• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university Buxoro davlat universiteti Matbuot kotibi Otabek Jalolov https://t.me/otabekjalolov1 @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14 +99865 221-26-85
⚡️Kattalar - erkaklar va ayollar o'rtasida "O'zbekiston kubogi"ning 2024-yilgi mavsumi davom etmoqda.
📌Erkaklar o'rtasidagi 1/4 - yarim final bahslari jadvali:
10:00 * Uztelecom - "BuxDU" Buxoro viloyati;
12:00 * "Humo" IIV - Road Patrul.
📌Ayollar o'rtasidagi final bahslari jadvali:
14:00 * "BuxDU" Buxoro viloyati - "Humo" IIV;
16:00 * NamDU - ADPI
#BuxDU
☄️📚✅Talabalarni ta’tilga ketishi boshlandi
Buxoro davlat universiteti talabalar turar joylarida yashovchi talabalarni qishki ta’til munosabati bilan doimiy yashash manzillariga mas’ullar tomonidan kuzatish jarayonlari davom etmoqda.
Aytish kerakki, BuxDUning 9 ta TTJsida 3000 nafarga yaqin va ijara xonadonlarida ham 4000 nafarga yaqin talabalar istiqomat qiladi. Ushbu talabalarning qishki ta’tilga ketishi munosabati bilan universitet mas’ullari: Yoshlarni ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish departamenti, dekan o‘rinbosarlari, turar joy bilan ta’minlashni muvofiqlashtiradigan sektor xodimlari, tyutorlar, tarbiyachi-pedagog va binobonlar talabalarni yaxshi kayfiyat bilan doimiy yashash manziliga kuzatib qo‘yish hamda sog‘-salomat yetib borganligi bo‘yicha axborotga ega bo‘lish mexanizmi yo‘lga qo‘yildi
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦 🏆🏆🏆
☄️☄️📚✅Universitet olimlarining 2024-yilda Scopus bazasida indekslangan maqolalar soni 263 taga yetdi.
⚡️Buxoro davlat universiteti professor-o'qituvchilar tomonidan Scopus xalqaro ma'lumotlar bazasiga kiruvchi jurnallarda nashr qilingan maqolalarning umumiy soni 711 taga yetdi. Quvonarlisi shundaki, 20-dekabrda 38 ta maqola indekslanib, 2024-yilda nashr qilingan va indekslangan maqolalarning umumiy soni 263 tani tashkil qilmoqda. "Scopus Awards Bukhara State University 2024" tanlov g'oliblari aynan mazkur 263 ta maqolalar mualliflari orasidan tanlov mezonlari asosida aniqlanishini ma'lum qilamiz.
✅Ushbu natija bilan universitet jamoasini hamda maqolalar mualliflarini tabriklaymiz.
🔥Ma'lumot uchun: Scopus xalqaro ma'lumotlar bazasiga kiruvchi jurnallarda nashr qilingan maqolalar hamda ularga berilgan iqtiboslar soni, bu maqolalardagi xorijlik olimlar ulushi, h-indeksga ega universitet olimlarining soni universitetning QS va THE kabi xalqaro akademik reytinglarda munosib o'rin egallashida muhim ahamiyatga ega.
Ro'yxat bilan tanishing https://drive.google.com/file/d/1CkoVBuwNyEc3lJIab5jzNhZQ_VJLQKLY/view?usp=sharing
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Shu kunlarda BuxDU huzuridagi "Universal" sport majmuasida Buxoro viloyati davlat oliy ta'lim muassasalari professor-oʻqituvchilari oʻrtasida "Viloyat birinchiligi" musobaqalarining MINIFUTBOL turi boʻyicha oʻyinlar bo'lib o'tmoqda.
20-dekabrda bo`lib o`tgan o`yinlar bo`yicha natijalar bilan tanishing:
🟢Buxoro muhandislik-texnologiya instituti - Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti 3:2
🟢 Buxoro davlat tibbiyot instituti- Buxoro davlat pedagogika instituti 2:5
🟢Buxoro davlat tibbiyot instituti - Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti 2:2
Bizni kuzatishda davom eting:
#universiada
⚡️ 18-21 dekabr kunlari Samarqand viloyatida o'tkazilgan "UNIVERSIADA" sport musobaqalarining shaxmat va shashka sport turi bo'yicha yakuniy Respublika bosqichi bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada Buxoro davlat universiteti talabasi Amonov Mirfayz faxrli 2-o'rinni egallab, kumush medal sohibiga aylandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️ BuxDU magistranti Wikistipendiya III mavsum marafoni stipendiyasi g'olibi bo'ldi!
📢Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o'tkazilgan "Wikistipendiya" III mavsum marafonida Tarix (yo’nalishlar va faoliyat turlari bo’yicha) mutaxassisligi magistranti Umidjon Baqoyev “WikiNation” minimarafonida I o’rinni egallab, Ozarbayjonga bir haftalik sayohat yo’llanmasini qo’lga kiritdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ BuxDUda yangi yil shukuhi
🟢Xorijiy tillar fakulteti talaba-yoshlari tomonidan yangi yil bayram dasturi tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ BuxDUda yangi yil shukuhi
🟢Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti talaba-yoshlari tomonidan yangi yil bayram dasturi tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Chellenj
#Milliy_qadriyatlar
MILLIY QADRIYATLAR QADRLANGAN YURT
🌟Buxoro davlat universitetida eʼlon qilingan “Milliy qadriyatlar qadrlangan yurt” mavzusidagi chellenjni Tarix va yuridik fakulteti talabalari davom ettirishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Chellenj
#Milliy_qadriyatlar
MILLIY QADRIYATLAR QADRLANGAN YURT
🌟Buxoro davlat universiteti universitetida eʼlon qilingan “Milliy qadriyatlar qadrlangan yurt” mavzusidagi chellenjni Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti talabalari davom ettirib, Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabalarini chellenjda ishtirok etishga chorlashdi.
Milliy qadriyatlar — bu bir millatning o'ziga xos madaniy va ijtimoiy merosi bo'lib, uning o'zlikni anglash, urf-odatlar, an'analar, axloqiy me'yorlar va hayot tarzini ifodalaydi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
⚡️"Yilning eng faol talabasi-2024" ko'rik tanlovining yakuniy bosqichida "Yilning eng faol sportchi talabasi" nominatsiyasi bo'yicha BuxDU talabasi Sharipova Feruza Otabek qizi ishtirok etadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga asosan Buxoro davlat universitetiga biriktirilgan Shofirkon agrotexnologiyalar texnikumini o'rganish maqsadida Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti dekani hamda kafedra mudirlari bilan birgalikda tashrif buyurdilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦 📰
☄️📚✅O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov BuxDUda Buxoro viloyati madaniyat va sa’nat sohasi vakillari va yosh ijodkorlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda madaniyat boshqarmasi tizim tashkilotlari rahbarlari, sohada faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda Buxoro davlat universiteti madaniyat va san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan tabala-yoshlar, kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Batafsil: https://uza.uz/uz/posts/uchrashuv-samimiy-ruhda-otdi_670125
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 20-dekabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Chellenj
#Milliy_qadriyatlar
MILLIY QADRIYATLAR QADRLANGAN YURT!
🌟Buxoro davlat universitetida eʼlon qilingan “Milliy qadriyatlar qadrlangan yurt” mavzusidagi chellenjni Filologiya fakulteti talabalari davom ettirib, Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalarini chellenjda ishtirok etishga chorlashdi.
Milliy qadriyatlar — bu bir millatning o'ziga xos madaniy va ijtimoiy merosi bo'lib, uning o'zlikni anglash, urf-odatlar, an'analar, axloqiy me'yorlar va hayot tarzini ifodalaydi.
Aziz talabalar, siz ham chellenjda ishtirok eting!
Bizni kuzatishda davom eting:
#Milliy_qadriyatlar
MILLIY QADRIYATLAR QADRLANGAN YURT
🌟Buxoro davlat universiteti universitetida eʼlon qilingan “Milliy qadriyatlar qadrlangan yurt” mavzusidagi chellenjni Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabalari davom ettirdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Ayni kunlarda poytaxtimizda o'tkazilayotgan voleybol sport turi bo'yicha O’zbekiston kubogining 2024-yilgi mavsum o'yinlarida Buxoro davlat universiteti yigitlar jamoasi yana bir g'alabani o'z hisobiga yozdirib qo'yishdi.
🏐 Hayajonlarga boy kechgan o'yinda vakillarimiz Navoiy viloyati jamoasini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratgan holda, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi:
⏺️ "BuxDU 🆚 Navoiy viloyati 3 : 0
👏Ushbu o'yinda yigitlarimizni qo'llab - quvvatlash maqsadida Buxoro davlar universiteti rektori Xamidov Obidjon Xafizovich ishtirok etdi.
Yigitlarimizga keyingi o'yinlarda omad va zafarlar tilab qolamiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦
☄️📚✅2024-yilning 26-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti UI GreenMetric World University Ranking bilan hamkorlikda onlayn formatda “Barqarorlik mezonlari va yashil universitet konsepsiyasi: UI GreenMetric va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari” mavzusida milliy seminar tashkil qilmoqda.
Mazkur seminar 2025-yilning “Atrof-muhit va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi hamda hukumatning ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ijrosini yanada samarali bajarish maqsadida tashkil qilinmoqda. Ushbu maqsadlar O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining jahon reytinglaridagi o‘rnini yaxshilash, barqaror rivojlanish bo‘yicha amalga oshirilgan eng yaxshi amaliyotlarni o‘rganish hamda ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishdir. Tadbir davomida UI GreenMetric ekspertlari va O‘zbekistonning yuqori reytingli universitetlari vakillari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.
Seminarda barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari vakillari qatnashishi mumkin.
Seminar ZOOM platformasi orqali o‘tkaziladi. Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ulaning:
👉 Seminarga ulanish havolasi
Tadbir sanasi va vaqti:
📅 Sana: 2024-yil 26-dekabr
🕙 Vaqt: 10:00
Mazkur seminar barqaror rivojlanish tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish va mamlakatimiz universitetlarini xalqaro miqyosda tan olish imkoniyatlarini kengaytirish uchun ajoyib platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Barchani ushbu muhim tadbirda ishtirok etishga taklif qilamiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅DAYJEST: BuxDUda amalga oshirilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarning haftalik dayjesti (16-21.12.2024)
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️Final g'oliblari aniqlandi!
✅ Buxoro davlat universitetida Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan "Zukko kitobxon" intellektual o'yinining final bosqichi bo'lib o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️🇷🇺✅ BuxDU delegatsiyasi KFUning bir qator yetakchi institutlaridagi tashrifi samarali yakunladi
👍 2024-yil 18-dekabr kuni universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori To‘lqin Rasulov, o‘quv-uslubiy departament boshlig‘i Suxrob Davlatovlar QS reytingida #401-o‘rinda turuvchi Rossiyaning Qozon Federal universiteti (KFU) Lobachevskiy nomidagi Matematika va mexanika institutida hamda Axborot texnologiyalari va intellektual tizimlar institutida bo‘lishdi.
👨💻 Uchrashuvlarda mavjud ilmiy tadqiqot hamkorliklar samaradorligi hamda qo‘shma ta'lim dasturlarida magistratura mutaxassisliklari, xususan, tibbiy va bio fizika, mexanika va matematik modellashtirish, sun'iy intelekt magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yangi hamkorliklar yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokara olib borildi.
📣 Shuningdek, 2024-yil 19-dekabr kuni Filologiya va madaniyatlararo aloqa institutida ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari batafsil muhokama qilindi. Xususan, joriy etilayotgan “70230101 – Tilshunoslik” qo‘shma ta’lim magistratura dasturini tarmoq shaklida amalga oshirish shartlari muhokama qilinib, “Turkologiya” magistratura yo‘nalishi bo‘yicha yangi qo‘shma ta’lim dasturini ochish rejalari belgilab olindi.
⚡️Tashrif buyurilgan barcha institutlarda Buxoro davlat universiteti 9️⃣5️⃣ yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalarni hamkorlikda tashkil qilish, ularga yetakchi xorijiy olimlarning ishtirokini ta'minlash va dasturiy qo‘mita tomonidan saralangan maqolalarni Scopus bazasidagi jurnallarda nashr qilish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://ifmk.kpfu.ru/news/vizit-delegaczii-buharskogo-gosudarstvennogo-universiteta-respublika-uzbekistan-v-ifmk-kfu/
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ KELAJAK UCHUN O‘TMISHDAN SABOQ OLAMIZ
🔹 BuxDUda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyati kengashi hamda Buxoro davlat universiteti huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” hamkorligida "Kelajak uchun o‘tmishdan saboq olamiz" shiori ostida "Tarixni unutmaylik" mavzusida mustaqillik uchun kurashgan milliy qahramonlar, o'zbek xalqining ko'plab asl farzandlari, maʼrifatchilarini eslash, ularning hayoti va faoliyatini targ‘ib qilish maqsadida tadbir tashkil etildi.
BATAFSIL👇👇👇
https://telegra.ph/KELAJAK-UCHUN-OTMISHDAN-SABOQ-OLAMIZ-12-18
Bizni kuzatishda davom eting:
#jarayon #SPORT #voleybol
Joriy yilning 16-23 dekabr kunlarida bo'lib o'tayotgan, sportning voleybol turi bo'yicha kattalar - erkaklar va ayollar jamoalari o'rtasida "O'zbekiston kubogi" musobaqasiga start berildi.
20 - dekabr sanasida BuxDU voleybol klubining qizlar jamoasi guruhning so'ngi uchrashuvini Farg'ona viloyatining TO'MARIS jamoasi ustidan 3:0 hisobida ustunlik qilgan holda yarim final yo'llanmasini qo'lga kirishdi
Qizlarimizga keyingi o'yinlarda omad va zafarlar tilab qolamiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU Iqtisodiyot va turizm fakultetida bajarilayotgan "Buxoro viloyatining rekreatsion-turistik xaritasi va yangi turistik marshrutlarni yaratish" mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha doirasida loyiha a'zolari Qorako‘l va Olot tumanidagi potensial turizim obyektlariga, rekreatsiya manzillariga tashrif buyurib, turistik resurslarning yangi marshrutlar yaratish maqsadidagi imkoniyatlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida Qorako‘l tumanidagi Issiqsuv, Zomonbobo, Sho‘rko‘l, Olot tumanidagi qumli-tuzli maskan, Dengizko‘l, Xo‘jako‘l ko‘llari, Qirlishon massivi kabi obyektlar tadqiq qilindi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
✅Tozalik sog'lik garovi. Tartib hammasidan ustun.
🧑💻 BuxDU Jismoniy tarbiya va sport fakulteti tyutorlari va talabalari tozalik xodimlariga hurmat va minnatdorchilik ko‘rsatish maqsadida tozalik xodimlarini samimiy e’tirof etib, ularga o‘z mehr va e’tiborlarini namoyish etdilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
⚡️"Yilning eng faol talabasi-2024" ko'rik tanlovining yakuniy bosqichida "Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi" nominatsiyasi bo'yicha BuxDU Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti talabasi Nazarov Jahongir Ilhom o'g'li ishtirok etadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Universitetda Buxoro viloyati davlat oliy ta'lim muassasalari professor-oʻqituvchilari oʻrtasida "Viloyat birinchiligi" musobaqalarining 🏐VOLEYBOL🏐 turi boʻyicha final bosqichi boʻlib oʻtdi.
Umumiy natijalarga ko'ra:
🥇1-o'rin: Buxoro davlat tibbiyot instituti
🥈2-o'rin: Buxoro davlat universiteti
🥉3-o'rin: Buxoro davlat pedagogika instituti
Musobaqa yakunida g`oliblikni qo`lga kiritgan hamda faol ishtirok etgan jamoalar taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⚡️Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning viloyatdagi davlat va jamiyat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat yuritayotgan rahbar-xodimlarga murojaati
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilanib, bu borada tub oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, keyingi qisqa davr ichida qabul qilingan qonunlar, Prezident farmon va qarorlarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi natijasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi yanada kengayib, samarali mexanizmlar amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Shunga qaramay, mazkur illat jamiyatimizda uchrayotganligi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda.
Korrupsiya nafaqat mamlakatga moddiy yoʻqotish olib keladi, balki tadbirkorlik rivojiga, qonun ustuvorligini taʼminlashga toʻsqinlik qiladi, jamiyatda ijtimoiy keskinlikni, hokimiyatga ishonchsizlikni, halokatli ogʻir oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomalarida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha aʼzolari, taʼbir joiz boʻlsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, oʻz oldimizga qoʻygan yuksak marralarga erisha olmaymiz”, deb bejizga taʼkidlamadilar.
Korrupsiya va poraxoʻrlik jamiyat barqarorligining muhim asosi boʻlgan adolatning yoʻqolishiga olib keladi.
Mamlakatimiz mustahkamligi, xalqimiz farovonligi, yurtning rivoji va gullab yashnashini, obod boʻlishini istagan har bir fuqaro pora olish va berish, pora olish va berishda vositachilik qilish illatidan xalos boʻlishi kerak.
Bugungi kunda ayrim davlat xizmatchilari oʻz manfaatlarini koʻzlab, jumladan, kredit olishda, qurilish sohasida, byudjet mablagʻlarini taqsimlashda ming afsuski, noqonuniy ishlarga aralashib qolayotganliklarini guvohi boʻlayapmiz. Sodir etilgan har qanday korrupsiyaviy jinoyat sirligicha qolmaydi, albatta, oshkor boʻladi va qonuniy jazosini oladi.
Shuning uchun men sizlarni ogohlantirib oʻtmoqchiman, har qanday jinoyat uchun jazo muqarrardir, buni har bir davlat xizmatchisi vujudi bilan his qilishi, koʻz oldiga ota-onasi, farzandlari va aka-singillarini keltirishlari kerak.
Davlat xizmatchisi – bu oddiy xodim emas, u davlat topshirigʻi va manfaatlari boʻyicha uning nomidan harakat qiluvchi insondir. Shuning uchun davlat xizmatchisi degan yuksak hamda sharafli nomga dogʻ tushirmaslik uchun eng avvalo, halol boʻlishimiz, oldimizga qoʻyilgan vazifalarni vijdonan, vatanparvarlik tuygʻusini toʻliq his etgan holda mehnat qilishimiz lozim boʻladi.
Ish faoliyatimizda korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga murosasiz munosabatda boʻlish, xalqimizga halol va sadoqat bilan xizmat qilishni asosiy burchimiz va vazifamiz deb, bilaylik!
Faoliyatimizni qaytadan xolis tahlil qilib, mahalliy ijro hokimiyati oldiga qoʻyilgan ustuvor vazifalarni shaxsiy manfaatimizdan ustun qoʻygan holda sidqidildan bajarishga barcha kuch va salohiyatimizni safarbar etaylik!
Yurtimizning buguni va ertasi, yorugʻ kelajagi uchun avvalo oʻzimiz masʼul ekanligimizni unutmaylik!
Barchangizni birgalikda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borishga da’vat qilaman!
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Chellenj
#Milliy_qadriyatlar
MILLIY QADRIYATLAR QADRLANGAN YURT
🌟Buxoro davlat universiteti universitetida eʼlon qilingan “Milliy qadriyatlar qadrlangan yurt” mavzusidagi chellenjni Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari davom ettirib, Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti talabalarini chellenjda ishtirok etishga chorlashdi.
Milliy qadriyatlar — bu bir millatning o'ziga xos madaniy va ijtimoiy merosi bo'lib, uning o'zlikni anglash, urf-odatlar, an'analar, axloqiy me'yorlar va hayot tarzini ifodalaydi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🗣“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” hamda “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” hamda “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovini e’lon qilgan edi. Bugun mazkur tanlovlarning yakuniy bosqichi o‘tkazildi.
☑️Tanlovning oliy ta’lim muassasalari bosqichida g‘olib topilgan ijodiy ishlar Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Kinematografiya agentligi huzuridagi “Yoshlik” kinostudiyasi mutaxassislaridan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi va g‘oliblar aniqlandi. Tanlovni adolatli va shaffof baholab borgan Hakamlar hay’ati a’zolariga tashakkurnomalar topshirildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra tanlov g‘oliblari bilan tanishing:
“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi
“Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovi
Bizni kuzating: