab koʼrgazma tashkil etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#chellenj
#milliy_liboslar

☄️📚Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko'rki,  balki ma'naviy qadriyatlarimizni va dunyoda tutgan o'rnimizni anglatadi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

🌸🌸 Buxoro davlat universiteti 2-bosqich tayanch doktoranti Munisa Nayimova, barcha aziz ustozlarni va ayollarni bayram bilan qutlab, ularga bayramona qo`shig`ini armug`on etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

Xalqaro xotin-qizlar bayrami Buxoroda ham keng nishonlanmoqda

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🎥🟦🟦

☄️📚Ayni damda "Tarixning so'zi-qadriyatning o'zi" nomli sumalak sayli bo'lib o'tmoqda.

💠Bugun, 6-mart kuni, Buxoro davlat universiteti TTJ 8-binosi oldida Tarix va yuridik fakulteti tomonidan milliy qadriyatlarimizdan biri bo'lmish sumalak sayli tashkil etildi. Ushbu saylda fakultet rahbariyati, tyutorlar, pedagog-xodimlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etishmoqda.

🖼️Sayl doirasida milliy qadriyatlarimizni saqlab qolish va avlodlarga yetkazish maqsadida bir qator milliy o'yinlar tashkil etildi. Jumladan, arqon tortish, "Oq terakmi, ko'k terak". Shu bilan birga milliy o'zligimizni tarannum etuvchi qo'shiqlar va laparlar ijro etildi, bahribayt va milliy chiqishlar tashkil etildi. Milliy liboslarda bayramona kayfiyatda milliy raqslar namoyish etildi.

🟡Shuningdek, TTJda istiqomat qiluvchi talabalarning bo'sh vaqtini unumli o'tkazish maqsadida sportning shaxmat, shashka, voleybol kabi turlaridan musobaqalar tashkil etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚BuxDUda ilmiy va xalqaro aloqalar sohasi bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 5-mart kuni Buxoro davlat universiteti kichik majlislar zalida universitet rahbariyati, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirokida xalqaro akademik reytinglar bo'yicha Buxoro davlat universitetida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda Scopus bazasidagi jurnallarda maqolalar nashr qilish holati, mahalliy va xalqaro jurnallarida maqolalar nashr qilishda iqtidorli talabalar, magistrlar va doktorantlar ishtiroki, QS so'rovnomalarda professor-o'qituvchilar, doktorantlar va magistrlarning ishtiroki bo'yicha monitoring, 2025-yilda xorijiy OTMlarga malaka oshirishga yuboriladigan professor-o'qituvchilarning kafedralar kesimida kvota muhokamasi, kafedralarda Investitsiyalar, grant loyihalari va ta'lim eksporti bo'yicha mas'ullarni belgilash kabi masalalar muhokama qilindi. Kelgusidagi vazifalar belgilanib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦 🟦🟦

📢 🇰🇷KOICA Markazi 2025 yil 2-semestr Koreys tili kurslariga qabul boshlandi!


Darslar darajalarga qarab:
🔹 Boshlovchi 1 – Chorshanba, Juma (13:00-15:00)
🔹 Boshlovchi 2 – Chorshanba, Juma (15:00-17:00)
🔹 TOPIK 2 – Seshanba, Payshanba (13:30-16:30)

Dars davomiyligi:
7-apreldan 5-iyulgacha (13 hafta)

📍 Joylashuv:
Buxoro davlat universiteti, 1-bino, 3-qavat, 325-xona

📖 Darsliklar:
Oson Koreys Tili 1, Oson Koreys Tili 2, TOPIK 2

👥 Kimlar qatnashishi mumkin?

13 yosh va undan yuqori yoshdagilar, 7-sinf va undan yuqori sinflar uchun

📝 Ro‘yxatdan o‘tish:
📆 31-mart (Seshanba) – 4-aprel (Juma)
🕐 13:00-15:30
📍 325-xona

⏳ Joylar cheklangan! Kursga yozilish uchun shoshiling!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: @bukhsu_admission

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

🖼️Tadbir davomida onalarni madh etuvchi she'rlar va sahna ko'rinishi ijro etildi. Dilrabo kuy va raqslar namoyish etildi.

🟡Talabalar o'z onalariga dil so'zlari va gullar hadya etishdi. Onalardan onalik va farzandlari to'g'risida qiziqarli savollar so'raldi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

Yoshlar tarbiyasi: milliy qadriyat va “ommaviy madaniyat”

Joriy yilning 3-4- mart kunlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar tarbiyasi: milliy qadriyat va “ommaviy madaniyat” mavzusidagi seminar-trening o‘tkazildi.

Ushbu treninglardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarni keng targ‘ib etish, yoshlarni milliy qadriyatlar asosida oilaviy hayotga tayyorlash, ular o‘rtasida jinoyatchilik, zo‘ravonlikka barham berishda o‘zaro tajriba almashish, ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi va psixologlarning ko‘nikma va malakasini oshirishdan iborat.

Mazkur seminar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etildi.


Seminar davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari, malakali psixologlar, soha mutaxassislari tomonidan “Xotin-qizlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatni takomillashtirish, buzgʻunchi va yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, milliy, diniy va umuminsoniy qadriyatlarni targʻib etish mexanizmlari, ijtimoiy maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish masalalari”, “Jamiyat barqarorligiga tahdid soluvchi radikal qarashlar va ularning oldini olish yoʻllari”, “Islom dinining bagʻrikenglik tamoyillari”, “Islom manbalarida yot gʻoyalarga qarshi raddiyalar”, “Islom dinida xotin-qizlar maqomi” va shu kabi dolzarb mavzudagi ma’ruzalar tinglandi.

Malumot o‘rnida seminar-treningda Buxoro viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mas’ul xodimi, shuningdek viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, psixologlari ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida ko‘p yillik samarali mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun Buxoro davlat universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i - Xaydarova Lobar Xalimovna hamda  Buxoro davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Umedjanova Malika Lukmanovna Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovning Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar.

Ilmiy-amaliy o‘quv seminarda faol ishtirok etgani uchun oliy taʼlim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, psixologlari ishtirok uchun sertifikatlar topshirildi.

Bizni kuzatishda davom eting

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚4-mart O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun.

Bugungi kun munosabati bilan Buxoro davlat universitetida fuqaro muhofazasi tuzilma sardorlari – fuqaro muhofazasi sektori muhandisi Boltayev Fatillo, jamoat tartibini saqlash guruhi sardori Tursunov Sheroz, qutqaruv guruhi sardori Sharipov Abubakr, aloqa guruhi sardori Husenov Murod, o‘t o‘chirish guruhi sardori Kamolov Jalol, 1 va 2-sanitar drujinalar sardorlari Murodova Gulsara va Ochilov Nurbibilar universitet Fuqaro muhofazasi shtabi boshlig‘i, o‘quv ishlari prorektori R.Gʻ.Jumayev tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚 BuxDUda "Milliy musiqa cholg'ulari" ansamblining hisobot konserti bo'lib o'tdi.

Bugun, 4-mart kuni, Buxoro davlat universiteti faollar zalida BuxDU San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Musiqa ijrochiligi va madaniyat kafedrasida tashkil etilgan "Milliy musiqa cholg'ulari ansambli"ning hisobot konserti bo'lib o'tdi.

Ushbu konsert dasturi zalni to'ldirgan barcha mehmonlarga manzur bo'ldi.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

#chellenj
#milliy_liboslar

☄️📚Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko'rki,  balki ma'naviy qadriyatlarimizni va dunyoda tutgan o'rnimizni anglatadi. Buxoro davlat universitetiga biriktirilgan Vobkent tuman 2-son politexnikumi talabalari va ustozlari o'rtasida milliy liboslar chellenji tashkil etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

❗️Buxoroda basketbolni rivojlantirish bo‘yicha muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Basketbol federatsiyasi bosh kotibi Botir Mirodilov Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida Buxoro viloyati Sport boshqarmasi hamda federatsiyaning viloyat bo‘limi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida, ayniqsa, basketbolning "3x3" yo‘nalishini Buxoro viloyatida ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi. Shuningdek, hududdagi barcha ta’lim muassasalarida basketbol zallarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, infratuzilmani yaxshilash hamda sport anjomlari bilan ta’minlash borasida takliflar ko‘rib chiqildi.

❗️ Tashrif doirasida 2024-yil yakunlari sarhisob qilinib, 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🟦🟦🟦

🎙O‘rayeva Darmonoy Saidaxmedovna,
Filologiya fanlari doktori, professor

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚 Vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi!

🔵 Oʼzbek xalqining taniqli shoirasi Zulfiya Isroilovaning tavalludi munosabati bilan Buxoro davlat universitetida adabiy, musiqiy, badiiy kecha tashkil etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

☄️📚1-mart bahor faslining ilk kuni, atoqli shoira Zulfiya Isroilova tavallud topgan sana!

🟡Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakultetida ushbu kun munosabati bilan “Zulfiya she’riyat gulshanining bulbuli” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Eʼzozlar, ardogʻlar uchun tashakkur,
Asli Siz oftobim, men ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,
Baxtim shul – Oʻzbekning Zulfiyasiman.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…

•BuxDU •БухГУ •BukhSU

🕓🕔🕕🕖🕗

🌸📚Vafo va sadoqat timsoli Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi!

San'atshunoslik va pedagogika fakulteti 12-1RT-21guruh talabasi respublika miqyosidagi ko'rik-tanlov g'olibasi Nigora Ahmatovadan o'zbek xalqining atoqli shoirasi Zulfiyaxonim portretini yaratish jarayonidagi master-klass.


Bizni kuzatishda davom eting:

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook  🌐Web-sayt 🌐 Youtube

Читать полностью…
Подписаться на канал