#jarayon #sport
“TO’MARIS IZDOSHLARI” sport bellashuviga marhamat!
Buxoro davlat universiteti “Xotin-qizlar bilan ishlash” bо‘limi, BuxDU "Sport" klubi hamda Milliy gvardiya bilan hamkorlikda 2024-yil 5-dekabr kuni “To'maris izdoshlari” nomli sport bellashuvlari bo’lib o’tadi. Sport tadbirida Buxoro davlat universiteti barcha fakultet (kursidan qat’iy nazar) talaba – qizlari ishtirok etishlari mumkin. Sport bellashuvlari BuxDU voleybol sport zalida soat 13-30 da boshlanadi.
Sport bellashuv shartlari:
1. Basketbol to’pini savatga tashlash;
2. Turgan joydan uzunlikka sakrash;
3. Futbol maydon markazidan to’pni darvozaga kirgizish;
4. 4x10 m. mokisimon yugurish.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_rektori
⚡️Bugun Xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar” masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 1-tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda doimiy komissiya raisi Obidjon Hamidov hamda komissiya a’zolari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish kun tartibida doimiy komissiya raisi o‘rinbosari hamda komissiya kotibini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.
Komissiya a’zolarining takliflariga ko‘ra doimiy komissiya raisi o‘rinbosarligiga Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shoxruxali Sadullayev hamda komissiya kotibligiga “Yuksalish” harakati viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari Hamza Ro‘ziyevlar bir ovozdan saylanishdi.
Shuningdek, yig‘ilishda Xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi NIZOM asosida doimiy komissiyaning faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi, asosiy vazifalari hamda kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.
@buxdu_uz
@buxdu_rektori
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️Buxoro davlat universiteti Kengashining 2024/2025 o'quv yili 4-sonli yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.
🧑💻Kengash avvalida Oliy Attestatsiya komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan ilmiy unvon va ilmiy daraja olgan professor-o‘qituvchilar taqdirlanishdi.
➡️ Fotolavhalar:
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️ 3-dekabr - "Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni"
✅ Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq har yili 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni sifatida dunyo boʻylab nishonlanadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️NNT vakillarining Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi hamda viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
✅Bugun, 3-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti kichik majlislar zalida nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) vakillarining Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Jamol Rajabboyevich hamda viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Qayum Istamovich bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, uchrashuvda "Yuksalish" umummilliy harakati Buxoro viloyat hududiy bo'limi boshlig'i Hamza Hafizovich hamda #BuxDU Siyosatshunoslik yo'nalishi talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
✅ Uchrashuvning maqsadi – fuqarolik jamiyatining rivojlanishi, NNTlar va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan qonunchilik tashabbuslarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️Bugun, 3-dekabr - "Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni" munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida "Matonatli yoshlar forumi" bo‘lib o‘tadi.
Tadbir soat 11:00da faollar zalida boshlanadi.
Ayni vaqtda "Matonatli yoshlar forumi" doirasidagi tadbirlarning
- "Zakovat" intellektual o‘yini;
- shaxmat, shashka, stol tennisi, Arm wrestling musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦
🇺🇿 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili deb e’lon qilinishining tarixiy ahamiyati.
Bugungi kunda dunyo jadal rivojlanar ekan, insoniyat oldida tabiatni asrash va ekologik muvozanatni ta’minlash masalasi keskin dolzarblashib bormoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
✅ Buxoro davlat universiteti rahbariyati Vobkent tumanida joylashgan 2-sonli politexnikumdagi ta’lim va amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universitetida Buxoro viloyati shahar va tuman hokimliklari boshqaruv apparati xodimlari uchun “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlarida korrupsiyaga qarshi kurashish immunitetini shakllantirish” mavzusida 16 soatlik (2-6-dekabr kunlari davomida) o‘quv-amaliy kurslari o’tkazilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
✅ Universitetda magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyalari davom etmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ TARG'IBOT POYEZDI BuxDUda
✅ Bugun Buxoro davlat universitetida Buxoro viloyat Adliya boshqarmasi va Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi start oldi.
Ushbu targ‘ibot harakati, mamlakatimizdagi Konstitutsiya asosida erishgan yutuqlarini, shuningdek, jamiyatimizda konstitutsiyaviy islohotlar, yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar va ijtimoiy, madaniy va siyosiy huquqlarni yanada kengroq tushunish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yusaltirish va amalda qo‘llashni targ‘ib qilish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 2-dekabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Ayni damda universitet rektorining 2024 yil 21-noyabrdagi 2576-T sonli buyrug'iga asosan 2-smenada tasdiqlangan jadval asosida magistrlarning magistrlik dissertatsiyalarini dastlabki himoyalari bo'lib o'tmoqda.
➡️ Bugun 1-smenada Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakultetining 70540201- Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha), 70610101-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha), 70610204-Axborot tizimlari (tarmoqlar bo‘yicha), 70610201 - Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) mutaxassisligi magistrantlari, 2-smenada Iqtisodiyot va turizm fakultetining 70310102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha), 70310501-Raqamli iqtisodiyot 71010401-Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha), 70411201-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha), 70310109-Bioiqtisodiyot mutaxassisligi magistrantlari MD dastlabki himoyasini topshirishadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🔷✅ Buxoro davlat universiteti Axborot-resurs markazi sizlarga quyidagi xizmatlarni taklif qiladi❕
⛈Yo'nalishlar bo'yicha turli o‘quv adabiyotlaridan foydalanish (elektron variantda)
⚡️ Badiiy adabiyotlar (roman, asar, hikoya va h.k)
⚡️ Siyosiy adabiyotlar shular jumlasidan (elektron variantda)
⚡️ Ilmiy tadqiqot olib boruvchilar uchun ilmiy manbalar taqdim qilish (dissertatsiyalar, maqolalar, monografiyalar - barchasi elektron variantida)
⚡️ Davriy nashrlar bilan tanishtirish (Gazeta va jurnallar)
⛈ Kitobxonlik tanlovlarida ishtirok etish.
🟢 Mazkur xizmatlarlarimizdan foydalanish uchun kanalga obuna bo'ling.
✈️ Bizning kanal: @buxdu_arm
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU_rektori
⚡️Bugun Xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar” masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 1-tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda doimiy komissiya raisi Obidjon Xamidov hamda komissiya a’zolari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish kun tartibida doimiy komissiya raisi o‘rinbosari hamda komissiya kotibini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.
Komissiya a’zolarining takliflariga ko‘ra doimiy komissiya raisi o‘rinbosarligiga Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shoxruxali Sadullayev hamda komissiya kotibligiga “Yuksalish” harakati viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari Hamza Ro‘ziyevlar bir ovozdan saylanishdi.
Shuningdek, yig‘ilishda Xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi NIZOM asosida doimiy komissiyaning faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi, asosiy vazifalari hamda kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.
@buxdu_uz
@buxdu_rektori
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
✅ Buxoro davlat universitetida Buxoro viloyati shahar va tuman hokimliklari boshqaruv apparati xodimlari uchun “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlarida korrupsiyaga qarshi kurashish immunitetini shakllantirish” mavzusida 16 soatlik (2-6-dekabr kunlari davomida) o‘quv-amaliy kurslarining 2-kuni o'tkazildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
💠 Tadbir davomida “Zakovat” intellektual o‘yini hamda sport musobaqalari g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirning badiiy qismidagi ko’ngilochar dasturlar hamda kuy-qo’shiqlar yig’ilganlarni xushnud etdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
🔵🔵🔵🔵 2024-yil noyabr oyida BuxDUda amalga oshirilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar (01-30.11.2024):
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️Bugun, 3-dekabr - "Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni"da Buxoro davlat universitetida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Salomatlik uchun 5000 qadam” yurish marafoni va ertalabki badantarbiya sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️ BuxDUda Konstitutsiya bilimdoni tanlovi o‘tkazildi.
✅ Xabar qilinganidek, Buxoro davlat universitetida 2024-yil 8-noyabrdan 8-dekabrga qadar “Konstitutsiya oyligi” doirasida “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovining universitet saralash bosqichi o‘tkazildi.
➡️Ushbu tanlovda barcha fakultetlar o‘rtasida o‘tkazilgan saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar ishtirok etishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
☄️📚✅ BuxDU qo'shma ta'lim dasturlari talabalari amaliyotda
✅ Buxoro davlat universiteti va Fransiyaning Vatel mehmonxona va turizm oliy maktabi bilan hamkorlikdagi Menejment (Xalqaro mehmonxona menejmenti) qo'shma bakalavriat dasturi talabalari o'quv rejada belgilangan malakaviy amaliyotlarni Buxoro shahrida joylashgan " Wyndham", "Mercure", "Rangrez" , "Grand Nodirbek" va "Garden Plaza" kabi nufuzli mehmonxonalarda o'tashmoqda.
🔵Amaliyotni talabalar mehmonxonalarning Reception, Housekeeping, Marketing, Reservation, Sales Department, Kitchen kabi bo'limlarida sohaning malakali xodimlari nazorati ostida olib borishmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ 1-dekabr - Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni
➡️ Bugun, 2-dekabr kuni BuxDU kichik majlislar zalida 1-dekabr "Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan Buxoro viloyat OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda "Sog'lom hayot sari birgalikda" shiori ostida OIV infeksiyasini oldini olish va uni erta aniqlash maqsadida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
🔵 Tadbir avvalida, talaba-yoshlar mavzu doirasidagi ijodiy ko‘rgazmali jamoaviy afisha chizishdi. 1-dekabr "Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan ramziy lentalar taqildi. Shuningdek tadbir davomida Viloyat OITSga qarshi kurash markazi xodimlari D.Sattorova, B.Shokirov so'zga chiqib, ushbu kasallik haqida batafsil ma'lumot berishdi. Mavzu doirasida ijtimoiy videorolik namoyish etildi. Tadbir so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
📺📺
🔩 YOSHLAR SIYOSATI AMALDA KO'RSATUVI (navbatdagi soni).
✅ Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti Baxtiyor G'aniyev
◀️Buxoro TV
Bizni kuzatishda davom eting:
Maxmudov Maqsud Kamolovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
✅ Maxmudov Maqsud Kamolovich Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSe.03/30.12.2019.Ped.34.01 raqamli ilmiy kengash yig`ilishida 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta'limotlar tarixi ixtisosligi bo'yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Innovatsion yondashuvlar asosida talabalarni intelektual-jismoniy rivojlantirish tizimi” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
👏 Dissertant hamda ilmiy rahbarni muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz! Ilm markazi bo'lgan Buxoroyi sharifda mana shunday yangi olimlar safi ko'paysin.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 🟦🟦
🗣“Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi sanasi e’lon qilindi!
🏛 Avval xabar berganimizdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilingan edi. Joriy yilning 11-21-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida tanlovning hududiy bosqichi o‘tkazildi va final bosqichi ishtirokchilari saralandi. Tanlovning Respublika final bosqichi joriy yilning 12-dekabr kuni soat 9:30da Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida o‘tkazilishi belgilandi.
👉 Final uchun mavzular ro‘yxati
Final bosqichi ishtirokchilari bilan tanishing:
Bizni kuzating:
#xushxabar
⚡️Buxoro davlat universiteti magistranti xalqaro olimpiadada bronza medalini qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor, 25-30-noyabr kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahridagi Maxtumquli nomidagi Turkman davlat universitetida talabalar o‘rtasida kimyo fani bo’yicha III xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon Turkmaniston, shuningdek, Rossiya, Xitoy, Eron, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Armaniston, Ozarbayjon kabi xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan 200 nafardan ziyod talabalar qatnashdi.
Olimpiada yakkalik va jamoaviy musobaqalarni o'z ichiga oldi. Ishtirokchilar noorganik va fizik kimyo, organik va analitik kimyo bo‘yicha murakkab nazariy va amaliy masalalarni yechish bo‘yicha bellashdilar. Yakkalik bahslari “A” va “B” toifalarida o‘tkazildi.
Quvonarlisi, xalqaro olimpiadaning “A” toifadagi yakkalik keskin va murosasiz bellashuvlarida Buxoro davlat universiteti kimyo (fan yo'nalishi bo'yicha) mutaxassisligi magistranti Raxmatov Ziyodulla Shavkarovich bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, olimpiada bilan bir vaqtda Maxtumquli nomidagi Turkman davlat universitetida o‘tkazilgan “Kimyo fanini o‘qitishni takomillashtirish va zamonaviy kimyoviy texnologiyalarni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok etgani uchun Kimyo va neft-gaz texnologiyalari kafedrasi professori Erkin Dilmurodovich Niyozov sertifikat bilan taqdilandi.
Mastrantimizni ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
#QVZ_Rektor_kubogi
⚡️"QVZ" 2-yarim finalida "Xorijiy tillar" fakultetining "Exclusive" jamoasi g‘olib!
✅Bugun, fakultetlararo "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik-tanlovi "Rektor kubogi" bahslarida saralangan navbatdagi 4 ta jamoa yarim final bosqichida o'zaro bellashishdi.
Murosasiz kechgan ko'rik-tanlov natijalariga ko'ra:
✅1-o'rin Xorijiy tillar fakultetining "Exclusive" jamoasi;
✅2-o'rin Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiyalar fakultetining "Biostar" jamoasi;
✅3-o‘rin Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakultetining "Extra" jamoasi.
🏆G'olib bo'lgan barcha jamoalarni tabriklaymiz!
🎉 Barcha 2-yarim final ishtirokchilariga samimiy kulgu va yuqori kayfiyat ulashganliklari uchun minnatdorlik bildiramiz!
@buxdu_uz
muhammadamin-91893/bg1GFFU7J2i" rel="nofollow">https://teletype.in/@muhammadamin-91893/bg1GFFU7J2i
Читать полностью…