⚖️👨💻👩💻💬🟦🟦
⚡️✅ Ayni damda, professor Z.M.Solihov tavalludining 90 yilligiga bagʻishlangan “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intelektning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik konferensiyaning birinchi kuni boshlanish arafasida. (eslatib oʻtamiz konferensiya 27-28-sentabr kunlari boʻlib oʻtadi.)
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️🇮🇹🇺🇿Buxoroda birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi doirasida “O'zbekiston-Italiya ta’lim davra suhbati” tashkil etildi
Davra suhbati doirasida 9 ta memorandum imzolandi: Hujjatlarga asosan endilikda ikki davlat oliygohlari professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni kengaytirishadi.
Jumladan, memorandumlar ushbu universitetlar oʻrtasida imzolandi:
1. BuxDU hamda Perudji chet elliklar universiteti.
2. Buxoro tabiiy resurslardan foydalanish instituti va Bari Aldo Moro universiteti;
3. Buxoro tabiiy resurslardan foydalanish instituti bilan Turin Politexnika universiteti;
4. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va Milano Bikokka universiteti;
5. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hamda Piza universiteti;
6. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va Kalyari universiteti;
7. Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Florensiya universiteti;
8. Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan Palermo universiteti;
9. Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Piza universiteti;
Shuningdek, BuxDUdagi davra suhbatida ishtrokchilar ba’zi muhim qarorlarni qabul qildilar. Jumladan, forumlarni ma’lum muddat oraligʻida doimiy ravishda tashkil etish, maxsus veb-sayt yaratish va ushbu sayt ma’lumot markazi boʻlib xizmat qilishi va barqaror ishlashi toʻgʻrisida kelishildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#SPORT#BuxDU #Besh_tashabbus_olimpiadasi #talaba_liga
☄️📚✅Buxoro davlat universitetida "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" sport musobaqalariga 20-sentabr kunidan start berilib (yengil atletika, stritbol, voleybol, mini futbol, stol tennisi) bo‘yicha o‘tkaziladi.
Barcha talaba-yoshlarni (kursidan qat’iy nazar) 27 sentabr kuniga qadar soat 14:00 da STRITBOL (o'g'il bolalar o'rtasida) musobaqalariga faol qatnashishga chaqiramiz. Ishtirok etuvchilar ro‘yxatdan o‘tish uchun fakultet Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, tyutorlarga murojaat qiling!
Musobaqa BuxDU sport zalida o'tkaziladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚 ✅ 1- oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni"ga bag'ishlab o'tkazilayotgan "KASABA UYUSHMASI KUBOGI" sport musobaqalari yakunlandi.
Buxoro davlat universiteti professor - o'qituvchilari o'rtasida sportning VOLEYBOL turi bo'yicha bahslar bo'lib o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🖥🖥🖥 Ахборот 24
Бухорода Ўзбекистон – Италия таълим форуми бўлиб ўтди
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
Birinchi liga 2024 21-TUR
🔴Jizzax : ✅ "BuxDU"
Ertaga, 27-sentabr kuni Buxoro davlat universitetining BuxDU professional futbol klubi O‘zbekiston chempionati 1-liga futbol musobaqalari 21-tur o‘yinlari doirasida Jizzax futbol klubi bilan o'yin o'tkazadi.
27.09.2024 ⏰ 16:00
Barchani jamoamizni qo‘llab quvvatlashga chaqirib qolamiz!
Manzil: Jizzax viloyati So'g'diyona markaziy stadioni
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ #BuxDU Filologiya fakulteti talabalari bilan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashrif buyurgan adiblar: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Amirqul KARIMOV va Zikrilla NE’MAT ("Do‘stlik" ordeni sohibi) ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida adiblar o‘z ijod namunalarini o‘qib eshittirishdi. Ishtirokchi talaba-yoshlar savol-javoblar mobaynida o‘zlari yozgan she’rlarini aytib berishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
⚡️✅ Buxoro davlat universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️🇮🇹🇺🇿 🔷 Buxoroda birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi doirasida “O'zbekiston-Italiya ta’lim davra suhbati” tashkil etildi
O'zbekiston 24 telekanali
Bizni kuzatishda davom eting:
🏆 JCH-2024: Bugun ham play-off uchrashuvlari davom etadi
Xabar berib borayotganimizdek, 14 sentyabrdan 6 oktyabrgacha ilk bor futzal bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda. Musobaqa esa ayni qizg‘in pallada.
Bugun, 26 sentyabr kuni 17.30da Buxoro shahridagi "Universal" sport arenasi, mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan 🇮🇷Eron hamda 🇲🇦Marokash futzal terma jamoalari bahsiga mezbonlik qiladi.
*Eslatib o‘tamiz, uchrashuvga chiptalarni maxsus kassa hamda futsal2024.uz rasmiy sayti orqali sotib olishingiz mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi adabiy-ma'rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️🇮🇹🇺🇿 🔷 Buxoroda birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi doirasida “O'zbekiston-Italiya ta’lim davra suhbati” davom etmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅26-sentabr - Davlat xavfsizlik xizmati kuni!
🇺🇿Bugun, mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilib kelayotgan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining kasb bayrami.
Buxoro davlat universiteti jamoasi nomidan vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlash, har bir fuqaroning huquq va manfaatlarini himoya qilish kabi sharafli kasbni ado etishda sizlarga mustahkam sog‘lik tilaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashrif buyurgan adiblar #BuxDU rahbariyati bilan birgalikda Shofirkon tumanidagi 4-sonli maktabda adabiy-ma'rifiy uchrashuvlarni o‘tkazishdi.
Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari AMIRQUL KARIMOV hamda ZIKRILLA NE’MAT ("Do‘stlik" ordeni sohibi), universitet rahbariyati prorektor A. Amonov, fakultet dekani A. Qodirov, kafedra mudiri D. Rajabov va tuman hokim o‘rinbosarlari bilan "Uch avlod uchrashuvi","Mening maktabim" kabi madaniy-ma'rifiy tadbirni o‘tkazib qaytishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
⭕️⭕️⭕️ 🟦🟦 🟦🟦🟦
☄️📚✅Janubiy Koreyaning mashhur Pusan Metropolitan Xor jamoasi Buxoro davlat universitetida o'z chiqishlarini o'tkazadi.
Hurmatli talabalar, professor-o'qituvchilar, Buxoro shahri aholisi!
Sizlarni bugun soat 15:00 da Buxoro davlat universitetida bolib o
tadigan Janubiy Koreyaning mashhur Pusan Metropolitan Xor jamoasi konsert dasturiga taklif etamiz.
Pusan Metropolitan xori 1972 yilda Janubiy Koreyaning Pusan shahri aholisiga yuqori sifatli chiqishlardan bahramand bo'lishlari uchun madaniy imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etilgan. Bugungi kunga qadar 185 ta muntazam xorijiy konsertlar va 600 ta sayohat/gastrol konsertlari oʻtkazilgan.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Diqqat #Kibersport_Rektor_kubogi
⚡️Universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlar diqqatiga...
🖥 BuxDU yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlari o'rtasida "Kibersport" musobaqasiga start berildi.
✅ Musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar /channel/Fiz_mat_koordinatori profili orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Ro'yxatdan o'tishning oxirgi muddati 02.10.2024, soat 00:00.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚 ✅Bugun 27-sentabr — Butunjahon turizm kuni
Ushbu sana 1979-yil 27-sentabrdan buyon Butunjahon Turizm kuni sifatida turizmni targ'ib qilish, uning jahon hamjamiyati iqtisodiyotiga qo'shgan hissasini yoritish, turli mamlakatlar xalqlari o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish maqsadida jahon miqyosida nishonlanadi.
Butunjahon turizm kuni barcha BuxDU jamoasi va talabalariga qutlug` bo`lsin. Har bir kuningiz go`zal, maroqli o`tsin. Xilma-xil sayohatlar uyushtirib, yurtimiz va dunyo chiroyidan bahramand bo`ling.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoroda O‘zbekiston - Italiya ta’lim forumi o‘tkazildi.
@yangidavr_rasmiy
Bizni kuzatishda davom eting:
BuxDU jamoasi – viloyat turniri g'olibi
⚡️Bugun, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasinng Buxoro viloyati Kengashi tomonidan "VARNET" botanika bog'ida korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan mehnat jamoalaridagi yosh xodimlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o‘tkazildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ BuxDU talabalar turar joylarida yashovchi talaba-yoshlar uchun «Gulxan diydori» madaniy-musiqiy tadbir tashkil etildi.
Unda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashrif buyurgan adiblar: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Amirqul KARIMOV va Zikrilla NE’MAT ("Do‘stlik" ordeni sohibi) ishtirok etishdi va ijodiy muloqotlar qilishdi. Tadbir davomida talaba-yoshlar ham o‘z ijod namunalarini o‘qib, kuylab eshittirishdi.
Shundan so‘ng, musiqiy kecha tashkil qilindi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Futzal
#FIFA_Futsal_world_cup_Uzbekistan2024
Bugun, 26 sentyabr kuni 17.30da Buxoro shahridagi "Universal" sport arenasi, mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan 🇮🇷Eron hamda 🇲🇦Marokash futzal terma jamoalari bahsiga mezbonlik qilmoqda.
Ushbu o’yinda Buxoro davlat universiteti jamoasi tomoshabinlar safida faol ishtirok etishmoqda.
Oʻyin quyidagicha yakunlandi:
Eron 3:4 Marokash
Bizni kuzatishda davom eting:
#jarayon #xalqaro_forum #Buxoro
O‘zbekiston-Italiya ta’lim davra suhbati jarayonlaridan
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
☄️📚 ✅ 1- oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni"ga bag'ishlab "KASABA UYUSHMASI KUBOGI" sport musobaqalari davom etmoqda.
Buxoro davlat universiteti professor - o'qituvchilari o'rtasida sportning STOL TENNISI turi bo'yicha bahslar bo'lib o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro shahridagi “Abdurauf Fitrat” nomidagi istirohat bog‘ida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashrif buyurgan adiblar: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Amirqul KARIMOV va Zikrilla NE’MAT ("Do‘stlik" ordeni sohibi) hamda Buxoro davlat universiteti rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbirda Adiblar A.Karimov, Z.Ne’matov, BuxDU rahbar-xodimlari, talaba-yoshlari tomonidan Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi hamda adabiyot, kitob mutolaasi, she’riy aytishuvlar, ijodkorlar bilan savol-javoblar amalga oshirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Zakovat #BuxDU_yoshlar_ittifoqi #Kuzgi_mavsum
"Zakovat" intellektual o'yini — bilimlilar bellashuvi!
⚡️Har hafta o'tkazilayotgan "Zakovat" intellektual o'yinining navbatdagi soni bo'lib o'tdi. Bellashuvda 20 dan ortiq jamoalar o'zaro bilim sinashishdi. Sog'lom raqobat ostida qiziqarli bahslar bilan o'tkazilgan intelektual o'yin universitet Zakovat koordinatori A.Nematov tomonidan olib borildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universiteti "Xorijiy tillar" fakultetida ARMning tarmoq kutubxonasi o'z faoliyatini boshladi.
Buxoro davlat universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektori R. Jumayev, Xorijiy tillar fakulteti dekani N. Atajonovlar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Kutubxonaning kitob fondi 1012 nomda 4142 donani tashkil qilib, fond tarkibi xorijiy adabiyotlar, ingliz, nemis, fransuz tillarini o'qitishga mo'ljallangan darsliklar, o'quv- qo'llanmalari va badiiy adabiyotlardan tarkib topgan. Joriy o'quv yilida kutubxonani o'quv dasturlariga mos bo'lgan yangi zamon adabiyotlari bilan boyitish bo'yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi belgilandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#live #xalqaro_forum #Buxoro
“O‘zbekiston-Italiya ta’lim davra suhbati” boshlandi
Ayni damda Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan ushbu davra suhbatida Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vazirligi hamda uning huzuridagi 10 dan ortiq universitetlar hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va mas’ul vakillar ishtirok etishmoqda.
Kun tartibida ikki mamlakat oliygohlarining hamkorligini yangi bosqichga o‘tishi masalalari belgilangan. Davra suhbatini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili Gulrux Umarova, Buxoro davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Abror Jo‘rayevlar ochib berdilar.
Shuningdek, davra suhbati davomida Italiyaning mashhur Perudja chet elliklar universiteti, Rimning Roma Tre universiteti, Piza universiteti, Milano Bikoka universiteti, Turin Politexnika universiteti, Salento universiteti, Venetsiyaning Foskari universiteti hamda bir qator respublikamizning oliy ta’lim muassasalari vakillari o‘zlarining oliy ta’lim muassasalari haqida taqdimot qilib, muhim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashishmoqda.
Bizni kuzating
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Ingliz, nemis, fransuz" tillari bo‘yicha e'lon qilingan Xorijiy tillar respublika fan olimpiadasining Respublika bosqichiga start berildi
Olimpiadaning OTM bosqichida ingliz, nemis, fransuz tili bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritgan quyidagi talabalarimiz Respublika bosqichida faol ishtirok etishmoqda.
1. Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi
Sobirova Shaxinabonu Sharifovna
2. Lingvistika (nemis tili) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti
Badalov Feruz Nuriddinovich
3. Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi
Narzulloyeva Dilfuza Bahriddin qizi
Barcha ishtirokchi talabalarimizga omad tilaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting: