☄️📚✅9 ноября в Ташкенте на международной конференции "Национальная литература — лицо нации", организованной Международной Академией литературы, искусства культуры и социальных наук, состоялось вручение дипломов, удостоверений и медалей писателям, творческим деятелям и переводчикам нашей Республики.
Доцент кафедры русского языка и литературы Муртазаева Феруза Рашитовна принимала участие в данной конференции и была принята в члены Всемирного союза писателей и деятелей народного творчества.
Научные исследования Ф.Р. Муртазаевой способствуют укреплению культурного обмена между народами, подчеркивая значимость женского голоса в мировой, русской и узбекской литературе и реализации задач, выдвинутых Президентом Республики Узбекистан Ш. Мирзиёевым в Постановлении от 5 апреля 2018 года ПП-3652.
Кроме того, она была удостоена диплома и медали Международной Академии наук. Это высокое признание является свидетельством ее вклада в развитие современной узбекской женской прозы и ее перевода на русский язык.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Rektor_tabrigi #Kasaba_uyushmalari_kuni
Buxoro davlat universiteti rektorining "11-noyabr–O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan bayram tabrigi
buxdumatbuotxizmati/Qvg5Pa6uM7D">Batafsil saytda
✅ BuxDU Axborot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 11-noyabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetimiz nufuzli xalqaro tashkilotga a’zo bo‘ldi
6-8-noyabr kunlari BuxDU rektori O.Xamidov Ruminiyaning Buxarest shahrida “IREG Observatory on Academic Ranking and Excellence – IREG Akademik reytinglar va mukammallik observatoriyasi” tomonidan tashkil etilgan “Sun’iy intellektning oliy ta’lim hamda reytinglarga ta’siri” mavzusidagi yillik yig‘ilishida ishtirok etishi qatorida bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari va xalqaro reyting agentliklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Shu jumladan, Ruminiya ta’lim vaziri Ligia Deca, IREG Observatory prezidenti Waldemar Sivinski, Abu Dabi universiteti rektori Ghassan Aouad, Elsevier tashkiloti vitse-prezidenti Aleks Fatxullin, Webometrics reyting agentligi direktori Isidro Aguillo, GreenMetrics reytingi rahbari Riri Fitri Sari va boshqalar bilan oliy ta’lim sohasidagi yangiliklar bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Jo‘rayev ham bir qator muzokaralar jarayonlarida qatnashmoqda.
Yig‘ilish doirasida Buxoro davlat universiteti IREG Akademik reytinglar va mukammallik observatoriyasi a’zoligiga qabul qilindi. Ushbu a’zolik oliy ta’lim va xalqaro reytinglar tizimidagi o‘zgarishlar hamda mavjud tendensiyalardan doimiy va o‘z vaqtida xabardor bo‘lish, ushbu sohadagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatini beradi.
Bizni kuzatishda davom eting:
dilnozarasulovna/ezdIPzQ449C" rel="nofollow">https://teletype.in/@dilnozarasulovna/ezdIPzQ449C
Читать полностью…🟥KRIPTOLOGIYA bo'yicha respublika fan olimpiadasining OTM bosqichi natijalari bilan tanishing
Olimpiada jarayonlarida Fizika-matematika va axborot texnologiyalar fakulteti talabalari ishtirok etdi.
🟥Olimpiada natijalariga ko'ra olimpiada komissiya a'zolarining xulosasiga ko'ra eng yuqori ball to'plagan.
🏆 3 nafar quyidagi talabalar olimpiadaning respublika bosqichiga tavsiya etildi.
1. Davletov Jasurbek Kurbanbay o‘g‘li - Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti talabasi.
2. To‘xtayev Azizbek A’zam o‘g‘li - Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti talabasi.
3. Sharifjonova Zebo Ibrohim qizi -Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti talabasi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#yashil_kelajak #marafon
9-noyabr kuni Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari ishtirokidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoniga start berildi.
Katta tantana, ko‘tarinki shukuhda o‘tkazilgan marafon ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev, hududiy boshqarmalar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, 1500 nafarga yaqin ko‘ngilli talabalar bevosita ishtirok etgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida respublikamizning 14 hududidagi studiyalardan turib barcha kasbiy va oliy ta’lim muassasalari jamoalari onlayn qatnashdi.
“Ta’kidlash joizki, bugun ta’lim muassasalarida daraxt ekish marafoniga start berish tadbirining aynan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilayotganida ham chuqur ramziy ma’no bor. Chunki, Orol va Orolbo‘yi hududlarida ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, “Yashil makon”, “Yashil belbog‘” loyihalarini amalga oshirishga shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada belgilangan vazifalar ijrosi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida har yili katta tashkilotchilik bilan to‘la-to‘kis bajarilib kelinmoqda.
Jumladan, 2024-yil kuz mavsumida oliy va kasbiy ta’lim muassasalari tomonidan jami 407 ming tup manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlarini ekish reja qilingan", – dedi vazir Q.Sharipov o‘z nutqida.
Bizni kuzating
#yashil_makon 🌳🌲☘️
⚡️ "Yashil makon umummilliy loyihasi" doirasida ko‘chat ek-bog‘ yarat shiori ostida, mamlakatimizning 14 ta hududidagi ko'plab tashkilotlar qatorida Buxoro davlat universiteti boshchiligida ham ko‘chat o‘tqazish tadbiri tashkil etildi.
Ayni kunlarda “Yashil makon” loyihasi doirasida bo'lib o'tayotgan manzarali va buta ko'chatlarini ekish jarayonlari butun respublika bo‘ylab qizg‘in kechmoqda. Bugun universitetimiz 3-binosi oldida manzarali va buta ko‘chatlar ekildi.
Zero, ko‘chat ekib, nihol o‘tqazib, bog‘ yaratish, yurtni ko‘kalamzor, so‘lim maskanga aylantirishdek xayrli maqsad odamlar o‘rtasidagi mehr-oqibat tuyg‘ularini uyg‘otib, yurt oldidagi burchni sidqidil ado etishga chorlaydi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bugun, Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, hududiy boshqarmalari rahbarlari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari va direktorlari qatorida Buxoro davlat universiteti O'quv ishlari bo'yicha prorektori R.G'.Jumayev ham ishtirok etdi. Hay’at yig‘ilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Ayni damda, BuxDU kichik majlislar zalida akademik Sadikov Ilxom Ismailovich maʼruza oʼqimoqda. Ushbu gʼoyat dolzarb mavzudagi maʼruzada universitet rahbar-xodimlari, fizika-matematika fakulteti professor-oʻqituvchilari hamda talabalari ishtirok etishmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅"Tarixiy qadamjolar va muzeylarga tashrif kuni"
Buxoro davlat universitetida tahsil oluvchi talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida haftaning juma kuni "Tarixiy qadamjolar va muzeylarga tashrif kuni" etib belgilangan. Shu munosabat bilan, 2024-yil 8-noyabr kuni Buxoro shahridagi muzeylarga talabalarning tashriflari amalga oshirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Xorijiy tillar fakulteti 1-bosqich talabalari bilan "Korrupsiyadan xoli jamiyat sari” mavzusida davra-suhbati o'tkazildi.
Davra-suhbati davomida korrupsiya so'zining kelib chiqishi, ma'nosi (lotincha - corrumpere so'zidan olingan bo'lib, buzilish, aynish, ichki tartib qoidalarga bo'ysinmaslik, ularni buzish, yemirish), hukumatimiz tomonidan 2020-yildan boshlab Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil topganligi, barcha davlat tashkilotlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limlari tashkil etilgani haqida aytib o'tildi.
Komplaes-nazorat - muvofiqlashtirish, qonunlarga, "Ichki tartib-qoidalari" va "Odob-axloq kodeksi" muvofiqlashtirish ma'nosini bildiradi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#Yoshlar_va_turizm
#Festival
Joriy yilning 6-7 noyabr kunlari Urganch davlat universitetida “Yoshlar va turizm” festivali bo’lib o’tdi. Ushbu festivalda Urganch davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti hamda Xitoy Xalq Respublikasining Gansu qishloq xoʻjaligi universiteti talabalari ishtirok etishdi.
Festival doirasida ishtirokchilar Urganch davlat universitetida yaratilgan sharoitlar, o'quv laboratoriya xonalari, innovatsion ko'rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, talabalar xalqlarning milliy anʼana va qadriyatlari, madaniyatlardagi mushtarak jihatlar to'g'risida oʻzaro muloqot qilib, xitoy tili, madaniyati, milliy urf-odatlari haqida taqdimotlar qilishdi.
Festival madaniy dam olish konsert dasturi hamda Xorazm viloyatining turistik maskanlariga sayohat bilan yakunlandi.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Talant shou— iste'dod kechasi!
⚡️Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan "Talantlar shou" mega tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi. Har bir chiqish – zavq, hayrat va qarsaklarga to'la bo'ldi. Yosh iste'dodlar o‘z san'atlarini namoyish etishdi. Tomoshabinlar esa o'z o'rnida ajoyib chiqishlarni olqishlar bilan qo'llab-quvvatlashdi!
🔹 Eng kutilmagan lahzalar – talabalarning ajoyib ijrolari va sahnadagi qiziqarli kutilmagan harakatlar.
🔹 Chuqur taassurot qoldirgan chiqishlar – qo'shiq, teatr ijrolari va ko'plab ajoyib iste'dodlar.
📌Ushbu kecha ishtirok etgan barchaga katta rahmat! Yangi iste'dodlar sahnada yuksalib, orzulari sari ilk qadamlarini qo'ydi. Kelasi sonda barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
#Yoshlar_va_turizm
#Festival
☄️📚✅ “Yoshlar va turizm” festivali ishtirokchilari UrDU huzuridagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyida bo'lishdi
Urganch davlat universitetida o’tkazilayotgan “Yoshlar va turizm” festivali doirasida Buxoro davlat universiteti talabalari bugun oliygoh huzuridagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi”ga tashrif buyurishdi.
Muzey xodimlari tomonidan mehmonlarga Vatanimiz tarixi, jadidlar va ularning g'oyaviy kurashlari, muzey ekspozitsiyasi haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi va muzeydagi eksponatlar bilan tanishtirishdi. Ishtirokchilar muzeydan o’rin olgan eksponatlar hamda jadidlar hayoti va tarixiga oid ma’lumotlarga katta qiziqish bildirishdi.
Shuningdek, talabalar mustabid sovet tuzumining qatag‘on siyosatiga doir o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
☄️📚✅HAFTALIK DAYJEST (04.11)-(09.11).2024
✅Qo'shma ta'lim dasturlarning talabalari Qozon federal universitetida o'quv jarayonini boshladilar.
✅ Fransiyaning Bordo Monteyn (Bordeaux Montaigne) universiteti vakili BuxDUga tashrif buyurdi.
✅Buxoro davlat universitetida SUD VA YOSHLAR uchrashuvi.
✅Buxoro davlat universiteti rektori Chet tili (ingliz, nemis va fransuz) fani bo'yicha malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi.
✅ "O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" shiori ostida "BuxDU chempionlari va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
✅BuxDUda AQShning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan to'liq moliyalashtiriladigan YPIP - Young Professional Internship Program - Yosh professionallar amaliyot dasturi taqdimoti o'tkazildi.
✅Texnikum (politexnikum) direktorlari bilash yig‘ilish o‘tkazildi.
✅Universitetda "Iqtisodiy sharh" jurnalining taqdimoti o'tkazildi.
✅11-noyabr kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Buxoro davlat universitetida madaniy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
✅Universitet rektorining xorij safari.
✅“Yoshlar va turizm” festivali ishtirokchilari UrDU huzuridagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyida bo'lishdi
✅Talant shou— iste'dod kechasi!
✅"Men tabiatni sevaman" mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
✅“Markaziy Osiyoda jadidchilik va Germaniya ta’siri” (Central Asian Jadidism and German Influences).
✅Buxoro davlat universitetiga Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori, akademik Sadikov Ilxom Ismailovich tashrif buyurdi.
✅ "Yashil makon umummilliy loyihasi"
✅BuxDU rahbariyati va ota-onalar forumi.
✅“Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovi natijalari.
✅KRIPTOLOGIYA bo'yicha respublika fan olimpiadasining OTM bosqichi natijalari.
✅Universitetimiz nufuzli xalqaro tashkilotga a’zo bo‘ldi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni
2020-yil 23-noyabr kuni imzolangan Qonunga ko‘ra, 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilangangan.
O‘z safida millionlab a’zolarni birlashtirib, ularning mehnatga oid huquq va manfaatlarini ta’minlashda yaqindan yordam berib kelayotgan kasaba uyushmalari xodimlari va a’zolarini bugungi sana bilan muborakbod etamiz!
Ma’lumot uchun, bu kabi bayramlar Avstriya, AQSH, Gresiya, Indoneziya, Kanada, Latviya, Singapur, Fransiya, Xitoy, Shveysariya kabi davlatlarda, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston singari MDH davlatlarida nishonlanib kelinadi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan "TALABA TRAVEL" loyihasi doirasida "YETTI PIRGA" sayohat tashkil etildi.
🛩 Ushbu sayohat talabalarga Buxoro viloyatining tarixiy va madaniy meroslarini yaqindan o‘rganish, sayohat qilish va yangi tajribalar orttirish imkonini yaratdi. Sayohat davomida talaba yoshlar, qadimiy yurtimizning o‘ziga xos me'morchiligi va madaniyatini kashf etdilar, tarixiy obidalar haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘ldilar.
🎗 "TALABA TRAVEL" loyihasi yoshlarga nafaqat sayohat qilish, balki ma'naviy rivojlanish va ijodiy o‘sish imkoniyatlarini ham taqdim etmoqda.
⚡️ Yangi loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirishda davom etamiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
⚡️⚡️SIRTQI TALIM SHAKLIDA TAHSIL OLAYOTGAN 1-KURS TALABALARI DIQQATIGA!
Aziz talabalar !
2024-yil 11,12-noyabr sanalaridan boshlab G'ijduvon tumani Soktare MFY da joylashgan BuxDU o'quv binosi tomon avtobus va yengil avtomobillar qatnovi yo'lga qo'yilmoqda.
Damas avtomobillari ertalab soat 7:00 dan 8:00 gacha Buxoro shahridan yo'lga chiqadi.
Haydovchilar:
🚐 Zaripov Ibrohim. Tel: 94 278 99 90, (532 damas);
🚐 Bobomurodov Ilyos Tel: 90 298 6868, (728 damas )
🚐 G'iyosov Ilyos Tel: 94 449 0985, (476 damas )
✅Shuningdek, Soktare MFY universitet binosigacha 2 ta yo'nalishli avtobuslar qatnovi ham ertalab soat 7:00 dan yo'lga qo'yildi.
🚍 Zikriyayev Zarif. Tel: 91 4012103, (80 O765 PA) 🚍 Odilov Shokir. Tel: 99 591 43 32 ( 80 R 065 SA Isuzu); Yo'l kira 10 000 so'm
✅Soat 11:00 dan 11:20 ga qadar avtomashinalar Buxoro (Karvon bozor)igacha qatnovi ham bor.
Bizni kuzatishda davom eting:
#xalqaro_olimpiada
📣DIQQAT OLIMPIADANING SARALASH BOSQICHI NATIJALARI BILAN TANISHING!
Tojikiston davlat universiteti tomonidan 2024-yil 28-30-noyabr kuni o'takaziladigan xalqaro biologiya fan olimpiadasi hamda Turkmaniston davlat tibbiyot universiteti tomonidan 2024-yil 20-noyabr kuni o'tkaziladigan Xalqaro biologiya fan olimpiadasida ishtirok etadigan universitet jamoasini shakllantirish maqsadida o'tkazilgan
Bizni kuzatishda davom eting:
📣Diqqat tanlov natijalari bilan tanishing!
🟥 Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligiga bag‘ishlangan Respublika darajasidagi “Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovida 21 nafar talabalarning maqolalari qabul qilingan
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
⚡️✅BuxDU rahbariyati va ota-onalar forumi
Bugun, 9-noyabr kuni BuxDU rahbariyati Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda fakultet rahbar-xodimlari, tyutorlar, professor-o'qituvchilar, talabalarning ota-onalari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda universitetda talabalar tahsil olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma'lumotlar berildi. Suhbat davomida talabalarning ota-onalari tomonidan universitet hamda fakultet rahbariyatiga savol va takliflar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi davomida “Yashil makon” loyihasi doirasida respublika marafoniga start berildi.
Marafon 20-noyabrgacha davom etib, mamlakat bo‘ylab 20 milliondan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekish maqsad qilindi.
🔷 "Yashil makon" marafonida Buxoro davlat universiteti O'quv ishlari bo'yicha prorektori R.G'.Jumayev, BuxDU Ekologiya va Geografiya kafedrasi mudiri Yo.D Xolov va universitet talabalari faol ishtirok etishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Prezidentimiz tomonidan 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" deb nomlangan va yil boshidan buyon shu mavzuda tashkil etilgan tadbirlarning hali beri yakuni bo'lmaydi.
✔️ Kuni kecha shunday tadbirlarda yana biri BuxDU Marketing va karyera bo'limi va "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi Buxoro viloyat filiali hamkorligida universitetining "Fizika-matematika va axborot texnologiyalari" fakultetining tadbirkorlikka qiziquvchi talaba yoshlari uchun "Tadbirkor va talabalar uchrashuvi" bo'lib o'tdi.
📢 Uchrashuvda "Arxgen proekt stroy" MCHJ rahbari, yosh lider tadbirkor Firdavs Xolov taklif etildi.Tadbirkor o'z ish faoliyatini yoshlarga yaqindan tanishtirib, tadbirkorlikda erishgan yutuqlari va tadbirkorlikning sir-asrorlari haqida batafsil so'zlab berdi.
Uchrashuv so'ngida yoshlar tadbirkorlikka oid o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Bugun, 9-noyabr kuni Buxoro davlat universitetiga Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori, akademik Sadikov Ilxom Ismailovich tashrif buyurdi.
Dastavval, I.I. Sadikov universitetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅“Markaziy Osiyoda jadidchilik va Germaniya ta’siri” (Central Asian Jadidism and German Influences)
Avval xabar berganimizdek, BuxDU “Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik” kafedrasi dotsenti, f.f.d. (DSc) Axmedova Mehrinigor Bahodirovna Germaniyada xorijiy safarda bo’lib turibdi. U “Markaziy Osiyoda jadidchilik va Germaniya ta’siri” (Central Asian Jadidism and German Influences) mavzusida ma’ruzalar seriyasini o’tdi. Dastlabki ma’ruza “Jadidchilik harakati: Markaziy Osiyoda islohot va ma’rifatparvarlik g’oyalari” mavzusida bo’lib, unda mashhur g’arb olimlari Adeeb Halid, E.Lazzerini, Marianne Kamp, E. Allworthlarning jadidchilik haqidagi fikrlari tahlil qilindi.
Ma’ruzada BuxDU Pedagogika kafedrasi professori, p.f.d. (DSc) Dilova Nargiza Gaybullayevna ham onlayn tarzda ishtirok etib, Buxoroda jadidchilik harakati tarixi, ushbu harakatning g’oyalari, Eron, Hindiston, Misr va boshqa davlatlarda bo’lgan shunga o’xshash harakatlardan farqli jihatlari haqida Georg August Göttingen universiteti talabalariga so’zlab berdi. Onlayn va offlayn shaklda tashkil qilingan seminarda 40 ga yaqin turli soha vakillari qatnashdilаr.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅"Men tabiatni sevaman" mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Buxoro viloyati prokuraturasi va Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi bilan hamkorlikda 7-noyabr kuni Peshku tumani Qoraqalpoq MFY da "Men tabiatni sevaman" mavzusida aholi bilan ushrashuv boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuvda Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakultetida faoliyat olib borayotgan professor oʻqituvchilar o'z ilmiy ishlari bilan qatnashishdi. Uchrashuv davomida Ekologiya va geografiya kafedrasi mudiri, dotsent Yo.D Xolov soʻzga chiqib bugungi iqlim oʻzgarishi sharoitida ekologik taʼlim va tarbiya, ekologik madaniyatning naqadar zarurligi, shu bilan bir qatorda atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish ayniqsa hudud uchun xos boʻlgan saksovul oʻsimligi va uning qimmatli xususiyatlari haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi.
Uchrashuv qizgʻin muhokamalar va savol javoblarga boy boʻldi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅11-noyabr kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Buxoro davlat universitetida “Inson qadri uchun, el yurt baxti uchun” shiori ostida madaniy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyati o’rganildi
Joriy yilning 7-noyabr kuni Buxoro davlat universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi 316-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.
O'rganishlar davomida universitet Xotin-qizlar bilan ishlash tizimini toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi, ayol pedagog va xodimlarning ijtimoiy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasining mavjudligi, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi va dekan maslahatchilarining ish rejasi ijrosi holati hamda xotin-qizlarning ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi imkoniyatlari, ularning faoliyati hamda erishayotgan yutuqlarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlari tahlil qilindi.
Shuningdek, “Qizlarjon”, “Lider qizlar” klublari faoliyati, talaba-qizlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishda olib borilayotgan tizimli ishlar, turli xildagi to'garaklar faoliyati ko'zdan kechirilib, talaba-qizlar bilan suhbat olib borildi.
O‘rganishlar yakunida Xotin-qizlar maslahat kengashi faollari bilan uchrashuv oʻtkazilib, oʻrganilgan jarayonlar tahlil qilindi hamda zarur chora-tadbirlar belgilab berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ Universitet rektorining xorij safari to‘g‘risida
BuxDU rektori O.Xamidov Ruminiyaning Buxarest shahrida o‘tkaziladigan “IREG Observatory on Academic Ranking and Excellence – IREG Akademik reytinglar va mukammallik observatoriyasi” tomonidan tashkil etilgan “Sun’iy intellektning oliy ta’lim hamda reytinglarga ta’siri” mavzusidagi yillik yig‘ilishida ishtirok etish, yig‘ilish doirasida xalqaro akkreditatsiya va reyting tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashish, shuningdek Germaniyaning Gyottingen universiteti va Potsdam amaliy fanlar universiteti rahbariyati hamda ACQUIN xalqaro akkreditatsiya agentligi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish masadida 7-13 noyabr kunlari Ruminiya va Germaniya davlatlarida xizmat safarida bo‘ladi.
https://buxdu.uz/yangiliklar/6399/6399-universitet-rektorining-xorij-safari-togrisida/
Bizni kuzatishda davom eting: