🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universitetida Buxoro viloyati shahar va tuman hokimliklari boshqaruv apparati xodimlari uchun “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlarida korrupsiyaga qarshi kurashish immunitetini shakllantirish” mavzusida 16 soatlik (2-6-dekabr kunlari davomida) o‘quv-amaliy kurslari o’tkazilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
✅ Universitetda magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyalari davom etmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ TARG'IBOT POYEZDI BuxDUda
✅ Bugun Buxoro davlat universitetida Buxoro viloyat Adliya boshqarmasi va Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi start oldi.
Ushbu targ‘ibot harakati, mamlakatimizdagi Konstitutsiya asosida erishgan yutuqlarini, shuningdek, jamiyatimizda konstitutsiyaviy islohotlar, yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar va ijtimoiy, madaniy va siyosiy huquqlarni yanada kengroq tushunish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yusaltirish va amalda qo‘llashni targ‘ib qilish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 2-dekabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Ayni damda universitet rektorining 2024 yil 21-noyabrdagi 2576-T sonli buyrug'iga asosan 2-smenada tasdiqlangan jadval asosida magistrlarning magistrlik dissertatsiyalarini dastlabki himoyalari bo'lib o'tmoqda.
➡️ Bugun 1-smenada Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakultetining 70540201- Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha), 70610101-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha), 70610204-Axborot tizimlari (tarmoqlar bo‘yicha), 70610201 - Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) mutaxassisligi magistrantlari, 2-smenada Iqtisodiyot va turizm fakultetining 70310102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha), 70310501-Raqamli iqtisodiyot 71010401-Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha), 70411201-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha), 70310109-Bioiqtisodiyot mutaxassisligi magistrantlari MD dastlabki himoyasini topshirishadi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🔷✅ Buxoro davlat universiteti Axborot-resurs markazi sizlarga quyidagi xizmatlarni taklif qiladi❕
⛈Yo'nalishlar bo'yicha turli o‘quv adabiyotlaridan foydalanish (elektron variantda)
⚡️ Badiiy adabiyotlar (roman, asar, hikoya va h.k)
⚡️ Siyosiy adabiyotlar shular jumlasidan (elektron variantda)
⚡️ Ilmiy tadqiqot olib boruvchilar uchun ilmiy manbalar taqdim qilish (dissertatsiyalar, maqolalar, monografiyalar - barchasi elektron variantida)
⚡️ Davriy nashrlar bilan tanishtirish (Gazeta va jurnallar)
⛈ Kitobxonlik tanlovlarida ishtirok etish.
🟢 Mazkur xizmatlarlarimizdan foydalanish uchun kanalga obuna bo'ling.
✈️ Bizning kanal: @buxdu_arm
Bizni kuzatishda davom eting:
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
⚡️"Tarixiy qadamjolar va muzeylarga tashrif kuni"
🌀Buxoro davlat universitetida tahsil oluvchi talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida haftaning juma kuni "Tarixiy qadamjolar va muzeylarga tashrif kuni" etib belgilangan. Shu munosabat bilan bugun 29-noyabr kuni Buxoro shahridagi muzeylarga talabalarning tashriflari amalga oshirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#xalqaro_ziyorat_turizmi_haftaligi
⚡️ Xalqaro ziyorat haftaligi doirasida Indoneziyaning Gunadarma universiteti delegatsiyasi universitetga tashrif buyurdi.
💠 Mamlakatimizdagi mavjud ziyorat turizm salohiyatidan yanada unumli foydalanish, O‘zbekiston zaminini dunyo sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida namoyon qilish, jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlarning yuqori e’tiroflariga sazovor bo‘lish, shuningdek, ziyorat turizmi xizmatlarini diversifikatsiya qilish maqsadida bugun Buxoro “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi”ga mezbonlik qilib turibdi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023 yildagi 135-sonli qarori ijrosi doirasida bugun, 29-noyabr kuni Buxoro davlat universitetiga Indoneziyaning Gunadarma universitetidan 35 kishilik delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari tashrif avvalida universitetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, talabalarning amaliy ishlaridan namunalarni ko’zdan kechirishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
⚡️ Indoneziyaning Gunadarma universiteti delegatsiyasi universitetga tashrif buyurdi.
💠 Bugun, 29-noyabr kuni Buxoro davlat universitetiga Indoneziyaning Gunadarma universitetidan 35 kishilik delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari tashrif avvalida universitetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, talabalarning amaliy ishlaridan namunalarni ko’zdan kechirishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#rasman
Pardayeva Marhabo Davlatovna - xalq deputatlari viloyat Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisligiga tasdiqlandi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
🟦🟦
▶️ Maxsus reportaj | Buxoroda «Tabarruk ziyorat» xalqaro turizm haftaligi davom etmoqda
#29nov #uzbekiston24
Kuni kecha Shirin qishlogʻiga rasman etnoturizm qishlogʻi maqomini berishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#rasman
Yavmutov Dilshod Shoyimardonovich - xalq deputatlari viloyat Kengashining Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisligiga tasdiqlandi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#Respublika_darjasidagi_olimpiada
📣DIQQAT fan OLIMPIADASI!!!
Konstitutsiyamizning 32 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha Respublika darajasidagi fan olimpiadasi e'lon qilingan
❗️Shu munosabat bilan 2024-yilning 30-noyabr kuni olimpiadaning OTM bosqichi o'tkazilishini ma'lum qilamiz
📅
Sana: [30.11.2024]
🕒 Vaqt: [10:00 ]
📍 Manzil: [ Buxoro davlat universiteti Test markazi ]
Bizni kuzatishda davom eting:
📺📺
🔩 YOSHLAR SIYOSATI AMALDA KO'RSATUVI (navbatdagi soni).
✅ Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti Baxtiyor G'aniyev
◀️Buxoro TV
Bizni kuzatishda davom eting:
Maxmudov Maqsud Kamolovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
✅ Maxmudov Maqsud Kamolovich Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSe.03/30.12.2019.Ped.34.01 raqamli ilmiy kengash yig`ilishida 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta'limotlar tarixi ixtisosligi bo'yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Innovatsion yondashuvlar asosida talabalarni intelektual-jismoniy rivojlantirish tizimi” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
👏 Dissertant hamda ilmiy rahbarni muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz! Ilm markazi bo'lgan Buxoroyi sharifda mana shunday yangi olimlar safi ko'paysin.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 🟦🟦
🗣“Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi sanasi e’lon qilindi!
🏛 Avval xabar berganimizdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilingan edi. Joriy yilning 11-21-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida tanlovning hududiy bosqichi o‘tkazildi va final bosqichi ishtirokchilari saralandi. Tanlovning Respublika final bosqichi joriy yilning 12-dekabr kuni soat 9:30da Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida o‘tkazilishi belgilandi.
👉 Final uchun mavzular ro‘yxati
Final bosqichi ishtirokchilari bilan tanishing:
Bizni kuzating:
#xushxabar
⚡️Buxoro davlat universiteti magistranti xalqaro olimpiadada bronza medalini qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor, 25-30-noyabr kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahridagi Maxtumquli nomidagi Turkman davlat universitetida talabalar o‘rtasida kimyo fani bo’yicha III xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon Turkmaniston, shuningdek, Rossiya, Xitoy, Eron, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Armaniston, Ozarbayjon kabi xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan 200 nafardan ziyod talabalar qatnashdi.
Olimpiada yakkalik va jamoaviy musobaqalarni o'z ichiga oldi. Ishtirokchilar noorganik va fizik kimyo, organik va analitik kimyo bo‘yicha murakkab nazariy va amaliy masalalarni yechish bo‘yicha bellashdilar. Yakkalik bahslari “A” va “B” toifalarida o‘tkazildi.
Quvonarlisi, xalqaro olimpiadaning “A” toifadagi yakkalik keskin va murosasiz bellashuvlarida Buxoro davlat universiteti kimyo (fan yo'nalishi bo'yicha) mutaxassisligi magistranti Raxmatov Ziyodulla Shavkarovich bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, olimpiada bilan bir vaqtda Maxtumquli nomidagi Turkman davlat universitetida o‘tkazilgan “Kimyo fanini o‘qitishni takomillashtirish va zamonaviy kimyoviy texnologiyalarni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok etgani uchun Kimyo va neft-gaz texnologiyalari kafedrasi professori Erkin Dilmurodovich Niyozov sertifikat bilan taqdilandi.
Mastrantimizni ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
#QVZ_Rektor_kubogi
⚡️"QVZ" 2-yarim finalida "Xorijiy tillar" fakultetining "Exclusive" jamoasi g‘olib!
✅Bugun, fakultetlararo "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik-tanlovi "Rektor kubogi" bahslarida saralangan navbatdagi 4 ta jamoa yarim final bosqichida o'zaro bellashishdi.
Murosasiz kechgan ko'rik-tanlov natijalariga ko'ra:
✅1-o'rin Xorijiy tillar fakultetining "Exclusive" jamoasi;
✅2-o'rin Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiyalar fakultetining "Biostar" jamoasi;
✅3-o‘rin Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakultetining "Extra" jamoasi.
🏆G'olib bo'lgan barcha jamoalarni tabriklaymiz!
🎉 Barcha 2-yarim final ishtirokchilariga samimiy kulgu va yuqori kayfiyat ulashganliklari uchun minnatdorlik bildiramiz!
@buxdu_uz
muhammadamin-91893/bg1GFFU7J2i" rel="nofollow">https://teletype.in/@muhammadamin-91893/bg1GFFU7J2i
Читать полностью…#QVZ_Rektor_kubogi
💥“QVZ” yarim finalda Filologiya fakultetining "Magnit" hamda Iqtisodiyot va turizm fakultetining "Optimist" jamoalari g'olib!
✅Bugun, fakultetlararo "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik-tanlovi "Rektor kubogi" bahslarida saralangan 5 ta jamoa yarim final bosqichida o'zaro bellashishdi. Yakuniy natijalarga ko'ra:
✅1-o'rinni Filologiya fakultetining "Magnit" hamda Iqtisodiyot va turizm fakultetining "Optimist" jamoalari;
✅2-o'rinni Iqtidorli talabalardan tashkil topgan "Hemis" jamoasi;
✅3-o'rinni Jismoniy tarbiya va sport fakultetining "Milliard" jamoasi;
🎉 Barcha yarim final ishtirokchilariga samimiy kulgu va yuqori kayfiyat ulashganliklari uchun minnatdorlik bildiramiz!
@buxdu_uz
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
✅ BuxDUning katta majlislar zalida delegatsiya a’zolari hamda universitetimiz professor-oʻqituvchilari, talabalar-yoshlar ishtirokida ikki universitet hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
➡️ Ushbu uchrashuv ikki davlat, Oʼzbekiston hamda Indoneziya, davlat madhiyalarining ijrosi bilan boshlandi.
Avvalo, Gunadarma universitetining taraqqiyot bosqichlari hamda hozirgi koʼrinishi aks etgan videorolik namoyish etildi. Shuningdek, BuxDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Rasulov T.H. oʼzining kirish soʻzida Buxoro davlat universiteti haqida qisqacha maʼlumot berdi.
✍️ Uchrashuv davomida Gunadarma universitetining bir qator professorlari so’zga chiqib, o’zlarining ilmiy izlanishlari bilan tanishtirishdi.
Uchrashuv so’ngida ikkala tomon esdalik sovg'alari almashinildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
✅ BuxDUning katta majlislar zalida Delegatsiya a’zolari hamda universitetimiz professor-oʻqituvchilari, talabalar-yoshlar ishtirokida ikki universitet hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
➡️ Ushbu uchrashuv ikki davlat, Oʼzbekiston hamda Indoneziya, davlat madhiyalarining ijrosi bilan boshlandi.
Avvalo, Gunadarma universitetining taraqqiyot bosqichlari hamda hozirgi koʼrinishi aks etgan videorolik namoyish etildi. Shuningdek, BuxDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Rasulov T.H. oʼzining kirish soʻzida Buxoro davlat universiteti haqida qisqacha maʼlumot berdi.
✍️ Uchrashuv davomida Gunadarma universitetining bir qator professorlari so’zga chiqib, o’zlarining ilmiy izlanishlari bilan tanishtirishdi. Jumladan, dr. Zhafira Nur Alifianing “Moslashuvchan bosim sensori yordamida astma uchun nafas olish tezligini nazorat qilish uskunasini loyihalash” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.
Indoneziyaning Gunadarma universiteti faoliyatini aks ettiruvchi videoroliklar namoyish etildi, ular ichida, ayniqsa, meditsina fakultetini yorituvchi videorolik yig’ilganlarda ijobiy taassurot qoldirdi.
Uchrashuv so’ngida ikkala tomon esdalik sovg'alari almashinildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#rasman
Xuseynova Abira Amanovna - xalq deputatlari viloyat Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisligiga tasdiqlandi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
⚡️Teatr ixlosmandlari diqqatiga!
Bugun, 29-noyabr kuni soat 17.00da viloyat musiqali drama teatrida Uilyam Shekspir asari asosida sahnalashtirilgan “Richard III” tragediyasi namoyish etiladi.
Barchangizni mumtoz janrdagi tragik asar namoyishiga taklif etamiz.
Chiptalarni viloyat musiqali drama teatri kassasidan sotib olishingiz mumkin.
Murojaat uchun telefon:
📲+99893-652-64-44
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣8️⃣
☄️✅ ‘‘To‘maris izdoshlari’’ mavzusida amaliy tadbir o‘tkazildi.
➡️ Buxoro davlat universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda ‘‘To‘maris izdoshlari’’ mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Buxoro viloyati Chavandozlar maktabida amaliy tadbir o‘tkazildi.
✍️ Unda talaba-qizlar otda yugurish bo‘yicha mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tadbirdan maqsad, talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni Vatanga sodiqlik, mardlik, ajdodlarga munosib avlod bo‘lish ruhida tarbiyalashdan iborat.
Bizni kuzatishda davom eting:
#rasman
Xamidov Obidjon Xafizovich - xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisligiga tasdiqlandi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | buxorouz_official">YouTube
#Korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi
⚡️✅ BuxDU Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakultetida "Biz Yoshlar korrupsiyaga yo'q deymiz" mavzusida tadbir o'tkazildi.
🤔 Tadbirda Buxoro viloyat prokuraturasining ijtimoiy sohada qonunchilik ustidan nazorat bo'limi katta prokurori D.R.Narziyev, Buxoro shahar adliya bo'limi boshlig'i o'rinbosari D.A.Saidov, BuxDU Komplayens nazorat bo'limi boshliq'i Y.K.Quliyev, fakultet dekani A.A.Qodirovlarning fikr-mulohazalari tinglandi va fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan video rolik hamda chiqishlar namoyish etildi.
Bizni kuzatishda davom eting: