🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi
🎙 Azizbek Amonov,
BuxDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi
🎙Xamidov Obidjon Xafizovich,
BuxDU rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Bizni kuzatishda davom eting:
#Tabriklaymiz 👨🏫👩🏫
☄️📚✅ Ochilov Alisher To‘lis o‘g‘lining tarix fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi
🔵 Ochilov Alisher To‘lis o‘g‘li Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengash yig`ilishida 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi ixtisosligidan tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Quyi Zarafshon vohasida antropogen landshaftning rivojlanishi: tarixiy geografik tahlil (qadimgi davr va ilk o‘rta asrlar)” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
🎉 Dissertant Ochilov Alisher To‘lis o‘g‘li hamda ilmiy rahbarini muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 1-noyabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ FOTOREPORTAJ: “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi ostida “Yoshlar huquq sayli” tadbirlari
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ «Yoshlar huquqiy sayli» doirasida Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi hamda Buxoro davlat universiteti hamkorligida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
BuxDU kichik majlislar zalida o'tgan uchrashuvda Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Sherzod Bahronov, Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimi Xurshid Umarov, Buxoro viloyati bo'yicha Milliy gvardiya boshqarmasi xodimi, universitet professor-o'qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, adliya tizimidagi yangiliklar haqida atroflicha maʻlumot berildi. Talabalarga adliya boshqarmasi, davlat xizmatlari markazlari, FHDYo bo‘limlari xodimlari, notarius hamda advokatlar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish, mehnat huquqlari, oilaviy munosabatlar, sudga oid ishlar, meros va hadya masalalari kabi bir qator masalalar yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅“Prokuror va yoshlar” uchrashuvi so'ngida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi davomida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tayyorlangan kitoblar to`plami talabalarning foydalanishi uchun universitet rektori O.X.Xamidovga topshirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi davomida taqdirlash marosimi o'tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Qatag‘on qurboni bo‘lgan prokuratura xodimlarini nomini tiklash va xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha qabul qilingan maxsus farmoyish asosida "Tarixiy xotira beqiyos" nomli kitobni chop etilishida ishtirok etib, munosib hissasini qo‘shganligi uchun O‘zbekiston tarixchilar jamiyati Buxoro viloyati bo‘limi raisi, "Buxoro qatag‘on qurbonlari" muzeyi direktori Azalshoh Hamroyev hamda Buxoro davlat universiteti "Arxeologiya va Buxoro tarixi" kafedrasi dotsenti Ismat Naimov Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek, xodimlarning nutq madaniyatini oshirish hamda davlat tilida ish yuritishga oid amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Buxoro davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Rajabova Ma’rifat Baqoyevna va Buxoro davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Navroʼzova Muyassar Gʻaybullayevna Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektor R.G'. Jumayev boshchiligidagi ishchi guruh Fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakultetida bo'lib, dars mashg'ulotlarining borishi, o'qituvchilarning innovatsion metodlardan foydalanishi va talabalarning faol ishtirokini ta'minlash, auditoriyalarning zarur o'quv jihozlari bilan ta'minlanganlik darajasi bilan tanishib, talabalar bilan suhbat olib bordi.
➡️ Shuningdek, fan o'qituvchilarining mavjud o'quv-me'yoriy hujjatlari bilan tanishildi. Ta'lim muhitining holati bo'yicha olingan ma'lumotlar tahlil qilinib, kelgusida kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi ko'zda tutilgan.
✅ O‘rganishlar davom etadi!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi bo’lib oʻtdi.
Ushbu tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura kadrlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Oybek Sultonov, Buxoro viloyati prokurori Ulug`bek Hamdamov, viloyat prokuraturasi mutasaddi xodimlari, faxriy ustozlar, Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov, universitet professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv Davlat Madhiyasi bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅“Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi ostida “Yoshlar huquq sayli” tadbirlari doirasida "Yoshlar-huquqiy sayli" doirasida BuxDU bosh bino old qismi va foyesida mavzuga doir ko'rgazma tashkil etilgan bo'lib, quyidagilarni qamrab oladi:
Viloyat boshqarmalari, tashkilot va muassasalari, jumladan, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi, Buxoro viloyat prokuraturasi, Buxoro viloyat IIB, O'zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi Buxoro viloyat qo'riqlash boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, advokatura, Buxoro viloyat sudi, notarius, FHDYO, Buxoro shahar davlat xizmatlari markazi, Buxoro viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, Buxoro viloyat mudofaa ishlari bo'yicha boshqarmasi, Buxoro viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi va boshqalar.
Shuningdek, ko'rgazmada viloyat boshqarma, tashkilot va muassasalarining faoliyati bo‘yicha taqdimotlar, huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qiladigan “maslahat stollari” tashkil qilindi.
"Yoshlar-huquqiy sayli" doirasida bir qator mutasaddi hokimlik, boshqarma, tashkilot, muassasalar bilan hamkorlikda “Ishga marhamat” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ham tashkil etildi. Yarmarkada Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti, Buxoro neft-gaz sanoati kolleji, Buxoro shahar madaniyat bo'limi, Buxoro viloyat "Barkamol Avlod" bolalar maktabi, Buxoro "Muruvvat" ayollar internati, Buxoro tibbiyot texnikumi va boshqa muassasalar ishtirok etishdi.
Yarmarkada Buxoro davlat universiteti ham faol ishtirok etmoqda. Jumladan, har bir fakultet talabalarining amaliy ishlaridan va yutuqlaridan namunalar joy olgan stollar tashkil etilgan. San'atshunoslik fakulteti talaba-yoshlari tomonidan mumtoz navolar ijro etildi.
📢KELGUSIDA PROKURATURA ORGANLARIDA XIZMAT QILISH ISTAGINI BILDIRGAN 2-4-KURS HAMDA MAGISTRATURA BOSQICHI TALABALARINI "BOʻLAJAK PROKURORLAR KLUBI" GA A'ZOLIKKA QABUL QILISHNI BOSHLADI.
❇️ Klubga a'zo bo'lish istagidagi talabalar quyidagi hujjatlarni Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi xodimining @M_S_A_V571 telegram manziliga 8 noyabr kuni 17:00 ga qadar taqdim etishi lozim:
➖ rektor nomiga ariza;
➖ma'lumotnoma;
➖3/4 rasm.
📌Hujjatlar namunalari ilovada.
✅ Ushbu klubga a'zolik:
▪️Prokuratura organlari tizimida o'qishdan bo'sh vaqtlarda, yozgi ta’til vaqtida ish o'rganish;
▪️olgan nazariy bilimlarni huquqni qo'llash amaliyoti bilan bevosita uyg'unligini ta'minlash;
▪️klub doirasida tashkil etiladigan tanlovlar va musobaqalarda qatnashish;
▪️ kelgusida prokuratura organlari tizimida faoliyatni boshlash uchun afzallik beradi.
Eslatma: Yuqoridagi hujjatlarni elektron (PDF) shaklda to’liq va o'z vaqtida topshirgan talabalarning murojaatlari ko’rib chiqiladi.
🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDUda Yoshlar-huquqiy sayli boshlanish arafasida
Bugun, Buxoro davlat universitetida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi ostida “YOSHLAR HUQUQ SAYLI” tadbirlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Hozirda ushbu tadbirlarga tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
#BuxDU #Diqqat
BuxDUda Yoshlar-huquqiy sayli
Erta, 31-oktabr kuni Buxoro davlat universitetida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi ostida “YOSHLAR HUQUQ SAYLI” tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Sayl doirasida tadbirlar (31.10.2024-yil soat 09:00-13:00):
- Mehnat yarmarkasi;
- Viloyat boshqarmalari, tashkilot va muassasalari ko‘rgazmasi;
- "Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!" mavzusida davra suhbati;
- “Yoshlar huquq savodxoni” shiori ostida zakovat intellektual o'yini;
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Buxoro davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumini tantanali almashuv marosimi;
- “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi.
@buxdu_uz
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi
🎙Xakimov Ozodbek,
BuxDU Yurisprudensiya yo'nalishi talabasi
Bizni kuzatishda davom eting:
#Tabriklaymiz 👨🏫👩🏫
☄️📚✅ Rustamov Hakim Sharipovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi
🔵 Rustamov Hakim Sharipovich Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 raqamli Ilmiy kengash yig`ilishida 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini dasturiy ta’lim vositalari asosida takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
🎉 Dissertant Rustamov Hakim Sharipovich hamda ilmiy rahbar p.f.d, professor, Qahhorov Siddiq Qahhorovichni muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro shahrida Yunon-Run, ayollar va erkin kurash bo'yicha yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionati 30-oktabrdan 4-noyabrgacha o'tkazilmoqda.
31-oktabr kuni bo'lib o'tgan musobaqada yurtimizning 12 viloyatidan hamda Qoraqalpog'iston respublikasidan sportchilar ishtirok etishdi. Shuningdek, Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti dekani Abdullo Inoyatov musobaqa jarayonlarini kuzatdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
Бухоро вилояти прокурори У.Хамдамов томонидан жорий йилнинг июнь ойида Бухоро давлат университетида ёшлар билан бўлиб ўтган учрашувдан сўнг талабалар прокуратура фаолиятига кенг жалб этиб келинмоқда.
Ушбу давр мобайнида университет талабалари ва профессор-ўқитувчиларидан келиб тушган таклифлар асосида бевосита Бош прокурор ташаббуси билан Бош прокуратура ва Университет ўртасида “Ҳамкорлик меморандуми” ишлаб чиқилиб, бу борадаги фаолиятнинг ҳуқуқий асоси яратилди.
Бугун мазкур меморандум тақдимоти доирасида университетда талаба ёшлар билан яна бир бор учрашув ташкил этилди.
Тадбирда, Бош прокуратура бошқарма бошлиғи ўринбосари О.Султонов, вилоят прокурори У.Ҳамдамов, университет ректори О.Хафизовлар меморандум доирасида ҳамкорликда амалга оширилиши лозим бўлган ишларга тўхталиб ўтишди.
Хусусан, “Бўлажак прокурорлар клуби” фаолияти йўлга қўйилиб, талабалар учун семинар, конференция, давра суҳбатлари, турли хил танлов ва мусобақаларни мунтазам ўтказиб бориш, малакали юридик кадрларни тайёрлашда яқиндан кўмаклашишга келишиб олинди.
Тадбирда давомида “Ўзбекистон - ёшлар мамлакати” шиори остида ёшлар ҳуқуқий сайли кўргазмаси ҳамда таълимга жорий этилган “Регистратор офис” фаолияти тақдимоти бўлиб ўтди.
Университет ҳузуридаги “Қатағон қурбонлари” музейига бўлган саёҳат иштирокчиларда улкан таассурот қолдирди.
Учрашув якунида ҳамкорликка муносиб ҳисса қўшиб келаётган мураббийлар, фанларни аъло баҳоларда ўзлаштириб, маънавий ва ақлий баркамоллик ҳамда ҳуқуқий саводхонлигини оширишда тенгдошларига ўрнак бўлаётган талабаларга прокуратура органларининг “ташаккурнома” ва эсдалик совғалари топширилди.
🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!
Telegram | Instagram | user-vs9yb6uq6e">YouTube | Facebook | Veb-sayt
🟦🟦🟦
☄️📚✅ KILS-2024 DA BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGLARI
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti professor-o`qituvchilari joriy yilning 29-31 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon Federal Universiteti Filologiya va madaniyatlararo aloqalari institutida oʼtkazilinayotgan “V КАЗАНСКИЙ МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ САММИТ (КILS-2024)” Xalqaro lingvistik sammiti doirasida o`tkazilayotgan, Международная научная конференция «Вызовы и тренды современной лингвистики» («Challenges and Trends in World Linguistics»)” deb nomlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda spiker va maʼruzachi sifatida plenar majlislarida ishtirok etishmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ «Yoshlar huquqiy sayli» doirasida «Zakovat» intellektual oʻyini o'tkazildi.
Buxoro davlat universitetida “Mamlakat kelajagi—qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g'oyasi ostida «Yoshlar huquqiy» sayli doirasida Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba yoshlar hamda Buxoro viloyati yuridik texnikumida tahsil olayotgan talabalar o'rtasida huquqiy bilimlarni mustahkamlashga bag'ishlangan «Zakovat» intellektual oʻyini boʻlib o'tdi.
O'yinda turli jamoalar qatnashib, o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi va huquqiy savollar, qiziqarli topshiriqlarni bajardilar.
Natijalar quyidagicha qayd etildi.
🥇«Renessans» jamoasi
🥈 «Diplomat» jamoasi
🥉«Monsterra» jamoasi
➖ Tadbir barcha ishtirokchilar uchun nafaqat intellektual o‘sish, balki do‘stlik va jamoaviy birlikni kuchaytirishga hissa qo'shdi.
Intellektual o‘yin va sport musobaqasi yakunida g‘olib va sovrindorlar Buxoro viloyati Adliya boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Buxoro davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumining tantanali almashinuv marosimi
“Prokuror va yoshlar” uchrashuvi davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matulla Yo‘ldoshev tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Buxoro davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumining tantanali almashinuv marosimi bo’lib o’tdi.
“Sizlarni yoshlar nomidan ishontirib aytamizki, imzolangan memorandum yoshlarimizning yetuk kadr bo‘lib yetishishlari, mamlakat yuksalishida, adolatli jamiyat barpo etishda munosib hissa qo‘shadi”-deydi Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi davomida taqdirlash marosimi o'tkazildi.
BuxDU Tarix va yuridik fakulteti Yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha yuqori ball bilan o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich, o‘quv semestrlarni a’lo baholarda tamomlagan va faol bo‘lgan 2 va 3-bosqich talabalariga, universitet va prokuratura organlari o‘rtasidagi hamkorlikka munosib hissa qo‘shgan o‘qituvchilariga viloyat prokuraturasining "tashakkurnoma" va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Xususan, fanlarni a’lo baholarda o‘zlashtirib, ma’naviy va aqliy barkamollik hamda huquqiy savodxonligini oshirishda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotganligi, shuningdek, jamoat ishlaridagi tashabbuskorligi uchun Buxoro davlat universitetining 1-bosqich talabalari: Kattayeva Ferangiz Nabiyevna; Shoyimov Sardor Farhod o‘g‘li; Saparbayeva Zaytuna Kurbanbayevna; Nazarov Murodjon Tolibjon o‘g‘li; Jumambetov Muzaffar Aybergen o‘g‘li; Buxoro davlat universitetining 2-bosqich talabalari: Husenov Temuchin Navro‘zovich; Ibragimova Nigora Uyg‘un qizi; Tavakkalov Umrbek Iqboljon o‘g‘li; Qoʼziyev Elbek Shukrullo o‘g‘li; Balqiboyev Samandar Ne’mat o‘g‘li; Buxoro davlat universitetining 3-bosqich talabalari: Hayitov Og‘abek Egamberdi o‘g‘li; Joʼrayeva Sarvinoz Ziyodullo qizi; Mahmudova Hurmatxon Mutorovna; Xudoyberdiyeva Mohichehra Alisher qizi; Bahora Shuxratovalar Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi
Tadbirda so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi kadrlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Oybek Sultonov so'zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarning yuksak marralarni egallashlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, cheksiz imkoniyatlar mavjudligi haqida to‘xtaldi. Yoshlarni o‘qib bilim olishga, shijoat bilan olg‘a intilishga chorladi. Shuningdek, yoshlarni har tomonlama himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlari, yoshlarda mavjud muammolarni o'rganish hamda ularni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida tushunchalar va talabalarni yanada faol bo‘lishiga, mamlakat ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari uchun o‘z taklif va maslahatlarini berdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ “O‘zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi bo’lib oʻtdi.
Tadbirni universitet rektori O.X.Xamidov kirish so’zi bilan ochib berdi. U nutqi davomida soha xodimlarining universitetga tashrifidan mamnun ekanligini ta’kidladi. "Talabalarimiz uchun amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish maqsadida alohida sud zali, “Yuridik klinika”, “Yuridik maslahat xonalari”, dars va treninglar o‘tish uchun maxsus xonalar tashkil etildi. Albatta, Ulug’bek Aslonovich o‘tgan o‘quv yilida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan “Prokuror va yoshlar” uchrashuvda siz yoshlarga juda katta motivatsiya berdingiz”-dedi Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov.
Buxoro viloyati prokurori Ulug`bek Hamdamov soʻzga chiqib, bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, jumladan, “Jasorat” maktabi, “Tengdosh tengdoshga koʻmakchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar, yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Uch avlod uchrashuvi” haqida batafsil gapirib o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi ostida “Yoshlar huquq sayli” tadbirlari doirasida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura kadrlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Oybek Sultonov hamda Buxoro viloyati prokurori Ulug`bek Hamdamov boshchiligidagi delegatsiya universitetda tashkil etilgan ko'rgazma bilan yaqindan tanishdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi ostida “Yoshlar huquq sayli” tadbirlari doirasida Buxoro davlat universiteti huzuridagi Qatag‘on qurbonlari muzeyiga Bosh prokuratura boshqarmasi boshlig`i o'rinbosari Oybek Sultonov hamda Buxoro viloyati prokurori Ulug`bek Hamdamov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida muzey direktori A.Hamroyev mehmonlarni muzey bilan tanishtirar ekan, qatag‘onga uchragan 3000 ga yaqin buxoroliklarning ro‘yxati shakllantirilganligi va "Xotira kitobi" haqida batafsil ma'lumot berib o'tdi. Jumladan, Bosh prokuratura bilan hamkorlikda tayyorlangan "Tarixiy xotira beqiyos" nomli kitobida nomlari qayd etilgan Buxoro viloyati prokuraturasi tizimida xizmat qilgan va qatag'on qurboni bo'lgan vatanparvar, qat'iyatli prokuratura xodimlariga bag'ishlangan yangi ekspozitsiya namoyish qilindi. Tashrif buyuruvchilar muzeydagi osori-atiqalar bilan tanishdilar va Bosh prokuratura kadrlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Oybek Sultonov muzey “Tashrif kitob”iga o'z tilaklarini qayd etdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDUda Yoshlar-huquqiy sayli boshlandi.
Ayni damda Buxoro davlat universitetida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi ostida “YOSHLAR HUQUQ SAYLI” tadbirlari doirasida mehnat yarmarkasi, viloyat boshqarmalari, tashkilot va muassasalari ko‘rgazmalari bo`lib o`tmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Qorako‘l akademik litseyiga tashrif buyurdi.
Bugun, Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov BuxDU huzuridagi Qorako`l akademik litseyidagi o'zgarishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida litseyda bo`ldi. Tashrif davomida litseyning qayta ta’mirlangan holati va o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, yangi 260 o‘rinli zamonaviy faollar zali, kutubxona, biologiya, kimyo va fizika laboratoriyalariga o‘rnatilgan zamonaviy uskunalar va jihozlar, o‘quvchilarning yuqori darajada bilim olishlari uchun foydalanilayotgan 15 dona noutbuk ko'zdan kechirildi. 2023/2024 o‘quv yilida 168 nafar bitiruvchilarning 100% oliy ta’lim muassasalari talabalari bo‘lgani, akademik litseyda tahsil olgan vaqtda 10 nafar o‘quvchining Rektor stipendiyasi, 10 nafar o‘quvchining Akademik litsey iftixori stipendiyasi sohibi bo‘lgani yodga olindi. Shuningdek, ayni damda 5 nafar o‘quvchining Rektor stipendiyasi sohibi ekanligi e’tirof etilib, o‘quvchilarga yaxshi o‘qib, yutuqlarga erishishlari mumkinligi ta’kidlandi.
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun turli sport to‘garaklari bilan shug‘ullanishlari, ta’limdagi kabi sportda ham birinchi bo‘lishga intilishlari va yuqori natijalarga erishishlari uchun samimiy tilaklar bildirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟢 🟦 BUXDU 7:1 NAVOIY FA 🔵
⚽️ Behruz Zayniddinov, 7 (1:0), Shodmonbek Baxtiyorov, 22 (2:0), Behzod Kamolov, 47 (3:0), Maxmudbek Xodjiyev, 63 (4:0), Lazizbek Usmonov, 78 (5:0), Bexruz Turayev, 79 (6:0),Ozodbek Mardonov, 84 (6:1), Rasul Usmonov, 87 (7:1)
Bugun, 30-oktyabr kuni Buxoro davlat universitetining BuxDU professional futbol klubi O‘zbekiston chempionati 1-liga futbol musobaqalari 26-tur o‘yinlari doirasida Navoiy FA bilan o'yin o'tkazmoqda
Bizni kuzatishda davom eting: