Birinchi liga 2024 25-TUR
Jizzax FA: ✅ "BuxDU"
Bugun, 25-oktyabr kuni Buxoro davlat universitetining BuxDU professional futbol klubi O‘zbekiston chempionati 1-liga futbol musobaqalari 25-tur o‘yinlari doirasida Jizzax FA bilan o'yin o'tkazadi.
25.10.2024 ⏰ 14:00
Barchani jamoamizni qo‘llab quvvatlashga chaqirib qolamiz!
Manzil: Jizzax viloyati Jizzax FA sport maydoni.
Bizni kuzatishda davom eting:
📣O'zbekistonning oliy ta'lim muassasalarida quyidagi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o'qish istagini bildirgan xorijda istiqomad qiluvchi yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratilgan
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅Universitetda kun davlat madhiyasi bilan boshlandi
Bugun, 25-oktyabr Buxoro davlat universitetida ish va o‘qish jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
1️⃣1️⃣1️⃣
🚴♂️ Bugun "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi manzili Chor Bakr memoriy majmuasi bo'ldi.
Erta tongdan universitetimiz rektori O.X.Xamidov boshchiligida bir guruh professor o'qituvchilar, ishchi xodimlar Chor Bakr me'moriy majmuasi tomon yo'l olishdi. Ushbu marafonning yangi mavsumi start olganligidan barchaning ko'ngli quvonchga to'ldi. Zero, Inson sog'lig'ining asosiy ustuni bu sport!
Bizni kuzatishda davom eting:
4️⃣4️⃣4️⃣
📱“Huquq maktabi” mobil ilovasi yaratildi
⚡️Adliya vazirligi tomonidan tomonidan yaratilgan ushbu mobil ilova orqali yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan o‘quv materiallaridan foydalanish mumkin.
❓ Nega aynan Huquq maktabini tanlashingiz kerak?
✅ Murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan;
✅ Mobil ilovadan istalgan vaqtda va joyda foydalanish imkoniyati mavjud;
✅ Muvaffaqiyatli foydalanuvchilar Adliya vazirligi va TDYUU tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.
🔠 Huquqiy savodxonligini oshirmoqchi bo‘lgan barcha o‘quvchi va talabalarga tavsiya etiladi.
Yuklab olish:
App Store | Play Market
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ "O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" sport festivali
🎙Asadov Baxtiyor,
BuxDU Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabasi
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦
☄️📚✅ FOTOREPORTAJ: "O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" sport festivali
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦
☄️📚✅ Shuningdek, festival davomida Buxoro davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakultetida tahsil olayotgan, sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchi talabalar taqdirlandi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦
☄️📚✅"O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" sport festivali boshlandi.
Buxoro shahridagi Universal sport majmuasida viloyat, shahar hokimligi va huquq tartibot organlari vakillari, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi vakillari, oliy ta`lim muasssasalari rahbarlari, viloyat sport boshqarmasi tarkibiga kiruvchi federatsiyalar, sport maktablari va keng jamoatchilik vakillari, universitet professor-o'qituvchilari, talabalari ushbu sport festivaliga ishtirok etishmoqda.
Buxoro davlat universiteti huzuridagi Universal sport majmuasi 2024-yil 17-avgustda ochilgan bo'lib, bu yerda 2 ta yirik jahon chempionatlari o'tkazildi. Arenada asosan futzal oʻyinlari, shuningdek, 10 ga yaqin sport turidan (jumladan, shashka, shaxmat, voleybol, mini futbol, basketbol, tennis, stol tennisi, yengil atletika, boks, kurash) musobaqalar oʻtkaziladi.
Darhaqiqat, majmuada sport bilan muntazam shugʻullanish va xalqaro darajadagi musobaqalarni yuksak saviyada oʻtkazish uchun barcha qulaylik yaratilgan. Inshoot tarkibidan 4 ming tomoshabinga moʻljallangan manej, oʻquv-mashgʻulotlar zali, VIP xona, oʻyin zali, yuvinish, kiyinish, sport jihozlarini saqlash xonalari oʻrin olgan. Tashqari qismida esa yugurish yoʻlaklari, sunʼiy qoplamali futbol maydoni, avtoturargoh bor.
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦
☄️📚✅"O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" sport festivali boshlanish arafasida
Buxoro davlat universiteti huzuridagi Universal sport majmuasida "O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" sport festivali boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi. Majmua kirish joyida BuxDU sportchi talabalari, professor-o'qituvchilarining yutuqlari aks etgan ko'rgazma tashkil etilgan. Shuningdek, San'atshunoslik fakultetining talaba yoshlari tomonidan mumtoz kuylar ijro etilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU prorektori Azizbek Amonov talabalar turar joyidagi tungi vaziyatni o‘rganish vaqtida "Qalqon" jamoasi vakillari bilan muloqot qildi.
"Qalqon" jamoasi faoliyatidagi mavjud vaziyatlar, muammo va takliflar almashildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🧠🧠🧠🧠
☄️🇺🇿✅"Zakovat" intellektual o'yini talabalar o'rtasida ommaviy ma'rifiy harakatga aylanib bormoqda.
✅ Buxoro davlat universiteti Talabalar turar joyida Yoshlar ittifoqi vakillari tashabbusi bilan talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Rektor kubogi" "Zakovat" intellektual o‘yini davom etmoqda.
📖 Murosasiz bahslarga boy bo'lgan o'yinda, zakovatli hamda bilimdon talabalardan tashkil topgan 15 dan ortiq jamoa ishtirok etdi.
📌Natijalar esa quyidagicha qayd etildi:
🥇- o'rin BuxDU jamoasi
🥈- o'rin Uzbek power jamoasi
🥉- o'rin Arxeologlar jamoasi
Qiziqarli savol-javoblarga boy bo'lgan bilimlilar bellashuvida barcha jamoalar oʻz faolliklarini namoyon etishdi. Savollar A.Ne’matov tomonidan o’qib eshittirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU rektori Obidjon Xamidov oliy taʼlim muassasalarida yangi boshqaruv kodeksi asoslarini yaratish bo'yicha o'tkazilgan seminar treningda loyiha ishtirokchisi sifatida qatnashdi.
Bugun, Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy taʼlim tizimidagi tizimli va barqaror oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlash hamda “Oliy taʼlim muassasalarida yangi boshqaruv kodeksi asoslari”ni yaratish doirasida Ishchi guruh aʼzolari uchun Britaniya Kengashi va Buyuk Britaniyaning “Advance HE” tashkiloti ekspertlari ishtirokida seminar trening bo`lib o`tdi. Mazkur seminarda loyiha ishtirokchisi sifatida Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov ham qatnashdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
#diqqat #tanlov📚
📢Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi hamkorligida Respublika ilmiy tadqiqotlar tanlovini e’lon qiladi
✅ Nomoddiy madaniy merosimizni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur tanlovda olimlar, mustaqil tadqiqotchilar, soha mutaxassislari va talaba-yoshlar ilmiy tadqiqot ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
🟠Ilmiy maqolalar quyidagi 5 ta yo‘nalishda qabul qilinadi:
– o‘zlikni namoyon qilish (folklor)ning og‘zaki an’analari va shakllari;
– ijrochilik san’ati (maqomchilik, sozandachilik, raqs, taqlidchilik, so‘z ustasi, qo‘g‘irchoqbozlik, dorbozlik,..);
– jamiyat urf-odatlari, marosim va bayramlari (oilaviy, xalq, kasbiy va mavsumiy marosimlar);
– tabiat va koinot bilan bog‘liq bilim va urf-odatlar (tabobat va koinot bilan bog‘liq marosimlar, an’anaviy tabobat, milliy taomlar);
— an’anaviy hunarmandchilik (qo‘g‘irchoqsozlik, kulolchilik, ganjchkorlik, do‘ppido‘zlik, miniatyura) bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar.
Bizni kuzatishda davom eting:
#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov
Saylovlarda faol ishtirok etib, yurtimiz farovonligi uchun ovoz beraylik!
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
☄️📚✅ 25-oktabr - "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni"
Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov tomonidan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" munosabati bilan Buxoro davlat universitetida faoliyat yuritayotgan soha xodimlarini samimiy tabriklab, tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alar topshirildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4958-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli Qaroriga asosan 2025-yilda tayanch doktorantura (PhD) va maqsadli tayanch doktorantura (PhD)ga hujjat topshirgan talabgorlar ixtisoslik fanlari bo'yicha dasturlar bilan universitet rasmiy sayti orqali tanishishlari mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦
☄️📚✅ 25-OKTABR – ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI
Hurmatli Ichki ishlar organlari xodimlari!
Sizlarni va xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolarini, faxriylarni, shuningdek, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Tursunov Ikromjon Normurodovich, Boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari Bahodirxo‘ja Sharipov, Boshqarma boshlig'i o'rinbosari Uktam Askarov, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Shuxrat Jalolov, Buxoro viloyati IIB JXX YHXB boshlig'i podpolkovnik Bekzod Ulug'bekov, Buxoro davlat universiteti profilaktika katta inspektori, mayor Shoxnazar Qurbonov, katta leytenant Shaxlo Raxmatova, leytenant Azizbek Gulyamovlarni kasb bayramlari bilan chin qalbdan samimiy tabrik izhor etamiz!
Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquq-tartibotni mustahkamlashdek mas’uliyatli, shu bilan birga sharafli xizmat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Hurmat bilan, Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, prof. O.X.Xamidov
Bizni kuzatishda davom eting:
✅ 🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤
📝Diqqat, Xorijiy tillar yo'nalishlararo yozish va o'qish borasida bellashuvga start e'lon qilindi. 🏴 🇫🇷 🇩🇪
Me'zon hamda na'muna bilan tanishish uchun bu veb sahifaga kirish so'raladi.
👉 Link to Website (3 tilda)
👉 Google form da ism sharifingizni to'ldiring va telegram guruhiga link qo'lga kiritasiz.
🏆Yaxshi yozilgan ishlar rag'batlantiriladi quyidagi yo'lda.
🏆 1- o'rin (kitoblar to'plami va pul sovrini 💰)
🥈 2 - o'rin (kitoblar to'plami va pul sovrini 💰)
🥉 3 - o'rin (kitoblar to'plami va pul sovrini 💰)
Bizni kuzatishda davom eting:
⭕️⭕️⭕️🟦🟦 1️⃣1️⃣1️⃣
📚✅ZIYORAT VELOMARAFONINING NAVBATDAGI SONI!
HURMATLI PROFESSOR-O'QITUVCHILAR, ISHCHI-XODIMLAR, QADRLI TALABALAR!
🚴Sizlarni an'anaviy tashkil etilib kelinayotgan "Ziyorat velomarafoni"ning navbatdagi soniga chorlab qolamiz.
♾ 25-oktabr (Juma) kuni soat‼️ 05:30 ‼️da Chor Bakr me'moriy majmuasi tomon yo'l oladigan "Ziyorat Velomarafoni"ga taklif etamiz!
Velomarafonga qatnashish uchun STRAVA ILOVASINI yuklab oling:
🔼https://play.google.com/store/apps/details?id=com.strava&hl=ru&gl=RU
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅ "O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" sport festivali
🎙BuxDU rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xamidov Obidjon Xafizovich
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦
☄️📚✅ FOTOREPORTAJ: "O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" sport festivali
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦
☄️📚✅ Festivalni Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov kirish soʻzi bilan boshlab berdi. U nutqi davomida ushbu majmua ochilganiga oz muddat boʻlgan boʻlsa ham, shu paytgacha 2 ta jahon chempionatiga mezbonlik qilganligini, shuningdek, bunday majmua nafaqat viloyatda, balki mamlakatimizda ham sanoqli ekanligini aytdi.
Shu bilan birga, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig`i Azamat Naimov, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma'murov, Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti direktori Shavkat Imomovlar soʻzga chiqishdi. Ular shunday mukammal inshoot ochilganligi bilan Buxoro yoshlarini qutlashdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🎥🟦🟦
☄️📚✅"O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" sport festivaliga tayyorgalik jarayonidan lavha
Saloxiddinov Nosirjon,
BuxDU talabasi
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti faoliyati bilan tanishdi.
Bugun, Buxoro davlat universitetini zamonaviy qiyofaga keltirish, ta’lim sifatini yangi darajaga ko‘tarish, uning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida bo`ldi.
Xususan, institutning yangi binosi, inklyuziv ta’lim va psixolog xonalari, media studiyada videodarslar tasvirga olinish jarayonlari, shuningdek, konferensiya zali, kompyuter va seminar xonalari, axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi, oshxona va boshqa sharoitlar universitetimiz rektoriga katta qiziqish uyg’otdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti faoliyati bilan tanishdi.
Bugun, Buxoro davlat universitetini zamonaviy qiyofaga keltirish, ta’lim sifatini yangi darajaga ko‘tarish, uning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida bo`ldi.
Xususan, institutning yangi binosi, inklyuziv ta’lim va psixolog xonalari, media studiyada videodarslar tasvirga olinish jarayonlari, shuningdek, konferensiya zali, kompyuter va seminar xonalari, axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi, oshxona va boshqa sharoitlar universitetimiz rektoriga katta qiziqish uyg’otdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦 🟦🟦🟦
☄️📚✅ Zullisonayn shoir nega saroydan bosh olib ketgan edi?
Abdurahmon Tamkin Buxoriy XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yashab, ijod etgan zabardast shoir, mudarris, tarixchi, tabib va zamonasining peshqadam olimlaridan edi. U fors – tojik, arab va oʻzbek tillarida qalam tebratgan. Ahmad Donish Tamkinni ulugʻ shoirlar qatorida sanab, uning ijodiga yuqori baho bergani ham koʻp narsani anglatadi.
Nazora BEKOVA, Buxoro davlat universiteti professori.
Maqolani batafsil o'qish: https://xs.uz/uz/post/zullisonajn-shoir-nega-sarojdan-bosh-olib-ketgan-edi
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦🟦
☄️📚✅BuxDU rektori Obidjon Xamidov “Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Joriy yilning 17–25-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
Mazkur konferensiyada Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov ham ishtirok etdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
☄️📚✅ Buxoro davlat universiteti rektori O.X.Xamidov "Oliy ta'lim a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi
2024-yilning 22-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov universitet rektori O.X.Xamidovga ta'lim sohasidagi olib borayotgan keng islohotlari hamda shu sohadagi ko'p yillik mehnati, oliy ta'lim sifatini oshirishdagi xizmatlari uchun "Oliy ta'lim a'lochisi" ko'krak nishonini topshirdi.
Mazkur ko'krak nishoni O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 24-sentabrdagi buyrug'iga asosan taqdim etildi.
Obidjon Xamidovni Buxoro davlat universiteti jamoasi nomidan ushbu nufuzli e'tirof bilan samimiy muborakbod etamiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
🟦🟦🟦 🟦🟦
☄️📚✅HURMATLI BUXORO SHAHRI AHLI, OAV VAKILLARI, JURNALIST, BLOGERLAR!
Ertaga Buxoro davlat universiteti huzuridagi Universal sport majmuasida "O‘zbekiston - yoshlar mamlakati" sport festivali bo‘lib o‘tadi.
Universitet jamoasi shu bilan birga, viloyat, shahar hokimligi va huquq tartibot organlari vakillari, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi vakillari, barcha ta’lim muassasalari, viloyat sport boshqarmasi tarkibiga kiruvchi federatsiyalar, sport maktablari va keng jamoatchilikni ushbu sport festivaliga taklif etib qolamiz.
Festival 2024 yil 24-oktyabr kuni soat 11:00da boshlanadi.
Manzil: Buxoro shahri,M.Qalandarov ko‘chasi 709-uy, (mo‘ljal: Sitora istirohat bog‘i qarshisida)
Bizni kuzatishda davom eting: