• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university Buxoro davlat universiteti Matbuot kotibi Otabek Jalolov https://t.me/otabekjalolov1 @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14 +99865 221-26-85
#QVZ_Rektor_kubogi
Final g’oliblari aniqlandi!
💥“QVZ” finalda Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakultetining “Biostar” hamda Iqtisodiyot va turizm fakultetining "Optimist" jamoalari gʻolib!
✅Bugun, "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik-tanlovi "Rektor kubogi" bahslarida saralangan 6 ta jamoa final bosqichida o'zaro bellashishdi. Yakuniy natijalarga ko'ra:
✅1-o'rinni Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakultetining "Biostar" hamda Iqtisodiyot va turizm fakultetining "Optimist" jamoasi;
✅2-o'rinni Xorijiy tillar fakultetining “Exclusive” jamoasi;
✅3-o'rinni Fizika-matematika va axborot texnologiyalar fakultetining “Extra” jamoasi.
🎉 Barcha final ishtirokchilariga samimiy kulgu va yuqori kayfiyat ulashganliklari uchun minnatdorlik bildiramiz!
@buxdu_uz
#Qishki_ta’til
Qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi
Eslatib o‘tamiz, barcha oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilangan.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-oktabrdagi 16/k1 13252-sonli xati ijrosini ta’minlash bo‘yicha KO‘RSATMA
Buxoro davlat universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari departamenti Ichki ishlar vazirligining 2024‑yil 17‑oktabrdagi 16/k1‑13252-sonli xatiga asosan quyidagilardan ogohlantiradi.
Xatda so‘nggi vaqtlarda internet firibgarlari tomonidan jinoyat sodir etishning yangi usullaridan foydalanish holatlari kuzatilayotganligi, bu turdagi jinoyatlar asosan, davlat boshqaruv organlari tizimida yuqori lavozimlarda xizmat olib boruvchi shaxslarga qaratilgan bo‘lib, ularning internetdagi ochiq ma’lumotlaridan foydalanish orqali shaxs va jamiyat manfaatlariga jiddiy tahdidlarni yuzaga keltirayotganligi ta’kidlab o‘tilgan.
Batafsil: https://is.gd/EmKbau
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 #Scopus_tahririyat_yig'ilishi
☄️🇷🇺✅T.Rasulov “Russian Mathematics (Q2)” jurnalining navbatdagi yig’ilishida ishtirok etdi.
Joriy yilning 18-dekabr kuni universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori To’lqin Rasulov Qozon Federal Universitetiga tashrifi davomida Scopus ma’lumotlar bazasidagi “Russian Mathematics” jurnali tahririyati a’zolarining navbatdagi yig’ilishida ishtirok etdi. Unda 2024-yil 4-choragida taqrizdan o’tgan 60 ta maqoladan 38 tasi nashrga tavsiya qilindi, 22 tasiga esa rad javobi berildi.
Yig’ilishda T.Rasulov so’zga chiqib, universitetda faoliyat olib borayotgan matematik olimlar tadqiqot natijalarini Qozon Federal Universitetining Scopus ma’lumotlar bazasiga kiruvchi “Russian Mathematics” va “Lobachevskii Journal of Mathematics” jurnallarida muntazam ravishda nashr qilib kelayotganligini qayd qildi.
Ma’lumot uchun: “Russian Mathematics” jurnali “Известия высших учебных заведений. Математика” jurnalining ingliz tilida nashr qilinadigan varianti bo’lib, 2023-yil natijalariga ko’ra SJRda Q2 kvartilga ega. So’nggi 2 yilda universitetning matematik olimlari “Russian Mathematics” jurnalida 23 ta va “Lobachevskii Journal of Mathematics” jurnalida esa 17 ta maqola nashr qilishgan. “Russian Mathematics” jurnaliga universitet olimlarining 22 ta maqolasi 2025-yil davomida nashr qilish uchun qabul qilingan.
Batafsil: https://kpfu.ru/science/nauchnye-izdaniya/ivrm/prinyatye-k-pechati
Bizni kuzatishda davom eting:
sobitjonpress/buxdu-jismoniy-tarbiya-va-sport-fakulteti-jamoasi-buxoro-olimpiya-va-paralimpiya-sport-turlariga-0a222c84cf41" rel="nofollow">https://medium.com/@sobitjonpress/buxdu-jismoniy-tarbiya-va-sport-fakulteti-jamoasi-buxoro-olimpiya-va-paralimpiya-sport-turlariga-0a222c84cf41
Читать полностью…🟦🟦🟦
⚡️ Joriy yilning 16-23 dekabr kunlarida bo'lib o'tadigan, sportning voleybol turi bo'yicha kattalar - erkaklar va ayollar jamoalari o'rtasida "O'zbekiston kubogi" musobaqalariga start berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⚡️❗️❗️❗️📤📤📤📤
💻 Фирибгарлар томонидан ижтимоий тармоқларда такроран ва турли хил кўринишларда интернет фойдаланувчиларига тез фурсат ичида мўмай даромад олишни ваъда қилиб,
“Новый проект для заработка, подписывайся на канал, чтобы узнать больше”
❗️❗️❗️Агар Сизда ҳам шундай ҳолат кузатиладиган бўлса дарҳол 102 ёки 1102 📞 ишонч рақамларига мурожаат қилинг!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️🇷🇺✅BuxDU delegatsiyasi Rossiyaning Qozon Federal universiteti (KFU) da o’tkazilayotgan tashriflar davomida maqsadli uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.
🏆 BuxDU delegatsiyasi QS reytingida #401-o‘rinda turuvchi Rossiyaning Qozon Federal universiteti (KFU) da Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya institutida bo'lib, institut rahbariyati bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo'shma ta'lim dasturlari natijadorligi, istiqbollari hamda hamkorlikda yechimini topishi lozim bo'lgan dolzarb masalalarda qizg'in muhokamalar amalga oshirildi.
✅Shuningdek, ikki tomonlama tashabbus natijasida istiqbolda mazkur institut bilan Moliya va kredit, Xalqaro turizm industriyasi mutaxassisligi bo'yicha magistratura qo'shma ta'lim dasturini yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar olib borildi.
📊Barqaror biznesni samarali boshqarish va zamonaviy ekologik sharoitlarga moslashish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yangi avlod menejerlarini tayyorlash maqsadida shaxsan Institut direktori Alsu Axmetshina tashabbusi bilan KFU Menejment, iqtisodiyot va moliya instituti tarkibidagi Oliy biznes maktabining mashhur MBA dasturlaridan biri bo'yicha hamkorlikni amalga oshirish taklifi muhokama qilindi.
✅Shuningdek, Iqtisodiyot yo'nalishi va mutaxassisliklari bo'yicha qo'shma dasturi asosida hozirgi kunda KFUda tahsil olayotgan BuxDUning bakalavr va magistrlari faoliyati monitoringi amalga oshirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_yangiliklari
📣 Buxoro davlat universitetining davlat stipendiantlari soni yana 12 nafarga ko‘paydi!
⏸Batafsil video lavhada:👆
🚀@buxdu_uz
🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅O‘zbekiston Respublikasida mehnat qonunchiligini isloh qilish doirasida yangi Mehnat kodeksini amalga oshirishning o'ziga xos jihatlari
Yangi Oʻzbekistonda barcha sohalar qatori ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ham keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, mehnat munosabatlarini tartibga solish, xodimlar huquqlarini himoya qilish va ish beruvchilarning majburiyatlarini aniq belgilash maqsadida yangi Mehnat kodeksi qabul qilindi.
jalolovo1993/o-zbekiston-respublikasida-mehnat-qonunchiligini-isloh-qilish-doirasida-yangi-mehnat-kodeksini-f81a5668bcf8">Batafsil o'qish
BuxDU yuridik boʻlim boshlig’i Shuxrat Sharapov
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️ Universitet o'quv ishlari bo'yicha prorektori R.G'. Jumayev San'atshunoslik va pedagogika, Tarix va yuridik hamda Iqtisodiyot va turizm fakultetlarida bo'lib, ushbu fakultetlar mas'ul xodimlari bilan suhbat o'tkazdi.
💠 Fakultetlar mas'ul xodimlari, kafedra mudirlari hamda tyutorlari ishtirokida kechgan mazkur uchrashuvlar davomida kredit-modul tizimida talabalar bilimini baholash, talabalarning dars mashg'ulotlariga qatnashishi, yakuniy nazoratlarning tashkil etilishi va boshqa bir qator masalalar tahlil qilinib, yig'ilish qatnashchilariga universitet ta'lim tizimidagi mavjud bo'lgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha tegishli tartibda ko'rsatmalar va vazifalar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 10-dekabrdagi 02/22 4/1-10583-sonli xati hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning 2024-yil 20--noyabrdagi 01-23-02/3518-son xatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha KO‘RSATMA
1. Buxoro davlat universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari departamenti (RTTD) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 10-dekabrdagi 02/22 4/1-10583-sonli xatiga asosan quyidagilardan ogohlantiradi.
- “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan oʻz vakolatlari doirasida olib borgan monitoring ishlari davomida ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda axborotlashtirish obyektlarining axborot va kiberxavfsizlik holatini taʼminlanganligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi “.exe” kengaytmadagi zararli amallarni bajaruvchi dastur tarqalayotganligi aniqlangan.
Batafsil: https://is.gd/EmKbau
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️🇷🇺✅Buxoro davlat universiteti delegatsiyasi tajriba almashish maqsadida Volga davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universitetida tashrif buyurdi
2024-yil 16-dekabr kuni Volga davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universitetiga Buxoro davlat universiteti delegatsiyasi – ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor To‘lqin Rasulov, o‘quv-uslubiy departament boshlig‘i Suxrob Davlatov va sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri Mehriddin Abdullaevlar tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad ilmiy va ta’lim faoliyatidagi tashabbuslarni kengaytirish va rivojlantirish rejalarini muhokama qilishdan iborat.
Volga davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universiteti ilmiy va xalqaro faoliyat bo‘yicha prorektori Andrey Nazarenko hamrohligida o‘quv-laboratoriya binosiga, sport va o‘quv zallari, axborot-resurs markazi, 2013 yilgi universiada muzeyi, shuningdek, talabalar media markaziga tashrif buyurishdi.
Shuningdek, Volga davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universitetining raqamli markaz texnologiyalari, Burevestnik suzish havzasining sport maydonchalari va turizm sanoatida kadrlar salohiyatini rivojlantirish markazining imkoniyatlari va o'quv xonalari bilan tanishdi.
Kun yakunida Volga davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universiteti rektori Rafis Burganov Buxoro davlat universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi va unda hamkorlik yo‘nalishlari, bo‘lajak ilmiy anjumanlar hamda o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda Volga davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universitetining birinchi prorektori Azat Sharapov va ilmiy ishlar va xalqaro faoliyat bo‘yicha prorektor Andrey Nazarenko ishtirok etdi.
Batafsil: https://unifirst.ru/media/photogallery/predstaviteli-bukharskogo-gosuniversiteta-v-povolzhskom-i-vstrecha-s-rektorom
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦 🟦🟦🟦
Ахборот 24 | Семинар в Сенате Олий Мажлиса для депутатов местных Кенгашей
#17dec #uzbekiston24
Обиджон Хамидов,
ректор Бухарского государственного университета, доктор экономических наук, профессор
Bizni kuzatishda davom eting:
#bilasizmi
⚡️Qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etilib, vagonlar soni ko‘paytiriladi
🚆Transport vazirligi xabariga ko‘ra, qishki ta’til davrida yo‘lovchilarning temir yo‘l transporti qatnovlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 2024-yil 15-dekabrdan 2025-yil 12-yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi va vagonlar soni oshiriladi:
✓ Qo‘shimcha qatnovlar:
“Toshkent – Urganch – Toshkent” yo‘nalishida 2024-yil 17-dekabrdan boshlab 18 ta qo‘shimcha qatnov;
“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida 2024-yil 15-dekabrdan boshlab, “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdi qo‘shimcha 30 ta qatnovni amalga oshiradi.
✓ Qo‘shimcha vagonlar:
“Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent”, “Toshkent – Termiz – Toshkent”, “Toshkent – Urganch – Toshkent” va “Toshkent – Sariosiyo – Toshkent” yo‘nalishlarida 2024-yil 20-dekabrdan har kuni 4 ta qo‘shimcha platskart vagonlari qo‘shiladi.
IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotni O‘zbekiston bo’yicha 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
❓Talabalar chiptalarni qo‘shimcha qayerdan xarid qilishi mumkin?
◀️O‘zbekiston milliy universiteti sayyor kassasi;
▶️Toshkent davlat agrar universiteti sayyor kassasi;
◀️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sayyor kassasi.
Bizni kuzating
#sport #jarayon #UNIVERSIADA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan innovatsiyalar vazirligining buyrug‘iga asosan “UNIVERSIADA” doirasida oliy talim muassasalari talabalari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarining o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomiga ko‘ra sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha Respublika final bosqichi 18-21 dekabr kunlari Samarqand viloyatida bo'lib o'tadigan musobaqaga start berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️🇷🇺✅Universitet vakillari Volga davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universitetining 50-yillik yubiley tantanalarida ishtirok etishdi.
🇺🇿2024-yil 18-dekabr kuni universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori To‘lqin Rasulov, o‘quv-uslubiy departament boshlig‘i Suxrob Davlatov hamda sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri Mehriddin Abdullaevlar Volga davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universiteti tashkil topganligining 50-yilliga bag’ishlangan tadbirda Buxoro davlat universiteti jamoasi nomidan ishtirok etdilar.
👑Tadbirda hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof qilindi hamda Buxoro davlat universiteti jamoasining tabriknomasi va esdalik sovg’alari Volga davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universitetining tarixiy muzeyiga taqdim qilindi.
🧠Shuningdek, Volga davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universitetining sharafli 50 yil davomida erishilgan yutuqlarni o'zida aks etgan ko'rgazmada ishtirok etildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️ AQSHning Atlanta shtatidagi G‘arbiy Jorjiya universiteti o‘zbekistonlik 19-22 yoshidagi 16 nafar talaba uchun 16 kunlik trening dasturini taklif etadi. Dastur 2025-yil 19 iyun - 5 iyul kunlari tashkil etiladi. Barcha xarajatlar qoplanadi.
Talov shartlari bilan quyidagi sahifada tanishishingiz mumkin:
Connecting Georgia and Uzbekistan: A Distinctive Leadership Development and Engagement Experience | UWG
https://www.westga.edu/academics/education-abroad/uzbek-grant-program.php
Hujjatlar shu sahifa orqali onlayn topshiriladi.
Muddat: 2-yanvar 2025-yil
Bizni kuzatishda davom eting:
#Chellenj
#Milliy_qadriyatlar
MILLIY QADRIYATLAR QADRLANGAN YURT
✅ Buxoro davlat universitetida eʼlon qilingan “Milliy qadriyatlar qadrlangan yurt” mavzusidagi chellenjni Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari davom ettirib, Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti talabalarini chellenjda ishtirok etishga chorlashdi.
Milliy qadriyatlar — bu bir millatning o'ziga xos madaniy va ijtimoiy merosi bo'lib, uning o'zlikni anglash, urf-odatlar, an'analar, axloqiy me'yorlar va hayot tarzini ifodalaydi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🎄🔔 Yangi yil Oqshomi! 🔔🎄
🇺🇿 Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan Talabalar turar joyida "Yangi yil Oqshomi" konsert dasturi tashkil etildi! 💡❄️
Bizni kuzatishda davom eting:
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
⚡️ Aziz yoshlar, hurmatli ustozlar!
⚡️😁 Universitetda "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovining "Rektor kubogi" uchun o'ynaladigan bellashuvning final bosqichiga ham yetib keldik!
⚡️ Saralashdan o'tib kelgan eng kuchli 6 ta jamoa o'rtasida bellashuv davom etadi...
🗺Barchani joriy yilning 19-dekabr sanasi soat 14:00 da BuxDU faollar zalida bo'lib o'tadigan katta QVZ festivaliga taklif etamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣🟦🟦🟦
⚡️ Universitetda Buxoro viloyati davlat oliy ta'lim muassasalari professor-oʻqituvchilari oʻrtasida "Viloyat birinchiligi" musobaqalarining VOLEYBOL turi boʻyicha oʻyinlar boʻlib oʻtdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#jarayon #sport #universitet_birinchiligi
✅ 17-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti imkoniyati cheklangan talaba - yoshlari o'rtasida sportning STOL TENNIS turidan "UNIVERSITET BIRINCHILIGI" musobaqasi bo'lib o'tdi. Juda qizg'in kechgan bahslar talabalarimiz quyidagicha taqdirlandilar:
Bizni kuzatishda davom eting:
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙
⚡️✅ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan "Yangi yil oqshomi" da sizni sehrli oqshom, qorbobo, qorqiz hamda unutilmas xotiralar kutmoqda!
🎄 Do‘stlar bilan bayramona atmosferada yangi yilni kutib oling
🔥 Yangi yilni yorqin va unutilmas kayfiyatda kutib olishni xohlasangiz biz bilan birga bo‘ling!
🔥 An’anaviy yangi yil oqshomida sizni kutib qolamiz!
🔥Biz bilan birga sessiyani unuting!
🗓 Sana: 18.12.2024
⏰ Vaqt: 19:00 da
🗺 Manzil: Buxoro davlat universiteti talabalar turar joyi
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
☄️📚✅ Buxoro davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Axmedov viloyatdagi madaniyat va sa’nat sohasi vakillari va ijodkor yoshlar bilan uchrashdi.
➡️ /channel/buxdu_uz/54867
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦 🟦🟦🟦
SPORT | BuxDU voleybol jamoasi: G‘alabalar sari intilish
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️🇷🇺✅Buxoro davlat universiteti delegatsiyasi Qozon federal universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrifning ikkinchi kunida Buxoro davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori To‘lqin Rasulov va o‘quv-uslubiy departament boshlig‘i Suxrob Davlatovlar Qozon federal universiteti rahbariyati bilan so'ngi yillarda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar hamda istiqbolli rejalar muhokamasi bo'lib o'tdi.
Mazkur uchrashuvda fizika, matematika, kimyo, iqtisodiyot va filologiya kabi sohalarda qo'lga kiritilgan ilmiy tadqiqot natijalari, xususan matematika sohasidagi ilmiy maqolalar, kimyo sohasidagi patentlar, iqtisodiyot sohasidagi qoʻshma taʼlim dasturlari alohida e'tirof qilindi. Buxoro davlat universiteti matematika tadqiqotlari markazi sifatida xalqaro maydonda o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda - deydi Qozon federal universiteti ilmiy ishlar bo'yicha prorektori Dmitriy Tayurskiy.
Batafsil: https://media.kpfu.ru/news/v-kfu-obsudili-perspektivy-sotrudnichestva-s-bukharskim-universitetom
Bizni kuzatishda davom eting:
#Xorijiy_stajirovkalar
#🇺🇿🇸🇰
⚡️ BuxDU "Turizm va mehmonxona xo'jaligi" kafedrasi o'qituvchisi Farmanov Erkin Alimovich Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritib, hozirda Slovakiyadagi Bratislava Komenius universitetida qisqa muddatli ilmiy stajirovkani o'tamoqda.
✍️ Stajirovka dasturiga binoan, tadqiqotchi Slovakiya Respublikasining transport xizmatlar sifatini raqamli iqtisodiyot vositalaridan foydalanib oshirishni ilmiy-amaliy jihatdan holatini o‘rganish asosida O‘zbekistonga transport xizmatlar sifatini yanada oshirish va Buxoro shahri jamoat transportining raqamli modelini xorij tajribasi asosida taklif ishlab chiqish. Shuningdek, Buxoro shahri jamoat transport xaritasi va “UzTmyBus va Uztrans” mobil ilovalarini takomillashtirish maqsad qilib qo‘yilgan.
Ushbu ilmiy stajirovka Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tomonidan moliyalashtirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦 🟦🟦🟦
Ахborot 24 | Oliy Majlis Senatida Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari kengashlari bilan uchrashuv
#17dec #uzbekiston24
Obidjon Xamidov,
Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Bizni kuzatishda davom eting: